Sport vazirligi
СтатистикаVeb-sayt:https://gov.uz/sport/ Facebook:fb.com/MinistrySportUz Instagram:instagram.com/minsport.uz Youtube:bit.ly/30pICdW Linkedin:https://www.linkedin.com/in/sport-uz/ Twitter:https://x.com/sportvazirligi Telefon: +998(55) 520-90-07 E-mail: info@sport.uz
- Последний пост
- 10:40
- Последнее чтение
- 10:47
- Постов за неделю
- 220
- Всего постов
- 385
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- Категория
- Видео
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 1 343
- 1/48двое суток
- 1 539
- 1/72трое суток
- 1 659
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
“Byurokratiyani bartaraf etish – 2030” dasturi doirasida uchrashuv Sport vazirligida “Byurokratiyani bartaraf etish – 2030” dasturini amalga oshirish va innovatsiyalarni joriy etish bo‘yicha loyiha ofisi mas’ul xodimlari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida sport sohasida davlat xizmatlarini ko‘rsatish va boshqaruv jarayonlarida mavjud byurokratik to‘siqlarni bosqichma-bosqich qisqartirish, xizmatlardan foydalanish qulayligini oshirish, ortiqcha hujjatbozlik va takroriy ma’lumot talab qilish holatlarining oldini olish hamda fuqarolar, sportchilar, sport tashkilotlari va tadbirkorlik subyektlarining vaqt va resurs sarfini kamaytirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, “Byurokratiyani bartaraf etish – 2030” dasturi doirasida Sport vazirligi faoliyatiga zamonaviy raqamli yechimlarni joriy etish, mavjud jarayonlarni soddalashtirish va avtomatlashtirish, davlat xizmatlarini ko‘rsatish samaradorligini oshirish hamda fuqarolar uchun qulay va shaffof xizmat ko‘rsatish tizimini shakllantirish yuzasidan takliflar ko‘rib chiqildi. Uchrashuv yakunida dastur doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar, ularning ijrosini ta’minlash hamda sport sohasida byurokratik jarayonlarni qisqartirish bo‘yicha fikr va takliflar almashildi. Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
TRENERLAR BILAN OCHIQ MULOQOT 👥 Hurmatli trenerlar! 💬 Sport vazirligi tomonidan trenerlar bilan ochiq muloqot tashkil etilmoqda. 🎯 Muloqotning asosiy maqsadi — Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-iyuldagi 407-son qarori doirasida trener-seleksionerlar faoliyati, yangi mexanizmlar va trenerlarni qiziqtirayotgan masalalarni muhokama qilish, mavjud muammolarga amaliy yechimlar topishdan iborat. 🔄 Shuningdek, mashg‘ulotlar davomatini qayd etishda «Face ID», sun’iy intellekt va geolokatsiya imkoniyatlarini joriy etish bo‘yicha savol va takliflar ham muhokama qilinadi. 📩 SAVOL VA TAKLIFLARINGIZNI YUBORING! O‘zingizni qiziqtirayotgan savol, taklif va muammoli masalalarni oldindan yuborishingiz mumkin. ⏰ Qabul qilish muddati: 20-avgust, soat 13:00 ga qadar 🔗 HAVOLA https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSeG4U4RE7Y3l__BvfWQXM8kUr6rReX40kgfR25NV1tjyG2xSw/viewform?usp=publish-editor 🤝 Sizning takliflaringiz trenerlar faoliyatini takomillashtirish va yangi mexanizmlarni samarali joriy etishga xizmat qiladi. Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
DXX kubogi: Respublika bosqichi bo'lib o'tmoqda Toshkent shahridagi “Bunyodkor” stadionida “DXX Kubogi”ning Respublika bosqichi doirasidagi futbol musobaqalari boshlandi. Mazkur musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan saralangan jamoalar ishtirok etib, futbolning turli yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zaro kuch sinashmoqda. Respublika bosqichida jami 42 ta jamoa g‘oliblik uchun bahs olib bormoqda. Jumladan: 14 ta jamoa — qizlar o‘rtasidagi mini futbol; 14 ta jamoa — o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi mini futbol; 14 ta jamoa — o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi katta futbol yo‘nalishida ishtirok etmoqda. Musobaqaning dastlabki uchrashuvlaridanoq jamoalar yuqori tayyorgarlik va g‘alabaga bo‘lgan qat’iy intilishini namoyish etmoqda. Maydonda keskin va murosasiz kechayotgan bahslarda yosh futbolchilarning texnik mahorati, jismoniy tayyorgarligi hamda jamoaviy harakatlari alohida e’tiborga loyiq. “DXX Kubogi” yoshlar o‘rtasida futbolni yanada ommalashtirish, iqtidorli sportchilarni aniqlash, ularning sport mahoratini oshirish hamda sog‘lom va faol turmush tarzini targ‘ib etishga xizmat qilmoqda. Musobaqa doirasidagi bellashuvlar “Bunyodkor” stadionida davom etmoqda. Ishtirokchilar o‘z hududlari sharafini munosib himoya qilish va yuqori natijalarni qayd etish uchun bor kuch va mahoratini ishga solmoqda. “DXX Kubogi”ning final bosqichi 22-avgust kuni “Bunyodkor” stadionida o‘tkaziladi. Final uchrashuvlarida eng munosib jamoalar aniqlanib, musobaqaning g‘olib va sovrindorlari tantanali ravishda taqdirlanadi. Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Mustaqillik shukuhi: sport obyektlarida bunyodkorlik ishlari jadallashmoqda Mustaqillikning 35 yilligi oldidan Sport vazirligida sport obyektlarida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, investitsiya dasturlari hamda “Tashabbusli budjet” loyihalari ijrosiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Vazir o‘rinbosari Avazjon Karimov boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishda hududlardagi sport obyektlarining qurilish-ta’mirlash jarayonlari, belgilangan vazifalar ijrosi va bayram arafasida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan inshootlarning tayyorgarlik holati atroflicha ko‘rib chiqildi. Yig‘ilishda investitsiya dasturi asosida amalga oshirilayotgan loyihalar, “Tashabbusli budjet” loyihalari doirasidagi ishlar, qurilish-ta’mirlash jarayonlarini jadallashtirish hamda mavjud muammolarni tezkor bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, foydalanishga topshirilgan sport obyektlarida yaratilgan sharoit va imkoniyatlarni ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritish, amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlarini jamoatchilikka yetkazish masalalari ham muhokama qilindi. Yig‘ilishda hududiy sport boshqarmalari rahbarlari, ularning o‘rinbosarlari, infratuzilmaga mas’ul bo‘lim boshliqlari va mutaxassislarning axborotlari tinglandi. Yig‘ilish yakunida mas’ullarga obyektlarda qurilish-ta’mirlash ishlarini sifatli va o‘z vaqtida yakunlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi. Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
– Bugun tadbirkorlarimiz “biznesni boshlash” bosqichidan “kapitalni ko‘paytirish” bosqichiga o‘tyapti, – dedi davlatimiz rahbari. Besh yilda korxonalarning asosiy kapitalga investitsiyasi 3 karra ko‘payib, 363 trillion so‘mga yetdi. Sanoati 100 million dollardan oshgan tumanlar soni 66 tadan 116 taga koʻpaydi. Axborot texnologiyalari, fintex va boshqa servis sohalarining jadal rivojlanayotgani hisobiga xizmatlar hajmi 1 trillion so‘mlik marradan o‘tgan tumanlar soni 41 tadan 152 taga yetdi. Yetakchi xalqaro marketpleyslar bilan ishlayotgan korxonalar esa 3,5 mingtani tashkil etmoqda. Biznesini mahallada boshlab, yurtimiz bo‘ylab o‘nlab filiallarga ega bo‘lgan tadbirkorlar 550 tadan, milliy brendini yaratganlar 300 tadan oshdi. So‘nggi yillarda mis, oltin, metall prokat, polietilen, PVX, kaolin va boshqa xomashyolarning taklifi oshirildi. Natijada elektrotexnika, qurilish materiallari, farmatsevtika, to‘qimachilik va mebelsozlik kabi sohalarda “katta sakrash” qilindi. Elektromobil, polimer va maishiy kimyo, “yashil” energetika, zargarlik sanoati kabi yangi yo‘nalishlar shakllandi. “BYD”, “ADM Jizzakh”, “Sirdaryo Asaka Motors” kabi zamonaviy avtomobil zavodlari sohaga yangi kompetensiya va texnologiyalar olib kirdi. Facebook|Instagram|X
Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazmda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazmoqda. Bugungi anjumanda ilk bor tuman studiyalaridan ham 25 mingga yaqin tadbirkor ishtirok etmoqda. Davlatimiz rahbari yurtimiz iqtisodiy qudratini mustahkamlashga faol hissa qo‘shayotgan 1 million 200 minglik biznes hamjamiyatini Tadbirkorlar kuni bilan tabrikladi. Besh yil oldin tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazish anʼanasi boshlanganidan buyon biznesga to‘siq bo‘lgan minglab masalalarga yechim berildi. Bu borada 84 ta qonun, 861 ta farmon va qaror qabul qilindi. – Nima uchun? Tadbirkorlarimizga sharoit yaratib, yangi ish o‘rinlarini ko‘paytirish, odamlarimizni uzoqqa bormasdan, mahallasining o‘zida daromadli qilish uchun! – dedi Prezidentimiz. O‘tgan davrda biznes uchun ajratilgan kredit portfeli qariyb 3 karra oshib, 450 trillion so‘mga yetdi. Tadbirkorlar 650 trillion so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi. Ko‘plab biznes vakillari xorijiy banklardan o‘z loyihalariga mustaqil ravishda 1 milliard dollar jalb qildi. Davlatimiz rahbari buni tadbirkorlarimiz zabt etgan yana bir ulkan marra sifatida baholadi. Facebook|Instagram|X
Sport vazirligi karvoni Xorazmda: sport maktablariga zamonaviy jihozlar yetkazildi O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi arafasida Xorazm viloyatidagi sport-ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu safar Sport vazirligining ezgu tashabbuslar karvoni Xorazm viloyatiga yetib keldi. Viloyat Sport boshqarmasida sport jihozlari va anjomlarini topshirish marosimi ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. Shundan so‘ng zamonaviy sport jihozlari va sport kiyimlari maxsus transport vositalarida sport-ta’lim muassasalariga belgilangan tartibda topshirish uchun o‘z manzillari sari yo‘l oldi. Vazirlik tomonidan viloyatdagi sport maktablari hamda ixtisoslashtirilgan sport maktablariga 9 turdagi qariyb 1 300 dona sport jihozlari va anjomlari, shuningdek, 4 500 dona sport kiyimlari yetkazib berildi. Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
#fotoreportaj Slovakiyaning Bratislava shahrida bo‘lib o‘tayotgan sport kurashlari bo‘yicha U20 jahon chempionatida jahon chempionligini qoʻlga kiritgan Quvonchbek Ismoilovga Birlashgan kurash dunyosi (UWW) Prezidenti Nenad Lalovich tomonidan chempionlik kamari (World Championship Belt) tantanali ravishda topshirildi. Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
#yangi_Oʻzbekiston_yangi_gʻalabalar Xorazm oʻgʻloni Quvonchbek Ismoilov yunon-rum kurashi boʻyicha jahon chempionligini qoʻlga kiritdi Slovakiyaning Bratislava shahrida bo‘lib o‘tayotgan sport kurashlari bo‘yicha U20 jahon chempionatida O‘zbekiston yunon-rum kurashi terma jamoasi vakili Quvonchbek Ismoilov (63 kg) oltin medalni qo‘lga kiritdi 🤼♂ Final bahsida Quvonchbek rossiyalik kurashchini 9:7 hisobida mag‘lub etib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi. Quvonchbek Ismoilovning ushbu gʻalabasi Oʻzbekiston Respubikasi mustaqilligining 35 yilligiga munosib tuhfa boʻldi. Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Sport vaziri tomonidan Xorazmdagi sport obyektlarida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari o‘rganildi O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri Adkham Ikramovning Xorazm viloyatiga xizmat safari davomida hududdagi sport obyektlarining holati hamda ularda olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi. Jumladan, Urganch tumanidagi “G‘alaba” sport sog‘lomlashtirish markazida amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari bilan tanishildi. Shuningdek, Dzyudo mahorat maktabida yotoqxona va sport zalida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari ko‘zdan kechirildi. Tashrif davomida Suv sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabida ham bo‘lib, sportchilar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi. Sport obyektlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, sportchilar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish va mavjud infratuzilmani yanada rivojlantirish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi arafasida Surxondaryoda sport-ta’lim muassasalariga zamonaviy sport jihozlari hamda sport formalari topshirildi Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Surxondaryoda sport-ta’lim muassasalariga zamonaviy sport jihozlari topshirildi O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi arafasida Surxondaryo viloyatidagi sport-ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga qaratilgan navbatdagi amaliy ishlar amalga oshirildi. Viloyat Yakka kurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabida o‘tkazilgan tadbirda viloyat sport boshqarmasi boshlig‘i Ravshanbek Maxmudov so‘zga chiqib, yoshlarni sportga keng jalb etish, ular uchun munosib sharoit yaratish va mashg‘ulotlar sifatini oshirish borasidagi ishlar haqida ma’lumot berdi. Tadbir davomida Sport vazirligi tomonidan 9 turdagi 1 300 dan ortiq zamonaviy sport jihozlari va anjomlari hamda 10 000 dan ortiq sport kiyimlari viloyatdagi sport maktablari hamda ixtisoslashtirilgan sport-ta’lim muassasalariga belgilangan tartibda topshirildi. Yangi jihozlar sportchilarning mashg‘ulotlarini yanada sifatli va samarali tashkil etish, sport turlarini rivojlantirish hamda yuqori natijalarga erishish uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratadi. Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи