tgindex
Blockchain Texno - Bitcoin, kripto-aktivlar va blockchain texnologiyalari

Blockchain Texno - Bitcoin, kripto-aktivlar va blockchain texnologiyalari

Статистика

O'zbekistonda birinchi Bitcoin, kripto-aktivlar va blokcheyn texnologiyalar haqidagi OAV. Blockchain Texno axborot berish bilan chegaralanadi. Nashr hech qanday moliyaviy investitsiya asoslariga ega emas. Reklama va aloqa: info@blockchaintexno.uz

Последний пост
15 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
31
Всего постов
43
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Криптовалюты
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
6 696
−32 за 2 дн.
Сутки
−12
−0,18%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
1 299
40 постов
Вовлечённость
19,4%
к подписчикам
Постов в день
4,4
всего 43
Упоминаний
5
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1 196
1/48двое суток
1 370
1/72трое суток
1 478

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • видео или голосовое, без подписи

  • 14 авг.1 10891

    ⚠️ Binance ayrim kriptoplatformalar bilan tranzaksiyalarni cheklamoqda Binance yangi talablar va sanksiyalar sabab qator kriptoplatformalardan mablag‘ qabul qilish va ularga mablag‘ yuborishni to‘xtatmoqda. Cheklovlar ayrim servislar uchun allaqachon kuchga kirgan. 23-avgustdan yana 11 ta platforma, jumladan Rapira, WhiteBird, ABCeX, Exnode, EXMO va HTX bilan bog‘liq tranzaksiyalar cheklanishi kutilmoqda. Bu ushbu platformalarning Binancedan delist qilinishini emas, balki ular o‘rtasidagi ayrim kriptotranzaksiyalar qayta ishlanmasligini anglatadi. Bizni kuzatib boring! YouTube | Instagram | Website | Donate

  • 14 авг.1 178122

    “Gambler 0xff84” nomi bilan tanilgan treyder 2 000 BTC, taxminan 125,37 million dollarlik short pozitsiya ochdi. Bitcoin narxining pasayishi hisobiga treyder hozircha 1,4 million dollar realizatsiya qilinmagan foydada. Biroq pozitsiyaning likvidatsiya narxi 63 528,92 dollarni tashkil etadi. Agar BTC ushbu darajagacha ko‘tarilsa, yirik short pozitsiya majburiy yopilish xavfi ostida qoladi. Bizni kuzatib boring! YouTube | Instagram | Website | Donate

  • 14 авг.1 2191115

    20-noyabr Bitcoin uchun ehtimoliy tub nuqta bo‘lishi mumkin Bitcoinning tarixiy 4 yillik sikli asosidagi tahlilga ko‘ra, BTC bozor tubini taxminan har 1 460 kunda shakllantirib kelgan. Agar bu sikl yana takrorlansa, 2026-yil 20-noyabr atrofida Bitcoin navbatdagi minimumini shakllantirishi mumkin. Shundan so‘ng yangi o‘sish sikli boshlanib, BTC kelajakda yangi tarixiy maksimum (ATH) tomon harakatlanishi haqidagi ssenariy ilgari surilmoqda. Bu faqat oldingi sikllarga asoslangan taxmin. Bizni kuzatib boring! YouTube | Instagram | Website | Donate

  • 14 авг.1 1997

    ☀️☀️☀️☀️☀️☀️☀️☀️ Eng katta kripto-aktivlarning narxlari ayni vaqtda. Bizni kuzatib boring! YouTube | Instagram | Website | Donate

  • 13 авг.1 635338

    🇺🇿 O‘zbekistonda kripto birjalar mijozlarni uchinchi tomon orqali tekshirishi mumkin Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) kriptoaktivlar xizmatlari provayderlari uchun ichki nazorat qoidalarini yangilashni taklif qilmoqda. Loyihaga ko‘ra, kripto birjalar va kripto-do‘konlar mijozlarni identifikatsiya va verifikatsiya (KYC) qilish uchun ixtisoslashgan uchinchi tomon tashkilotlari xizmatlaridan foydalanishi mumkin bo‘ladi. Shuningdek, kriptoprovayderlar rahbarlari va ichki nazorat uchun mas’ul xodimlarga talablarni kuchaytirish, shubhali operatsiyalar haqidagi ma’lumotlarni himoyalangan kanallar orqali Bosh prokuraturaga yuborish tartibini aniqlashtirish taklif etilmoqda. Hozircha bu yakuniy qoida emas — loyiha jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan. Bizni kuzatib boring! YouTube | Instagram | Website | Donate

  • 13 авг.1 285131

    Glassnode: Bitcoin 58 500 dollargacha tushishi mumkin Glassnode tahlilchilariga ko‘ra, Bitcoin hozir muhim narx oralig‘ida “siqilib” qolgan. Asosiy chegaralar — 63 000 dollarlik qo‘llab-quvvatlash va 68 700 dollarlik qarshilik. Agar BTC 68 700 dollardan yuqoriga chiqsa, yaqinda Bitcoin sotib olgan investorlarning katta qismi yana foydaga kiradi va bu bozor tiklanishining dastlabki ijobiy signali bo‘lishi mumkin. Aksincha, 63 000 dollar ushlab qolinmasa, Glassnode Bitcoin’ning iyundagi minimum — 58 500 dollargacha tushish xavfini ko‘rmoqda. Kuchliroq pasayish holatida keyingi muhim zona 52 800 dollar atrofida. NOT. Blockchain Texno axborot berish bilan chegaralanadi. Nashr hech qanday moliyaviy investitsiya kafolati bermaydi. Bizni kuzatib boring! YouTube | Instagram | Website | Donate

  • 13 авг.1 3451912

    🎁 2 dollarlik Telegram sovg‘asi 15 ming dollarga sotildi Vintage Cigar 1 Telegram sovg‘asi kolleksioner Ferrariga 15 ming dollarga sotildi. Avvalgi egasi ushbu noyob #1 raqamli sovg‘ani atigi 125 Telegram Stars — taxminan 2 dollar evaziga upgrade qilib olgan va shunchaki saqlab kelgan. Natijada uning qiymati dastlabki xarajatga nisbatan qariyb 7 500 baravar oshgan. Ferrari kolleksiyasida esa endi #1 raqamli Telegram sovg‘alaridan 27 tasi mavjud. Bizni kuzatib boring! YouTube | Instagram | Website | Donate

  • 13 авг.1 26192

    Bitcoin savdo faolligi 2019-yil darajasiga tushdi Bitcoin’ning spot bozordagi savdo hajmi 2019-yil boshidan beri eng past darajalarga tushgani qayd etilmoqda. Shu bilan birga, Bitcoin-ETF’larga kapital oqimi va birjalarga BTC kirimi ham past bo‘lib qolmoqda. Bu bozorda, ayniqsa institutsional investorlar orasida faollik sustligini ko‘rsatadi. Tahlilga ko‘ra, past savdo hajmi fonida Bitcoin hozirgi yonlama harakatdan pastga chiqib, korreksiyani davom ettirish xavfi ostida qolmoqda. Biroq bu ssenariy bozorning pastdagi likvidlikni yig‘ib olishi uchun zarur bo‘lgan vaqtinchalik harakat ham bo‘lishi mumkin. Bizni kuzatib boring! YouTube | Instagram | Website | Donate

  • 13 авг.1 308102

    📉 Uzoq muddatli Bitcoin egalari BTC zaxiralarini kamaytirishda davom etmoqda On-chain ma’lumotlarga ko‘ra, Bitcoin’ni uzoq muddat saqlab kelayotgan investorlar (LTH) balansidagi BTC miqdori asta-sekin kamaymoqda. So‘nggi oylarda ushbu guruhga yangi Bitcoin’lar qo‘shilayotgan bo‘lsa-da, sotilayotgan yoki boshqa manzillarga ko‘chirilayotgan BTC miqdori bundan yuqori bo‘lib qolmoqda. Bu uzoq muddatli investorlarning bir qismi foydani fiksatsiya qilayotgani yoki kapitalini boshqa aktivlarga yo‘naltirayotganidan darak berishi mumkin. Bozor uchun bu muhim signal: tajribali va uzoq muddatli investorlarning BTC zaxiralari muntazam kamayishi sotuv bosimi hali to‘liq tugamaganini ko‘rsatishi mumkin. Bizni kuzatib boring! YouTube | Instagram | Website | Donate

  • 13 авг.1 27861

    ☀️☀️☀️☀️☀️☀️☀️☀️ Eng katta kripto-aktivlarning narxlari ayni vaqtda. Bizni kuzatib boring! YouTube | Instagram | Website | Donate

  • 12 авг.1 352151

    Bitcoin foydalanuvchilaridan biri bitta tranzaksiyani amalga oshirish uchun 1,6 BTC, ya’ni taxminan 103 ming dollar komissiya to‘ladi. Bunday holatlar odatda komissiya miqdorini noto‘g‘ri kiritish yoki tranzaksiya sozlamalaridagi xato bilan bog‘liq bo‘ladi. Bizni kuzatib boring! YouTube | Instagram | Website | Donate

  • 12 авг.1 341132

    AQSHda iyul oyidagi yillik iste’mol narxlari indeksi (CPI) 3,4 foizni tashkil etdi. Prognoz: 3,4% Avvalgi: 3,5% Inflyatsiya kutilgan darajada chiqdi va oldingi oydagi 3,5 foizdan biroz pasaydi. Bu kripto bozori uchun mo‘tadil ijobiy signal, ammo kuchli o‘sishni boshlash uchun yetarlicha katta surpriz emas. Sababi oddiy: inflyatsiyaning pasayishi Federal rezervga foiz stavkalarini pasaytirish uchun ko‘proq imkoniyat beradi. Stavkalar tushishi yoki bozor bunga ko‘proq ishona boshlashi Bitcoin va boshqa riskli aktivlar uchun odatda ijobiy omil hisoblanadi. Biroq CPI aynan bozor kutgan 3,4 foiz darajasida chiqqani sabab keskin reaksiya bo‘lmasligi mumkin. Endi investorlar Fedning keyingi qarorlari va boshqa iqtisodiy ko‘rsatkichlarga e’tibor qaratadi. Bizni kuzatib boring! YouTube | Instagram | Website | Donate

  • 12 авг.1 338145

    O‘zbekistonliklar ham avval faol investitsiya qilgan loyihalardan biri — Harmony (ONE) jiddiy inqirozga yuz tutdi. Token 2021-yildagi 0,38 dollarlik tarixiy maksimumidan qariyb 99,8 foizga arzonlagan. On-chain tadqiqotchi Juiceberg ma’lumotiga ko‘ra, tarmoqdagi xavfsizlik zaifligi orqali qariyb 4 milliard yangi ONE ruxsatsiz chiqarilgan. Bu hodisagacha mavjud bo‘lgan umumiy taklifning taxminan 26 foiziga teng. Shundan 2,8 milliard ONE qisqa vaqt ichida kriptobirjalarga o‘tkazilgan. Natijada sotuv bosimi keskin kuchayib, 12-avgust kuni ONE narxi 0,00056 dollargacha tushdi va qisqa vaqt ichida qariyb 53 foiz qiymatini yo‘qotdi. Bizni kuzatib boring! YouTube | Instagram | Website | Donate

  • 12 авг.1 324264

    🇰🇿 Darknetda Qozog‘istonning qariyb 15 million fuqarosiga tegishli ma’lumotlar bazasi 0,5 BTC evaziga sotuvga qo‘yilgani aytilmoqda. Sotuvchi ma’lumotlar eGov tizimiga qilingan kiberhujum natijasida qo‘lga kiritilganini da’vo qilmoqda. Bizni kuzatib boring! YouTube | Instagram | Website | Donate

  • 12 авг.1 329134

    🪙 2014-yilda Ethereum ICO’sida atigi 830 dollarga 2 680 ETH sotib olgan investorning hamyoni yana faollashdi. Bugungi narxlarda ushbu ETH’larning qiymati qariyb 5 million dollarni tashkil etadi. Ya’ni, dastlabki investitsiya qiymati 6 000 baravardan ko‘proqqa oshgan. Bu Ethereum’ning ilk investorlaridan biri aktivlarini qariyb 12 yil davomida ushlab kelganini ko‘rsatadi. Bizni kuzatib boring! YouTube | Instagram | Website | Donate

  • 12 авг.1 37772

    Solana tarmog‘i tarixiy maksimumni yangiladi — 24 soat ichida 172 milliondan ortiq real tranzaksiya amalga oshirildi. Bunda validatorlarning ovoz berish tranzaksiyalari hisobga olinmagan. Tarmoqning amaldagi o‘tkazuvchanligi esa soniyasiga qariyb 2 000 tranzaksiyaga (TPS) yetgan. Bu ko‘rsatkich Solana tarmog‘idagi faollik va blokcheyn infratuzilmasiga tushayotgan real yuk sezilarli darajada oshganini ko‘rsatmoqda. Bizni kuzatib boring! YouTube | Instagram | Website | Donate

  • 12 авг.1 3696

    ☀️☀️☀️☀️☀️☀️☀️☀️ Eng katta kripto-aktivlarning narxlari ayni vaqtda. Bizni kuzatib boring! YouTube | Instagram | Website | Donate

  • 11 авг.1 588315

    🇰🇿 Qozog‘istonda maynerlar 7 200 BTC qazib oldi 2023-yildan buyon Qozog‘istondagi akkreditatsiyadan o‘tgan maynerlar jami 7 200 BTC qazib olgan. Eng yuqori ko‘rsatkich 2024-yilda — 3 400 BTC qayd etilgan. Hozir mamlakatda 78 ta mayning kompaniyasi faoliyat yuritmoqda va ularning ixtiyorida 465 mingdan ortiq qurilma mavjud. Shu davrda mayning sohasi Qozog‘iston byudjetiga qariyb 35 milliard tenge soliq tushumini ta’minlagan. Bu kripto-mayning mamlakat uchun nafaqat raqamli aktiv, balki sezilarli soliq manbaiga ham aylanganini ko‘rsatadi. Bizni kuzatib boring! YouTube | Instagram | Website | Donate

  • 11 авг.1 508203

    Noma’lum yirik investor Binance birjasida birdaniga 93,6 million dollarlik ETH sotib oldi. Bunday yirik xarid bozorda “kitlar” Ethereum’ni faol yig‘ayotganining navbatdagi signali sifatida kuzatilmoqda. Biroq bitta yirik xarid ETH narxi albatta o‘sishini anglatmaydi. Bizni kuzatib boring! YouTube | Instagram | Website | Donate

Blockchain Texno - Bitcoin, kripto-aktivlar va blockchain texnologiyalari — tgindex