tgindex
Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
2
Всего постов
24
Тип
открытый
Язык
und
Категория
Книги (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
368
0 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
142
24 постов
Вовлечённость
38,6%
к подписчикам
Постов в день
0,3
всего 24
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
39
1/48двое суток
44
1/72трое суток
48

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Moos shkalasi (yoki Mox shkalasi) — minerallarning nisbiy qattiqligini aniqlash uchun ishlatiladigan 10 ballik tizimdir. Ushbu usulni 1811-yilda nemis mineralogi Fridrix Moos taklif qilgan. Moos shkalasi boʻyicha ularning joylashish tartibi quyidagicha: talk — 1; gips—2; kalsit —3; flyuorit—4; apatit—5; ortoklaz—6; kvars—7; topaz—8; korund—9; olmos—10. Nisbiy qattiqlik Moos shkalasi etaloni bilan sinalayotgan obyekt yuzasiga chizib aniqlanadi. Minerallarning faol va passiv qattiqligi farq qilinadi. Agar mineral bilan oʻzining boʻlagi tirnalganda iz qoldirsa, u faol qattiqlikka ega boʻladi (masalan, olmos). 🧠 @Brain_Time1

  • Mahak toshi (yoki sinov toshi) — bu qadimda oltin va kumush kabi qimmatbaho metallarning haqiqiyligi hamda soflik darajasini aniqlash uchun ishlatilgan qora yoki toʻq rangli, silliq va qattiq toshdir.  Zargarlar qimmatbaho metallni ushbu toshga ishqalab koʻrishgan: undan qolgan rangli chiziq orqali metallning soxta yoki haqiqiyligi fosh boʻlgan. Shu sababli, majoziy maʼnoda bu ibora haqiqatni yolgʻondan ajratuvchi mezon, inson tabiatini sinaydigan holat yoki imtihon maʼnosida qoʻllanadi. ▪️Mashhur chex yozuvchisi Yaroslav Gashek qalamiga mansub satirik "Mahak toshi" hikoyasi mavjud. ▪️Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Hakim Sattoriyning saralangan asarlaridan iborat "Mahak toshi" nomli kitobi nashr etilgan. 🧠 @Brain_Time1

  • 2 авг.8511из Maqsud_Muxtor

    Amir Temurning mashhur bog‘lari haqida bilasizmi? ​Sohibqiron Amir Temur Samarqand va uning atroflarida bir-biridan go‘zal, muhtasham bog‘lar barpo ettirgan. Ushbu bog‘lar nafaqat dam olish maskani, balki elchilar qabul qilinadigan va davlat yumushlari hal etiladigan muhim koshonalar bo‘lgan. ​Amir Temur bog'laridan eng mashhurlari: ​🔹 Bog‘i Baland Samarqandning shimolidagi Choʻponota maqbarasi yaqinida nabirasi (Mironshohning qizi)ga atab qurdirgan. Bogʻ oʻrtasida Tabriz oq marmaridan qurilgan hashamatli qasr boʻlib, uning atrofidagi uzumzor, anjirzor va olmazorlar boqqa goʻzal bir tarovat baxsh etib turgan. ​🔹 Bog‘i Behisht ​"Jannat bog‘i" deb atalgan ushbu koshona Temurbekning eng sevimli xotini Tuman og'o(Xayrunniso) sharafiga barpo etilgan(1378). Unda mardakor va usta hunarmandlar tomonidan nihoyatda go‘zal qasr va favoralar qurilgan. ​🔹 Bog‘i Davlatobod ​Hindiston yurishidan so‘ng, zafarli g‘alabalar sharafiga barpo etilgan. 4 hovuz va saroy bo'lgan. Bog‘ atrofida chuqur xandaqlar qazilib, qal'a ko‘rinishida mudofaa tizimiga ega qilib qurilgan. Unga osma ko'priklar orqali kirilgan. ​🔹 Bog‘i Dilkusho ​"Ko‘ngilni ochuvchi bog‘" Amir Temur xotinlaridan biri – Toʻqalxonim sharafiga qurdirgan (1397). Samarqanddan 5 km sharqda, Panjakent yoʻlining oʻng tomonida joylashgan. Markazida hashamatli uch qavatli saroy boʻlgan, har qavatida favvora otilib turgan. Saroy devorlariga Amir Temur olib borgan urushlardan lavhalar chizib qoʻyilgan. Amir Temur Ispaniya elchisi Klavixoni ana shu bogʻda qabul qilgan. ​🔹 Bog‘i Jahonnamo ​"Jahon ko'zgusi‘". Amir Temur Samarqanddan 7 farsax (42 km) narida, Zarafshon togʻi etagida qurdirgan (1398). Unda saroy va qalʼa boʻlgan. „Zafarnoma“da  yozilishicha, bu bogʻning hududi benihoyat katta boʻlib, yoʻqolib qolgan ot 6 oydan soʻng topilgan ekan. ​🔹 Bog‘i Maydon ​Cho‘ponota tepaligi etagida joylashgan. Bog‘ markazidagi mermardan yasatilgan ulkan taxt va Oqsaroy tipidagi muhtasham koshona bilan ajralib turgan. ​🔹 Bog‘i Nav ​"Yangi bog‘". Amir Temur tomonidan umrining oxirgi yillarida barpo qilingan (1404). Unda ham to‘rt burchakli baland va hashamatli qasr hamda atroflarida xushmanzara daraxtzorlar bo‘lgan. ​🔹 Bog‘i Chinor ​Samarqandning sharqida (Konigilning janubi-gʻarb tarafida, hozirgi „Qoʻsh tamgalik“ tepaligi oʻrnida) barpo qilingan (1404). Unda chinorlar koʻp boʻlgan. Markazida xochsimon tarxli saroy joylashgan. ​🔹 Bog‘i Shamol ​Amir Temurning nevarasi (Mironshohning qizi) tug‘ilishi munosabati bilan barpo qilingan. Undagi saroy toʻrtburchak shaklda boʻlib, har tomoni 1500 qadamni tashkil qilgan. Devorlariga marmar qoplanib, sahni qora yogʻoch va fil suyagidan ishlangan. Samarqand atrofida bulardan tashqari yana bir qancha bogʻlar bo'lgan: Bogʻi Boʻldu, Bogʻi Zogʻon, Bogʻi Naqshi Jahon, Bogʻi Amirzoda Shohrux, Bogʻcha, Bogʻi Dilafroʻz, Bogʻi Sheron, Gulbogʻ, Lolazor, Bedana qoʻrugʻi, Chumchuqlik, Gʻozxona. @Maqsud_Muxtor

  • Mana, nimaga doim Magnum chempion bo'ladi degan savolga javob. 🧠 @Brain_Time1

  • ​​Gettisburg jangi (Battle of Gettysburg) — AQSh fuqarolar urushining (1861–1865) eng qonli va hal qiluvchi toʻqnashuvi boʻlib, u 1863-yil 1-iyuldan 3-iyulgacha Pensilvaniya shtatining Gettisburg shahri yaqinida boʻlib oʻtgan. Ushbu jangda Shimoliy shtatlar (Federallar) armiyasi Janubiy quldorlik shtatlari (Konfederatsiya) armiyasining Shimolga qilgan yurishini toʻxtatib, urushda tub burilish yasagan. Jangning asosiy tafsilotlari: 1-iyul (Birinchi kun): Konfederatsiya qoʻshinlari general Robert Li qoʻmondonligi ostida shimolliklarning ilgʻor qismlariga hujum qildi. Shimolliklar shaharni tashlab, strategik jihatdan qulay boʻlgan tepaliklarga (Cemetery Hill va Culp's Hill) chekinishdi. 2-iyul (Ikkinchi kun): Robert Li shimolliklarning mudofaa chizigʻiga ikki qanotdan kuchli zarba berdi. Biroq, Ittifoq armiyasi general Jorj Mid qoʻmondonligi ostida oʻz pozitsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qildi. 3-iyul (Uchinchi kun): Jangning eng yuqori nuqtasi. General Li shimolliklarning markaziy mudofaa chizigʻini yorib oʻtish uchun "Pikett hujumi" deb nomlangan ommaviy piyodalar hujumini uyushtirdi. Hujum toʻliq muvaffaqiyatsizlikka uchradi va janubliklar ulkan talofatlar koʻrib, ortga chekindi. 🧠 @Brain_Time1

  • 20 fut (6,1 metr) balandlikdagi reanimatsiya Yuqoridagi "Hayot bo‘sasi" nomli fotoda J.D. Tompson ismli kommunal hizmatchi o‘z hamkasbi Rendall G. Chempionga "og‘izdan og‘izga" usuli yordamida reanimasion yordam berayotgani muhrlangan. Uning hamkasbi past kuchlanishli elektr liniyasiga tegib ketishi natijasida xushini yo‘qotgan. Chempion o‘z hamkasbi Tompsonning yordami tufayli hayoti saqlanib qolgan. 🧠 @Brain_Time1

  • #savol Ernest Seton-Tompsonning "Anor" hikoyasi — pochta kabutarlarining o‘z egasiga va uyiga bo‘lgan sadoqati, jasorati hamda hayvonlar va inson o‘rtasidagi chinakam do‘stlik haqida hikoya qiluvchi ta’sirchan asardir. Asarda Anor laqabli jasur va aqlli…

  • #savol Ernest Seton-Tompsonning "Anor" hikoyasi — pochta kabutarlarining o‘z egasiga va uyiga bo‘lgan sadoqati, jasorati hamda hayvonlar va inson o‘rtasidagi chinakam do‘stlik haqida hikoya qiluvchi ta’sirchan asardir. Asarda Anor laqabli jasur va aqlli pochta kabutari o‘zining ajoyib qiyofasi va uchish mahorati bilan boshqa qushlardan ajralib turardi. U eng og‘ir ob-havo sharoitlarida ham xatlarni o‘z manziliga yetkazishda matonat ko‘rsatardi. Diqqat savol: savol matnida ikki o'rinda almashtirilgan so'zni yozib bering. @Brain_Time1

  • Yangi tug'ilgan chaqaloq sog'lom ekanligini qanday bilsa bo'ladi? 1952-yilda amerikalik shifokor Virjiniya Apgar tug'ilgan chaqaloqlarga baho berish taklifi bilan chiqadi. U yangi tug'ilgan chaqaloqning holatini baholash va reanimatsion muolalajalarga ehtiyoj bor yoki yo'qligini aniqlash tizimini taklif etgan. Bu baholash usuli muallifga atalib APGAR shkalasi deb nomlanadi va u quyidagi ko'rsatkichlarni o'z ichiga oladi: A (appearance) - chaqaloqning teri rangi; P (pulse) - pulsi; G (grimace) - yuz ifodasi; A (activity) - harakatlari, mushaklari tonusi; R (respiration) - nafas olish qobiliyati, reflekslari. Shkala 5 ta ko'rsatkich (har biri 0 dan 2 ballgacha, jami — maksimal 10 ball) tahlilini o'z ichiga oladi. U bola tug'ilishi bilanoq 1-5 daqiqa ichida amalga oshiriladi. Agar jami ball 3 dan past bo'lsa, chaqaloqning ahvoli og'ir deb baholanadi. 7 balldan yuqorisi esa yaxshi degani. Kanalimiz👉@Brain_Time1

  • ​"Boston choyxo'rligi" ( Boston tea Party) - Amerika kolinistlari tomonidan 1773-yil 16-dekabrda inglizlarga qarshi qilingan protest. Unda Ost-indiya kompaniyasiga tegishli, ortilgan choy yuki yo'q qilinadi. Bu harakat Amerikaning keyinchalik mustaqil(1776-yil 4-iyul) bo'lishi uchun dastlabki qadam bo'lgan deyish mumkin. Britaniya "Choy qonuni" joriy etgan edi va unga qarshi Amerikada keskin harakat tus oladi. Birinchi kontinental kongressda ko'rilgan masala aynan shu bo'ladi. "Boston choyxo'rligi" Britaniya uchun 2 ta asosiy muammo olib keldi. ▪️Ost-indiya kompaniyasi moliyaviy inqirozi. ▪️Amerikada Britaniyaga nisbatan ommaviy harakat. Harakat 1773-yilda Ost-indiya kompaniyasining 7 kemasi, og'ir yuklangan (2000 ta quti) holda ketayotganda sodir bo'ladi. Ularning umumiy maqsadi nafaqat qonunni bekor qilish edi, dunyoda inglizlarning choy monopoliyasiga chek qo'yishga harakat qilish edi. Shuningdek, harakat qatnashuvchilari o'zlarini "Ozodlik o'g'lonlari" deb atashadi. Yakunda harakat besamar ketmaydi, Britaniya qonunni bekor qiladi, biroq buning evaziga Boston meridan (Xatchinson) bu "o'g'lonlarni" topib jazolashni buyuradi. 🧠 @Brain_Time1

  • Tomoyasu Hotei (1962-yil 1-fevralda tug'ilgan) – yaponiyalik afsonaviy rok gitarachisi, qo'shiqchi, bastakor va aktyor. U dunyoga eng mashhur "Battle Without Honor or Humanity" (Kventin Tarantinoning Kill Bill filmidan) treki muallifi sifatida tanilgan. ▪️40 yildan ortiq vaqt mobaynida 40 milliondan ortiq albom sotgan. 1980-yillarda Yaponiyaning afsonaviy BOØWY rok guruhining asoschisi va gitarachisi bo'lib shuhrat qozongan. ▪️Uning musiqalari "Transformers" kabi Gollivud filmlarida va videoo'yinlarda ishlatilgan. ▪️Bir qator filmlarda, jumladan Samuray jangchisi (Samurai Fiction) kabi kartinalarda suratga tushgan. @Brain_Time1

  • Mandela effekti — ko'plab odamlarning aslida bo'lmagan yoki boshqacha sodir bo'lgan voqealarni bir xil tarzda xato eslashi, ya'ni soxta kollektiv xotira hodisasidir. Bu atama 2013-yilda Nelson Mandela qamoqxonada vafot etdi deb eslagan odamlar ko'pligi aniqlangach, Fiona Brum tomonidan ommalashtirilgan (aslida u 1990-yilda ozodlikka chiqqan). Psixologlar buni miyaning ma'lumotlarni qabul qilishdagi xatosi va boshqalarning xotiralariga qo'shilib ketishi (konfabulyatsiya) bilan izohlaydilar. Ommabop madaniyatda bu hodisa ko'pincha parallel olamlar yoki xotiraning o'zgarishi kabi nazariyalar bilan bog'lanib, qizg'in munozaralarga sabab bo'ladi. @Brain_Time1

  • #savol Detektiv yozuvchi Agata Kristi eri Polkovnik Archibald xiyonat qilganidan keyin u bilan ajrashadi. Oradan ko'p o'tmay o'zidan 15 yosh kichik Maks Mallovenga turmushga chiqadi. Kristidan eri bilan yosh tafovuti haqida so'rashganda hazilomus shunday…

  • #savol Detektiv yozuvchi Agata Kristi eri Polkovnik Archibald xiyonat qilganidan keyin u bilan ajrashadi. Oradan ko'p o'tmay o'zidan 15 yosh kichik Maks Mallovenga turmushga chiqadi. Kristidan eri bilan yosh tafovuti haqida so'rashganda hazilomus shunday javob qilar edi: "Yoshim o‘tgan sari mening X erim uchun qadrim oshib boraveradi." Diqqat savol: X o'rnidagi bir so'zni yoki Mallovenning kasbini yozib bering. @Brain_Time1

  • Dolixosefaliya (grekcha dolichos – uzun va kephale – bosh) — bu kalla suyagining uzun va tor shaklda boʻlishidir. Bunday holatda bosh oldi-orqa tomonga choʻzilgan, ikki yonboshdan esa qisilgan kabi koʻrinadi. Asosiy sabablari ▪️Chaqaloq tugʻruq yoʻllaridan oʻtayotganda kalla suyaklarining siqilishi natijasida vaqtincha shunday shaklga kirishi mumkin. ▪️Chaqaloqning uzoq vaqt davomida faqat bir tomonga (yonga) qarab yotishi (pozitsion deformatsiya). ▪️Onaning qornida homila teskari (tos suyagi bilan) kelganda bosh shakli choʻzilishi kuzatiladi. ▪️Kalla suyaklari choklarining (aynan sagittal chokning) vaqtidan oldin birikib ketishi (tibbiy aralashuv talab qiladi) ❗️Suratda — Misr fir’avni Exnatonning bosh suyagi. @Brain_Time1

  • Nosferatu — kino tarixidagi ilk va eng ta'sirli vampir obrazlaridan biri. U ilk bor 1922-yilgi nemis rejissyori Fridrix Vilgelm Murnoning “Nosferatu: Dahshat simfoniyasi” filmida (Graf Orlok) paydo boʻlgan. Bu kino aslini olganda Brem Stokerning 1897-yilda yozilgan mashhur “Drakula” romanining ruxsatsiz moslashuvi edi. ▪️1922-yildagi film mualliflik huquqini buzganligi sababli, Brem Stokerning bevasi sudga murojaat qilgan va barcha nusxalarni yoqib yuborishni talab qilgan. Ammo kino nusxalari xorijda saqlanib qolgan va jahon kino durdonasiga aylangan. ▪️ Hozirgi kunda vampirlarning quyosh nurida yonib ketishi odatiy hol (trope) hisoblanadi. Aynan shu tushuncha birinchi marta Nosferatu filmida o'ylab topilgan. Roman aslida quyosh nuri vampirni shunchaki kuchsizlantirishi haqida yozgan edi. ▪️2024-yilda rejissyor Robert Eggers tomonidan suratga olingan Nosferatu filmi katta muvaffaqiyatga erishdi. Bu gotik dahshatli filmda bosh rollarni Bill Skarsgard (Graf Orlok) va Lili-Rouz Depp ijro etishgan. @Brain_Time1

  • Oort buluti – Quyosh tizimini o‘rab turgan, milliardlab muzli jismlardan iborat ulkan va qalin sferik qobiqdir. U Quyoshdan 2,000 dan 100,000 astronomik birlik (AB) gacha bo‘lgan masofada (taxminan 1 yorug‘lik yili) joylashgan bo‘lib, uzoq davom etuvchi kometalarning asosiy vatani hisoblanadi. ▪️Asosan suv, metan va ammiak muzlaridan tashkil topgan asteroid va kometasimon jismlardan iborat. ▪️Taxminan 4.6 milliard yil avval Quyosh tizimining shakllanish jarayonida qolib ketgan "qoldiqlar" hisoblanadi. Ular gigant sayyoralar (xususan, Yupiter) tortishish kuchi ta'sirida tizim chekkasiga uloqtirilgan. ▪️Oort buluti shu qadar uzoqdaki, astronomlar hozirgacha uning ichidagi jismlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tasvirga ola bilishmagan. Biroq, uning mavjudligi uzoq muddatli kometalarning harakat traektoriyalari orqali isbotlangan. ▪️Oort bulutining ichki qismi disk shaklida bo‘lib, u Xills buluti (Hills cloud) deb ataladi. @Brain_Time1

  • Qorong'u fabrika (inglizcha: Dark factory) — ishlab chiqarish jarayonlari to‘liq avtomatlashtirilgan, sun'iy intellekt va robotlar yordamida inson arashuvisiz yoki minimal ishtirokida ishlaydigan sanoat korxonalariga aytiladi. Bu atama ichkarida ishchilar bo‘lmagani sababli chiroqlarni yoqishga hojat yo‘qligini anglatadi. Asosiy xususiyatlari: ▪️Inson omilisiz ishlash: Xom ashyo kirib, tayyor mahsulot chiqqunga qadar barcha jarayonlar robotlar, avtomatlashtirilgan mashinalar (CNC) va konveyerlar tomonidan bajariladi. ▪️24/7 rejim: Ishlab chiqarish tanaffussiz, kechayu kunduz (kuniga 24 soat) uzluksiz ishlash imkoniyatiga ega. ▪️Tejamkorlik va samaradorlik: Binolarni isitish, sovutish va yoritish kabi energiya xarajatlari qisqaradi. Ishlab chiqarishdagi xatolar va chiqindilar miqdori kamayadi. @Brain_Time1

  • Blue Screen of Death (BSoD) yoki Moviy halokat ekrani – bu Microsoft Windows operatsion tizimida kritik xatolik yuz berganda paydo bo'ladigan maxsus ogohlantirish ekranidir. Tizim mustaqil ravishda tuzata olmaydigan xatoga duch kelganda, kompyuterdagi ma'lumotlarga zarar yetmasligi va qurilmalarni himoya qilish uchun o'z faoliyatini majburiy to'xtatadi va qayta yuklanadi. Eng ko'p tarqalgan sabablar: ▪️Drayverlar muammosi: Noto'g'ri o'rnatilgan, eski yoki tizimga mos kelmaydigan drayverlar (ayniqsa video karta yoki tarmoq drayverlari). ▪️Uskunalar (Hardware) nosozligi: Tezkor xotira (RAM), qattiq disk (HDD/SSD) yoki videokartaning buzilishi yoki haddan tashqari qizib ketishi. ▪️Tizim fayllarining zararlanishi: Viruslar yoki noto'g'ri o'chirilgan dasturlar tufayli Windows tizim fayllarining shikastlanishi. ▪️Yangi qurilmalar: Kompyuterga yangi ulangan qurilmalarning mavjud tizim bilan mos kelmasligi (konflikt). @Brain_Time1

  • Brain - birinchi kompyuter virusi Brain ("Farooq Alvi Brothers" nomi ham bor) — IBM PC shaxsiy kompyuterlari (MS-DOS operatsion tizimi) uchun dunyodagi eng birinchi ommaviy kompyuter virusidir. U 1986-yil 19-yanvarda Pokistonda yaratilgan. ▪️Virus Pokistonning Lahor shahridagi Basit va Amjad Farooq Alvi ismli aka-uka dasturchilar tomonidan yozilgan. ▪️Virus zarar yetkazish uchun emas, balki mualliflik huquqini himoya qilish (anti-pirat) maqsadida yaratilgan. Aka-ukalar o'zlari yozgan tibbiy dasturni odamlar noqonuniy nusxalayotganidan norozi bo'lishgan. ▪️Virus disketa yuklanuvchi sektoriga o'z yaratuvchilarining ismi, manzili va telefon raqamlarini yozib qo'ygan. Maqsad noqonuniy nusxa foydalanuvchilarini aniqlash bo'lgan. ▪️Bu virus "Boot sector" (yuklanish sektori) virusi edi. U qattiq disklar emas, asosan 5.25 dyumli moslanuvchan disketalar (floppy disk) orqali tarqalgan. ▪️"Brain" tariqdagi ilk yashirinuvchi (stealth) virus hisoblanadi. Tizim virus zararlagan sektorni o'qimoqchi bo'lganida, virus unga toza va original sektorni ko'rsatib, o'zini bildirmaslikka harakat qilgan. ▪️Virus kompyuter xotirasini biroz sekinlashtirgan va disketa nomini (label) "@ Brain" deb o'zgartirgan, biroq fayllarni butunlay o'chirib yuborish yoki tizimni buzish kabi zararli funksiyalarga ega bo'lmagan. @Brain_Time1