Jamshid Kholikulov
СтатистикаAI, Blockchain, Crypto, Tech, Travel and Design. Projects: @fidostudio @blockchaintexno @invest24uz
- Последний пост
- 13 авг.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 2
- Всего постов
- 24
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 100
- 1/48двое суток
- 114
- 1/72трое суток
- 123
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
TAF ga tayyorgarlik!
видео или голосовое, без подписи
Kelajak fintech ilovasi qanday bo'lishi kerak? payme.uz uchun konsept dizaynimiz Payme yaqinda o'z ilovasini yangiladi — bu O'zbekiston fintech bozori uchun muhim qadam. Biz esa UI/UX studiya sifatida o'zimizga savol berdik: agar bugun emas, balki 2-3 yil oldinga qarab dizayn qilsak, fintech interfeysi qanday ko'rinishda bo'lardi? Natijada Payme uchun ushbu konsept dizaynni yaratdik. Bu rasmiy loyiha emas — bu bizning kelajak haqidagi professional qarashimiz. Konseptda nimalarga tayandik: Ma'lumotni his qilish, o'qish emas. Xalqaro UX tadqiqotlari shuni ko'rsatadiki, foydalanuvchilar raqamlar jadvalini emas, vizual ma'lumotni bir necha barobar tezroq qabul qiladi. Shuning uchun byudjet holati, xarajatlar dinamikasi va maqsadlar — barchasi grafik va widget ko'rinishida, bir qarashda tushunarli qilib qurildi. Personalizatsiya — endi qo'shimcha emas, standart. Dunyodagi yetakchi fintech mahsulotlari (Revolut, Monzo, Cash App) tajribasi shuni tasdiqlaydi: foydalanuvchi o'z moliyaviy manzarasini o'zi xohlagancha ko'ra olishi kerak. Konseptimizda dashboard to'liq moslashuvchan widgetlar tizimiga qurilgan. Dark mode va ambient muhit. So'rovlarga ko'ra, foydalanuvchilarning katta qismi ilovalarda qorong'u rejimni afzal ko'radi — bu nafaqat estetika, balki ko'z charchashini kamaytiradigan va OLED ekranlarda quvvat tejaydigan amaliy yechim. Biz buni shunchaki "qora fon" emas, chuqurlik va shaffoflik qatlamlari bilan ishlaydigan yaxlit vizual til sifatida qurdik. Ishonch — moliyaviy dizaynning asosi. PwC tadqiqotiga ko'ra, foydalanuvchilarning uchdan bir qismi bitta yomon tajribadan keyin brenddan voz kechadi. Fintech'da bu ko'rsatkich yanada keskin. Shuning uchun har bir ekranda ierarxiya aniq: asosiy raqam — diqqat markazida, ikkinchi darajali ma'lumot — xalaqit bermaydi. Bizning pozitsiyamiz oddiy: O'zbekiston fintech mahsulotlari dunyo darajasida raqobatlasha oladi — buning uchun mahalliy kontekstni chuqur tushunish va xalqaro dizayn standartlarini birlashtirish kifoya. Payme jamoasiga esa yangilanish bilan muvaffaqiyat tilaymiz — kuchli mahsulotlar bozorni oldinga siljitadi. Barcha case'larimiz bilan tanishing: https://www.fido.studio/cases #FidoStudio #ConceptDesign #Fintech #UIUX #Payme #Uzbekistan #ProductDesign #DesignVision
Alifbodagi o'zgarishlar bizga rostan ham arzonga tushadimi? Qisqa tanaffusdan keyin postlarni davom ettirmoqchiman endi. Bugun alifbodagi o'zgarishlarning texnik qiyinchiliklari va oqibatlari haqida bu tredni yozishni joiz topdim. Kelinglar alifbodagi o'zgarishlarining kelajakdagi ta'sirini texnologiyalar qanday ishlashi nuqtai nazaridan ko'rib chiqamiz. 1. Katta til modellari. Hozirgi zamonaviy til modellari til qoidalarini inson belgilab bergan bir varoq qoida bilan emas, qayta-qayta takrorlangan kuzatuvlarga asoslanib oʻrganadi. 30 yillik oʻzbek raqamli matn boyligi "shahar" soʻzini 100 million marta, "şahar" ni esa 1 million marta ko'radi. Katta til modellari kelajakda yangi alifboga oson moslashishi uchun dastlab mavjud UzNet toʻliqligicha oʻgirilishi kerak. Bu degani har bitta mavjud web sahifa, pdf, epub va hk. formatdagi fayllar oʻgirib chiqilishi kerak. Buni tekinga hech kim qilmaydi. 2. Qidiruv tizimlari va indekslar. Google kabi qidiruv tizimlari vaqt davomidagi oʻxshash matn, savol va unga javob beruvchi matnlar mavjud sahifalarni oʻrganadi. Algoritmlar 20 yillik axborotlar va foydalanuvchilarning qayta-qayta ishlatishi orqali oʻrganilgan tamoyillarga asoslanadi. Shunchaki bitta harfni boshqasiga o'zgartirib qoʻyish bu algoritmlar uchun shok hosil qiladi. "Sh" harfi "ş" ning muqobili ekanini bu algoritmlar oʻzidan-oʻzi aniqlay olmaydi. "ch"ning haqiqiy muqobili ĉ, ȼ yoki ç boʻlsachi? Kim bilsin. 