Bilimlar.uz
СтатистикаBilimlar.uz Bilim olish uchun foydali ishonchli mega ma'lumotlar bazasi. Bog'lanish: @OBSh_admin
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 3
- Всего постов
- 70
- Тип
- открытый
- Язык
- yo
- Категория
- Образование (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 207
- 1/48двое суток
- 237
- 1/72трое суток
- 255
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️ Xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari sanalari e'lon qilindi 📆 Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan respublika oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari joriy yil 19-20-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. 📝 Test sinovlari ikki smenada tashkil etilib: 1️⃣-smena — 08:00 dan 11:00 ga qadar; 2️⃣-smena — 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi. ⏰ Bunda abituriyentlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga test sinovi boshlanishidan kamida 1 yarim soat oldinpasport(ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari, shuningdek: 1️⃣-smenada 07:30 ga qadar; 2️⃣-smenada 14:30 ga qadar tekshiruvlardan o‘tgan holda o‘z joyiga joylashgan bo‘lishlari lozim. 📕 Test sinovlari 2 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fan bo‘yicha o‘tkaziladi hamda talabgorlarga mutaxassislik fanlarida 30 tadan, majburiy fanlarda 10 tadan - jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash hamda javoblar varaqasiga ko‘chirish uchun 3 soat vaqt beriladi. 🆔 Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidan olishlari mumkin. ✅ @Bilimlaruzofficial
без подписи
без подписи
⚡️ Bugun ikkinchi mutaxassislikka hujjat topshirishning oxirgi kuni! ➡️ 2026/2027-oʻquv yili uchun ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimga arizalar qabuli bugun, 10-avgust kuni yakunlanadi. 📌 Abituriyentlar uchun muhim ma'lumotlar: 💼 Ariza topshirish: my.edu.uz platformasi orqali onlayn; O'qish shakli: To‘liq to‘lov-kontrakt asosida; Qabul natijalari: 30-avgustga qadar OTMlar tomonidan e’lon qilinadi. ⏱️ Hali ulgurmagan bo‘lsangiz, arizangizni topshirishga shoshiling! ✅ @Bilimlaruzofficial
❗️Banklardan endi 500 dollargacha naqd valyutani hujjatsiz olish mumkin 9-avgustdan kuchga kirgan yangi tartibga ko‘ra, banklardan 500 dollargacha naqd chet el valyutasini sotib olishda pasport, ID-karta yoki ular o‘rnini bosuvchi boshqa hujjat talab etilmaydi. Bungacha banklardan chet el valyutasini hujjatsiz sotib olish mumkin bo‘lgan miqdor 100 dollarni tashkil qilardi. ✅ @Bilimlaruzofficial
✅ @Bilimlaruzofficial
⚡️ 10-avgustgacha o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha rad etilgan arizalarni tahrirlash mumkin. Davlat oliygohlariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha belgilangan muddatlarda va tartibda ro'yxatdan o'tgan fuqarolarning arizalarini ko‘rib chiqish natijasiga ko‘ra ayrim arizalar kamchiligi bo‘lganligi sababli rad etilgan. Fuqarolarga qo'shimcha imkoniyat berish maqsadida ko‘chirish bo‘yicha ariza yuborgan, lekin arizasi rad etilgan talabalarga 10-avgustgacha arizalarni qayta tahrirlash imkoniyati yaratildi. Ushbu muddatdan soʻng tahrirlashga yoʻl qoʻyilmaydi va kamchiliklar bartaraf etilmagan arizalar koʻrib chiqilmaydi. ➡️ my.uzbmb.uz platformasi orqali - xorijiy va nodavlat oliygohlaridan davlat oliygohlariga ko'chirish ➡️ transfer.edu.uz platformasi orqali - davlat oliygohlariaro va oliygoh doirasida ✅ @Bilimlaruzofficial
Bugun oliy ta’lim muassasalariga ta’lim yo‘nalishlarini tanlash yakunlanadi. ✅ @Bilimlaruzofficial
O‘zbek kinosida yangi davr: Hisobot uchun emas, tomoshabin uchun film! O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari — Kinematografiya agentligi direktori Jahongir Ahmedov kinoijodkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Uchrashuvning asosiy mazmuni: Eski tizimdan voz kechish: Endi asosiy maqsad qog‘ozdagi hisobotlarni “yopish” emas, balki haqiqiy va sifatli kino yaratish bo‘ladi. Asosiy baho — tomoshabin e’tirofi: Filmning muvaffaqiyati bajarilgan topshiriqlar bilan emas, tomoshabin meHRi va xalqaro maydondagi e’tirofi bilan o‘lchanadi. 3 ta ustuvor yo‘nalish: Tomoshabinni kinoteatrlarga qaytaradigan ommabop filmlar ishlash. Xalqaro festivallarda raqobatlasha oladigan saviyali asarlar yaratish. Islohotlarni barcha kinoijodkorlar bilan hamjihatlikda amalga oshirish. Xulosa: O‘zbek kinosida rasmiyatchilik chetga surilib, natijaga, ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlashga va tomoshabin manfaatiga yo‘naltirilgan yangi tizim barpo etilmoqda. ✅ @Bilimlaruzofficial
📣 Abituriyentlar diqqatiga! 📆 Tanlovning 2-bosqichi yakunlanishiga 4️⃣ kun qoldi. ✅ Barcha abituriyentlardan ta’lim yo‘nalishlari, oliy ta’lim muassasalari, ta’lim shakllari va tanlov ustuvorliklarini tanlashda faol bo‘lishlarini so‘raymiz. 🧑💻 Tanlovni oxirgi kun va oxirgi soatlarga qoldirmang. Ayni vaqtda abituriyentlarning to‘liq ro‘yxati va egallagan o‘rnini ko‘rish ("Kengaytirilgan qidiruv") imkoniyati yaratilgan bo‘lib, yordamchi ma’lumot sifatida undan keng foydalanish mumkin. ➡️ Davlat oliygohlarida 11 ta yangi yo‘nalishlarni bilib oling. Eslatma: ushbu bosqich 8-avgustga qadar (shu kuni ham) davom etadi. ✅ @Bilimlaruzofficial
⚠️ Abituriyentlar diqqatiga! Qabul yakunlanishiga oz vaqt qoldi! 📅 2026-yil 8-avgust — OTM va ta'lim yo‘nalishlarini tanlashning so‘nggi kuni. ➡️ my.uzbmb.uz orqali: • Tanlov ustuvorligini belgilang; • Zarur bo‘lsa, maqsadli qabulni tanlang; • Fanlar majmuangizga mos 5 tagacha OTM va ta'lim yo‘nalishini tanlang; • Ma'lumotlarni SMS-kod orqali tasdiqlashni unutmang. 📌 Muddat tugaguniga qadar tanlovingizni o‘zgartirish va qayd varaqasini qayta yuklab olish imkoniyati mavjud. ⏳ So‘nggi kunga qoldirmang! 🎓 Barcha abituriyentlarga omad tilaymiz! ✅ @Bilimlaruzofficial
#mandat #akademik_litsey ⚡️Akademik litseylarga kirish test natijalari tayyor 2026/2027-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylarga kirish imtihonlarining YAKUNIY NATIJALARI (mandat) eʼlon qilindi. Yakuniy natijalarni vazirlikning my.edu.uz va my.gov.uz rasmiy veb-saytidan “Shaxsiy kabinet”ga kirish orqali bilish mumkin. Eslatma: Oʻquvchi to‘plagan bali asosida ustuvorlik bo‘yicha tanlagan akademik litseyga o‘qishga qabul qilinadi. Ustuvorlik bo‘yicha batafsil sharh: 👉https://gov.uz/edu/news/view/199876 Maʼlumot uchun, belgilangan tartibga muvofiq, kirish test sinovi natijasidan norozi bо‘lgan o‘quvchilar yakuniy natijalar e’lon qilingan kundan boshlab uch ish kuni ichida my.edu.uz orqali elektron shaklda (shaxsiy kabinetidan) apellyatsiya shikoyatini berish huquqiga ega. Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❗️Boshlang’ich ta’lim o’qituvchilariga malaka sertifikati, huquqshunoslik fanidan esa milliy sertifikat berish yo’lga qo’yiladi Hukumatning tegishli (411-son, 29.07.2026-yil) qarori bilan, 2026/2027-o’quv yilidan boshlab: ➖ Boshlang’ich talim o’qituvchilarining bilim darajasi va pedagogik mahorati aniqlanib, ularga 3 yil muddatga amal qiluvchi A+, A, B+, B, C+, C sertifikatlari beriladi. B+ va undan yuqori sertifikatga ega o’qituvchilarning har oylik maoshiga 15 foiz ustama to’lanadi; ➖ Huquqshunoslik fanini bilish darajasini aniqlash va milliy sertifikat berish yo’lga qo’yiladi; ➖ Xitoy, koreys, yapon, ispan, italyan, fors, dariy, pushtu, urdu, hind va uyg’ur tillaridan chet tilini bilishning ko’p darajali (multi-level) test tizimi joriy etiladi. ✅ @Bilimlaruzofficial
⚡️Yangi o'quv yilidan talabalarni baholash va imtihon olish butunlay o'zgaradi Hukumat qarori loyihasiga ko'ra, 2026/2027 o'quv yilidan boshlab oliy ta'lim tashkilotlarida talabalar bilimini baholash va nazorat qilishning yangi tartibi joriy etilishi kutilmoqda. ➖ YAkuniy nazorat imtihonlarini ovozli va video kuzatuv kameralari bilan jihozlangan auditoriyalarda o'tkazish tizimi joriy etiladi. ➖ O'tkaziladigan yakuniy nazorat turlarini keng jamoatchilik uchun oliy ta'lim tashkilotlarining rasmiy veb-saytidagi havola orqali bevosita onlayn kuzatish imkoniyati yaratiladi. ➖ YAkuniy nazorat imtihonlari savollarini shakllantirishda talaba bilim va ko'nikmalarini chuqur tahlil qilish imkonini beruvchi yozma topshiriqlarning aniq mezonlari ishlab chiqiladm hamda professor-o'qituvchilar tomonidan baholashda izoh yozish tizimi joriy etiladi. ➖ YAkuniy nazorat imtihonlari vaqtida uyali aloqa vositalari, mikroquloqchin, kompyuter hamda ko'chirmachilikka sabab bo'ladigan har qanday vositalarni olib kirish va ulardan foydalanish taqiqlanadi. Bunday holat videokuzatuv orqali keyinchalik aniqlansa ham, imtihon natijasi bekor qilinadi. ➖ YAkuniy nazorat imtihonlariga talabalar pasport, ID karta, talabalik guvohnomasi yoki haydovchilik guvohnomasini ko'rsatgan holda kiritiladi. ➖ Imtihon boshlanganidan keyin kechikib kelgan talabalar imtihonda ishtirok etishiga ruxsat berilmaydi. Uzrli sabablarsiz auditoriyadan chiqqan talabalar ham imtihonga qayta qo'yilmaydi. ➖ Har bir kafedra fan bo'yicha baholash rubrikalari (mezonlar matrisasi)ni ishlab chiqadi va ular o'quv dasturida aks ettiriladi. ➖ Har bir fan bo'yicha talabaning o'zlashtirishi 100 ballik tizimda baholanadi. Ball joriy nazorat uchun — 30, oraliq nazorat uchun — 20, yakuniy nazorat uchun — 50 ball qilib taqsimlanadi. ➖ Joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarning har biri bo'yicha maksimal ballning 60 foizi saralash bali etib belgilanadi. Joriy yoki oraliq nazoratdan saralash balini to'plamagan talabalar yakuniy nazoratga kiritilmaydi. ➖ Akademik guruh uchun bir kunda bittadan ortiq yakuniy nazorat o'tkazilishiga yo'l qo'yilmaydi. YAkuniy nazoratlar kamida bir kun oralig'ida belgilanadi. ➖ YAkuniy nazorat natijalari bo'yicha qoniqarsiz ball olgan talabaga semestr yakunida ikki hafta muddatda bir marta bepul qayta topshirish imkoniyati beriladi. ➖ Semestr va o'quv yili yakunida akademik qarzdorligi mavjud talabalar o'qishdan chetlashtirilmaydi. Ular faqat qarzdor bo'lgan fanlarni qayta o'zlashtirib, shu fanlar uchun shartnoma mablag'ini to'laydi. ➖ Akademik qarzdor talabalar uchun yozgi semestr tashkil etilishi mumkin. YOzgi semestrda qayta o'qish faqat to'lov asosida amalga oshiriladi (bir marta bepul qayta topshirish holati bundan mustasno). ➖ Talaba baholash natijasidan norozi bo'lsa, baholash muddati yakunlanganidan keyin 48 soat ichida apellyasiya berish huquqiga ega. Apellyasiya komissiyasi shikoyatni 2 ish kuni ichida ko'rib chiqadi. ✅ @Bilimlaruzofficial
⚡️3- va 4-kurs talabalari uchun "Pedagog" platformasida yangi qulaylik joriy etildi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi yangi tashkil etilayotgan maktablarga ishga qabul qilish uchun ariza topshirayotgan oliy ta'lim muassasalarining 3- va 4-kurs talabalari endilikda diplom nusxasini yuklamasdan ariza yuborishlari mumkin. "Pedagog" platformasida ariza to‘ldirish jarayonida "Diplomlar" bosqichiga o‘tilganda tizim foydalanuvchining talaba maqomini aniqlaydi va maxsus ruxsatnoma oynasini taqdim etadi. Shundan so‘ng talabalar hech qanday diplom hujjatini yuklamasdan "Keyingisi" tugmasini bosib, ariza topshirishni davom ettirishlari mumkin. ✅ @Bilimlaruzofficial
