Olimjon Ikromov sahifasi
СтатистикаBiologiya fani mutaxassisi, abituriyentlarni OTMga tayyorlovchi repetitor Ikromov Olimjon Tolibjonovichning telegram kanaliga xush kelibsiz. 📍 Manzilimiz @zakovat_zehn_ziyo 📞 Aloqa uchun: +99894662-80-11 +99850585-80-11 admin shogirdlardan
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 2
- Всего постов
- 34
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Образование (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 67
- 1/48двое суток
- 76
- 1/72трое суток
- 82
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
❗️Yakuniy mandat natijalari ertaga, 15-avgust kuni e’lon qilinishi rejalashtirilgan Bu ma’lumotni “Daryo”ga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov tasdiqladi. 👉 Obuna bo‘ling — @daryo
Bugun, 13-avgust kuni mandat chiqishi rejalashtirilmayapti. Tunda ham chiqmaydi. Bemalol uxlayveringlar. 🔘 @xushnudbekuz
❗️Ertaga yo’nalish tanlashning oxirgi kuni! #abituriyent Yo‘nalish tanlash uchun 1 kun vaqt qoldi. 8-avgust soat 23:59 ga qadar abituriyentlar o‘zlari tanlagan fanlar majmuasiga mos yo‘nalishni tanlashlari mumkin. Ushbu muddat davomida yo‘nalish tanlamagan abituriyentlar tanlovda ishtirok etmaydi, ya’ni ular o‘qishga kira olmaydi. Necha ball olgan bo‘lishidan qat’i nazar. To’g’ri, o’tgan yili yo’nalish tanlamaganlar uchun mandatdan keyin yana bir bora imkon berilgan, lekin unda istalgan yo’nalishni emas, balki faqat kvotasi to’lmay qolgan yo’nalishlarnigina tanlash mumkin bo’lgan edi. Iltimos, yana bir bor yaxshilab qayta tekshirib ko‘ring. Yo‘nalish tanlaganingizga ishonchingiz komil bo‘lsin. Shuningdek, ertaga soat 23:59 ga qadar tanlagan yo‘nalishini o‘zgartirish ham mumkin. Faqat imkoni bo‘lsa, o‘zgartirishni vaqt kam qolganda amalga oshirmang. Odam ko‘pligidan serverda texnik muammo chiqsa, siz uchun kutilmagan yoqimsiz holat bo‘lishi mumkin. Barchasini vaqtliroq hal qiling. Barchaga omad! 👉 @xushnudbek 👈
Tanlov ustuvorligini belgilash nima degani? Ushbu videoda shu haqida batafsil va asosiysi sodda tilda tushuntirishga harakat qilganman. 📹 https://youtu.be/J955pcrDgWM 🔘 @xushnudbekuz
❓Tanlov ustuvorligini belgilash nima degani? #abituriyent Abituriyentlarga yo‘nalish tanlash huquqi berilganda davlat grantini ustuvorlik sifatida belgilashi mumkin. 👉 Bunda abituriyent ustuvorlik sifatida: 🔹 Davlat grantini tanlasa — tanlagan barcha taʼlim yo‘nalishlarida dastlab davlat granti, so‘ngra to‘lov-kontrakt asosida saralanadi; 🔹 Ta’lim yo’nalishini tanlasa — avval har bir taʼlim yo‘nalishida davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida ketma-ket tanlovda ishtirok etadi. Masalan, kimdir "menga qaysi beshta yo‘nalishdan biriga kirishimning farqi yo‘q, asosiysi davlat grantiga kirishim kerak", desa, unda ustuvorlikni grantga beradi. Kimdir esa aksincha "men birinchi tanlagan yo‘nalishimga kirishim shart, kontraktga kirsam ham roziman" desa unda ustuvorlikni yo‘nalishga beradi. Yuqoridagi suratda buning ketma-ketligi ko’rsatilgan. Ushbu videoda ustuvorlik tanlash haqida batafsil va asosiysi sodda tilda tushuntirishga harakat qilganman: 📹 https://youtu.be/J955pcrDgWM ‼️Abituriyentlar ustuvorlikni belgilashda eʼtiborli bo‘lishlari kerak. Mandat chiqqandan keyin, “voy, men bu yo’nalishda o’qimayman, ikkinchida o’qimoqchi edim, beshinchida o’qimoqchi edim” degan gaplar befoyda bo’ladi. 👉 @xushnudbek 👈
видео или голосовое, без подписи
❗️Abituriyentlarning to’liq ro’yxati va egallagan o’rnini ko’rish imkoniyati ochildi Buning uchun mandat.uzbmb.uz saytiga kirib, “Kengaytirilgan qidiruv” sahifasida kerakli fanlar majmuasini tanlash kerak. 👉 @xushnudbek 👈
#tavsiya https://youtu.be/uGWKnb4x1sQ?si=1V_5hGsnK2d5C5b0
видео или голосовое, без подписи
2025/2026-oʻquv yili uchun Davolash ishi va Pediatriya ishi fakultetlariga oʻtish ballari quyidagicha boʻlgan ekan. 👉@TTA_4_KURS_UMUMIY
❓Hozir abituriyentlar nimalarni tanlashi kerak? #abituriyent Ayni kunlarda tanlovning 2-bosqichi boshlangan va 8-avgustgacha abituriyentlar quyidagilarni tanlashi kerak: 1️⃣ Birinchidan: beshtagacha yo‘nalish tanlaydi. Bunda test topshirgan fanlar majmuasiga to‘g‘ri keladigan ISTALGAN yo‘nalishlarni va ISTALGAN OTMlarni tanlashi mumkin. 2️⃣ Ikkinchidan, ta’lim shaklini tanlaydi. Bunda kvotada ajratilgan joyga qarab, kunduzgi, kechki yoki masofaviy shaklni tanlash mumkin. Yoki beshta yo‘nalish ichida aralashtirib tanlasa ham bo‘ladi. Masalan, 1 va 2-yo‘nalishga kunduzgi, 3 va 4-ga kechki va 5-ga masofaviy qilib. 3️⃣ Uchinchidan, tanlov ustuvorligini tanlaydi. Bunda tanlov ustuvorligini yoki davlat grantiga, yoki yo‘nalishga qaratish mumkin. Masalan, kimdir "menga qaysi beshta yo‘nalishdan biriga kirishimning farqi yo‘q, asosiysi davlat grantiga kirishim kerak", desa, unda ustuvorlikni grantga beradi. Kimdir esa aksincha "men birinchi tanlagan yo‘nalishimga kirishim shart, kontraktga kirsam ham roziman" desa, unda ustuvorlikni yo‘nalishga beradi. Bu haqda batafsil mana bu postda tushuntirganman: https://t.me/xushnudbek/29032 Yuqorida tanlovning 2-bosqichi bo‘yicha tayyorlangan videoqo'llanma bilan tanishish mumkin. ‼️Yo’nalish tanlamagan abituriyentlar o’qishga kira olmaydi. 👉 @xushnudbek 👈
❗️Tibbiyot xodimlarining farzandlariga kontraktining bir qismini qoplab berish bo’yicha subsidiya ajratish tizimi ishga tushdi 👥 Kimlarga to’lanadi: davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil ish stajiga ega bo‘lgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining farzandlariga 🏢 Qaysi oliygohlar uchun: respublika hududidagi oliy ta’lim tashkilotlarida (davlat hamda nodavlat) 🔢 Qaysi bosqich uchun: bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha barcha bosqich uchun 💰 Qanchasi qoplab beriladi: yillik kontrakt summasining 30 foizi miqdorida, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravaridan oshmaydigan (bugungi kunda 6 mln 180 ming so‘m) qismi qoplab beriladi 📲 Ariza qayerda beriladi: arizalar subsidiya.imv.uz saytining quyidagi sahifasida qabul qilinmoqda 🔖 Huquqiy asosi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 09.11.2025-yildagi PQ-336-sonli qarori 👉 @xushnudbek 👈
❓Tanlov ustuvorligini belgilash nima degani? #abituriyent Abituriyentlarga yo‘nalish tanlash huquqi berilganda davlat grantini ustuvorlik sifatida belgilashi mumkin. 👉 Bunda abituriyent ustuvorlik sifatida: 🔹 Davlat grantini tanlasa — tanlagan barcha taʼlim yo‘nalishlarida dastlab davlat granti, so‘ngra to‘lov-kontrakt asosida saralanadi; 🔹 Ta’lim yo’nalishini tanlasa — avval har bir taʼlim yo‘nalishida davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida ketma-ket tanlovda ishtirok etadi. Masalan, kimdir "menga qaysi beshta yo‘nalishdan biriga kirishimning farqi yo‘q, asosiysi davlat grantiga kirishim kerak", desa, unda ustuvorlikni grantga beradi. Kimdir esa aksincha "men birinchi tanlagan yo‘nalishimga kirishim shart, kontraktga kirsam ham roziman" desa unda ustuvorlikni yo‘nalishga beradi. Yuqoridagi suratda buning ketma-ketligi ko’rsatilgan. ‼️Abituriyentlar ustuvorlikni belgilashda eʼtiborli bo‘lishlari kerak. Mandat chiqqandan keyin, “voy, men bu yo’nalishda o’qimayman, ikkinchida o’qimoqchi edim, beshinchida o’qimoqchi edim” degan gaplar befoyda bo’ladi. 👉 @xushnudbek 👈
Tanlov ustuvorligi qanday tanlanadi? Abituriyentlar oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash bilan birga tanlov ustuvorligini ham belgilaydi. ✅ Bunda 2 ta tanlov ustuvorligi mavjud bo‘lib, abituriyent ustuvorlik sifatida: “Davlat granti”ni tanlasa — tanlagan barcha ta’lim yo‘nalishlarida dastlab davlat granti, so‘ngra to‘lov-kontrakt asosida; “Ta’lim yo‘nalishi”ni tanlasa — har bir ta’lim yo‘nalishida davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida ketma-ket tanlovda ishtirok etadi. ✅ Abituriyentga: tanlagan ta’lim yo‘nalishlarining istalgan biriga davlat granti asosida o‘qishga kirish muhim bo‘lsa, “Davlat granti” ustuvorligini; davlat granti yoki to‘lov-kontrakt bo‘lishidan qat’iy nazar birinchi tanlagan yo‘nalishlariga o‘qishga kirish muhim bo‘lsa, “Ta’lim yo‘nalishi” ustuvorligini tanlash maqsadga muvofiq. ❗️ Tanlov ustuvorligini belgilashda e’tiborli bo‘ling. Edu - ta'lim yangiliklari✅👇 https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
❗️Yo’nalish tanlash 25-iyuldan boshlanadi #abituriyent Bugun davlat oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga qabul test sinovlari yakunlandi. O‘n kun davomida o‘tkazilgan test sinovlarida qatnashishi belgilangan jami 664 ming 609 nafar abituriyentdan 610 ming nafardan ortig‘i ishtirok etgan bo‘lsa, test sinovi topshirish tartib-qoidalarini buzgan 70 nafardan ziyod abituriyent jarayondan chetlatildi. Test sinovi topshirgan abituriyentlar to‘plagan ballari asosida 25-iyuldan 8-avgustga qadar (shu kuni ham) 2-bosqich tanlovda ishtirok etadi. Bunda ta’lim muassasalari, yo‘nalishlari, ustuvorliklari va shakllari tanlanadi. ‼️Yakuniy natija esa 2-bosqich tanlov muddati tugagandan keyin bir hafta ichida e’lon qilinadi. 👉 @xushnudbek 👈
❓Testdan keyin abituriyent nimalarni tanlaydi? #abituriyent ✅ 3 yildan buyon testgacha faqat fanlar majmuasi tanlanadigan bo‘ldi. Qolgan muhim jihatlar testdan keyin tanlanadi. Xo‘sh, testdan keyin abituriyent nimalarni tanlaydi? 1️⃣ Birinchidan: beshtagacha yo‘nalish tanlaydi. Bunda test topshirgan fanlar majmuasiga to‘g‘ri keladigan ISTALGAN yo‘nalishlarni va ISTALGAN OTMlarni tanlashi mumkin. 2️⃣ Ikkinchidan, ta’lim shaklini tanlaydi. Bunda kvotada ajratilgan joyga qarab, kunduzgi, kechki yoki masofaviy shaklni tanlash mumkin. Yoki beshta yo‘nalish ichida aralashtirib tanlasa ham bo‘ladi. Masalan, 1 va 2-yo‘nalishga kunduzgi, 3 va 4-ga kechki va 5-ga masofaviy qilib. 3️⃣ Uchinchidan, tanlov ustuvorligini tanlaydi. Bunda tanlov ustuvorligini yoki davlat grantiga, yoki yo‘nalishga qaratish mumkin. Masalan, kimdir "menga qaysi beshta yo‘nalishdan biriga kirishimning farqi yo‘q, asosiysi davlat grantiga kirishim kerak", desa, unda ustuvorlikni grantga beradi. Kimdir esa aksincha "men birinchi tanlagan yo‘nalishimga kirishim shart, kontraktga kirsam ham roziman" desa, unda ustuvorlikni yo‘nalishga beradi. Bu haqda batafsil mana bu postda tushuntirganman: https://t.me/xushnudbek/29032 ❗️XULOSA: Demak, abituriyentlar 14-23-iyul kunlari testga kirib chiqadi. Necha ball olganini ertasi kuni bilib olishadi. Barcha testlar tugagach, yuqoridagi uchta masalani tanlash uchun 15 kun vaqt beriladi. 