tgindex
Toshkent shahar YHTEM | ЦОДД Ташкента

Toshkent shahar YHTEM | ЦОДД Ташкента

Статистика
@codd_tashkentузбекский

Toshkent shahrida Yo‘l harakatini tashkil etish markazining rasmiy kanali. 🚦 Transport tizimi boshqaruvi 📈 Tirbandliklarning oldini olish 📍 Toshkent shahrida harakat xavfsizligi Murojaat, shikoyat va takliflar uchun @codd_tashkent_bot ga yozish mumkin.

Последний пост
15 авг.
Последнее чтение
11:44
Постов за неделю
7
Всего постов
27
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
6 034
+47 за 5 дн.
Сутки
+9
+0,15%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
2 073
26 постов
Вовлечённость
34,4%
к подписчикам
Постов в день
1,0
всего 27
Упоминаний
14
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1 441
1/48двое суток
1 651
1/72трое суток
1 781

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 15 авг.1 6252679

    ➡️ Mustaqillik va Oqqo‘rg‘on ko‘chalari kesishmasida harakatlanish tartibi o‘zgartirildi 🔺 Poytaxtning serqatnov hududlaridan biri — Mustaqillik va Oqqo‘rg‘on ko‘chalari kesishmasida transport oqimini tartibga solish va tirbandliklarni kamaytirish maqsadida yangi loyihaviy yechim joriy etildi. Avval Mustaqillik ko‘chasidan Oqqo‘rg‘on ko‘chasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chapga burilish imkoniyati mavjud edi. Biroq transport vositalari oqimining ortishi, ayniqsa tig‘iz vaqtlarda ushbu manevr chorraha hududida transport vositalarining to‘planib qolishiga sabab bo‘layotgani kuzatildi. 🚦 Shu bois Mustaqillik ko‘chasidan Oqqo‘rg‘on ko‘chasiga chapga burilish cheklandi. Endilikda Oqqo‘rg‘on ko‘chasiga harakatlanayotgan haydovchilar: 🔹 Mustaqillik ko‘chasi bo‘ylab to‘g‘ri harakatlanadi; 🔹 Parkent ko‘chasiga buriladi; 🔹 Mustaqillik ko‘chasiga qayta chiqib, o‘ngga burilish orqali Oqqo‘rg‘on ko‘chasiga kiradi. 🛣 Shu bilan birga, Parkent ko‘chasidan Mustaqillik ko‘chasiga chiquvchi transport vositalari uchun ham yangi harakatlanish imkoniyati yaratildi. Haydovchilar yangi tashkil etilgan ikki tomonlama harakat yo‘lagi orqali Mustaqillik ko‘chasiga qo‘shilishlari mumkin. Mazkur yechim chorraha hududida transport vositalarining to‘planib qolishini kamaytirish, transport oqimining uzluksiz va bir maromda harakatlanishini ta’minlash hamda yo‘l harakati xavfsizligini oshirishga qaratilgan. ⚠️ Haydovchilardan hududda o‘rnatilgan yo‘l belgilari va yangi harakatlanish tartibiga rioya qilish so‘raladi. ______________________ ➡️ На пересечении улиц Мустакиллик и Аккурган изменена схема движения 🔺 На одном из наиболее загруженных участков столицы — пересечении улиц Мустакиллик и Аккурган — внедрено новое проектное решение, направленное на упорядочение транспортных потоков и снижение заторов. Ранее с улицы Мустакиллик был разрешён прямой левый поворот на улицу Аккурган. Однако с ростом интенсивности движения, особенно в часы пик, данный манёвр приводил к скоплению транспортных средств в районе перекрёстка. 🚦 В связи с этим левый поворот с улицы Мустакиллик на улицу Аккурган ограничен. Теперь водителям, следующим на улицу Оккургон, необходимо: 🔹 продолжить движение прямо по улице Мустакиллик; 🔹 повернуть на улицу Паркент; 🔹 вновь выехать на улицу Мустакиллик и, повернув направо, заехать на улицу Аккурган. 🛣 Вместе с тем для транспортных средств, выезжающих с улицы Паркент на улицу Мустакиллик, также создана новая возможность для движения. Водители могут выехать на улицу Мустакиллик по новому организованному участку дороги с двусторонним движением. Данное решение направлено на снижение скопления транспортных средств в районе перекрёстка, обеспечение непрерывного и равномерного движения транспортного потока, а также повышение безопасности дорожного движения. ⚠️ Водителей просим соблюдать установленные в данном районе дорожные знаки и новый порядок организации движения. Telegram | Instagram | Facebook

  • 14 авг.1 6803053

    🚦 Oqtepa maydoni chorrahasida chapga burilish yo‘nalishlari tashkil etildi Transport vositalari harakatini qulaylashtirish, ortiqcha masofani qisqartirish va chorrahadagi tirbandliklarning oldini olish maqsadida Oqtepa maydoni chorrahasida yangi chapga burilish yo‘nalishlari tashkil etildi. Avval Lutfiy ko‘chasidan Nurafshon va Seul ko‘chalari tomon harakatlanayotgan haydovchilar Muqimiy ko‘chasiga o‘tib, qayrilib olishlari talab etilardi. Endilikda ular chorrahadagi svetoforning tegishli ishorasi orqali qayrilib olmasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri chapga burilib Nurafshon va Seul ko‘chalari tomon harakatlanishi mumkin. Shuningdek, Samarqand Darvoza ko‘chasidan kelayotgan transport vositalari uchun ham yangi chapga burilish imkoniyati yaratildi. Avval Samarqand Darvoza ko‘chasidan Lutfiy va Muqimiy ko‘chalari tomon harakatlanish uchun Nurafshon ko‘chasiga kirib, qayrilib olish zarur edi. Endilikda haydovchilar svetoforning tegishli ishorasi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri chapga burilib, Muqimiy va Lutfiy ko‘chalari tomon harakatlanishi mumkin. Natijada haydovchilar bosib o‘tadigan masofa qariyb 600 metrga qisqardi, Nurafshon va Muqimiy ko‘chalarida qayrilib olish jarayonida yuzaga keladigan tirbandliklarning oldi olindi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, haydovchilarning harakatlanish vaqti odatiy soatlarda 4 daqiqagacha, kunning tig‘iz vaqtlarida esa 10 daqiqagacha qisqardi. Shuningdek, piyodalar harakati xavfsizligi va qulayligini ta’minlash maqsadida piyodalar o‘tish yo‘laklari hamda piyodalar uchun svetoforlar tashkil etildi. _________________ 🚦 На перекрёстке площади Актепа организованы направления для левого поворота В целях повышения удобства движения транспортных средств, сокращения лишнего пути и предотвращения заторов на перекрёстке площади Актепа организованы новые направления для левого поворота. Ранее водителям, следовавшим с улицы Лутфий в направлении улиц Нурафшон и Сеульской, необходимо было выехать на улицу Мукими и совершить разворот. Теперь они могут по соответствующему сигналу светофора напрямую повернуть налево и продолжить движение в направлении улиц Нурафшон и Сеульской без совершения разворота. Кроме того, возможность прямого левого поворота создана и для транспортных средств, движущихся со стороны улицы Самарканд Дарвоза. Ранее для проезда с улицы Самарканд Дарвоза в направлении улиц Лутфий и Мукими необходимо было выехать на улицу Нурафшон и совершить разворот. Теперь водители могут по соответствующему сигналу светофора напрямую повернуть налево и продолжить движение в направлении улиц Мукими и Лутфий. В результате протяжённость маршрута для водителей сократилась почти на 600 метров, а также предотвращено образование заторов, ранее возникавших при совершении разворота на улицах Нурафшон и Мукими. Согласно расчётам, время в пути сократилось до 4 минут в обычные часы и до 10 минут в часы пиковой нагрузки. Также в целях обеспечения безопасности и удобства пешеходов организованы пешеходные переходы и установлены светофоры для пешеходов. Telegram | Instagram | Facebook

  • 13 авг.3 69339

    🚁 Mustaqillik shoh ko‘chasining 1,7 km qismida yo‘l va infratuzilmani kompleks yangilash ishlari to'liq yakunlandi Avvalroq ushbu hududda olib borilgan ishlar jarayoni va asosiy ko‘rsatkichlar haqida ma’lumot bergan edik. Bugun esa barcha ishlar yakunlanib…

  • 13 авг.3 180420

    🚁 Mustaqillik shoh ko‘chasining 1,7 km qismida yo‘l va infratuzilmani kompleks yangilash ishlari to'liq yakunlandi Avvalroq ushbu hududda olib borilgan ishlar jarayoni va asosiy ko‘rsatkichlar haqida ma’lumot bergan edik. Bugun esa barcha ishlar yakunlanib, yangi yo‘l chiziqlari chizilganidan so‘ng, amalga oshirilgan ishlarning yakuniy natijasini yuqoridan namoyish etamiz. Ko'chaning 1,7 km uzunlikdagi mazkur qismida faqatgina yo‘l qoplamasi yangilanmadi. Ishlar harakatni tashkil etish, jamoat transporti infratuzilmasi, piyodalar yo‘laklari, suv chiqarish tizimi, muhandislik kommunikatsiyalari hamda ko‘kalamzorlashtirish yo‘nalishlarini ham qamrab oldi. 🛣 Yo‘l qoplamasi bir necha bosqichda yangilandi. Dastlab 46 078 m² eski asfalt qoplamasi frezalandi va yo‘l asosi mustahkamlandi. Shundan so‘ng 46 078 m² maydonga 9 sm qalinlikdagi yirik donali asfalt-beton qatlami yotqizildi. Yo‘lning mustahkamligini oshirish uchun asfalt qatlamlari orasiga 57 968 m² bazalt geoto‘ri yotqizildi. Yakuniy qatlam sifatida 46 078 m² maydonga 5 sm qalinlikdagi yuqori sifatli PSHMA-20 — polimer-shag‘al-mastikali asfalt qoplamasi yotqizildi. So‘nggi bosqichda esa yangi yo‘l chiziqlari chizildi. 🚦 Yo‘l harakatini tashkil etish tizimi ham takomillashtirildi. Ko‘chada yangi svetofor obyektlari o‘rnatildi, chorrahalarda transport harakatini boshqarish tizimi modernizatsiya qilindi. Jamoat transportidan foydalanuvchilar uchun 6 ta zamonaviy avtobus bekati o‘rnatildi. 🌧 Amalga oshirilgan ishlarning katta qismi tashqaridan ko‘rinmaydi. Yomg‘ir va oqova suvlarni samarali chiqarish uchun drenaj tizimi yangilandi. Mavjud 1 800 metr suv chiqarish lotoklari almashtirildi, ilgari bunday tizim bo‘lmagan qismlarda esa qo‘shimcha 1 600 metr yangi lotoklar o‘rnatildi. Shuningdek, 111 metr metall quvur yotqizildi va yana 500 metr quvur yangilandi. 🚶 Piyodalar uchun qulayliklar va ko‘cha infratuzilmasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Yo‘l bo‘ylab jami 3 400 metr bordyur o‘rnatildi, piyodalar yo‘laklari va o‘tish joylari tartibga keltirildi. Bundan tashqari, muhandislik kommunikatsiyalarining ayrim qismlari yangilandi, 1 700 metr sug‘orish tizimi quvurlari yotqizildi hamda ko‘cha bo‘ylab yashil hududlar obodonlashtirildi. Bugungi Mustaqillik shoh ko‘chasi — bu shunchaki yangilangan asfalt va yangi yo‘l chiziqlari emas. Amalga oshirilgan kompleks ishlar natijasida haydovchilar, jamoat transporti yo‘lovchilari va piyodalar uchun yanada xavfsiz, qulay va tartibli shahar muhiti yaratildi. Telegram | Instagram | Facebook