3. Muvofiqlashtirish qoidalari. Bu degani - oddiy tilda aytganda bitta shakldan ikkinchisiga maʼlum qoidalar orqali oʻgirish desa bo'ladi. Masalan "Shuhrat" ismli shaxsning maʼlumotlar bazasidagi jadvallardagi qatorlari aniq-tiniq qilib Şuhrat'ga oʻgirilishi unchalik ham oddiy ish emas. Tajribali injenerlar entity resolution, regex va validatsiyalarning qanchalik murakkab ekanini, oʻzgarishlarni bittalab tekshirib chiqishdek ishning hajmi, va ishlar chatoq ketib qolsa uni orqaga qaytarishning qiyinchiliklarini yaxshi tushunishadi. Ayni yuqoridagi oʻzgarishning "backward compatible" qilish, yaʼni har bitta xato ketgan ismni hozirgi lotin qoidalariga qaytara olishini oldindan kafolatlash - bu murakkab va mavhumligi koʻp savol. 4. Annotatsiyalar. Lugʻatlar, glossariylar, audio maʼlumotlarning matnga oʻgirilgan shakllari, har biri ichki tizimlarda qayta oʻgirib chiqilishi kerak. Bu dasturchilar yoki kompyuter savodxonligi bor, malakali inson uchun iloji bor narsa, lekin bunga vaqt va kuch sarflash zarurmi? Deylik, chop etish bilan shugʻullanuvchi korxonalar bunday transformatsiyaga hamma narsani choʻntagidan qilishga majbur. 800 milliard soʻmdan ularga hech kim hech narsa bermayapti, tushunishimcha. 5. Parallellik muammolari. Ispan va nemis tillari xuddi taklif qilinayotgan tildek, klaviaturaga toʻliq moslashmagan belgilardan foydalanishadi. Lekin Müller Mueller, José esa Jose deb yozib ketiladi, oqibatda yillar oʻtib shunchaki qulay uslub ham qoidaga aylanib qoladi. Bugun nemislar Schroeder deb yozib oʻtib ketaveradi, bunga hech kim qarshilik qilmaydi, dasturlar va algoritmlar buni tushunishi uchun koʻp vaqt ketadi. Ular bu yozuv qoidalarini internetda matnli maʼlumotlar koʻpayishidan oldin kiritishgan. Bugun orqaga qaytish birdek qiyin ish. 6. Xorijiy tizimlar bilan xoslik va moslik. Oʻzbek tilida otasining ismi "oʻgʻli" deb yoziladi, bilamiz. Xorijda hujjatlar bilan ishlaganda buni ogli yoki ugli deb yozishga majburmiz. Bu mavjud muammo. Endi buning ustiga sh va ch qoʻshiladi. Avtomatik tizimlar buni s va c deb kiritadi. Qoʻpol misol: "Coriyev Sokir Samsod ugli" Xuddi shularni tep-tekis lotinchada sh va ch deb yozish talaffuzda ham, yozish qoidalarida ham intuitiv. Ingliz tilida chapter, shallow yoki chamber soʻzlarini talaffuz qilish qoidalari aniq. Yozsak narsa koʻp. Bu texnologik nuqtai nazardan juda yomon burilish bo'ladi. Asosiysi, bunaqa oʻzgarishlar IT olamida ham har doim uchramaydi. Bunday tajribaning boʻlishi ham IT hamjamiyati tomonidan yuqori baholanmaydi. Bizdan boshqa hech kim bunday muammo yaratib, uni yechib o'tirgan joyi yo'q.
Webflow endi O'zbekiston to'lov tizimlari bilan ishlaydi! FidoStudio — Webflow rasmiy hamkori sifatida muhim bir bosqichni amalga oshirdik: Click va Payme to'lov tizimlarini Webflow platformasiga muvaffaqiyatli integratsiya qildik. Bu nimani anglatadi? Endi Webflow orqali quyidagilarni ishlab chiqish mumkin: Onlayn do'konlar, pullik tadbirlar uchun saytlar, onlayn kurslar platformalari, to'lovni qabul qiladigan istalgan turdagi veb-sayt — barchasi tez, moslashuvchan va professional dizaynda. Ushbu integratsiyaning birinchi amaliy natijasi — Marinno loyihasida ishga tushirildi: 🔗 marinnoshashlik.uz Endi mijozlarimiz Webflow'ning zamonaviy imkoniyatlaridan foydalangan holda, mahalliy to'lov tizimlari orqali xavfsiz va qulay tarzda onlayn savdo qilish imkoniyatiga ega. Loyihangiz uchun to'lov tizimli veb-sayt kerakmi? Yozing — g'oyangizni birgalikda hayotga tatbiq qilamiz. #Webflow #FidoStudio #Click #Payme #WebDevelopment #Uzbekistan #Fintech #NoCode #Ecommerce
2-taym juda shiddatli o’yin bo’ldi, O’zbekiston jamoasi kuchli jamoaga qarshi yaxshi o’yin ko’rsatdi, ajoyib tajriba bo’ldi. Kolumbiya jamoasi esa haqiqiy tajriba, kuchli o’yinchilar qaltis vaziyatda o’zini ko’rsatishini ko’rsatdi.
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
Istanbul, havo doimgidan yaxshi.
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи