MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB BUXORO FILIALI
Статистика#QABUL_2026 TEL: 99-270-20-25 & 99-475-20-25 @faridraxmonov90
- Последний пост
- 13 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 8
- Всего постов
- 130
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Новости и СМИ (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 580
- 1/48двое суток
- 664
- 1/72трое суток
- 716
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
#Jarayon #Muhammad_al_Xorazmiy_nomidagi_ixtisoslashtirilgan_maktab_Buxoro_filiali ⚡️Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab Buxoro filialining 5-6-7-sinf o'quvchilari o'rtasida “Mustaqillikning 35 yilligi – Yangi O‘zbekiston yoshlari nigohida” shiori ostida o‘tkazilayotgan "Kitobxonlik madaniyatini oshirish kuni" tadbirlar reja-grafigining 5-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida "Yosh kitobxonlar" tanlovi o'tkazildi. ⚡️ Bir asar tahlili doirasida o'tkazilgan mazkur tanlovda Xudoyberdi To'xtaboyevning "Jannati odamlar" asari tanlandi. 👉BIZNI KUZATIB BORING👈
#YagonaVatan35 🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tashabbusi bilan Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida “Yangi O‘zbekistonning iqtidorli farzandiman” ijodiy chellenji e’lon qilinadi. Chellenj quyidagi yo‘nalishlarda bo‘lib o‘tadi: ✅ #YagonaVatan35 chellenji — o‘quvchilarning Vatan haqidagi fikrlari, tabriklari va ezgu tilaklari; ✅ “Mustaqillik menga nima berdi?” mavzusida 30–60 soniyalik videorolik; ✅ “Bir bayroq – bir yurak” fleshmobi; ✅ O‘quvchilar ijrosida Vatan haqidagi she’r yoki vatanparvarlik qo‘shig‘i; ✅ Mustaqillik aks etgan binolar va manzillarda rasmga tushish; ✅ “Mening maktabim – Yangi O‘zbekiston kelajagi” mavzusida ijodiy videorolik; ✅ Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan va sport maktablari yutuqlarini aks ettiruvchi motivatsion video; ✅ O‘qituvchi, ota-ona va bitiruvchilarning Mustaqillik haqidagi samimiy fikrlari jamlangan videorolik; ✅ Davlat ramzlariga hurmat, Vatanga sadoqat va milliy qadriyatlarni targ‘ib qiluvchi kreativ videolar. Qatnashish uchun: ⚪️ O‘zingiz tanlagan yo‘nalishda ijodiy ish tayyorlang. ⚪️ Ishingizni Telegram yoki Instagram sahifangizga joylang. ⚪️ Postga #YagonaVatan35 heshtegini qo‘ying. Eng muhimi — ijodingizni namoyon eting va “Yangi O‘zbekistonning iqtidorli farzandiman!” degan g‘oyani o‘z uslubingizda ifodalang! 🏆 Eng faol va kreativ ishtirokchilarning ijodiy ishlari e’tirof etilib, munosib taqdirlanadi. Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
💥 Siz kutgan lahza nihoyat keldi! 💥 Young Climate Champions 3-mavsumiga arizalar rasman OCHILDI! 🎉 Agar siz faol yosh bo‘lsangiz, iqlim va ekologiyaga qiziqsangiz hamda, hamda kelgusi bir yil davomida haqiqiy o‘zgarish yaratishga tayyor bo‘lsangiz - bizga qo‘shiling!! 🚀 YCC nima? Young Climate Champions - bu 1 yillik ekologik liderlik dasturi. 🏕️ Dastur avgustdagi liderlik oromgohidan boshlanadi. U yerda siz O‘zbekistonning turli hududlaridan kelgan tengdoshlaringiz bilan tanishasiz va iqlim lideri bo‘lish uchun kerakli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz. 🌱 Keyin esa bilimlaringizni amalda qo‘llaysiz! 2026–2027 o‘quv yili davomida jamoangiz bilan ekologik loyihalar amalga oshirasiz. Faol ishtirok etsangiz milliy va xalqaro iqlim tadbirlarda qatnashish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. 🎉 Yil yakunida esa erishgan yutuqlaringizni YCC oilasi bilan birgalikda nishonlaysiz! 🌟 Sizni nimalar kutmoqda? 🏕️ Toshkent shahridagi liderlik oromgohlari 🌍 Iqlim o‘zgarishi va ekologik liderlik bo‘yicha amaliy bilimlar 🎤 Milliy va xalqaro iqlim konferensiyalari va tadbirlarida ishtirok etish imkoniyati 🤝 O‘zbekistonning barcha hududlaridan yangi do‘stlar 💡 O‘z ekologik va iqlim loyihalaringizni yaratish va amalga oshirish uchun mentorlik va yordam 📜 Sertifikat va tavsiyanomalar 📌 Kimlar ariza topshirishi mumkin? ✅ 14–18 yoshdagi o‘quvchilar ✅ Iqlim, ekologiya va ijobiy o‘zgarishlar yaratishga qiziqadiganlar ✅ 2026–2027 o‘quv yili davomida o‘z hududida ekologik va iqlim loyihalarini amalga oshirishga tayyor bo‘lganlar 🚀 Young Climate Champion bo‘lishga tayyormisiz? 📝 Ariza topshirish uchun: link ⏰ Arizalar qabuli: 2026-yil 14-avgustgacha ⚠️ Joylar soni cheklangan! 💚 Bu shunchaki oromgoh emas. Bu 1 yil davomida o‘rganish, yangi do‘stlar orttirish va haqiqiy o‘zgarish qilish imkoniyati. Balki keyingi Young Climate Champion aynan SIZ bo‘larsiz! 🌍 ———————————— Young Climate Champions dasturi O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, "Zamin" xalqaro jamoat fondi va UNICEF Uzbekistan hamkorligida amalga oshiriladi.
#Muhammad_al_Xorazmiy_nomidagi_ixtisoslashtirilgan_maktab_Buxoro_filiali ✨ XALQARO SERTIFIKAT SARI YANA BIR MUVAFFAQIYAT 🎓 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab Buxoro filiali o‘quvchisi Tursunpo‘lotova Safina xalqaro IELTS Academic imtihonida muvaffaqiyatli ishtirok etib, 8 Overall Band Score natijasini qo‘lga kiritdi. 🌟 Natijalar: ✅ Listening — 8.0 ✅ Reading — 9.0 ✅ Writing — 7.0 ✅ Speaking — 7.0 ✅ Overall — 8.0 (CEFR C1) 🏆 Ayniqsa, Reading modulidan 9.0 ball qayd etilgani o‘quvchimizning ingliz tilini yuqori darajada egallaganligi va xalqaro standartlarga mos bilimga ega ekanligini tasdiqlaydi. 📌 Ushbu natija o‘quvchimiz uchun dunyoning nufuzli oliy ta’lim muassasalari sari muhim qadam bo‘lishi bilan birga, maktabimizda yaratilgan zamonaviy ta’lim muhiti va sifatli tayyorgarlik tizimining amaliy samarasidir. 🎆 Tursunpo‘lotova Safinani ushbu yuksak natija bilan samimiy muborakbod etamiz hamda kelgusida yanada ulkan akademik va xalqaro muvaffaqiyatlarga erishishini tilaymiz! 🚀 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab Buxoro filialida xalqaro sertifikatlar va yuqori natijalar davom etmoqda! 🌐 BIZNI KUZATIB BORING! ✅ Telegram ✅ Facebook 🌐Instagram
🐾 Mehr-oqibat va mas’uliyat — barkamol avlod tarbiyasining muhim mezoni Joriy yilning 28-iyunidan boshlab hayvonlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lgan shaxslarga nisbatan javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan qonunchilik normalari kuchga kirdi. Endilikda bunday huquqbuzarliklar uchun ma’muriy jarimalar miqdori oshirildi, ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanilishi, takror sodir etilgan holatlar uchun esa jinoiy javobgarlik belgilandi. Mazkur o‘zgarishlar nafaqat qonun ustuvorligini ta’minlash, balki jamiyatimizda insonparvarlik, mehr-shafqat va mas’uliyat kabi umuminsoniy qadriyatlarni mustahkamlashga xizmat qiladi. 🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ta’lim maskanlarida o‘quvchilarga nafaqat zamonaviy bilim va ko‘nikmalar, balki tabiatga, atrof-muhitga hamda barcha tirik mavjudotlarga mehr va hurmat bilan munosabatda bo‘lish fazilatlarini singdirishga alohida e’tibor qaratiladi. Chunki yuksak ma’naviyat, ezgulik va boshqalarga hurmat oilada boshlanadi, ta’limda mustahkamlanadi va jamiyat taraqqiyotining muhim omiliga aylanadi. Farzandlarimizni mehribon, mas’uliyatli va insonparvar etib tarbiyalash — barchamizning umumiy vazifamizdir. Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
#imtihon_natijalari_2026 📌 Toshkent shahridagi Abu Ali ibn Sino, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablar hamda ularning hududlardagi filiallari, shuningdek, Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan va joriy yilda tashkil etilgan Muhandislik maktablariga 2026–2027-o‘quv yili uchun kirish imtihonlari natijalari e’lon qilinmoqda! Imtihon natijalarini quyidagi havolalar orqali bilishingiz mumkin: 🟢 https://my.gov.uz/uz/service/1095 🟢 https://ariza.piima.uz Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
#imtihon_natijalari_2026 📌 Hududiy ixtisoslashtirilgan maktablarining kirish imtihoni natijalari e’lon qilinmoqda! Imtihon natijalarini quyidagi havolalar orqali bilishingiz mumkin: 🟢 https://my.gov.uz/uz/service/1095 🟢 https://ariza.piima.uz Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи