Bitcoinjon
СтатистикаKriptovalyuta, Makroiqtisodiyot, Geosiyosat, Sun'iy intellekt va ba'zida shitpost. Kanaldagi hech qaysi ma'lumot moliyaviy maslahat emas! Oʻzingiz mustaqil oʻrganib chiqib qaror qiling.
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 5
- Всего постов
- 29
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Криптовалюты
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 1 087
- 1/48двое суток
- 1 245
- 1/72трое суток
- 1 343
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
🎂 Telegram bugun 13 yoshda! Adashmasam 2015 yillarda shaxsiy akkauntim ochilgan. Undan oldin WhatsApp ishlatardi koʻpchilik. Keyin Telegram juda qulay interfeysi va imkoniyatlari bilan ancha ilgarilab ketdi. Hozirgi kunga kelib kripto va AI ham integratsiya qilindi. Shaxsan men uchun eng foydali kontent X (twitter)da shakllanib uning aktiv muhokamasi Telegram chatlarda boʻladi, ayniqsa kriptovalyutalar va treyding mavzusida shunaqa. Hech qaysi hukumatga povotti bermay oʻz yoʻlida aktiv harakatlanayotgan Telegram jamoasiga omad va muvaffaqiyatlar tilab qolaman! Yarim tunda uyqudan turgʻuzib eng yaxshi blokcheyn qaysi deyishsa Gram deb takrorlayveraman! 🤝 @bitcoinjon
📈 S&P 500 umumiy bozor kapitallashuvi tarixda ilk bor $70 trillionga yetdi! Qiziqarli fakt: Agar siz 1802-yilda aksiyalar bozoriga $1 sarmoya kiritganingizda hozir $54,2 million boʻlarkan! Qiyin emas shunchaki to the qabrgacha sabr 🫡 @bitcoinjon
💎📉 Olmos narxlari 2011-yildagi eng yuqori cho‘qqisidan 70% pastga tushib, asrning eng past darajagasiga yetdi. 2022-yildagi qisqa o‘sishdan keyin keskin pasayish davom etmoqda. Laboratoriya (lab-grown) olmoslarining koʻpayishi Kimyoviy jihatdan tabiiy olmosdan farq qilmaydigan sun’iy olmoslar ishlab chiqarish keskin oshdi (asosan Hindiston va Xitoy). Narxlari 70–90% arzonligi sababli ular nikoh uzuklari bozorining katta qismini egallab oldi. Bu tabiiy olmoslarga kuchli bosim yaratdi. Talabning zaiflashishi Xitoyda hashamatli tovarlar bozori sezilarli pasaydi. Dunyo bo‘ylab nikohlar soni kamaymoqda. Iqtisodiy noaniqlik va foiz stavkalarining yuqoriligi saqlanib turibdi. Boshqa omillar De Beers monopoliyasining zaiflashishi, Rossiya olmoslariga sanksiyalar, bojlar va ortiqcha taklif. Olmos endi “qiymat saqlovchi” aktiv emas, balki oddiy tovarga aylanib bormoqda. @bitcoinjon
💲 AQSh dollari inflyatsiya darajasi (CPI) e’lon qilindi. Fakt: 3,4% Prognoz: 3,4% Oldingisi: 3,5% @bitcoinjon
🇺🇿 Toshkentda Xalqaro informatika olimpiadasi boshlandi! Pavel Durov ma’lum qilishicha, 2026-yilgi IOI Toshkentda o‘tkazilmoqda. Dunyoning eng kuchli yosh dasturchilari ishtirok etayotgan musobaqada 235 nafar g‘olib Telegram tomonidan kamida $117 000 qiymatidagi eksklyuziv Algorithm Cups raqamli kolleksiyalari bilan taqdirlanadi. 🏆 🦾 Durovning ta’kidlashicha olimpiadaning O‘zbekistonda o‘tkazilishi bejiz emas — algoritm so‘zi bilan bog‘liq buyuk alloma algebra otasi Muhammad al-Xorazmiy shu yurt farzandi! @bitcoinjon
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
🐳 Joriy haftada AQSh fondlari $865 millionlik BTC va $244 millionlik ETH sotib oldi. Solana va Hype ETF'larida iyul oyidan beri kirim deyarli yoʻq. Institutsional investorlar asosan BTC va ETH toʻplamoqda. Shuning uchun altkoinlarning deyarli barchasi qulayapti yoki qotib qolgan. Geosiyosiy vaziyat barqarorlashsa -99% boʻlib qolgan shitlar tezda -98% boʻladi oʻylamanglar! 🗿 @bitcoinjon
видео или голосовое, без подписи
👨💻 Bybit birjasi hakerlik hujumiga uchrab $1,4 mlrd qiymatdagi ETH'dan ajralib qoldi. 📣 Kechagina PI tokenini scam deb olamga jar solgan Bybit birjasi bugun ayanchli ahvolda. Hakerlar allaqachon oʻgʻirlangan ETH'larni boshqa manzillarga oʻtkazib boʻlishgan.…
🌲 Yog‘och narxi ketma-ket 11 kun davomida pasayib 2024-yil aprelidan beri kuzatilgan eng uzoq davom etgan pasayish seriyasini qayd etdi! Narx $577 darajasiga tushib, iyul oxiridagi $650 cho‘qqisidan 12% arzonladi. Qulashning asosiy sabablari AQSh uy-joy bozorining zaifligi — yakka tartibdagi uy qurilishi xarajatlari yillik hisobda -3,3%, quruvchilar narxlarni pasaytirmoqda. Yuqori ipoteka stavkalari va uy sotib olish qobiliyatining pastligi. Talab zaifligi ta’minot cheklovlaridan (Kanada bojlari 35%, yong‘inlar, zavod yopilishlari) kuchliroq bo‘ldi. Ta’minot muammolari bo‘lsada hozircha talab yo‘qolishi ustunlik qilmoqda. @bitcoinjon
видео или голосовое, без подписи
Kecha Telegramni pastdagi xabarini oʻqib oxiri baxayr boʻlsin deb uxlagandim. Ertalab tursam shunaqa ishkalcha. 😁
🤐 Dexscreener 9 oydan beri hech narsa post qilmagan. Lekin 10 million oylik foydalanuvchi, raqobatchisi deyarli yo‘q, trenches (okoplar) ustidan to‘liq nazorat. O‘tgan yili $100M+ daromad, hech qanday yangilik, GM post yoki shov-shuv yo‘q. Faqat yaxshi mahsulot — va hamma undan foydalanadi. Ba’zan eng yaxshi marketing — bu shunchaki ishlaydigan mahsulot. @bitcoinjon
🌌 Soniyasiga 716 marta aylanuvchi pulsar yulduzi. 1 choy qoshiq massasi Everest togʻi massasiga teng. Ba’zida shu pulsarga ketvorgim keladi akfa rom oʻrnatsa shovqini eshitilmasa kerak. 🚬🧐
🛢 Neft gigantlari rekord daromad tomon ketmoqda. 2026-yilning 2-choragida G‘arbning 5 ta yirik neft kompaniyasi umumiy hisobda taxminan $44 mlrd foyda ko‘rishi kutilmoqda. Bu tarixdagi 3-eng yuqori choraklik natija bo‘ladi. 🇺🇸 ExxonMobil — $14,7 mlrd, 🇺🇸 Chevron — rekord $12,1 mlrd, 🇬🇧 Shell — $9,8 mlrd foyda qayd etdi. Asosiy sabab — Yaqin Sharqdagi keskinlik va Eron bilan bog‘liq mojaro fonida neft narxlarining yuqori darajada saqlanib qolishi. Geosiyosiy xavf oshgani sari eng katta foydani odatda neft kompaniyalari ko‘radi. @bitcoinjon
📉📈 Support va Resistance zonalari haqida. 🟢 Support (qo’llab-quvvatlash) — narx tushganda xaridorlar faollashadigan zona. Bu yerda narx ko’pincha qaytishga harakat qiladi. 🔴 Resistance (qarshilik) — narx ko’tarilganda sotuvchilar kuchayadigan zona. Bu hududda o’sish sekinlashishi yoki qaytishi mumkin. Oxirgi boʻlayotgan voqealarga (sharmandali mahalla, uyatli xonadon) qarab tobora support zonaga yaqinlashayotganimizni his qilyapman. Grafiklar support zonada impuls oladi afsuski hayotdagi impuls daxshatli oqibatlarga olib kelishi mumkin… @bitcoinjon
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи