dilmurad.me
СтатистикаDilmurod Yusupovning inklyuziyaga oid mualliflik blogi / Авторский блог Дильмурада Юсупова об инклюзии. 🌐 https://dilmurad.me/ 📩 @d_yusupov 🍩 https://tirikchilik.uz/dilmurad_me
- Последний пост
- 13 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 2
- Всего постов
- 37
- Тип
- открытый
- Язык
- русский
- Категория
- Блоги
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 127
- 1/48двое суток
- 145
- 1/72трое суток
- 156
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
“Ko‘zi ko‘radigan biror kishini olib keling!” Notariuslarning ichki yo‘riqnomasi qonundan qanday ustun keldi? Ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lganlar notarial xizmatlardan foydalanishda tizimli kamsitishlarga duch kelyapti. Notariuslar qonunda belgilangan faksimil imzolarni qabul qilmay, Ko‘zi ojizlar jamiyatidan vakil olib kelishni talab qilmoqda. Abdullo Abduxalilov bilan birga ular yaqinda duch kelgan vaziyatni tahlil qilgan holda tizimni o‘zgartirishga chaqirmoqdamiz. 🔗 Maqolani o‘qing: https://www.gazeta.uz/oz/2026/08/13/rights/ ❓Siz ham notariuslarda shunday to‘siqlarga duch kelganmisiz? Izohlarda yozib qoldiring. @dilmurad_me
🏦🧑🏻🦯 Ikkita bank — korporativ ijtimoiy mas’uliyatga ikkita har xil yondashuv 1️⃣ Yaqinda Sanoatqurilishbank ATB tomonidan 2-sonli Muruvvat nogironligi bo‘lgan bolalar uchun internat uyida xayriya tadbiri o‘tkazilganini ko‘rgan edim. "Tadbir davomida bolajonlarga ehsonlar topshirilib, ularga samimiy mehr, e’tibor va bayramona kayfiyat ulashildi. Bunday ezgu tashabbuslar jamiyatimizda insonparvarlik, saxovat va mehr-oqibat kabi yuksak qadriyatlarni yanada mustahkamlaydi," deb yozilgan edi Instagram video tagida. 2️⃣ Ikkinchi misol — Kapitalbank O‘zbekistonda birinchi bo‘lib ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi mijozlar uchun bankomatlarda ovozli yo‘riqnoma xizmatini ishga tushirdi. Bundan tashqari Kapitalbank turli xil nogironligi bor mijozlar uchun oqilona qulayliklarni yaratdi: panduslar, ko‘chada yordam tugmalari, ko‘rish qobiliyati zaif mijozlar uchun bank filiallarining tiflo diagrammalari, imo-ishora tili tarjimoni xizmatlari, nogironligi bor mijozlar uchun ustuvor elektron navbat, shuningdek, ko‘rish bo‘yicha nogironligi bor mijozlar uchun Brayl alifbosidagi Visa va Mastercard kartalarini joriy qildi. Shu ikkita misolni tahlil qilsak, birinchi bankning yondashuvi nogironlikka nisbatan eski "xayriya" modeliga asoslangan. Bu modelda nogironligi bor shaxslar passiv, faqat rahm-shafqat va yordamga muhtoj qatlam sifatida ko‘riladi. Kapitalbank esa nogironlikning "ijtimoiy va inson huquqlari modeli" ga tayangan: ular nogironligi bo‘lgan shaxslarni teng huquqli fuqarolar va qadrli mijozlar sifatida qabul qilib, ularning yo‘lidagi to‘siqlarni olib tashlashga e’tibor qaratgan. Bayramona kayfiyat va ehsonlar vaqtinchalik xarakterga ega bo‘lib, insonlarning real hayot tarzini o‘zgartirmaydi. Ovozli bankomatlar, panduslar, imo-ishora tarjimonlari va Brayl kartalari esa tizimli o‘zgarishdir. Ular insonlarning yillar davomida kimgadir qaram bo‘lmasdan, mustaqil yashashiga va o‘z moliyaviy ishlarini o‘zlari boshqarishiga xizmat qiladi. Maxsus internatlarga borib tadbir o‘tkazish segregatsiyalangan (jamiyatdan ajratilgan) muhitni bilvosita qo‘llab-quvvatlashdir. Bank filiallarida oqilona qulayliklar yaratish esa nogironligi bo‘lgan shaxslarni ochiq jamiyatga, kundalik iqtisodiy jarayonlarga va mehnat bozoriga faol jalb qiladi. Bu ularning to‘laqonli iqtisodiy ishtirokini ta'minlaydi. Haqiqiy korporativ ijtimoiy mas'uliyat (KSM) — bu shunchaki yilda bir marta ehson ulashish yoki rahm-shafqat ko‘rsatish emas. Haqiqiy mas'uliyat — bu biznes jarayonlarini barcha uchun moslashtirish, inson qadr-qimmatini hurmat qilgan holda teng imkoniyatlar va to‘siqsiz muhit yaratishdir. Nogironligi bo‘lgan shaxslar xayriyaga emas, qulay infratuzilma va o‘z huquqlarini mustaqil amalga oshirish imkoniyatiga muhtoj. Muruvvat uyidagi bolalar bilan chiroyli surat va videolarga tushib "mehr ulashdik" deb o‘ylashimiz mumkin. Lekin muruvvat uylaridagi turli xil nogironligi bor bolalarni kamdan-kam insonlar boqib oladi. 18 yoshga to‘lgandan keyin ularni yoshi kattalar uchun muruvvat uyiga ko‘chirishadi. Shunday qilib butun hayotlarini jamiyatdan ajralib qolgan sharoitlarda kun kechirishadi. Bola bo‘lmaganidan keyin ularga qiziqish ham so‘nadi. Ularni kamdan-kam ish beruvchi ishga oladi. Masalan, birinchi bank ham inklyuziya yo‘lida borib, bor resurslarini boshqacharoq loyihaga sarflashi mumkin edi. Taklifim — nogironligi bor yoshlarga bankda amaliyot o‘tash imkoniyati. Masalan, yaqinda bank va moliya sohasida o‘qib chiqqan yoshlarni ishga taklif qilsak bo‘ladi-ku? Ularga moliyaviy savodxonlikni o‘rgatib moliyaviy mustaqillikka o‘rgatsa bo‘ladi, bir martalik sovg‘adan ko‘ra. Lekin, albatta inklyuziv mehnat loyihasi ancha vaqt va jamoa talab qiladi — chunki buni shunchaki bir kun muruvvat uyiga borib rasimga tushish bilan solishtirib bo‘lmaydi... @dilmurad_me
Tarjimada adashib qoldim Inklyuziv amaliyotlar mavzusida Gyote-Instituti tomonidan tashkil etilgan birinchi seminar 30-iyul kuni bo‘lib o‘tdi. Hamkasbim Abdulaziz Salimov raqamli sharoitlar (digital accessibility) haqida taqdimot qildilar. 🔗 Taqdimot bilan…
Salom hammaga! 🇩🇪🇺🇿 30-iyul — 4-sentyabr kunlari Gyote-Instituti O’zbekistondagi madaniyat menejerlari va kreativ soha vakillari uchun inklyuziv amaliyotlar bo‘yicha onlayn va offlayn seminarlarni tashkil etyapti. 🖥 Raqamli sharoitlar mavzusidagi birinchi…
видео или голосовое, без подписи
📺 O‘tgan hafta O‘zbekiston 24 telekanalida nogironligi bo‘lgan shaxslarni bandligini ta’minlash mavzusida maxsus reportaj qilinibdi. ishplus.uz — nogironligi bor shaxslar uchun maxsus rekruting veb-portalimiz haqida ham aytilgan ekan. Lekin loyiha natijalari raqamlarida ozgina ko‘paytirib yozib yuborishibdi. Aniq raqamlarni shu yerda yozib qoldiraman: 2718 ta — ro‘yxatdan o‘tgan ish beruvchilar 3112 ta — e’lon qilingan bo‘sh ish o‘rni (vakansiyalar) nogironligi bor shaxslar uchun 3524ta — shakllantirilgan elektron rezyumelar nogironligi bor ish izlovchilarning 700+ — bandligi ta’minlangan nogironligi bor shaxslar 2021-yildan beri faqat Toshkent shahrida. Menimcha, O‘zbekiston 24 bosh muharriri, bu raqamlarni ko‘rib, ozgina kam ekan-a deb qo‘shib yozib yuborgan. Lekin biz raqamlar orqasidan quvmaymiz, chunki har bir raqam ostida haqiqiy nogironligi bor ish izlovchi bor. Ularni bandligini ta’minlash uzoq muddatli loyiha va qisqa muddatli hisobotlar bilan yopilmaydigan masala. Raqamlar kam bo‘lsin, lekin shu odamlar davomiy ishga kirib munosib mehnat qilib, munosib ish haqi olsin. Reportaj juda yaxshi tayyorlagan va biz Ijtimoiy himoya agentligi bilan hamkorlik qilishdan xursandmiz. Lekin bizni tashkilotimiz — Toshkent shahar "SHAROIT PLYUS" nogironlar jamoat birlashmasi bilan ijtimoiy hamkorlik haqida umuman hech gap aytilmagan. Bu birinchi holat emas — davlat telekanalida tashkilotimiz haqida gapirmaslik. Aslida, davlat organining fuqarolik jamiyati bilan hamkorlik qilishi bu — muvaffaqiyat hikoyasi va chet ellik hamkorlarimiz ham qoyil qoladigan keys bu. Lekin qandaydir sabablarga ko‘ra davlat telekanallarida mustaqil NNTlar haqida kam gapiriladi va asosiy urg‘u davlat organi va uning vakillariga beriladi. Masalan, bu videoda ham Ijtimoiy inspeksiya vakili idora logotipi oldida intervyu beryapti. Nimaga shunday intervyuni Sharoit Plyus vakili bermagan masalan? @dilmurad_me
Salom hammaga! 🇩🇪🇺🇿 30-iyul — 4-sentyabr kunlari Gyote-Instituti O’zbekistondagi madaniyat menejerlari va kreativ soha vakillari uchun inklyuziv amaliyotlar bo‘yicha onlayn va offlayn seminarlarni tashkil etyapti. 🖥 Raqamli sharoitlar mavzusidagi birinchi…
Salom hammaga! 🇩🇪🇺🇿 30-iyul — 4-sentyabr kunlari Gyote-Instituti O’zbekistondagi madaniyat menejerlari va kreativ soha vakillari uchun inklyuziv amaliyotlar bo‘yicha onlayn va offlayn seminarlarni tashkil etyapti. 🖥 Raqamli sharoitlar mavzusidagi birinchi seminarni 30-iyul hamkasbim Abdulaziz Salimov boshlab beradi. Boshqa seminarlarga inklyuziya sohasidagi mahalliy ekspert-hamkasblarim jalb qilinadi. Men ham 26-avgust soat 14:00 da onlayn tarzda inklyuziv muloqot mavzusida seminar o‘taman. 💁🏻♂️ Ishtirok etish uchun O‘zbekistonda madaniyat sohasida turli xil loyihalarni amalga oshirayotgan tashkilotlar vakillari va mustaqil mutaxassislar taklif etiladi! Tadbirlar jadvali: • Raqamli sharoitlar: onlayn, Zoom platformasida, 30-iyul kuni soat 15:00 da o‘zbek tilida va soat 18:00 da rus tilida. • Jismoniy sharoitlar: oflayn, Inklyuziv Xabda, 11-avgust kuni soat 14:00 da (surdotarjima so‘rovga binoan taqdim etiladi). • Inklyuziv muloqot: onlayn, Zoom platformasida, 23-avgust kuni soat 13:00 da rus tilida, 26-avgust kuni soat 14:00 da o‘zbek tilida. • Dasturning yopilish marosimi: oflayn, Gyote-Institutida, 4-sentyabr kuni soat 18:00 da rus, o‘zbek va nemis tillarida. 🗓 Shoshiling! Ariza yuborishga yana 3 kun qoldi: ro‘yxatdan o‘tish uchun 29-iyulgacha quyidagi havola orqali so‘rovnomani to‘ldiring: 🔗 https://forms.cloud.microsoft/e/NnZH2tAgN1 📧 Bog‘lanish uchun: kultur-taschkent@goethe.de @dilmurad_me
Yaqinda bandlikka oid yana bir muhim tadqiqot natijalari e’lon qilingan edi. Gazeta.uz da o‘qib ulgurishga imkoniyatim bo‘lmadi — chunki shu mavzuga oid mahalliy OAVdagi maqolalar o‘chirtirilgan. Keyin nega so‘z erkinligi indeksida shunchalik pasayib ketyapmiz degan savollarni bermanglar o‘rtoq amaldorlar! Bu tadqiqot haqidagi Internetda qolib ketgan ayrim ma'lumotlar asosida Komil aka Jalilov yozib chiqibdilar. Ammo O‘zbekiston Ijtimoiy himoya agentligi huzuridagi Ijtimoiy siyosat laboratoriyasi e’lon qilgan tadqiqot hisobotini hech qayerdan topolmadim...Menga qiziq bo‘lgan joiy — bu tadqiqotda nogironligi bor yoshlarga oid tahlillar borligi yoki yo‘qligi edi. Saqlanib qolgan ma'lumotlarga ko‘ra O‘zbekiston yoshlari (14-30 yosh kategoriyasi) orasida NEET (Not in Education, Employment or Training - hech qayerda o‘qimayotgan, ishlamayotgan yoki kasb-hunar o‘rganmayotganlar) kategoriyasi 33,2%ni tashkil qiladi. Ya’ni, O‘zbekiston yoshlarining uchdan biri hech qayerda o‘qimaydi, hech qayerda rasmiy ishlamaydi va kasb-hunar o‘rganmaydi. Qizig‘i bu tadqiqot statistika qo‘mitasi taqdim qilgan rasmiy ma’lumotlarga asoslanib, davlat organi qoshidagi aql markazi tomonidan tahlil qilingan. Agar muammo bo‘lsa, uni ommadan yashirishdan nima foyda? Muammoni tan olib, uni barchamiz yechimini topishga harakat qilishimiz kerak emasmi?
Haq olinur, berilmas! Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida II guruh nogironligi bo‘lgan Gulnoraxon Omonova o‘zining roziligi va xabarisiz “Ravnaq Tex” MCHJ tikuv sexiga ishga joylashtirib qo‘yilgani aniqlandi. Oqibatda ota uyida I guruh nogironligi bo‘lgan 12 yoshli qizini parvarish qilayotgan ayol “Kambag‘allik reyestri”dan chiqarilib, davlat nafaqasidan mahrum bo‘ldi. Ayol bu mashmashalardan oradan besh oy o‘tgach xabar topadi va sarson bo‘ladi. “Daryo” muxbiri Xo‘jaobod tumanida bo‘lib, holat haqida material tayyorladi. Maqolani o‘qish uchun havola. Aniqlanishicha, Xo‘jaobod tumanidagi "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazining sobiq bosh mutaxassisi Ilhomjon Azimov bu ayolning shaxsiga oid ma’lumotlarini "Ravnaq Tex" MCHJ bosh hisobchisi Marg‘uba Ahmadjonovaga bergan. Shundan so‘ng u ayolning roziligisiz ishga kiritib qo‘yilgan. Gulnoraxon bu vaziyat bo‘yicha prokuraturaga murojaat qilgach, bunday holatlar bitta emas, balki ko‘p ekanligini aytgan. Menimcha bu yerda asosiy muammo, Ijtimoiy himoya milliya agentligidan (IHMA) ijtimoiy xodimlarga shoshilinch tarzda nogironligi bor shaxslarni bandligini ta’minlash vazifasi yuklatilgan. Nogironligi bor shaxslarni bandligini oshirish yaxshi, lekin katta raqamlar orqasidan quvib, natijada mana shunday muammolarga duch kelishimiz mumkin. Bandlikni ta’minlash — bittada tepaga hisobot uchun qilinadigan ish emas. Keyin eshitishimcha ijtimoiy xodimlarning KPI ko‘rsatkichlarida ham qancha ko‘p nogironligi bor shaxslarni ishga joylasa, shuncha ko‘p bonus olishi mumkin? Keyin IHMA huzurida yana bir muhim idora bor — Ijtimoiy inspeksiya degan. Ular qayerga qarayapti? Ijtimoiy xodimlar hisobotlari tekshirilib monitoring qilinyapti? Yana bunday holatlar qancha? IHMA axborot xizmatidan ham ma’lumot kutib qolamiz. ❓ Asosiy savol: shaxsga oid ma’lumotlarni uning roziligisiz o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanish bu ma’muriy jazoga kiradimi? Jinoiy javobgarlik yo‘qmi bunday holatlarga? Yuristlardan ham javob kutib qolamiz. Sarson bo‘lgan Gulnoraxonga moddiy va ma’anviy zararni kim qoplab beradi? @dilmurad_me
🇺🇿🧏🏻♀️ O‘zbek imo-ishora tili — kimning ona tili? Davlat statistika qo‘mitasi yaqinda 1989-yildan beri endi birinchi marta o‘tkazilgan aholini ro‘yxatga olish dastlabki natijalarini e’lon qilgan edi. Menga qiziq bo‘lgan joyi — mamlakatimiz aholisining 89…
👩🏻🦽🏫 Inklyuziv ta’lim kimga kerak? Shu savol yana qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lmoqda 🇺🇿 Yaqinda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi (XDP) tomonidan tashkil etilayotgan “Munozara maydoni” klubida “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning to‘siqsiz harakatlanishi, infratuzilma va xizmatlardan erkin foydalanishiga to‘sqinlik qilayotgan muammolar tahlili” mavzusi atroflicha muhokama qilinibdi. 📱 Dasturning to‘liq videosi ikki yarim soat ekan! Hali to‘liq ko‘rib ulgurmadim lekin: https://www.youtube.com/watch?v=YOsX0isQfB4 Instagramga yuklangan qisqa reels videoda menimcha bir deputat ayol "inklyuziv ta’limga muhtoj bola oddiy bog‘chaga kelishiga bizlar juda qarshimiz" deb chiqibdilar. Sababi, nogironligi bor bolalar boshqa bolalarga xalaqit berayotgan ekan va tarbiyachining boshqa 29ta bolalari qolib ketayotgan ekan... Keyin boshqa deputatimiz inklyuziv ta’limni himoya qilib, yengil turdagi nogironligi bor bolalarni qabul qilishimiz kerak, lekin og‘ir turdagi nogironlikka biz ham qarshimiz deb chiqibdilar. ZPR — rivojlanishida sal ortda qolgan bola deb qo‘shimcha tushuntirish berilgan. Instagramdagi video tagidagi izohlarni (jami 450tadan oshiq!) ham o‘qisangiz, qiziq tendensiyaga ko‘zingiz tushadi. Bir tomon (menimcha bog‘cha tarbiyachilari va pedagoglar) deputat opa gaplariga qo‘shilishgan va nogironligi bor bolalar bilan ishlash qiyinligi va barcha mas’uliyat pedagog zimmasiga tushib qolishi haqida gapirishgan. Ikkinchi tomon, unda nogironligi bor bolalarni nima qilish kerak deb savol berishgan. Sinflarda bolalar ko‘pligi va agar nogironligi bor bola bo‘lsa, barcha e’tibor unga qaratilib, boshqa bolalarga vaqt yetmasligi ta’kidlangan. Terminologiya bo‘yicha ham juda ko‘p xatoliklar bor: "aqliy rivojlanishida ortda qolayotgan bola", "sog‘lom bola", "inklyuziv bola" ... Izohlarda ko‘pchilik nogironligi bor bolalarga aynan tibbiy model