Daryo | Dunyo
Статистика“Daryo” nashrining jahon yangiliklarini yoritib boruvchi Telegram kanali. Rasmiy – @daryo Rasmiy kirill – @daryo_kirill Lifestyle – @daryo_lotin Tezkor xabarlar – @daryo_live Sport – @daryo_sport24
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 62
- Всего постов
- 62
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 86
- 1/48двое суток
- 98
- 1/72трое суток
- 106
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Apple 110 ta mamlakatdagi foydalanuvchilarni josuslik hujumidan ogohlantirdi Kompaniya ayg‘oqchi dasturlar nishoniga aylangan mijozlarining qurilmalariga xavfsizlik bildirishnomalarini yuborib, ularga maxsus cheklov rejimini yoqishni maslahat berdi. Batafsil — https://daryo.uz/-PxnKZUvg 👉 Obuna bo‘ling — @daryo_world
Rossiya Ukrainaning Qora dengizda o‘t ochishni to‘xtatish taklifini rad etdi Moskva Kiyevga vaqtinchalik tanaffus beradigan “yarim choralar” uchun hech qanday asos ko‘rmayotganini va Turkiyadan bu borada rasmiy taklif olmaganini bildirdi. Batafsil — https://daryo.uz/-oHW_i8vR 👉 Obuna bo'ling — @daryo_world
Netanyaxu Britaniyani “yadro quroliga ega birinchi Islom Respublikasi” deb atadi Bosh vazir mamlakat bilan Uinston Cherchill davridagi hamkorlik yo‘qolgani va London yangi hukumat davrida Isroilga nisbatan pozitsiyasini o‘zgartirganini aytdi. Batafsil — https://daryo.uz/LG-etZUDg 👉 Obuna bo'ling — @daryo_world
Janubiy Koreyada tishiga birdaniga 11 ta implant qo‘ydirgan ayol vafot etdi Uning o‘limiga me’yordan deyarli uch baravar ko‘p og‘riqsizlantiruvchi dori qabul qilgani sabab bo‘lgan. Batafsil — https://daryo.uz/FE267Z8Dg 👉 Obuna bo'ling — @daryo_world
Nepalda Hindiston bilan chegarani belgilovchi kelishuv hujjatlari yo‘qolib qoldi Katmandu rasmiylari arxiv va muzeylardan 1816- hamda 1950-yillarda imzolangan bitimlarning asl nusxalarini topa olmadi. Bu esa ikki qo‘shni davlat o‘rtasidagi chegaraviy nizolarni yanada chigallashtirmoqda. Asosiy kelishmovchilik daryoning qayerdan boshlanishi bilan bog‘liq. Batafsil — https://daryo.uz/oNd6HZUvg 👉 Obuna bo'ling — @daryo_world
AQSH NATO ittifoqchilaridan Tramp siyosatiga sodiqligi haqida hisobot talab qildi Vashington Yevropadagi kuchlarini kamaytirish arafasida alyans a’zolariga so‘rovnoma yuborib, amerikaliklardan qurol xarid qilish hamda harbiy bazalardan foydalanish darajasini surishtirmoqda. Bu Oq uy himoyasi evaziga muayyan mafkuraviy birdamlikka majburlash sifatida qabul qilinmoqda. Batafsil — https://daryo.uz/psZtRWUDR 👉 Obuna bo'ling — @daryo_world
Ispaniyada Quyosh tutilishidan so‘ng 500 dan ortiq odam shifokorga murojaat qildi Aholining ko‘pchiligi bosh aylanishi, xavotir va ko‘z og‘rig‘idan shikoyat qildi. Mutaxassislar buni tutilish paytida Quyoshga tik qarash bilan bog‘lamoqda. Batafsil — https://daryo.uz/1vYhWZ8Dg 👉 Obuna bo‘ling — @daryo_world
Rossiyada pedofillar reyestri tuziladi Mamlakatda voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik qilgan shaxslarning yagona elektron bazasini yaratish va uni 2027-yilda ishga tushirish rejalashtirilmoqda. Batafsil — https://daryo.uz/GCFg3m8vR 👉 Obuna bo'ling — @daryo_world
“Sudanning unutilgan urushi”. Qonli mojaroga barham berish uchun imkon paydo bo‘ldimi? 2023-yili Afrika davlatida boshlangan navbatdagi mojaro o‘zining to‘rtinchi yiliga qarab ketmoqda. O‘shandan buyon bir necha 100 ming sudanlik halok bo‘ldi. Mojaro Sudan, hatto mintaqa chegaralaridan chiqib, yirik davlatlar uchun kurash nuqtasiga, qurolsozlik kompaniyalari uchun esa sinov poligoniga aylanib qoldi. Biroq mojaroga tinch yo‘l bilan barham berish uchun qulay shart-sharoit paydo bo‘lmoqda. Batafsil — https://daryo.uz/g80iWmUDg 👉 Obuna bo‘ling — @daryo_world
Koinotda yulduz va qora tuynuk birikmasidan iborat yangi obyekt kashf etildi Olimlar Katta portlashdan 660 mln yil o‘tib paydo bo‘lgan hamda Quyosh tizimi kattaligidagi favqulodda kuchli energiya taratuvchi manbani aniqladi. Batafsil — https://daryo.uz/MZ349i8vg 👉 Obuna bo‘ling — @daryo_world
Sadir Japarov Rossiya Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo‘l loyihasiga qarshi bo‘lganini aytdi Qirg‘iziston rahbari Pekinga Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo‘li qurilishini boshlashni taklif qilgani, biroq Xitoy “Rossiyaning roziligisiz loyihani ishga tushirishdan bosh tortgani”ni ma’lum qildi. So‘ng Japarov bu masalani Putin bilan muhokama qilib, “uni ishontirgan”. Batafsil — https://daryo.uz/4hf4umUvR 👉 Obuna bo'ling — @daryo_world
“O‘zimni jazolangan itdek his qilyapman”. Ukraina tomonida jang qilgan rossiyalik ko‘ngillilar nimalardan norozi? 2022-yildan buyon Ukraina armiyasi safiga yollangan xorijliklar soni bir necha o‘n ming nafarga yetadi. Ular orasida 70 ga yaqin davlat fuqarolari, hattoki rossiyaliklar ham bor. Rus ko‘ngillilari alohida tuzilmalarga taqsimlangan holda jang qiladi. Biroq ular Ukrainada jiddiy muammolarga duch kelgani, xususan, pasportlari olib qo‘yilgani, maoshlaridan ushlab qolingani, Rossiyaga deportatsiya qili… Batafsil — https://daryo.uz/kGDUkm8DR 👉 Obuna bo‘ling — @daryo_world
Misrda savdo markazida gaz balloni portladi, qurbonlar bor (video) Poytaxt Qohirada qayd etilgan portlash sovg‘alar do‘konida yuz berdi, zarba yon atrofga ham zarar yetkazdi. Batafsil — https://daryo.uz/2Ebv8iUDg 👉 Obuna bo‘ling — @daryo_world
Trampning kuyovi Isroilga tashrif buyuradi U G‘azodagi vaziyatni Netanyaxu bilan muhokama qilishi kutilmoqda. Isroil bosh vaziri Trampning sektor bo‘yicha tinchlik rejasini rad etgandi. Batafsil — https://daryo.uz/m7SPPiUvR 👉 Obuna bo'ling — @daryo_world
Ruminiya AES faoliyatini to‘xtatib qo‘ydi Dunay daryosida suv sathi pasaygani uchun “Chernavode” AES rektorlari to‘xtatildi. Moldova Ruminiyadan elektr energiyasi import qilgani sabab muammolarga duch kelishi mumkin. Batafsil — https://daryo.uz/Wdw3xmUvg 👉 Obuna bo'ling — @daryo_world
Belarusda maktab o‘quvchilari dronlarni boshqarishga o‘rgatiladi Maktablarda qizlar uchun taktik tibbiyot asoslari ham o‘qiladi. Belarus Ta’lim vazirligi real sharoitda zarur bo‘ladigan amaliy ko‘nikmalar o‘rgatilishini ta’kidladi. Batafsil — https://daryo.uz/VPiS5m8vR 👉 Obuna bo'ling — @daryo_world
Rossiyada harbiylarga mo‘ljallangan marketpleys ishga tushadi Platforma Wildberries va Ozon sotuvchilarini ham jalb qiladi. Unda dron qismlari va harbiy anjomlardan tashqari shaxsiy himoya vositalari ham sotiladi. Batafsil — https://daryo.uz/EJxlvm8Dg 👉 Obuna bo‘ling — @daryo_world
Tojikiston Afg‘onistonni havo hududini buzganlikda ayblab, nota yubordi Afg‘onistondan otilgan o‘q sabab 20 yoshli tojikistonlik ayol halok bo‘ldi. Emomali Rahmon marhumaning oilasiga hamdardlik bildirdi. Batafsil — https://daryo.uz/BVipSi8vR 👉 Obuna bo'ling — @daryo_world
Bill Geytsning qizi 20 yilgacha qamalishi mumkin Uning Phia kompaniyasi xaridlardan komissiya olish uchun soxta cookie fayllardan foydalangani, Fibi Geyts esa bundan xabardor bo‘lgani aytilmoqda. Batafsil — https://daryo.uz/92jNWiUvg 👉 Obuna bo‘ling — @daryo_world
Troya oti: AQSH 40 dan ortiq davlatni yirik firibgarlikda aybladi. Ro‘yxatda O‘zbekiston ham bor Xitoy o‘z tovarlarini bu davlatlarda minimal darajada qayta ishlab, ularni pastroq bojlar bilan AQSHga eksport qilayotgani aniqlandi. Oq uy ushbu sxema sabab AQSH 26 mlrd dollargacha zarar ko‘rayotganini ta’kidladi. Batafsil — https://daryo.uz/3ZnPgiUvR 👉 Obuna bo‘ling — @daryo_world