tgindex
Mirsanjar Sanayev blogi

Mirsanjar Sanayev blogi

Статистика
@bumening_olamimузбекский

She'rlar, kitoblar, kinolar tahlili. Ta'lim tizimi haqida shaxsiy fikr va munosabatlar...

Последний пост
6 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
27
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
463
−3 за 5 дн.
Сутки
−1
−0,22%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
455
27 постов
Вовлечённость
98,3%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 27
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
374
1/48двое суток
428
1/72трое суток
462

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 6 авг.258302

    Sening yuzing brend darajasiga ko'tarilsa ham qiyin ekan. Lichkam mana shunaqa videolardan to'lib ketgan. CR7 ham orqada qoldi 😂 @bumening_olamim

  • Iyul oyida o'qilgan kitoblar: 1. Devid Bax, Jon Devid Mann "Latte omili" 2. Grant Karton "Savdo san'ati" 3. G'iyosiddin Yusuf "Bola va pul" 4. Napoleon Xill "Boyish qoidalari" 5. Erkin A'zam hikoyalari 6. Stiv Jobs "Stenford universiteti bitiruvchilariga nutqi" 7. Jeyms Kirr "Atom odatlar" 8. Brayan Treysi "Samaradorlikning 21 yo'li" 9. Morgan Hauzel "Pul psixologiyasi" 10. Mubashshir Ahmad "Islomda oila" 2018-yildan beri bir oyda buncha ko'p kitob o'qimagandim (tinglamagandim). @bumening_olamim

  • Shu paytga qadar faqat ingliz va turk tillaridan kòp darajali (multi-level) test tizimi bor edi. 2026-yil 1-sentabrdan quyidagi tillarga ushbu test tizimi tadbiq etilar ekan: xitoy, koreys, yapon, ispan, italyan, fors, dari, pushtu, urdu, hindiy uyg‘ur. Juda zòr!!! Gap bòlishi mumkin emas! @bumening_olamim

  • Qaroringni hurmat qilaman Yevropa filmlarida ushbu gapni juda ko'p eshitgansiz. Manimcha, biz o'zbeklarda yetishmaydigan, o'zlashtirsa arziydigan odatlardan biri (to'laligicha emas, albatta 😁). Ayniqsa, mehmondorchilik masalasida shu narsa yetishmasligi juda bilinadi. Uyning qaysidir qismida xohishingiz bilan o'tirmoqchi bo'lsangiz, majburlab to'rga o'tkazishadi, ba'zan. Balki, men o'zimni to'rda komfort his qilmasman. uyning egasiga qizig'i yo'q. Shart emas deganingiz bilan dasturxon tuzaladi, ovqat suziladi. Siz ochmisiz yoki ovqatlanganmisiz, hozirgi holatda yog'li narsalar mumkinmi uy egasi sizdan so'rab ham o'tirmaydi. Yeyishingiz shart. O'z qaroringizni aytsangiz xafa bo'lishadi. to'rga o'tmadi, choy ichmadi, ovqat yemadi va ho kazo. Barchaning qarorini hurmat qilishni o'rganishimiz shart. Siznikiga kelgan mehmon o'zini noqulay his qilmasin. Aytgancha ketaman desa, qoliiiiiiing deb majburlamang 😂 @bumening_olamim

  • без подписи

  • Kim yoki qaysi xalq bòlmasin uni bobosi hozirgi Òzbekiston hududidan chiqqan bòlib qolaveradi. Kleopatra va Spitamen boģliqligi haqida bilarmidingiz? Videoni shosha-pisha kòrib oling @bumening_olamim

  • Kòplab talabalarga Fatvo hay'atidan yaxshi javob bòlibdi! Ijarada turgan xonadonimga amaliyotga uyga ketgan paytim uchun pul tòlaymanmi? @bumening_olamim

  • Bugun shu elning ro‘shnoligi, yurtning taraqqiyotini ko‘rish orzusida yonadigan, qo‘lidan kelgancha shu yo‘lda harakat qiladigan odam—Javlon Jadidning tuvildi kuni. Javlon JOVLIga Ushbu she'r Baland minbarlardan allalangan va Aldangan bolalar haqida emas. Unutlig‘ ul bulbul tumshug‘idagi Zanjirband nolalar haqida emas. Ushbu she'r Bu g‘urbat dahrida g‘aribdan g‘arib, Musofir o‘g‘lonlar haqida emas. Ham ro‘zi, ham so‘zi, ham yurtda o‘zi Qahatlig‘ zamonlar haqida emas. Ushbu she'r Kech kuzak qahridan qaltirab dir-dir, Kech ungan yalpizday beumid, besas, Erlari xorijda quldayin yurgan Yarim tul juvonlar haqida emas. Ushbu she‘r Tiniq osmoniga qarsak uchirib, Shoyini maqtovdan qilganicha mast. Xalqiga orzu va zahqum ichirib, To‘ymagan halqumlar haqida emas. Ushbu she'r Juft o‘rim sochlari to‘kilganicha, Oro(l)min yo‘qotgan onaday besas, Ichdan evrilsa-da Har go‘dagidan Umidvor bir Vatan haqida emas. Ushbu she'r Shirin tushlarini suvga oqizib, Bemahal uyg‘ongan odam haqida. https://t.me/NajmiddinTURON

  • STIV JOBSNING STENFORD UNIVERSITETI BITIRUV MAROSIMIDAGI NUTQIDAN PARCHA ...Hech kimning oʻlgisi kelmaydi. Hatto jannatga tushishni orzu qilganlar ham oʻlishni istamaydilar. Shunga qaramay, oʻlim – barchamiz yetib boradigan yakuniy manzildir. Shu paytgacha undan hech kim qochib qutula olmagan. Shunday boʻlishi ham kerak. Chunki Oʻlim, ehtimol, Hayotning eng buyuk ixtirosidir. U hayotni yangilovchi asosiy kuchdir. U yangilarga joy boʻshatish uchun eskilarni sahnadan olib tashlaydi. Ayni paytda u “yangi”lar – sizsiz. Biroq, kun kelib, unchalik ham uzoq boʻlmagan kelajakda, siz ham asta-sekin “eski”ga aylanib, sahnadan ketasiz. Gaplarim fojiali eshitilayotgani uchun uzr soʻrayman, ammo bu – ayni haqiqat... 2005-yil @bumening_olamim

  • "Suv kabi bo'l! Suv o'zi kirgan yerning shaklini oladi" degan mashur jumla hozir keng tarqalgan. Uni mashur aktyor Bryus Li bilan bog'lashadi. Lekin, bu ibora bizning ajdodlarimiz orasida oldindan ishlatib kelingan. Buning dalili Mahmud ibn Valining "Bahr ul-asror" asaridir. 17-asrga oid ushbu asarda quyidagicha jumla uchraydi: از آب کم مباش که در هرچه اوفناد از رنگ خود برامده رنگ همان گرفت. Tarjimasi: Suvdan kam bo'lmaki, u har narsaga tushar, O'z rangidan chiqib uning rangiga kirar. Muallif ham bu satrlarni boshqa insonlar aytganini ta'kidlaydi. Demakki, bu hikmatning tarixi 17-asrdan ham qadimroqqa borib taqaladi. @bumening_olamim

  • Taysin tağo Bruslini gapi deb aytgan "Suv kabi bòl dòstim" degan gap haqiqatda aytilgan bor gap. @bumening_olamim

  • "Atom odatlar" kitobini tinglayapman. Bildimki, o'zim bilmagan holda bazi odatlarni shakllantirish uchun formulamni ishlab chiqqan ekanman. Masalan, doimiy qalpoq (do'ppi) kiyishim. Milliylikni sevganim sababli qalpoq kiyib yurishni xohlardim. Birdan kiysam hamma tinchlikmi deyishni boshlaydi va bir kun kiysam, ikkinchi kun esimdan chiqishi mumkin. Yaxshi fikr miyamga keldi: sochimni qirib, kalga oldirdim. Bu ishni 3 oy takrorladim. Sochsiz holatda talabalar yoniga kirish, ishxonada yurish noqulay, ikkinchidan, kimdir so'rasa sochimni oldirganim uchun qalpoq kiydim desam ortiqcha savol berishmasdi. Shu tarzda bu odat shakllandi. 2022-yildan boshlangan odatim bugungi kungacha davom etib kelmoqda. Hozirda qalpoqsiz ko'chaga chiqsam o'zimni kiyimsiz yurgandek his qilaman. Tushundimki, boshqa odatlarni ham shunday tarzda tabiiy ehtiyoj darajasiga ko'tarib, so'ng odatlanib qolish mumkin ekan. Rasm 2022-yilniki 😎 @bumening_olamim

  • Refleks shakllanishi haqida hamma bitta misolni keltiradi - Pavlov qorong'u uyga itni qo'ydi, chiroqni yoqib ovqat berdi, ovqat bermay chiroqni yoqsa ham itda so'lak ajraldi. Men boshqa yaxshi misol bermoqchiman. Bir dorboz katta tog'oraga olovdan so'ng qoladigan cho'g'ni yig'ib, so'ng sho'x musiqani qo'ygan holda ustiga tovuqni tashlar ekan. Tovuq oyog'i kuygani sababli ikkala oyog'ini tez tez ko'tarib harakat qiladi va xuddiki dam o'ng, dam chap oyog'ini ko'tarib raqsga tushgandek harakatni bajaradi. Bu holat bir necha bor takrorlangach, tovuqda refleks paydo bo'lib, shu musiqani eshitishi bilan oyoqlari kuygandek patillashni boshlaydi. Dorboz shu tarzda raqsga tushuvchi tovuq bilan tomoshalar ko'rsatgan. 😁 Endi shu misolni aytinglar, xo'pmi? @bumening_olamim

  • Messi va Yamal haqida naq 1 yil oldin ham yozgan ekanman. Batafsil @bumening_olamim

  • Assalomu alaykum. Offline tayyorlanishga imkoni boʻlmaganlar uchun ajoyib imkoniyat. Ona tilidan milliy sertifikatga online tayyorlaymiz. Tayyorlanmoqchi boʻlganlar shu raqamga murojaat qilishingiz mumkin 😊 Telegram: @Adabiyot_hayot_darsligi

  • 🎧📖📚 "Savdo san'ati" ortidan "Bola va pul" ham nihoyasiga yetdi. Yoz òtmoqda soz @bumening_olamim

  • Chungan chunadi 1985-yil What is your name? 2005-yil What's your name? 2015-yil What's ya name? 2025-yil Whatcha name? 2045-yil Wo? 😂 @bumening_olamim

  • без подписи

  • Bir vaqtda 2 ta kitob òqish mumkin ekan: 1. "Savdo san'ati" kitobini Mutolaa ilovasidan tinglayapman. 2. Mubashshir Ahmadning "Islomda oila" kitobini òqiyapman. Yaxshi ketyapti. Tavsiya qilishga arziydigan kitoblar. @bumening_olamim

  • Ҳамдардлик Ўзбекистонда хизмат кўрсатган маданият ходими, таниқли шоир Икром Отамурод 75 ёшида вафот этди. Миллий адабиётимизни гўзал шеър ва достонлари билан бойитган шоирга Аллоҳдан раҳмат сўраймиз. Оила аъзоларига чуқур ҳамдардлик билдирамиз. Икром Отамуродов 1951-йил 5-майда Қашқадарё вилоятининг Касби туманидаги Хўжакасби қишлоғида таваллуд топган. 1974-йиллда Тошкент давлат университети (ҳозирги Миллий университет)нинг журналистика факултетини тамомлаган. Шоирнинг “Вақт ранглари” (1982), “Жануб қушлари” (1983), “Тўрғайли манзиллар” (1983), “Уфқлар орти бепоён” (1987), “Харитага тушмаган жойлар” (1992) “Узоқлашаётган оғриқ” (1992), “Сопол синиқлари” (1994), “Сен” (1996), “Ичкари ва ташқари” (1997), “Руҳимнинг қайғуси” (1997), “Канглум, ўзинг”, “Тавр”, “Тағаззул”, “Ҳижрон имтиҳони” шеърий китоблари чоп этилган. Узоқ йиллар "Шарқ юлдузи" журналида самарали меҳнат фаолиятини олиб борди. @Eshqobil_Shukur_ijodi