tgindex
BSHOMSTBDIMI
@bshomstbdimiВидеоузбекский

Buxoro shahar Olimpia va milliy sport turlari boyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab internati

Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
24
Всего постов
47
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Видео (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
237
0 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
102
40 постов
Вовлечённость
43,0%
к подписчикам
Постов в день
3,4
всего 47
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
73
1/48двое суток
83
1/72трое суток
90

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • без подписи

  • #Mustaqillik35 🇺🇿 Yagona Vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz! ✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: https://t.me/bshomstbdimi https://www.facebook.com/groups/2109483352525156/?ref=share

  • 14 авг.58из buxorosport

    Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi. Administratsiya Prezident faoliyati va Konstitutsiyaviy vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlovchi yagona konstitutsiyaviy institut hisoblansa-da, davlat organlari bilan munosabatlarda uning faoliyatini qonun bilan tartibga solish bo‘yicha huquqiy bo‘shliq mavjud edi. Endilikda yangi qonun bilan ushbu masalalar tartibga solindi. Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etishda Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasidagi faoliyati qonun bilan tartibga solinishi Prezidentlik institutining huquqiy asoslarini kuchaytiradi. Xalqaro amaliyotda Prezident faoliyatini ta’minlovchi institutning huquqiy maqomi qonun darajasida belgilanishi Prezidentlik boshqaruvining institutsional standarti hisoblanadi. Qonun 4 ta bob va 34 ta moddadan iborat bo‘lib, Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasida Prezident faoliyatini ta’minlashning konstitutsiyaviy mexanizmlari qonunda huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. Xususan: – Administratsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy, tahliliy jihatdan ta’minlaydigan davlat organi sifatida belgilandi; – Administratsiyani Prezident shakllantiradi, Prezident belgilagan asosiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi, Prezidentga bo‘ysunadi va hisobdor bo‘ladi. Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilandi: – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy va tahliliy ta’minlash; – Prezidentning farmon, qaror va farmoyishlari loyihalarini hamda topshiriqlarini tayyorlash, ularning ijrosini tashkil etish, nazoratini olib borish hamda ularni amalga oshirishga ko‘maklashish; – Prezidentning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga oid yangi tashabbuslarini ishlab chiqish; – aholi va tadbirkorlar bilan ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotlarni tashkil etish va ularni qiynayotgan masalalarga yechimlarni ishlab chiqish; – qonunlarni imzoga yoki qaytarishga tayyorlash; – Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasini tashkil etish; – Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqalar. Shuningdek, qonunda Administratsiya rahbarining huquqiy maqomi va vazifalari, Administratsiyaning mansabdor va boshqaruv shaxslarini lavozimga tayinlash hamda ozod etishga oid normalar belgilangan, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi faoliyatini tashkil etishning qonuniy asoslari yaratilgan. Administratsiya Prezident faoliyatini tashkil etish doirasida parlament, Hukumat, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, sud hokimiyati va sudyalar hamjamiyati organlari bilan hamkorlik qiladi. Administratsiya Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va Prezidentga kiritadi. Administratsiya xodimlari uchun ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy himoya choralari nazarda tutilmoqda. Prezident Administratsiyasi to‘g‘risida Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, davlat organlarini xalqqa xizmat qiladigan, ochiq va hisobdor tizimga aylantirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi. ✅Buxoro viloyati 💼Sport boshqarmasi Axborot xizmati! 👉Rasmiy-Sayt | 🚀Telegram | 🌐Facebook | 📸Instagram | 🔥YouTube

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • 🎨 Ranglarda aks etgan birdamlik: Maktab-internatimizda ijodiy aksiya! Joriy yilning 12 avgust kuni muassasamizda Mustaqilligimiz bayrami arafasida «Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!» shiori ostida ajoyib tadbir oʻtkazildi. Muassasamiz oʻquvchilari hamda mahalla yoshlari bir jamoa boʻlib, maktab hovlisini ulkan polotnoga aylantirdilar. Rangli boʻyoqlar va boʻrlar yordamida erda (asfaltda) goʻzal rasmlar chizildi. Rasmlarda nimalar aks etdi? 🇺🇿 Hilpirayotgan muqaddas davlat bayrogʻi; 🕊 Tinchlik va hamjihatlik ramzi boʻlgan oppoq kabutarlar; modern Zamonaviy shahar loyihalari va Yangi Oʻzbekiston istiqboli. Ushbu tadbir nafaqat bolalarning ijodiy qobiliyatini koʻrsatdi, balki mahalla yoshlari va internat tarbiyalanuvchilari oʻrtasida mustahkam doʻstlik koʻprigini qurdi. Kuchimiz — birlikda va hamjihatlikda! https://t.me/bshomstbdimi

  • Buxoro shahar OMSTBDI maktab internati 9-sinf òquvchisi Keldiyorov Muxammadali ''Yagona Vatan, yagona xalq bòlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!'' ijodiy ishlar tanlovi uchun.

  • MUQADDAS VATANIM O’ZBEKISTONIM!   Muqaddas  Vatanim  O’zbekistonim. Keng diyor chamanim O’zbekistonim. Dunyoning eng go’zal  go’shasi  bu yurt. Sen mening  jon  tanim  O’zbekistonim.   Tog’lari , bog’lari, bepoyon chaman, Daryolar, soylari  jo’sh  urgan vatan. O’zbekona  diyor  so’lim  bir  makon, Men  uchun dunyoda  tengi  yoq diyor.   O’zbekning  shuxrati  sharafi bu yurt, Dunyoning  eng buyuk  Davlati bu yurt.   Buxoro shahar OMSTBDI maktab internati 9-sinf  o’quvchisi Keldiyorov Muxammadali “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” ijodiy ishlar tanlovi uchun.

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи