tgindex
EMMM | Rasmiy kanal

EMMM | Rasmiy kanal

Статистика
@cemcuzТехнологииузбекский

O'zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Elektromagnit moslashuv markazi yangiliklari www.cemc.uz Новости Центра электромагнитной совместимости при Министерстве цифровых технологий Республики Узбекистан

Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
18
Всего постов
53
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Технологии
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
433
+3 за 3 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
212
40 постов
Вовлечённость
49,0%
к подписчикам
Постов в день
2,6
всего 53
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
166
1/48двое суток
190
1/72трое суток
205

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • #Korrupsiyaga_qarshi_kurash 👍Andijon viloyati EMMXda “Raqamli jamiyatda shaffof boshqaruv va korrupsiyaga qarshi kurashishning zamonaviy yondashuvlari” mavzusida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi. Mazkur mashg‘ulotda DXX va Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish xodimlari ishtirok etdi. Tadbir davomida bugungi raqamli jamiyat sharoitida davlat boshqaruvida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, korrupsiyaviy xavflarni aniqlash hamda ularning oldini olishda zamonaviy raqamli texnologiyalarning o‘rni haqida batafsil ma’lumot berildi. Xususan, elektron davlat xizmatlari, ochiq ma’lumotlar, sun’iy intellekt, Big Data va blokcheyn texnologiyalari korrupsiyaviy holatlarni aniqlash va oldini olishning zamonaviy vositalari sifatida ko‘rib chiqildi. Raqamlashtirish orqali inson omilini kamaytirish, davlat xizmatlarining shaffofligini oshirish va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish imkoniyatlari tushuntirildi. O‘quv mashg‘ulotida zamonaviy raqamli muhitda kriptoaktivlardan korrupsiyaviy maqsadlarda foydalanish xavfiga ham alohida e’tibor qaratildi. Kriptoaktivlar ayrim holatlarda noqonuniy mablag‘larni yashirish, pora berish yoki mablag‘larning kelib chiqishini murakkablashtirish vositasi sifatida suiiste’mol qilinishi mumkinligi ta’kidlandi. Shu bilan birga, blokcheyn texnologiyasining tranzaksiyalar bo‘yicha raqamli iz qoldirishi korrupsiyaviy moliyaviy oqimlarni aniqlashda muhim imkoniyat yaratishi qayd etildi. Blockchain-analitika vositalari orqali kriptoaktivlarning harakatini, shubhali tranzaksiyalarni va kriptohamyonlar o‘rtasidagi bog‘liqliklarni tahlil qilish mumkinligi tushuntirildi. Mashg‘ulot davomida korrupsiyaga qarshi kurashda zamonaviy yondashuv faqat sodir etilgan huquqbuzarlikni aniqlash bilan cheklanmasdan, korrupsiyaviy xavflarni oldindan aniqlash, monitoring qilish va ularning oldini olishga qaratilishi lozimligi qayd etildi. veb-sayt | telegram | instagram | facebook

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • 🔍Joriy yilning 13-avgust kuni Elektromagnit moslashuv markazida navbatdagi o‘quv soati tashkil etildi. Unda markaziy apparat bo‘lim va xizmatlari xodimlari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda viloyatlar Elektromagnit moslashuv xizmati (EMMX) xodimlari faol ishtirok etdi. 🔍O‘quv soati davomida kun tartibidagi mavzular bo‘yicha mutaxassislar tomonidan batafsil tushuntirishlar berildi. Dastlab, Davlat xavfsizlik xizmati xodimi B.Sh.Shavkatov so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanishni tartibga solish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 658-son qarori mazmun-mohiyatini tushuntirib o‘tdi. Shuningdek, Ish yuritishni boshqarish va ijro intizomini nazorat qilsih xizmati yetakchi muhandisi R.Ganiyev Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish va ijro intizomini ta’minlash bo‘yicha qo'llanma haqida tushuntirishlar berdi. Navbatdagi mavzu doirasida Maxsus ishlar bo‘yicha yetakchi muhandisi O.Raximbayev so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 595-son qarorini tushuntirib o‘tdi. veb-sayt | telegram | instagram | facebook

  • 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Bugun raqamlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari faoliyat samaradorligini oshirish, xizmatlar sifatini yaxshilash hamda zamonaviy boshqaruvni ta’minlashning muhim omiliga aylanmoqda. Elektromagnit moslashuv markazida ham ish jarayonlarini raqamlashtirish, zamonaviy AKT yechimlarini joriy etish va xizmatlarni elektron shaklga o‘tkazish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda. 🇺🇿 Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz! 😄😁😆🥹😅😂🤣🥲 #Mustaqillik #UZB35 #ADME veb-sayt | telegram | instagram | facebook

  • 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Ulug‘ ayyomga munosib tayyorgarlik Ayni kunlarda mamlakatimizning barcha hududlarida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligini ko‘tarinki kayfiyatda kutib olish, bayramona muhit yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu munosabat bilan Elektromagnit moslashuv markazida ham bayramoldi tayyorgarlik ishlari izchil davom etmoqda. Markazning ma’muriy binosi va hududi O‘zbekiston davlat bayrog‘i, milliy ramzlar hamda bayramona bezaklar bilan bezatilib, ulug‘ ayyomga munosib muhit yaratildi. Shuningdek, tashkilot hududlarida tozalash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilib, bino atrofi, yashil hududlar va gulzorlar tartibga keltirilmoqda. Bunday ezgu ishlar yurtimizga bo‘lgan mehr, Vatanga daxldorlik va uning obodligiga hissa qo‘shish istagining amaliy ifodasidir. 🇺🇿 Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz! #Mustaqillik35 #UZB35 #shukronalik #bayram_shukuhi veb-sayt | telegram | instagram | facebook

  • #Mustaqillik #UZB35 “Yangi O‘zbekistonning bunyodkorlari” Yoshlar — Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining muhim kuchi. Bugungi kunda Elektromagnit moslashuv markazida o‘z kasbiga sadoqat bilan mehnat qilayotgan, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarini amaliyotda namoyon etayotgan yosh xodimlar safi kengayib bormoqda. Ularning har bir ish kuni — yangi tajriba, yangi izlanish va yangi natijalar sari tashlangan qadamdir. 🇺🇿 Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz! veb-sayt | telegram | instagram | facebook

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • 💠Andijon shahridagi istirohat bog‘ida radioelektron vositalaridan ruxsatnomasiz noqonuniy ravishda foydalanilayotganlik holati aniqlandi Andijon viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati hamda Andijon shahar IIB xodimlari hamkorligida o'tkazilgan tezkor radiomonitoring tadbirlari jarayonida Andijon shahridagi “Bog‘ishamol” istirohat bog‘ida fuqarolar P.I. va Q.N.lar tomonidan “BAOFENG UV-5R” va “HYDX-Q608” rusumli jami 5 (besh) dona radioelektron vositasidan ruxsatnomasiz, noqonuniy ravishda foydalanilayotganlik holati aniqlandi. Aniqlangan qurilmalar Andijon shahar IIB xodimi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda vaqtincha olib qo‘yildi va texnik ekspertizadan o‘tkazish maqsadida Andijon viloyati EMMXga taqdim etildi. Mazkur radioelektron vositalar texnik ekspertizadan o‘tkazilib, ularning xulosalari belgilangan tartibda rasmiylashtirib berildi.   Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 801-son qarori bilan tasdiqlangan “Radiochastota spektridan foydalanish sohasida ruxsat etish hamda radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishni tartibga solish toʻgʻrisida”gi nizom hamda viloyatdagi vakolatli organlar bilan kelishilgan 2026-yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasi asosida tashkil etildi. veb-sayt | telegram | instagram | facebook

  • без подписи

  • без подписи

  • ⚡️Nukus shahrida radiomonitoring tadbirlari o‘tkazildi Joriy yilning 11-avgust kuni Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish tartibiga rioya etilishi yuzasidan Nukus shahrida Qoraqalpog'iston Respublikasi Elektromagnit moslashuv xizmati hamda Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida radiomonitoring tadbiri o‘tkazildi. Tadbir davomida, Qoraqalpog‘iston Davlat universiteti hududidagi qurilish maydonida 6 ta “BAOFENG BF-888S” rusumli ratsiya qurilmalari tegishli ruxsatnoma va hujjatlarsiz ishlatilayotgani aniqlanib, ulardan noqonuniy foydalanishga chek qo‘yildi. veb-sayt | telegram | instagram | facebook

  • без подписи

  • без подписи