  • без подписи

  • 11 авг.5351411

    🚦 “Yashil” chiroq uzoqroq — kutish kamroq: Fitrat va Geydar Aliyev ko‘chalari chorrahasidagi svetofor qayta sozlandi Yo‘l harakatini tashkil etish markazi (YHTEM) mutaxassislari chorrahadagi transport oqimini o‘rganib, avtomobillar qaysi yo‘nalishda ko‘proq to‘planishini aniqladi. Shundan so‘ng svetoforning ishlash vaqti yangi yuklamaga mos ravishda o‘zgartirildi. Avval svetofor siklining birinchi fazasi 35 soniya, ikkinchi fazasi esa 28 soniya davom etgan. Endi eng gavjum yo‘nalishda fazaning uzunligi 35 soniya o‘rniga 60 soniyaga uzayitirldi. Shuningdek, qarama-qarshi yo‘nalishdagi avtomobillar endi biroz oldinroq to‘xtaydi. Bu burilayotgan transport vositalariga burilishni xavfsiz yakunlab, chorrahani tezroq bo‘shatish imkonini beradi. Natijada svetofor bir sikl davomida ko‘proq avtomobilni o‘tkazadi. ⏱️ O‘zgarishlar natija berdi: kunduzi avtomobillar navbati sezilarli darajada qisqardi, harakat bir maromga tushdi, chorrahadan o‘tish vaqti esa 2 daqiqagacha kamaydi. 🚂 Yaqin atrofda temiryo‘l kesishmasi joylashgan. Poyezd o‘tayotganda harakat vaqtincha to‘xtatiladi. Shu sababli chorrahada qisqa vaqtga avtomobillar to‘planishi mumkin. YHTEM vaziyatni kuzatishda davom etmoqda. Mutaxassislar ertalabki va kechki tig‘iz vaqtlar uchun svetoforning alohida ish rejimlarini tayyorlamoqda. Keyingi bosqich — qo‘shni chorrahalarni yangilash va ularning svetoforlarini yagona “Yashil to‘lqin” tizimiga ulash. Natijada ruxsat etilgan tezlikda harakatlanayotgan avtomobillar chorrahalardan ketma-ket yashil chiroqda o‘tib, kamroq to‘xtashi mumkin bo‘ladi. ——— 🚦 Больше «зелёного» — меньше ожидания: на перекрёстке Фитрата и Гейдара Алиева изменили работу светофора Специалисты ЦОДД изучили движение на перекрёстке и выяснили, на каком направлении чаще всего собираются автомобили. После этого время работы светофора изменили с учётом новой нагрузки. Ранее первая фаза светофорного цикла длилась 35 секунд, а вторая — 28 секунд. После перенастройки продолжительность фазы для наиболее загруженного направления увеличили с 35 до 60 секунд. Также встречные автомобили теперь останавливаются немного раньше. Благодаря этому водители, которые поворачивают, успевают безопасно завершить поворот и быстрее освободить перекрёсток. В результате за один цикл светофор пропускает больше машин. ⏱️ Изменения уже дали результат: днём очереди автомобилей стали заметно короче, движение — равномернее, а проезд перекрёстка теперь занимает до 2 минут. 🚂 Рядом находится железнодорожный переезд. Когда проходит поезд, движение временно останавливается, поэтому на перекрёстке может ненадолго образоваться очередь. ЦОДД продолжает следить за ситуацией и готовит отдельные настройки светофора для утренних и вечерних часов пик. Следующий этап — обновление соседних перекрёстков. Их светофоры планируется связать в единую «Зелёную волну»: при движении с разрешённой скоростью автомобили смогут последовательно попадать на зелёный сигнал и реже останавливаться. Telegram | Instagram | Facebook

  • Tekis yo‘l, ravon harakat: yangi ish haftasining yaxshi boshlanishi Chilonzor tumanidan o‘tgan Kichik halqa avtomobil yo‘lining qismida kapital ta’mirlash ishlari yakunlandi. Yo‘lning har ikki tomoniga yangi asfalt qoplamasi yotqizildi: 📍 Bunyodkor shohko‘chasi bilan kesishmasidan Arnasoy ko‘chasigacha; 📍 Ushbu yo‘lning qarama-qarshi tomonida — Toshkent davlat pedagogika universiteti oldidan Dilxush 2-tor ko‘chasi bilan kesishmasigacha. Yo‘lning yangilangan qismi jami 2,6 kmni tashkil etdi. Bajarilgan ishlar: ✅ 37 000 m² eski asfalt qoplamasi frezalandi; ✅ 37 000 m² yangi asfalt qoplamasi yotqizildi; ✅ 5 600 tonna yuqori sifatli PShMA-20 polimer-chaqiq tosh-mastikali asfalt-beton qorishmasi yotqizildi; ✅ 2,6 km uzunlikdagi drenaj lotoklari o‘rnatildi. 🖌 Endi faqat so‘nggi bosqich — yo‘l chiziqlarini chizish qoldi. Mutaxassislar kunduzgi harakatga xalaqit bermaslik uchun bu ishlarni yaqin kunlarda tungi vaqtda amalga oshirishadi. Yangi yo‘l chiziqlari ushbu qismdagi yangilash ishlariga yakun yasab, harakatni yanada tartibli va xavfsiz qiladi. 🙏 Hurmatli aholi va haydovchilar, sabr-toqatingiz va tushunganingiz uchun rahmat! Vaqtinchalik harakatlanish tartibiga rioya qilganingiz mutaxassislarga ishlarni xavfsiz olib borish va yangi asfalt qoplamasini barcha texnologik talablarga muvofiq yotqizish imkonini berdi. ——— Ровная дорога, плавный ход и меньше шума в салоне — хорошее начало новой рабочей недели Основной этап капитального ремонта Малой кольцевой автомобильной дороги в Чиланзарском районе завершён. Новое асфальтовое покрытие уложено на обеих сторонах дороги: 📍от пересечения с проспектом Бунёдкор до улицы Арнасай; 📍на противоположной стороне — от Ташкентского государственного педагогического университета до пересечения со 2-м проездом улицы Дилхуш. Общая протяжённость обновлённого участка составила 2,6 км. Итоги проведённых работ: ✅ отфрезеровано 37 000 м² старого асфальта; ✅ уложено 37 000 м² нового асфальтового покрытия; ✅ использовано 5 600 тонн полимерно-щебёночно-мастичного асфальтобетона ПЩМА-20; ✅ установлено 2,6 км дренажных лотков. 🖌 Остался финальный штрих — дорожная разметка. В ближайшее время специалисты нанесут её в ночные часы, чтобы не мешать движению днём. Новая разметка завершит обновление участка и сделает движение понятнее и безопаснее. 🙏 Спасибо жителям и водителям за терпение и понимание! Благодаря вашему терпению и соблюдению временной схемы специалисты смогли безопасно работать и уложить новое асфальтовое покрытие с соблюдением всех технологических требований. Telegram | Instagram | Facebook

  • 6 авг.1 642728

    🚧 Chilonzor tumanidagi Kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismida harakat vaqtincha cheklanadi Kichik halqa avtomobil yo‘lining Bunyodkor shoh ko‘chasi bilan kesishmasidan Arnasoy ko‘chasi bilan kesishmasigacha bo‘lgan qismida qurilish-montaj ishlari olib boriladi. Avval ushbu yo‘lning qarama-qarshi tomonida kapital ta’mirlash va yangi asfalt qoplamasini yotqizish ishlari yakunlangan edi. Endilikda mazkur ishlar yo‘lning ikkinchi tomonida davom ettirilib, yuqori sifatli asfalt qoplamasi yotqiziladi. Shu munosabat bilan 2026-yil 6-avgust soat 23:00 dan 10-avgust soat 08:00 gacha yo‘lning ta’mirlanayotgan tomoni, ya’ni Kichik halqa avtomobil yo‘lining Bunyodkor shoh ko‘chasi bilan kesishmasidan Arnasoy ko‘chasi bilan kesishmasigacha bo‘lgan qismi transport harakati uchun vaqtincha yopiladi. 🟢Avtotransport vositalari oqimi qarama-qarshi tomonga yo‘naltiriladi va harakat xaritada yashil rang bilan ko‘rsatilgan vaqtinchalik sxema asosida tashkil etiladi. 🔵Tez tibbiy yordam xizmati transport vositalari uchun alohida vaqtinchalik harakat yo‘nalishi tashkil etiladi. Haydovchilardan yo‘l belgilariga rioya qilish, tezlikni pasaytirish va harakat yo‘nalishini oldindan rejalashtirishni so‘raymiz. Mazkur vaqtinchalik cheklovlar yo‘lni sifatli kapital ta‘mirlash va asfalt qoplamasini sifatli yotqizish hamda ishlarni xavfsiz yakunlash uchun zarur. Vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va tushunganingiz uchun minnatdorlik bildiramiz! ——— 🚧 На участке Малой кольцевой автомобильной дороги в Чиланзарском районе временно ограничат движение На участке Малой кольцевой автомобильной дороги — от пересечения с проспектом Бунёдкор до пересечения с улицей Арнасай — будут проводиться строительно-монтажные работы. Ранее на противоположной стороне этого участка были завершены работы по капитальному ремонту дороги и укладке нового асфальтового покрытия. Теперь аналогичные работы продолжатся на второй стороне дороги, где будет уложено высококачественное асфальтовое покрытие. В связи с этим с 23:00 6 августа до 08:00 10 августа 2026 года ремонтируемая сторона дороги — участок Малой кольцевой автомобильной дороги — от пересечения с проспектом Бунёдкор до пересечения с улицей Арнасай будет временно закрыта для движения транспорта. 🟢Поток автотранспорта будет перенаправлен на противоположную сторону дороги. Движение организуют по временной схеме, обозначенной на карте зелёным цветом. 🔵Для автомобилей скорой медицинской помощи будет организован отдельный временный маршрут. Просим водителей соблюдать требования дорожных знаков, снижать скорость и заранее планировать маршрут. Временные ограничения необходимы для качественного выполнения капитального ремонта и укладки асфальтового покрытия, а также для безопасного завершения работ. Приносим извинения за временные неудобства и благодарим за понимание! Telegram | Instagram | Facebook

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • 4 авг.64886из toshdeptransport

    🚌 Toshkent jamoat transporti yana 10 ta zamonaviy elektrobus bilan boyidi! Bugun "Ideal Avto Servis" MCHJ korxonasiga "Yutong E9" rusumli 10 dona zamonaviy elektrobuslarning ramziy kalitlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. 🔑✨ Nima uchun bu muhim? ✅ Ekologik tozalik: Elektrobuslar atmosferaga zararli gazlar chiqarmaydi, bu esa shahrimiz havosini toza saqlashga xizmat qiladi. ✅ Yuqori texnologiya: Yo‘lovchilar uchun barcha qulayliklarga ega bo‘lgan ushbu transport vositalari xizmat ko‘rsatish sifatini yangi bosqichga olib chiqadi. ✅ Sifatli xizmat: Ishonchimiz komilki, mazkur elektrobuslar poytaxtimiz yo‘lovchilari uchun qulay, bexatar va zamonaviy qatnovni ta’minlaydi. 🏙️🚎 Poytaxtimiz jamoat transporti rivojlanishda davom etmoqda! Toshkent shahar transport va yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi

  • 4 авг.3 881932

    🚦 Toshkent — piyodalar uchun qulaylashmoqda 🚫🚫 Poytaxtda avtomobillarni evakuatsiya qilish va jarima maydonchalarida saqlash uchun to‘lovlarning eng yuqori miqdori belgilanmoqda. 🚔 Bu chora — yo‘laklar va piyodalar hududlari odamlar uchun erkin bo‘lishi lozim bo‘lgan qulay, xavfsiz va tartibli shahar muhitini yaratish bo‘yicha olib borilayotgan izchil ishlarning bir qismidir. Qarorga ko‘ra: — avtomobilni saqlash — har bir sutka uchun BHMning 20 foizi; — maxsus transport vositasi bilan evakuatsiya qilish va tashish — har bir kilometr uchun BHMning 20 foizi. ❗️ Shu bilan birga, avtomobilni jarima maydonchasiga evakuatsiya qilishning umumiy qiymati BHMning to‘rt baravaridan oshmasligi kerak. 🧑‍💻Yagona cheklangan tariflarning joriy etilishi tizimni yanada tushunarli va shaffof qilishga, fuqarolarni asossiz hisob-kitoblardan himoyalashga va ortiqcha to‘lovlarga yo‘l qo‘ymaslikka imkon beradi. ➡️Asosiy maqsad — nafaqat xizmatlar narxini tartibga solish, balki poytaxt ko‘chalarida tartibni ta’minlashdir. Avtomobillar piyodalar yo‘laklarini, o‘tish joylarini va boshqa jamoat joylarini to‘sib qo‘ymasligi lozim. 🏙 Qulay shahar harakatning barcha ishtirokchilariga o‘zaro hurmatdan boshlanadi. Yo‘laklar — piyodalarga, yo‘llar — transportga, qoidalar esa barcha uchun yagona va tushunarli bo‘lishi shart. ⸻ 🚦 Ташкент — становится удобнее для пешеходов 🚫🚫 В столице устанавливаются предельные размеры платы за эвакуацию автомобилей и их хранение на штрафных стоянках. 🚔 Эта мера является частью последовательной работы по созданию комфортной, безопасной и упорядоченной городской среды, в которой тротуары и пешеходные зоны должны оставаться свободными для людей. Согласно решению: — хранение автомобиля — 20 процентов БРВ за каждые сутки; — эвакуация и перевозка специализированным транспортным средством — 20 процентов БРВ за каждый километр. ❗️ При этом общая стоимость эвакуации автомобиля на штрафную стоянку не должна превышать четырёх БРВ. 🧑‍💻Установление единых предельных тарифов позволит сделать систему более понятной и прозрачной, защитить граждан от необоснованных начислений и исключить чрезмерные платежи. ➡️Главная цель — не просто регулирование стоимости услуг, а обеспечение порядка на улицах столицы. Автомобили не должны перекрывать тротуары, пешеходные переходы и другие общественные пространства. 🏙 Комфортный город начинается с уважения ко всем участникам движения. Тротуары — пешеходам, дороги — транспорту, а правила должны быть едиными и понятными для всех. Telegram | Instagram | Facebook

  • 3 авг.6 100528

    Mustaqillik shoh ko‘chasida rekonstruksiya ishlari yakuniy bosqichda Mustaqillik shoh ko‘chasining 1,7 kilometrlik qismida yo‘l infratuzilmasini kompleks yangilash, transport oqimini tartibga solish hamda haydovchilar, yo‘lovchilar va piyodalar uchun zamonaviy va qulay sharoit yaratishga qaratilgan qurilish-ta’mirlash ishlarining yakuniy bosqichi davom etmoqda. Yo‘l qoplamasini yangilashda: — 46 078 kvadrat metr eski asfalt qoplamasi frezalandi va yo‘l asosi mustahkamlandi; — 46 078 kvadrat metr maydonga 9 santimetr qalinlikdagi yirik donali asfalt-beton qatlami yotqizildi; — qoplamaning mustahkamligini oshirish va xizmat muddatini uzaytirish maqsadida asfalt qatlamlari orasiga 57 968 kvadrat metr bazalt geoto‘ri joylashtirildi; — 46 078 kvadrat metr maydonga 5 santimetr qalinlikdagi yuqori sifatli PSHMA-20 qoplamasi yotqizildi. Jamoat transportidan foydalanish qulayligini oshirish maqsadida 6 ta zamonaviy avtobus bekati o‘rnatildi. Transport vositalari va piyodalar harakatini xavfsiz tashkil etish maqsadida yangi svetofor obyektlari o‘rnatilib, chorrahalardagi harakatni boshqarish tizimi yangilandi. Yomg‘ir va oqova suvlarni samarali chiqarib yuborish uchun drenaj tizimi yangilandi. Jumladan, 1800 metr drenaj lotoklari yangisiga almashtirildi, ilgari bo'lmagan hududlarga 1600 metr drenaj lotoklari hamda 111 p/m metall quvurlar o‘rnatildi. 500 metr metall quvurlar yangilandi. Yo‘lning qatnov qismi va chetlarida jami 3400 metr bordyur o‘rnatilib, piyodalar yo‘laklari va o‘tish joylari tartibga keltirildi. Shuningdek, muhandislik kommunikatsiyalarining ayrim qismlari yangilandi, 1700 metr sug'orish quvurlari tortildi va ko‘cha bo‘yidagi yashil hududlarni obodonlashtirish ishlari bajarildi. Rekonstruksiya yakunlangach, Mustaqillik shoh ko‘chasi transport vositalarining uzluksiz va xavfsiz harakatlanishi, jamoat transportidan foydalanish hamda piyodalar uchun yanada qulay sharoitga ega hudud bo'ladi. --- Реконструкция улицы Мустакиллик выходит на завершающий этап На участке улицы Мустакиллик протяжённостью 1,7 километра продолжается завершающий этап строительно-ремонтных работ, направленных на комплексное обновление дорожной инфраструктуры, упорядочение транспортных потоков, а также создание современных и комфортных условий для водителей, пассажиров и пешеходов. В рамках обновления дорожного покрытия: — выполнено фрезерование 46 078 квадратных метров старого асфальтового покрытия и укреплено основание дороги; — на площади 46 078 квадратных метров уложен слой крупнозернистого асфальтобетона толщиной 9 сантиметров; — для повышения прочности покрытия и продления срока его службы между слоями асфальта уложено 57 968 квадратных метров базальтовой геосетки; — на площади 46 078 квадратных метров уложено высококачественное покрытие ПЩМА-20 толщиной 5 сантиметров. Для повышения удобства пользования общественным транспортом установлено шесть современных автобусных остановок. В целях безопасной организации движения транспорта и пешеходов установлены новые светофорные объекты, а также обновлена система регулирования движения на перекрёстках. Для эффективного отвода дождевых и сточных вод модернизирована дренажная система. В частности, заменено 1 800 метров существующих водоотводных лотков. На участках, где ранее водоотводная инфраструктура отсутствовала, установлено ещё 1 600 метров лотков и проложено 111 погонных метров металлических труб. Кроме того, обновлено 500 метров металлических труб. На проезжей части и по краям дороги установлено в общей сложности 3 400 метров бордюров, приведены в порядок пешеходные дорожки и переходы. Кроме того, обновлены отдельные участки инженерных коммуникаций, проложено 1 700 метров труб системы орошения и выполнены работы по благоустройству зелёных зон вдоль улицы. После завершения реконструкции улица Мустакиллик станет более комфортным и безопасным пространством для непрерывного движения транспорта, пользования общественным транспортом и передвижения пешеходов.