#imtihon_natijalari_2026 📌 Toshkent shahridagi Abu Ali ibn Sino, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablar hamda ularning hududlardagi filiallari, shuningdek, Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan va joriy yilda tashkil etilgan Muhandislik maktablariga 2026–2027-o‘quv yili uchun kirish imtihonlari natijalari e’lon qilinmoqda! Imtihon natijalarini quyidagi havolalar orqali bilishingiz mumkin: 🟢 https://my.gov.uz/uz/service/1095 🟢 https://ariza.piima.uz ✅ @Bilimlaruzofficial
#Qabul2026 #Abituriyent2026 #tanlov2026 ⏰ Bugun tanlovning 2-bosqishi boshlandi 📆 Davlat oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 2026-yil 25-iyuldan 8-avgustga qadar 15 kun davomida oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashlari lozim. 🖥 Buning uchun my.uzbmb.uz platformasining “Oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limiga kirib, “Xizmatdan foydalanish” tugmasi bosiladi va “OTM tanlash” bo‘limiga o‘tiladi. 🧑💻 Dastlab abituriyent “Tanlov ustuvorligi” va “Maqsadli qabul” bo‘yicha o‘z tanlovini amalga oshiradi. 💼 Shundan so‘ng abituriyent test topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos bo‘lgan beshtagacha oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini ta’lim shakli bilan birga tanlaydi. 🏛 Bunda ta’lim yo‘nalishlarini bir oliy ta’lim muassasasi yoki turli oliy ta’lim muassasalari doirasida tanlash mumkin. 🎤 Ta’lim yo‘nalishlarini tanlab, “Saqlash” tugmasi bosiladi, so‘ng ma’lumotlarni tasdiqlash uchun abituriyentning telefon raqamiga SMS xabar yuboriladi. SMS xabardagi kodni dasturga kiritish orqali ma’lumotlar tasdiqlanadi. 👨💻 Ma’lumotlar tasdiqlanganidan keyin, “Abituriyent qayd varaqasi” shakllanadi. Qayd varaqada abituriyent tanlagan tanlov ustuvorligi, ta’lim shakllari, oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlari aks etgan bo‘ladi. Yuklab olish tugmasi orqali abituriyent qayd varaqasini yuklab olishi mumkin. 📎 Eslatma: Abituriyentlar ta’lim yo‘nalishlarini tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari va qayd varaqasini qayta yuklab olishlari mumkin. 📝 Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari ta’lim yo‘nalishlarini tanlash bosqichi to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi. 😎 Bilimni baholash agentligi barcha abituriyentlarga muvaffaqiyat tilaydi! ✅ @Bilimlaruzofficial
#Qabul2026 #Abituriyent2026 #natija_2026 SAKKIZINCHI KUN NATIJALARI E'LON QILINDI 📆 2026-yil 21-iyul kuni o‘tkazilgan davlat oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi. 📝 Test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin: 1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda. 2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda. 3️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda: 👉@bmba_natija_bot 👉@bmba_natija_1bot 👉@bmba_natija_2bot ✅@Bilimlaruzofficial
#Qabul2026 #Abituriyent2026 #natija_2026 YETTINCHI KUN NATIJALARI E'LON QILINDI 📆 2026-yil 20-iyul kuni o‘tkazilgan davlat oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi. 📝 Test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin: 1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda. 2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda. 3️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda: 👉@bmba_natija_bot 👉@bmba_natija_1bot 👉@bmba_natija_2bot ✅ @Bilimlaruzofficial
#Qabul2026 #Abituriyent2026 #natija_2026 OLTINCHI KUN NATIJALARI E'LON QILINDI 📆 2026-yil 19-iyul kuni o‘tkazilgan davlat oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi. 📝 Test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin: 1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda. 2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda. 3️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda: 👉@bmba_natija_bot 👉@bmba_natija_1bot 👉@bmba_natija_2bot ✅ @Bilimlaruzofficial