tgindex
M
@bymufarridузбекский

Fikrlar, iqtiboslar… Ostiga havola qo’yilgan postlar manba bilan olinsin!

Последний пост
13 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
2
Всего постов
15
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
15 авг.
Подписчики
237
мало замеров
Замеров пока мало
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
702
15 постов
Вовлечённость
296,2%
к подписчикам
Постов в день
0,3
всего 15
Упоминаний
1
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
55
1/48двое суток
63
1/72трое суток
67

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Bu ne chiroy?! Bu ne chehra?! Bu ne ifor?! Sochlaring ifori aqlimni oldi. Muhibiy bir zumda devona bo’ldi. Bu ne ishq?! Bu ne dard?! Bu ne o’ydir?! deb aytaman Istanbulga borganimda Mufarrid

  • Ustoz tanlashda e’tibor berishimiz kerak bo‘lgan eng muhim jihat — o‘zimiz ham anashu ustozga munosib shogird bo‘lishimizda. Biz o’zimizga ilmda yoki kasb-hunarda ustoz tanlayotgan payt, o’zimizga berishimiz kerak bo’lgan savollar bor: Men shu insonga munosibmanmi? Shogirt bo’lib, o’gitlarini eshitishga, qattiq qo’lligini ko’tarishga layoqatim yetadimi? Degan savolni o’zimizga berishimiz kerak. Nima bo’lganda ham, anashu inson biz o’rganmoqchi bo’lgan ilmni, biz qadam qo’ymoqchi bo’lgan yo’llarni allaqachon bosib o’tkan bo’ladi. Mufarrid

  • 26 июл.193из zaydqamar

    Yoza olmaslik azobini his qilganmisiz hech? Inson chalkash hissiyotlari qarshisida chorasiz qolar ekan, oʻzining hatto oʻz qalbiga hukmi oʻtmaydigan darajada ojiz va faqir ekanini yana bir bor anglab yetadi. Biz kabilar uchun yoza olmaslik gapira olmaslik bilan barobar. Bir narsa haqida soʻzlay olmasligimiz u narsani yoʻqligini anglatmaganidek, yoza olmaslik ham dard yoʻq ekanini anglatmaydi. Aksincha, yozmaslikning oʻzi bir dard. Goʻyoki bir qurilmaning barcha ehtiyot qismlarini stol ustiga terib, soʻng qayta joyiga qoʻya olmayotgandek nochor his qiladi inson oʻzini. Qaysi biridan boshlashni, qay birini qanday ifodalashni bilolmay xunob boʻlasan kishi. Oʻtgan kunlardagi satrlaringni takror oʻqiysan. Beixtiyor «shu menmidim?» deysan. Hozirgi tushib qolgan ahvolingdan yigʻlamsiraysan. Qalbing qonay boshlaydi. Biroq buni ham yozolmaysan. Hamma his takror, hamma soʻz oʻxshash… Ha, yoza olmoq shunday narsa. Robbim rahmati ila dard berib, ilhom bermasa, yoza olmaslikning oʻzi yana bir iztirobga aylanadi. Samimiyat siyohiga botirilgan, hissiyot qalami bilan yozilgan jumlalar qalblarning eng muhtasham maskanlaridan joy egallaydi. Hatto hozir ham, ayni satrlar taqillatgan qalblardan sado kelmas ekan, yana bir iztiroblarimni ifodalay olmagan oʻzga iztirob paydo boʻlgan boʻladi xolos… …yozishguncha!

  • Vaqt o’tgan sari sahifa yuritishda qarashlar o’zgaradi. Avval kim kuzatayotgani, obunachilar soni va ulashishlar ahamiyatli bo’ladi, nima qilsam sahifa faol bo’ladi-yu, e’tibor saqlanib qoladi degan o’y-hayol bilan ovvora bo’lib qolinadi. Lekin keyinchalik bu o’zgaradi. Ilmli yoki martabali isnonlarning kuzatayotganini bilib qolganda, o’zini judayam jiddiy, aqlli, saviyali inson qilib ko’rsatish foydali bo’lib qoladi. Ha, bunday hislatlar bo’lishi yaxshi, lekin bu hislatlar bilan sahifada samimiyatni yo’qotib qo’yish mumkin. “Insonlarga manfaat yetkazyapman, eslatma qilyapman” deb o’zni ovutib yurish va “vaqtni behudaga sarflash” xuddiki o’z-o’zini aldagandek gap. Manfaat avvalo sahifa yuritayotgan shaxs uchun undan keyin esa qolganlar uchun bo’lishi kerak. Boshqalarni yaxshilikka chaqirib o’zini ham unutmaslik kerak. Sahifa yuritayotgan inson sezishi aniq, fikrlarini tartiblab, uni bayon qilishda ancha ulg’ayadi, so’zlariga ham e’tiborli bo’lib qoladi. Faqat sahifani yuritishda rioyasini qilish kerak xolos.

  • Istagan narsalaringni tark qilmasdan, aslo xohlagan narsalaringa erisholmaysan. Orzu qilgan narsanga yomon ko’rgan narsalaringa sabr qilmasdan erisholmaysan. Husayn buxoriy

  • Inson asli yaratilishida ikki tarafli sifat bilan yaratilmishdur. Ya’ni, jismoniy-hayvoniy va ruhoniy-malakoniy sifatlarga egadur. Har ikki tomonning tarbiyati o‘ziga xos g‘izosi (ozuqa) bilan bo‘lur. Ya’ni, yemak-ichmak insonning jismoniy tarbiyati bo‘lganidek, namoz-ro‘za, toat-ibodat uning ruhoniy tarbiyatidur. Inson bolasi jismoniy sifatlari tomonidan qaralsa, hayvon bolasidan hech qandoq farqi yo‘qdur. Agar inson hayvoniy sifati bilan qo‘yilsa, ul holda o‘zidan boshqa hech narsani tanimaydur. Boshqa birovlar uchun qayg‘urish uning esiga ham kelmaydur. Ochlik va chanqoqlik og‘ir ishdur. Buning qiyinligini har kim aqli bilan bilsa ham bo‘lur. Lekin ochlikni tatigan kishi uni tatimaganlardan yaxshiroq bilur. Shuning uchun Alloh taolo har yili boy-chog‘oy, shohu gado demay, bir oy ro‘za tutmoqni barchaga bir tekis farz qildi. Hammaga ochlikning achchig‘ini totqizdi. Ochlik qandoqligi totiganlarga ochlik bilan ezilgan ojizlarni eskartdi. Endi ro‘zaning ruhoniy tomoniga qarasak, agar sharoiti rioya qilingan taqdirda, uning kishi qalbiga, ruhiga va boshqa ibodatlarga qaraganda tezroq ta’sir qilishida hech shak yo‘qdur. Ibodat va riyozat ta’sir qildi, demak, qalb va ruh quvvat topib, yomon xulqlardin pok bo‘ldi demakdur. Insonda doimo qarama-qarshi ikki tortishuv bordur: birinchisi – rahmoniy aql, ikkinchisi shaytoniy nafsdur. Buni Payg‘ambarimiz: "Lammai rahmoniya, lammai shaytoniya", dedilar. Bu ikki kuch odam bolasini doimiy suratda talashurlar. Haqiqatda esa bularning biri jannat, ikkinchisi do‘zaxdur. Bu ikkovidan qaysi biriga qo‘shilsa, bandada ixtiyor bordur. Lekin shuni bilmoq kerakki, namoz, ro‘za, toat-ibodat bilan rahmoniy aql quvvat topadi. Agar bulardan ajrab fisq-fasod, nafsi havo yo‘liga kirsa, shaytoniy nafsi rivojga kiradi. Mana bu ikki quvvatning qaysi tomoni rivojli, kuchli bo‘lsa, inson shu tomonga moyil bo‘lur. Shuning uchun ro‘za oyining tuganchisida fitr-yan sadaqa berishni shariat vojib qildi. Ro‘za sharofatidan ko‘ngillari yumshagan mo‘minlar buni og‘ir olmay, ixlos bilan ado qilishlarini bildi. Tarixi Muhammadiy kitobidan.

  • Shayh Sulaymon Doroniy Ahmad ibn Abul Havoriyga aytgan ekanlar — Ey Ahmad, ozgina och qolamiz, ozgina yalang’ochlik, ozgina xorlik, ozgina sabr, shu bilan dunyo tugaydi. -Husayn buxoriy

  • без подписи

  • To’lin oy chiqdi bizlarga Vado tog’ining ustidan, Kerakdur shukrini aytmoq, bu dunyo boricha bizdin. Kelibsiz, hush kelibsiz, ey yubormish Tangrining nuri, Qabul etmak erur bizdin, Xudo amri kelur sizdin.💚♥️

  • InshaAlloh

  • Gözel bakan, gözel görür.

  • Yozilgan bo’lsa, qayoqqa qochay?! Yozilmagan bo’lsa, nimadan qo’rqay?!

  • Yeb yorilib ketsangiz savob bo’ladi :)

  • Assalomu alaykum va rohmatulloh. تَقَبَّلَ اللهُ مِنَّا وَمِنكُم "Alloh bizdan va sizdan (solih amallarni) qabul qilsin". Alloh taolo rozi bo’lsin, O’zi bizni jamolini ko’rishga loyiq aylasin.

  • 8 мар.1 250

    без подписи