15 kun o‘tgach, umumiy mandat shakllantirish boshlanadi. Mandat o’tgan yili 13-avgustda chiqqan edi, joriy yilda ham shu atrofda chiqsa kerak. Oliygohlarning mandati chiqib bo‘lgach, o‘qishga kira olmagan abituriyentlarga kollej va texnikumlarni tanlash uchun imkoniyat beriladi. Bunga 10 kun vaqt ajratiladi. 👉 @xushnudbek 👈
SSV_maqsadli_kvota_kunduzgi_2026.pdf
⚡️KVOTA-2026. MAQSADLI QABUL #abituriyent ✅ Sog‘liqni saqlash sohasi uchun Jami: 1 031 ta. Bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida sog‘liqni saqlash sohasida oliy ma’lumotli kadrlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan hududlar uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti (ta’lim yo‘nalishlari va tuman (shahar)lar kesimida). 👉 @xushnudbek 👈
DIQQAT, E'LON! 📍 Bilim va malakalarni baholash agentligining Toshkent viloyati (Nurafshon shahri)dagi binosida 2026-yil 17–18–19-iyul kunlari test sinovi topshiradigan abituriyentlar diqqatiga! ➡️ 2026-yil 17–18–19-iyul kunlari Toshkent shahridan Toshkent viloyati (Nurafshon shahri)ga olib boruvchi katta magistral yoʻlining Qoʻyliq katta bozori va Food City chorrahalari qismi transport vositalari harakati uchun cheklangan. ⏰ Shu sababli test sinoviga kechikib qolmaslik va belgilangan vaqtda yetib borish uchun: 📍 yoʻnalishingizni oldindan rejalashtiring; 📍 boshqa oʻzingiz biladigan ishonchli yoʻnalishdan harakatlaning; 📍 yoʻl tirbandliklarini inobatga olib, manzilga ertaroq yoʻlga chiqing. 📍 Hurmatli abituriyentlar, yoʻllardagi vaqtinchalik cheklovlarni inobatga olgan holda harakat qilishingizni va test sinovlariga oʻz vaqtida yetib kelishingizni soʻraymiz. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️𝟐𝟎𝟐𝟔 𝟏𝟒-𝐢𝐲𝐮𝐥 𝟏-𝐬𝐦𝐞𝐧𝐚 𝟏)𝐍𝐨𝐦𝐚’𝐥𝐮𝐦 𝐦𝐢𝐪𝐝𝐨𝐫𝐝𝐚𝐠𝐢 𝐠𝐥𝐲𝐮𝐤𝐨𝐳𝐚 𝐭𝐨’𝐥𝐢𝐪 𝐯𝐚 𝐭𝐨’𝐥𝐢𝐪𝐬𝐢𝐳 𝐩𝐚𝐫𝐜𝐡𝐚𝐥𝐚𝐧𝐝𝐢. 𝐉𝐚𝐫𝐚𝐲𝐨𝐧𝐝𝐚 𝟔𝟕𝟔𝟎 𝐤𝐣 𝐢𝐬𝐬𝐢𝐪𝐥𝐢𝐤 𝐞𝐧𝐞𝐫𝐠𝐢𝐲𝐚𝐬𝐢 𝐡𝐨𝐬𝐢𝐥 𝐛𝐨’𝐥𝐝𝐢. 𝐉𝐚𝐫𝐚𝐲𝐨𝐧𝐝𝐚 𝟏𝟗𝟔 𝐦𝐨𝐥 𝐀𝐓𝐅 𝐡𝐨𝐬𝐢𝐥 𝐛𝐨’𝐥𝐠𝐚𝐧 𝐛𝐨’𝐥𝐬𝐚, 𝐭𝐨’𝐥𝐢𝐪 𝐩𝐚𝐫𝐜𝐡𝐚𝐥𝐚𝐧𝐠𝐚𝐧 𝐠𝐥𝐲𝐮𝐤𝐨𝐳𝐚𝐧𝐢 𝐡𝐨𝐬𝐢𝐥 𝐪𝐢𝐥𝐢𝐬𝐡 𝐮𝐜𝐡𝐮𝐧 𝐱𝐥𝐨𝐫𝐨𝐩𝐥𝐚𝐬𝐭𝐝𝐚 𝐬𝐚𝐫𝐟𝐥𝐚𝐧𝐠𝐚𝐧 𝐢𝐬𝐬𝐢𝐪𝐥𝐢𝐤 𝐞𝐧𝐞𝐫𝐠𝐢𝐲𝐚𝐬𝐢𝐧𝐢 𝐚𝐧𝐢𝐪𝐥𝐚𝐧𝐠 𝟐)𝐋𝐢𝐬𝐡𝐚𝐲𝐧𝐢𝐤-->𝐳𝐚𝐦𝐛𝐮𝐫𝐮𝐠’-->𝐛𝐚𝐤𝐭𝐞𝐫𝐢𝐲𝐚 𝐊𝐞𝐭𝐦𝐚-𝐤𝐞𝐭𝐥𝐢𝐤𝐝𝐚 𝐨𝐫𝐠𝐚𝐧𝐢𝐳𝐦𝐥𝐚𝐫𝐧𝐢 𝐭𝐨𝐩𝐢𝐬𝐡 𝐤𝐞𝐫𝐚𝐤 𝟑)𝐊𝐞𝐬𝐮𝐯𝐜𝐡𝐢 - 𝐮𝐥𝐨𝐯𝐜𝐡𝐢 - 𝐤𝐞𝐬𝐮𝐯𝐜𝐡𝐢 𝐟𝐞𝐫𝐦𝐞𝐧𝐭𝐧𝐢 𝐚𝐧𝐢𝐪𝐥𝐚𝐬𝐡𝐠𝐚 𝐝𝐨𝐢𝐫 𝐨𝐝𝐝𝐢𝐲 𝐫𝐚𝐬𝐦 𝐃𝐍𝐊 𝐳𝐚𝐧𝐣𝐢𝐫𝐥𝐢 𝟒)𝐍𝐚𝐟𝐚𝐬 𝐨𝐥𝐠𝐚𝐧𝐝𝐚 (𝐚) 𝐯𝐚 𝐜𝐡𝐢𝐪𝐚𝐫𝐠𝐚𝐧𝐝𝐚 (𝐛) 𝐬𝐨𝐝𝐢𝐫 𝐛𝐨’𝐥𝐚𝐝𝐢𝐠𝐚𝐧 𝐣𝐚𝐫𝐚𝐲𝐨𝐧𝐥𝐚𝐫 𝟓)𝐈𝐳𝐨𝐠𝐚𝐦𝐢𝐲𝐚 , 𝐠𝐞𝐭𝐞𝐫𝐨𝐠𝐚𝐦𝐢𝐲𝐚 , 𝐨𝐨𝐠𝐚𝐦𝐢𝐲𝐚𝐠𝐚 𝐨𝐢𝐝 𝐫𝐚𝐬𝐦 𝐛𝐞𝐫𝐢𝐥𝐠𝐚𝐧 𝐬𝐡𝐮𝐧𝐠𝐚 𝐝𝐨𝐢𝐫 𝐨𝐫𝐠𝐚𝐧𝐢𝐳𝐦𝐥𝐚𝐫𝐧𝐢 𝐭𝐨𝐩𝐢𝐬𝐣 𝐤𝐞𝐫𝐚𝐤 𝟔)𝐨𝐝𝐝𝐢𝐲 𝐫𝐚𝐬𝐦 𝐛𝐞𝐫𝐢𝐥𝐠𝐚𝐧 𝐠𝐮𝐥 𝐪𝐢𝐬𝐦𝐥𝐚𝐫𝐢𝐧𝐢 𝐭𝐨𝐩𝐢𝐬𝐡 𝐤𝐞𝐫𝐚𝐤 𝟕)𝐨𝐬𝐡𝐪𝐨𝐳𝐨𝐧 𝐫𝐚𝐬𝐦𝐢𝐧𝐢 𝐛𝐞𝐫𝐠𝐚𝐧 𝐩𝐢𝐥𝐨𝐫𝐢𝐤,𝐤𝐚𝐫𝐝𝐢𝐚𝐥 𝐯𝐚 𝐭𝐚𝐧𝐚 𝐪𝐢𝐬𝐦𝐥𝐚𝐫𝐢𝐧𝐢 𝐭𝐨𝐩𝐢𝐬𝐡 𝐤𝐞𝐫𝐚𝐤 𝟖)𝐃𝐍𝐊 𝐦𝐨𝐥𝐞𝐤𝐮𝐥𝐚𝐬𝐢𝐧𝐢𝐧𝐠 𝐮𝐳𝐮𝐧𝐥𝐢𝐠𝐢 𝟏𝟓𝟑 𝐧𝐦 𝐛𝐨’𝐥𝐢𝐛 , 𝐟𝐫𝐚𝐠𝐦𝐞𝐧𝐭𝐝𝐚𝐠𝐢 𝐯𝐨𝐝𝐨𝐫𝐨𝐝 𝐛𝐨𝐠’𝐥𝐚𝐫𝐢𝐧𝐢𝐧𝐠 𝟏/𝟒 𝐪𝐢𝐬𝐦𝐢𝐧𝐢 𝐚𝐝𝐞𝐧𝐢𝐧 𝐯𝐚 𝐭𝐢𝐦𝐢𝐧 𝐨’𝐫𝐚𝐬𝐢𝐝𝐚 𝐛𝐨’𝐥𝐢𝐛, 𝐚𝐝𝐞𝐧𝐢𝐧 𝐠𝐮𝐚𝐧𝐢𝐧𝐥𝐚𝐫 𝐬𝐨𝐧𝐢𝐝𝐚𝐧 𝟐 𝐦𝐚𝐫𝐭𝐚 𝐤𝐚𝐦 𝐛𝐨’𝐥𝐬𝐚 𝐟𝐫𝐚𝐠𝐦𝐞𝐧𝐭𝐝𝐚𝐠𝐢 𝐠𝐮𝐚𝐧𝐢𝐧 𝐬𝐨𝐧𝐢 𝐪𝐚𝐧𝐜𝐡𝐚? 𝐀)𝟏𝟓𝟎 𝐁)𝟑𝟎𝟎 𝐂)𝟒𝟎𝟎 𝐃)𝟔𝟎𝟎 𝟗)𝐌𝐞𝐭𝐢𝐨𝐧𝐢𝐧 𝐯𝐚 𝐚𝐥𝐚𝐧𝐢𝐧 𝐮𝐜𝐡𝐮𝐧 𝐭𝐞𝐠𝐢𝐬𝐡𝐥𝐢 𝐦𝐚’𝐥𝐮𝐦𝐨𝐭𝐥𝐚𝐫𝐧𝐢 𝐭𝐨𝐩𝐢𝐬𝐡 𝐤𝐞𝐫𝐚𝐤 𝟏𝟎)𝐄𝐫𝐚 𝐯𝐚 𝐝𝐚𝐯𝐫𝐠𝐚 𝐨𝐢𝐝 𝟓 𝐭𝐚 𝐦𝐚’𝐥𝐮𝐦𝐨𝐭 𝐛𝐞𝐫𝐠𝐚𝐧 𝐣𝐮𝐟𝐭𝐥𝐚𝐬𝐡 𝐤𝐞𝐫𝐚𝐤 𝟏𝟏)𝐅𝐞𝐧𝐨𝐭𝐢𝐩𝐢𝐤 𝐯𝐚 𝐠𝐞𝐧𝐨𝐭𝐢𝐩𝐢𝐤 𝐨’𝐳𝐠𝐚𝐫𝐮𝐯𝐜𝐡𝐚𝐧𝐥𝐢𝐤𝐤𝐚 𝐨𝐢𝐝 𝐬𝐚𝐯𝐨𝐥 𝟏𝟐)𝐌𝐞𝐲𝐨𝐳𝐧𝐢𝐧𝐠 𝐫𝐞𝐝𝐮𝐤𝐬𝐢𝐨𝐧𝐢𝐝𝐚 𝐬𝐨𝐝𝐢𝐫 𝐛𝐨’𝐥𝐚𝐝𝐢𝐠𝐚𝐧 𝐣𝐚𝐫𝐚𝐲𝐨𝐧𝐥𝐚𝐫 𝐤𝐞𝐭𝐦𝐚-𝐤𝐞𝐭𝐥𝐢𝐠𝐢 𝟏𝟑)𝐆𝐞𝐧𝐞𝐭𝐢𝐤𝐚 𝐪𝐢𝐲𝐢𝐧 𝐞𝐦𝐚𝐬 𝐢𝐬𝐡𝐥𝐚𝐲𝐬𝐢𝐳𝐥𝐚𝐫 𝐝𝐢𝐝𝐮𝐫𝐚𝐠𝐚𝐲 𝟏𝟒)𝐁𝐢𝐨𝐭𝐢𝐤 𝐦𝐮𝐧𝐨𝐬𝐚𝐛𝐚𝐭𝐧𝐢𝐧𝐠 𝐩𝐫𝐨𝐭𝐨𝐤𝐨𝐨𝐩𝐞𝐫𝐚𝐭𝐬𝐢𝐲𝐚𝐠𝐚 𝐨𝐢𝐝 𝐭𝐨’𝐠’𝐫𝐢 𝐣𝐚𝐯𝐨𝐛𝐧𝐢 𝐭𝐨𝐩𝐢𝐧𝐠 𝟏𝟓)𝐒𝐚𝐫𝐤𝐨𝐝𝐚𝐥𝐢 𝐨𝐫𝐠𝐚𝐧𝐢𝐳𝐦𝐧𝐢 𝐭𝐨𝐩𝐢𝐧𝐠 𝟏𝟔)𝐐𝐨’𝐬𝐡 𝐮𝐫𝐮𝐠’𝐥𝐚𝐧𝐢𝐬𝐡𝐠𝐚 𝐨𝐢𝐝 𝐦𝐚𝐬𝐚𝐥𝐚 𝐛𝐢𝐭𝐭𝐚 𝟏𝟕)𝐀𝐲𝐢𝐫𝐢𝐬𝐡 𝐬𝐢𝐬𝐭𝐞𝐦𝐚𝐬𝐢 𝐦𝐞𝐭𝐚𝐧𝐞𝐟𝐫𝐢𝐝𝐢𝐲𝐝𝐚𝐧 𝐢𝐛𝐨𝐫𝐚𝐭 𝐚𝐲𝐫𝐢𝐦 𝐣𝐢𝐧𝐬𝐥𝐢 𝐯𝐚 𝐠𝐞𝐫𝐦𝐚𝐟𝐫𝐨𝐝𝐢𝐭 𝐨𝐫𝐠𝐚𝐧𝐢𝐳𝐦𝐧𝐢 𝐭𝐨𝐩𝐢𝐧𝐠 𝟏𝟖)𝐎’𝐬𝐢𝐦𝐥𝐢𝐤 𝐞𝐯𝐨𝐥𝐮𝐭𝐬𝐢𝐲𝐚𝐬𝐢𝐠𝐚 𝐨𝐢𝐝 𝐬𝐚𝐯𝐨𝐥 𝟏𝟗)𝐀𝐯𝐭𝐨𝐭𝐫𝐨𝐟 𝐡𝐮𝐣𝐚𝐲𝐫𝐚 𝐪𝐨𝐛𝐢𝐠’𝐢 𝐩𝐞𝐤𝐭𝐢𝐧𝐝𝐚𝐧 𝐢𝐛𝐨𝐫𝐚𝐭 𝐨𝐫𝐠𝐚𝐧𝐢𝐳𝐦𝐧𝐢 𝐭𝐨𝐩𝐢𝐧𝐠 𝟐𝟎)𝐆𝐞𝐧𝐨𝐭𝐢𝐩 𝐛𝐞𝐫𝐢𝐥𝐠𝐚𝐧 𝐬𝐡𝐮𝐧𝐠𝐚 𝐪𝐚𝐫𝐚𝐛 𝐟𝐞𝐧𝐨𝐭𝐢𝐩𝐧𝐢 𝐭𝐨𝐩𝐚𝐬𝐢𝐳𝐥𝐚𝐫 𝟐𝟏)𝐋𝐚𝐧𝐬𝐞𝐭𝐧𝐢𝐤𝐧𝐢𝐧𝐠 𝐪𝐨𝐧 𝐚𝐲𝐥𝐚𝐧𝐢𝐬𝐡 𝐬𝐢𝐬𝐭𝐞𝐦𝐚𝐬𝐢𝐠𝐚 𝐨𝐢𝐝 𝐬𝐚𝐯𝐨𝐥 𝟐𝟐)𝐒𝐞𝐳𝐠𝐢 𝐬𝐢𝐬𝐭𝐞𝐦𝐚𝐬𝐢𝐠𝐚 𝐨𝐢𝐝 𝐬𝐚𝐯𝐨𝐥 𝟐𝟑)𝐎’𝐬𝐢𝐦𝐥𝐢𝐤 𝐨𝐢𝐥𝐚𝐥𝐚𝐫𝐢 𝐪𝐮𝐲𝐢𝐝𝐚𝐠𝐢𝐥𝐚𝐫𝐧𝐢𝐧𝐠 𝐧𝐞𝐜𝐡𝐭𝐚𝐬𝐢 𝐭𝐨’𝐠’𝐫𝐢 𝐝𝐞𝐲𝐢𝐥𝐠𝐚𝐧 (𝐞𝐬𝐥𝐚𝐛 𝐪𝐨𝐥𝐢𝐧𝐠𝐚𝐧 𝐬𝐚𝐯𝐨𝐥𝐥𝐚𝐫)