tgindex
Fido Studio

Design: Your Business Advantage www.fido.studio Contact Us: info@fido.studio

Последний пост
13 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
8
Всего постов
21
Тип
открытый
Язык
und
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
201
0 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
165
21 постов
Вовлечённость
82,1%
к подписчикам
Постов в день
1,1
всего 21
Упоминаний
2
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
78
1/48двое суток
89
1/72трое суток
96

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • American-Uzbek Business & Investment Council — xalqaro darajadagi tashkilot uchun korporativ website dizayni. Ikki davlat o'rtasidagi biznes aloqalarini mustahkamlaydigan tashkilot uchun dizayn qilish — bu alohida mas'uliyat. Bunday platformada har bir element ishonch uyg'otishi kerak, chunki auditoriya — investorlar, biznes vakillari va xalqaro hamkorlar. American-Uzbek Business & Investment Council — AQSH va O'zbekiston o'rtasidagi savdo va investitsiya hamkorligini rivojlantirishga qaratilgan tashabbus. FidoStudio jamoasi ushbu loyiha uchun to'liq website dizaynini ishlab chiqdi. Dizayn jarayonida nimalarga e'tibor qaratdik: Xalqaro biznes estetikasi. Loyihaning xalqaro va biznes yo'nalishidagi tabiatidan kelib chiqib, ishonchli, professional va zamonaviy vizual uslub yaratdik — ortiqcha bezaklarsiz, lekin quruq va zerikarli ham emas. Katta hajmdagi kontentni tartibga solish. Kengash faoliyati, yo'nalishlari, yangiliklar va tadbirlar — bularning barchasi bitta platformada aniq va tushunarli taqdim etilishi kerak edi. Vizual ierarxiya, navigatsiya va kontent strukturasi foydalanuvchi kerakli ma'lumotni bir necha soniyada topa oladigan qilib qurildi. Maqsadli auditoriya uchun UX. Investor saytga aniq maqsad bilan kiradi — unga tez javob kerak. Shuning uchun sayt arxitekturasi "tanishuv → faoliyat yo'nalishlari → yangiliklar" mantiqiy yo'li asosida loyihalandi. Natijada tashkilotning xalqaro maqomi va biznes missiyasini aks ettiruvchi zamonaviy korporativ website dizayni yaratildi — AQSH-O'zbekiston biznes hamkorligi haqidagi yangiliklar uchun ishonchli raqamli manba. Bu loyiha portfoliomizdagi yana bir muhim yo'nalishni ko'rsatadi: FidoStudio nafaqat fintech va mobil mahsulotlar, balki xalqaro darajadagi korporativ platformalar dizaynida ham tajribaga ega. Batafsil loyiha haqida: https://www.fido.studio/cases/american-uzbek-business-investment-council Barcha case'larimiz bilan tanishing: https://www.fido.studio/cases #FidoStudio #WebDesign #UIUX #CorporateDesign #Uzbekistan #USA #BusinessCouncil #CaseStudy

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • Case Study: Orient Finans Bank — Mobile ilova va Internet Banking dizayni Ba'zi loyihalar o'z qiymatini ishga tushirilgan paytda emas, yillar o'tib isbotlaydi. Bu — ana shunday loyihalardan biri. 2019-yilda Orient Finance Bank o'z korporativ veb-saytini ishlab chiqish uchun Rossiyaning eng nufuzli dizayn studiyalaridan biri — Art. Lebedev Studio'ga murojaat qilgan edi. Bizning vazifamiz undan keyin boshlandi: OFB dizayn jamoasi tarkibida bizga Internet Banking platformasi va Mobile ilova dizaynini ishlab chiqish topshirildi — Lebedev Studio yaratgan vizual uslubni saqlagan va davom ettirgan holda. Bu kamdan-kam uchraydigan va yuqori mas'uliyat talab qiladigan vazifa edi. Biz bo'sh varaqdan boshlamadik. Har bir ekran, har bir komponent, har bir interaksiya mavjud identitetning tabiiy davomi bo'lishi kerak edi — go'yo butun ekotizimni birinchi kundan bitta jamoa yaratgandek. Bizning yondashuvimiz: Veb-sayt uchun yaratilgan asl dizayn tizimini chuqur o'rgandik — tipografika, rang mantiqi, bo'shliqlar prinsipi va interaksiya patternlari. Ushbu vizual tilni mahsulot dizayniga moslashtirdik. Bu yerda talablar tubdan farq qiladi: zich moliyaviy ma'lumotlar, murakkab jarayonlar va kundalik foydalanish stsenariylari boshqacha darajadagi aniqlikni talab qiladi. Bank operatsiyalarini mantiqiy jarayonlarga ajratdik — o'tkazmalar, hisoblarni boshqarish, tranzaksiyalar tarixi — foydalanuvchi har bir amalni minimal harakat bilan bajarishi uchun. Har ikkala platformada ham har bir interaksiya sodda, bashorat qilinadigan va ishonchli bo'lishi uchun toza vizual ierarxiya va yagona komponentlar tizimini qurdik. Natija: veb-sayt, Internet Banking va Mobile ilova yagona vizual tilda "gaplashadigan" yaxlit raqamli bank tajribasi. Bu loyihani bugun qayta esga olishga nima arziydi? Dizayn eskirmadi. Oradan yetti yil o'tsa ham, u o'z dolzarbligini saqlab qolmoqda. Bu — o'tkinchi trendlarga emas, aniq tizimlarga qurilgan dizayn o'z qiymatini yo'qotmasligining isboti. Lebedev Studio belgilagan standartlar bilan ishlash jamoamiz uchun katta tajriba maktabi bo'ldi. Izchillik — cheklov emas. Bu — intizom. To'liq case: https://www.fido.studio/cases/ofb #UIUXDesign #InternetBanking #MobileBanking #FintechDesign #DesignSystems #FidoStudio

  • Kelajak fintech ilovasi qanday bo'lishi kerak? payme.uz uchun konsept dizaynimiz Payme yaqinda o'z ilovasini yangiladi — bu O'zbekiston fintech bozori uchun muhim qadam. Biz esa UI/UX studiya sifatida o'zimizga savol berdik: agar bugun emas, balki 2-3 yil oldinga qarab dizayn qilsak, fintech interfeysi qanday ko'rinishda bo'lardi? Natijada Payme uchun ushbu konsept dizaynni yaratdik. Bu rasmiy loyiha emas — bu bizning kelajak haqidagi professional qarashimiz. Konseptda nimalarga tayandik: Ma'lumotni his qilish, o'qish emas. Xalqaro UX tadqiqotlari shuni ko'rsatadiki, foydalanuvchilar raqamlar jadvalini emas, vizual ma'lumotni bir necha barobar tezroq qabul qiladi. Shuning uchun byudjet holati, xarajatlar dinamikasi va maqsadlar — barchasi grafik va widget ko'rinishida, bir qarashda tushunarli qilib qurildi. Personalizatsiya — endi qo'shimcha emas, standart. Dunyodagi yetakchi fintech mahsulotlari (Revolut, Monzo, Cash App) tajribasi shuni tasdiqlaydi: foydalanuvchi o'z moliyaviy manzarasini o'zi xohlagancha ko'ra olishi kerak. Konseptimizda dashboard to'liq moslashuvchan widgetlar tizimiga qurilgan. Dark mode va ambient muhit. So'rovlarga ko'ra, foydalanuvchilarning katta qismi ilovalarda qorong'u rejimni afzal ko'radi — bu nafaqat estetika, balki ko'z charchashini kamaytiradigan va OLED ekranlarda quvvat tejaydigan amaliy yechim. Biz buni shunchaki "qora fon" emas, chuqurlik va shaffoflik qatlamlari bilan ishlaydigan yaxlit vizual til sifatida qurdik. Ishonch — moliyaviy dizaynning asosi. PwC tadqiqotiga ko'ra, foydalanuvchilarning uchdan bir qismi bitta yomon tajribadan keyin brenddan voz kechadi. Fintech'da bu ko'rsatkich yanada keskin. Shuning uchun har bir ekranda ierarxiya aniq: asosiy raqam — diqqat markazida, ikkinchi darajali ma'lumot — xalaqit bermaydi. Bizning pozitsiyamiz oddiy: O'zbekiston fintech mahsulotlari dunyo darajasida raqobatlasha oladi — buning uchun mahalliy kontekstni chuqur tushunish va xalqaro dizayn standartlarini birlashtirish kifoya. Payme jamoasiga esa yangilanish bilan muvaffaqiyat tilaymiz — kuchli mahsulotlar bozorni oldinga siljitadi. Barcha case'larimiz bilan tanishing: https://www.fido.studio/cases #FidoStudio #ConceptDesign #Fintech #UIUX #Payme #Uzbekistan #ProductDesign #DesignVision

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • Bugun Fido Studio jamoasi tomonidan amalga oshirilgan Marinno case haqida yozmoqchiman. Vazifa: mijoz uchun nafaqat chiroyli, balki to'lovni real vaqtda qabul qila oladigan (Click va Payme integratsiyasi bilan) website va sotuv do’konlari uchun animatsion rolik kerak edi. Buni uchta yo'nalishda parallel olib bordik: Dizayn va development jamoasi — Webflow da to'lov tizimi bilan integratsiyalashgan website yaratdi Fotograflar jamoasi — saytdagi barcha professional suratlarni tayyorladi Motion dizayn jamoasi — 32 ta filialdagi monitorlar uchun animatsion roliklar ishlab chiqdi. Har bir yo'nalish mustaqil jamoa tomonidan boshqarildi, natija esa yagona va yaxlit brend tajribasi bo'ldi. Aynan shu parallel ishlash tufayli loyihani atigi 2 oyda to'liq yakunladik. Natija: CTR ko'rsatkichi sanoat o'rtachasidan 3–4 barobar yuqori — sayt Google da ko'rinmoqda. Trafikning 98% aynan O’zbekistondan — SEO strategiyasi to'g'ri auditoriyaga qaratilgan. Bor-yo'g'i 28 kun ichida 600+ organik bosish — hech qanday reklama byudjetisiz, faqat texnik SEO va tezkor sayt asosida. Fido Studio da biz saytni faqat "chiroyli ko'rinish" uchun emas, balki mijozning biznesi uchun ishlaydigan vosita sifatida quramiz. Loyihaning to'liq presentatsiyasi bilan tanishish uchun: 👉 https://www.fido.studio/cases/marinno-shashlik Barcha case'larimiz: 👉 https://www.fido.studio/cases #FidoStudio #Webflow #WebDesign #UIUX #SEO #Uzbekistan #Toshkent #CaseStudy

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • KATM — "Kredit-axborot tahliliy markazi" uchun mobil ilova dizayni. Kredit byurosi kabi jiddiy moliyaviy tashkilot uchun mobil ilova dizayni — bu shunchaki "chiroyli interfeys" emas, balki har bir tugma ortida ishonch va aniqlik turishi kerak bo'lgan mas'uliyatli ish. FidoStudio jamoasi KATM uchun to'liq UI/UX xizmatini quyidagi bosqichlarda amalga oshirdi: Tadqiqot — UX audit, 4 ta foydalanuvchi segmenti intervyu Strategiya va Design System — biznes KPI'lariga asoslangan UX flow va to'liq design system yaratish. Wireframe va Dizayn — asosiy ekranlarni prototiplashtirish, ikkala platforma uchun UI ishlab chiqish va bir necha marta iteratsiya. Testlash — 20-30 foydalanuvchi bilan usability sessiyalar, A/B testlar, real feedback asosida dizaynni takomillashtirish Development bilan hamkorlik — dizayn fayllarini topshirish, Android/iOS integratsiya testlari, ishga tushirilgandan keyingi monitoring va tavsiyalar. Bu loyiha bizga yana bir bor shuni ko'rsatdi: professional natija — bu tasodif emas, balki har bir bosqichda foydalanuvchini o'rganish, test qilish va takomillashtirishga asoslangan tizimli jarayon mahsuli. Loyihaning to'liq prezentatsiya bilan tanishing: https://www.fido.studio/cases/katm Barcha case'larimiz bilan tanishing: 👉 https://www.fido.studio/cases #FidoStudio #UIUX #UXResearch #MobileDesign #DesignSystem #Uzbekistan #Fintech #CaseStudy

  • Webflow endi O'zbekiston to'lov tizimlari bilan ishlaydi! FidoStudio — Webflow rasmiy hamkori sifatida muhim bir bosqichni amalga oshirdik: Click va Payme to'lov tizimlarini Webflow platformasiga muvaffaqiyatli integratsiya qildik. Bu nimani anglatadi? Endi Webflow orqali quyidagilarni ishlab chiqish mumkin: Onlayn do'konlar, pullik tadbirlar uchun saytlar, onlayn kurslar platformalari, to'lovni qabul qiladigan istalgan turdagi veb-sayt — barchasi tez, moslashuvchan va professional dizaynda. Ushbu integratsiyaning birinchi amaliy natijasi — Marinno loyihasida ishga tushirildi: 🔗 marinnoshashlik.uz Endi mijozlarimiz Webflow'ning zamonaviy imkoniyatlaridan foydalangan holda, mahalliy to'lov tizimlari orqali xavfsiz va qulay tarzda onlayn savdo qilish imkoniyatiga ega. Loyihangiz uchun to'lov tizimli veb-sayt kerakmi? Yozing — g'oyangizni birgalikda hayotga tatbiq qilamiz. #Webflow #FidoStudio #Click #Payme #WebDevelopment #Uzbekistan #Fintech #NoCode #Ecommerce

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

Fido Studio — tgindex