  • 3 авг.6571223

    🚦 «Yashil to‘lqin» tizimining navbatdagi bosqichi: Kichik halqa avtomobil yo‘lidagi harakatlanish vaqti deyarli ikki baravar qisqardi Yo‘l harakatini tashkil etish markazi Toshkent ko‘chalarida «Yashil to‘lqin» tizimini bosqichma-bosqich joriy etishda davom etmoqda. Navbatdagi bosqichda Markaz mutaxassislari Kichik halqa avtomobil yo‘lining Bog‘ibuston ko‘chasi bilan kesishmasidan «Chilonzor» metro bekatigacha bo‘lgan 1,7 kilometrli qismidagi beshta svetofor obyektining ish rejimini hisoblab chiqdi va o‘zaro muvofiqlashtirdi. Mazkur yo‘l qismida ilk bor «Yashil to‘lqin»ning yagona rejimi sutka davomida bir vaqtning o‘zida har ikki yo‘nalishda ishlamoqda. Bunday tartibni joriy etish transport oqimining ikki yo‘nalishda ham deyarli bir xil ekanligi tufayli imkonli bo‘ldi. ⏱️ Svetoforlar sinxronlashtirilgunga qadar ushbu yo‘l qismini bosib o‘tish uchun o‘rtacha 5 daqiqa talab etilgan. Tizim joriy etilgach, yo‘lga sarflanadigan vaqt 2 daqiqa 45 soniyagacha, ya’ni 45 foizga qisqardi. Belgilangan 40–60 km/soat tezlik me’yoriga rioya qilinganda, haydovchilar chorrahalarda svetoforning taqiqlovchi signalida to‘xtamasdan, yo‘l bo‘ylab bir maromda harakatlanishi mumkin. Avvalroq Markaz «Yashil to‘lqin» tizimining dastlabki bosqichini Buyuk Ipak Yo‘li ko‘chasining «To‘ra Buva» masjididan Salom ko‘chasigacha bo‘lgan qismida ishga tushirgan edi. Mazkur yo‘nalishdagi 13 ta chorrahada svetoforlar faoliyati o‘zaro sinxronlashtirilgan. Shu tariqa, bugungi kunda «Yashil to‘lqin» tizimi poytaxtning umumiy uzunligi 5,7 kilometrni tashkil etuvchi ikki yo‘l qismidagi 18 ta tartibga solinadigan chorrahani qamrab olmoqda. Ushbu yo‘nalishlarni bosib o‘tishga sarflanadigan vaqt o‘rtacha 30 foizga qisqardi. Bu Yo‘l harakatini tashkil etish markazi tomonidan poytaxtdagi transport harakatini maqbullashtirishga qaratilgan kompleks ishlarning navbatdagi bosqichidir. Toshkentning boshqa ko‘chalarida ham «Yashil to‘lqin» tizimini joriy etish bo‘yicha hisob-kitob va sozlash ishlari davom etmoqda. ——— 🚦 Ещё один этап «Зелёной волны»: время проезда по участку МКАД сократилось вдвое Центр организации дорожного движения продолжает поэтапное внедрение системы «Зелёная волна» на улицах Ташкента. На очередном этапе специалисты ЦОДД рассчитали и синхронизировали работу пяти светофорных объектов на участке Малой кольцевой автомобильной дороги протяжённостью 1,7 км — от пересечения с улицей Богибустон до станции метро «Чиланзар». Впервые на данном участке единый режим «Зелёной волны» действует круглосуточно и одновременно в обоих направлениях. Такой формат работы стал возможен благодаря практически равномерному транспортному потоку в обе стороны. ⏱️ До синхронизации светофоров проезд участка занимал в среднем около 5 минут. После внедрения системы время в пути сократилось до 2 минут 45 секунд — на 45%. При соблюдении установленного скоростного режима 40–60 км/ч автомобили могут двигаться более плавно, проезжая перекрёстки без остановок на запрещающий сигнал светофора. Ранее ЦОДД запустил первый этап системы на улице Буюк Ипак Йули — от мечети «Тура Бува» до улицы Салом, где была синхронизирована работа светофоров на 13 перекрёстках. Таким образом, сегодня «Зелёная волна» уже охватывает 18 регулируемых перекрёстков на двух участках столицы общей протяжённостью 5.7 км. В среднем время проезда по данным участкам сократилось примерно на 30%. Это очередной этап комплексной работы ЦОДД по оптимизации дорожного движения. Расчёты и настройка системы «Зелёная волна» на других улицах Ташкента продолжаются. Telegram | Instagram | Facebook

  • Mustaqillik shoh ko‘chasining ikkinchi qismida asfalt yotqizish ishlarini yakunlash ishlari amalga oshiriladi Mustaqillik shoh ko‘chasining ikkinchi bosqichida asfalt yotqizish ishlarini yakunlash munosabati bilan 2026-yil 31-iyul soat 23:00 dan 3-avgust soat 22:00 ga qadar quyidagi hududlarda barcha transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi: — Oqqo‘rg‘on ko‘chasi — Mustaqillik shoh ko‘chasi kesishmasidan Osiyo ko‘chasi kesishmasigacha; — Parkent ko‘chasi — Mustaqillik shoh ko‘chasi kesishmasidan Parkent-2 ko‘chasi kesishmasigacha. Mazkur vaqtinchalik cheklovlar asfalt yotqizish ishlarini sifatli va xavfsiz yakunlash, yo‘l infratuzilmasini bosqichma-bosqich takomillashtirish hamda transport harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida joriy etilmoqda. Haydovchilardan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz hamda harakat yo‘nalishlarini oldindan rejalashtirishlarini tavsiya etamiz. ⸻ На второй части проспекта Мустакиллик завершаются работы по укладке асфальтобетонного покрытия В связи с завершением работ по укладке асфальтобетонного покрытия на втором этапе реконструкции проспекта Мустакиллик с 23:00 31 июля до 22:00 3 августа 2026 года будет временно ограничено движение всех видов транспортных средств на следующих участках: — улица Аккурган — от пересечения с проспектом Мустакиллик до пересечения с улицей Осиё; — улица Паркент — от пересечения с проспектом Мустакиллик до пересечения с улицей Паркент-2. Временные ограничения вводятся для качественного и безопасного завершения работ по устройству асфальтобетонного покрытия, поэтапного совершенствования дорожной инфраструктуры и обеспечения безопасности дорожного движения. Приносим водителям извинения за возможные неудобства и рекомендуем заранее планировать маршруты движения.

  • 29 июл.1 5101960

    🚦 Toshkentda “Yashil to‘lqin” tizimining ilk yo'nalishi ishga tushirildi Yo‘l harakatini tashkil etish markazi mutaxassislari Buyuk ipak yo‘li ko‘chasining “To‘ra Buva” masjididan Salom ko‘chasigacha bo‘lgan qismidagi 13 ta chorrahada svetoforlarning o‘zaro sinxron ishlashini hisoblab chiqdi va tizimni sozladi. ⏰ Ertalabki soatlarda “Yashil to‘lqin” shahar markazi tomon, kechki vaqtda esa qarama-qarshi yo‘nalishda ishlaydi. Svetoforlar faoliyatining sinxronlashtirilishi natijasida ushbu yo‘l qismidan o‘tish vaqti sezilarli darajada qisqardi. Jumladan, “To‘ra Buva” masjididan Salom ko‘chasigacha bo‘lgan yo‘nalishda o‘rtacha harakatlanish vaqti 8,5 daqiqadan 6 daqiqagacha, ya’ni 29 foizga qisqardi. Qarama-qarshi yo‘nalishda — Salom ko‘chasidan “To‘ra Buva” masjidigacha — harakatlanish vaqti 10 daqiqadan 8 daqiqagacha, ya’ni 20 foizga kamaydi. 📊 “Yashil to‘lqin” tizimining samarali ishlashi uchun haydovchilardan Yo‘l harakati qoidalari va belgilangan tezlik me’yorlariga rioya etish talab etiladi. Mazkur yo‘l qismida soatiga 40–60 kilometr tezlikda harakatlanganda chorrahalardan svetoforning qizil chirog‘ida deyarli to‘xtamasdan o‘tish mumkin. Ayni paytda Yo‘l harakatini tashkil etish markazi mutaxassislari aqlli svetoforlar o‘rnatilgan Toshkent shahrining boshqa ko‘chalarida ham “Yashil to‘lqin” tizimini joriy etish bo‘yicha hisob-kitob va loyihalash ishlarini olib bormoqda. ——— 🚦 В Ташкенте запущен первый участок системы «Зелёная волна» Специалисты Центра организации дорожного движения рассчитали и настроили синхронную работу светофоров на 13 перекрёстках улицы Буюк Ипак Йули — на участке от мечети «Тура Бува» до улицы Салом. ⏰ В утренние часы «Зелёная волна» работает в направлении центра города, а в вечерние — в обратном направлении. Благодаря синхронизации светофоров удалось заметно сократить время проезда по участку. Так, от мечети «Тура Бува» до улицы Салом среднее время в пути сократилось с 8,5 до 6 минут — на 29%. В обратном направлении — от улицы Салом до мечети «Тура Бува» — время проезда сократилось с 10 до 8 минут, то есть на 20%. 📊 Для эффективной работы «Зелёной волны» водителям важно соблюдать Правила дорожного движения и установленный скоростной режим. При движении по указанному участку со скоростью 40–60 км/ч большинство перекрёстков можно проехать практически без остановок на красный сигнал светофора. В настоящее время специалисты Центра организации дорожного движения также проводят расчёты и разрабатывают проекты по внедрению системы «Зелёная волна» на других улицах Ташкента, оборудованных умными светофорами. Telegram | Instagram | Facebook

  • 28 июл.3 92732

    без подписи

  • 28 июл.4 08331

    без подписи

  • 28 июл.3 78132

    без подписи