nuqtayi nazaridan qarashgan. Menimcha bu inklyuziv ta’lim islohotidagi katta muammolardan dalolat beradi. Chunki menimcha ko‘pgina maktablarda yetarlicha sharoit yaratilmagan — qo‘shimcha pedagoglar (tyutorlar) tayyorlanmagan va ishga olinmagan, sinflarda bolalar soni juda ko‘p, ota-onalar munosabati bilan ishlanmagan va oxiri pedagoglar ham bunday vaziyatdan charchab bizga inklyuziv ta’lim kerak emas ekan degan qarorga kelishmoqda. Bunday vaziyatda ikki tomonni yaxshilab eshitib, inklyuziv ta’limni tatbiq etishdagi muammolarni o‘rganib va tahlil qilib keyin kerakli chora ko‘rish kerak. Deputat opani yoki boshqa shunday fikrlaydigan pedagoglarni bizda qonunlar qabul qilingan deb tepadan turib inklyuziv ta’limga bosim bilan o‘tkazish noto‘g‘ri bo‘ladi... Chunki natijada faqat bolalar (ham nogironligi bor, ham nogironligi yo‘q) bunday bosim ostidagi islohotlardan aziyat chekadi... ❓ Siz qaysi tomonsiz? Izohlarda albatta yozib qoldiring. @dilmurad_me
🇺🇿 O‘zbekistonga kelsak, bizda O‘zbek imo-ishora tili rasmiy til sifatida tan olinganligiga shubham bor va bunga bir nechta sabablarni keltirsak bo‘ladi. Jahon karlar federatsiyasi, O‘zbekiston 2020-yil "Nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlari to‘g‘risida"gi…
🇯🇵🇵🇭Kecha Tokiodagi JETRO (Yaponiya xalqaro savdo tashkiloti) qoshida faoliyat ko‘rsatadigan Rivojlanayotgan Iqtisodiyotlar Instituti (Institute for Developing Economies - IDE) ga bordim. Filippin davlatida nogironlar huquqlariga bag‘ishlangan seminar bo‘ldi.…
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
🇯🇵🇵🇭Kecha Tokiodagi JETRO (Yaponiya xalqaro savdo tashkiloti) qoshida faoliyat ko‘rsatadigan Rivojlanayotgan Iqtisodiyotlar Instituti (Institute for Developing Economies - IDE) ga bordim. Filippin davlatida nogironlar huquqlariga bag‘ishlangan seminar bo‘ldi. Ko‘proq karlar huquqlari va Filippin imo-ishora tilia (FSL) haqida muhokamalar bo‘ldi. Menimcha biz uchun ham ko‘p foydali ma’lumotlar bor: 1) Filippin umumiy aholisi 109 million kishi bo‘lsa, shulardan atigi 1.79 millionida nogironlik bor ekan (aholining 1.6 foizi). Lekin 2.74 million kishida nogironlik guvohnomasi bor ekan. Bunday tafovut bo‘lishi g‘alati ekan... 2) Muammolari bizga o‘xshash ekan — chiroyli qonunlarni qabul qilishgan lekin amalda ishlamas ekan ko‘p narsa. Masalan ularning asosiy qonuni Magna Carta for Persons with Disabilities nogironligi bor shaxslarga barcha joylarda 20% chegirma taqdim qilinishini ta’kidlasa, amalda bu imtiyoz haqida xabardorlik juda past ekan. 3) Filippin imo-ishora tili (FSL) 2018-yil maxsus qonun bilan — milliy imo-ishora tili sifatida rasmiy tan olingan ekan. 2025-yil dekabr oyida sud jarayonlarida faqat akkreditatsiyadan o‘tgan FSL tili tarjimonlarini ishtirokini ta’minlash bo‘yicha Oliy sud qoidalari rasman kuchga kiribdi. Agar kar va zaif eshituvchi fuqaroga bunday tarjimon taqdim etilmasa, bu uning konstitutsiyaviy huquqi buzilishi hisoblanadi ekan — chunki har bir fuqaro sudda uning ovozi eshitilishi huquqiga ega ekan. 🧏🏻♀️ Qizig‘i agar tarjimon rasmiy akkreditatsiyadan o‘tmagan bo‘lsa, u sud jarayonida ishtirok etolmas ekan. Kar fuqaroning oila a’zosi, maxsus maktab o‘qituvchisi unga rasmiy tarjimonlik qilolmas ekan. Lekin FSL tarjimoni bilan davlat faqat sud jarayonida 2 soat davomida ta’minlar ekan. Muammolar hali ham bor ekan — politsiya ushlagan va so‘roq qilgan payti, yoki advokat bilan sudga tayyorgarlik payti va suddan keyin qamoqqa tashlangan payti — FSL tarjimon berilmas ekan. Shu sababli Professor Rosario Ramos Olivas shu gapni aytdilar: "Davlat sud zalidan tashqaridagi barcha soatlarda sukut saqlab, faqat sud zalidagi ikki soat uchungina o‘zini adolatli deb da’vo qila olmaydi." Seminar slaydlarini izohlarda yuklayman agar qiziq bo‘lsa. 🇺🇿 Bizda-chi? Menimcha kar va zaif eshituvchilarga hattoki sud zalida O‘zbek imo-ishora tili tarjimoni bilan rasmiy ta’minlash bo‘yicha oliy sudning qoidalari qabul qilinmagan? Bilsangiz, izohlarda yozing. @dilmurad_me
Bugun turli xil imkoniyatlar bilan bo‘lishadigan kunim shekilli. 😅 O‘zbekistondagi nogironligi bor tadqiqotchilar uchun yana bir zo‘r dastur! 🇺🇸 AQSh, Washington DCda joylashgan Center for Inclusive Policy (qisqacha CIP yoki Inklyuziv siyosat markazi) navbatdagi stipendiatlari guruhi uchun arizalar qabulini boshladi! Agar siz o‘z g‘oyalaringiz, savollaringiz va hayotiy tajribangizni nogironlik huquqlari bo‘yicha ahamiyatli tadqiqotga aylantirishga tayyor bo‘lsangiz, ushbu dastur aynan siz uchun. 🚀 🎓 CIP stipendiya dasturi — bu past va o‘rta daromadli mamlakatlardagi nogironligi bo‘lgan yosh tadqiqotchilar uchun o‘zlarining mahalliy sharoitlari va hayotiy tajribalariga asoslangan tadqiqot loyihalarini ishlab chiqish imkonini beruvchi moliyalashtiriladigan, to‘liq onlayn tarzda o‘tadigan 12 oylik dasturdir. Asosiy talablar qanday? • Nomzodlar kamida 18 yoshga to‘lgan bo‘lishi kerak (yuqori yosh chegarasi yo‘q). • Tadqiqot faoliyatining boshlang‘ich bosqichida bo‘lish. • Nogironlik inklyuziyasi va huquqlari yo‘lida ishlayotgan global hamjamiyatning bir qismi sifatida rivojlanishga ishtiyoqmand bo‘lish. • Og‘zaki va yozma ingliz tilini mukammal bilishi shart. Nomzodlar kundalik suhbatlarni tushunish va asosiy og‘zaki ko‘nikmalardan foydalangan holda muloqot qilish uchun yetarli darajada ingliz tili darajasiga ega bo‘lishlari kerak. 🧏🏻 Imo-ishora tilidan foydalanuvchilar uchun ingliz tilida og‘zaki so‘zlashuv malakasi talab qilinmaydi, ular uchun tarjimon taqdim etiladi. Dastur nimalarni taklif qiladi? • 12 oy davomida oyiga 1000 dollar miqdorida stipendiya • Dala ishlari yoki qo‘shimcha treninglar/konferensiyalar uchun 2000 dollargacha • Ishtirok etishni osonlashtirish uchun zarur bo‘lgan o‘rinli turar joy xarajatlari ham qoplanadi • Yetakchi tadqiqotchilar tomonidan boshqariladigan onlayn o‘quv dasturi • Tadqiqotingizga rahbarlik qiladigan ilmiy rahbar • Va bitiruvchilarning global tarmog‘iga kirish imkoniyati 🗓 Oxirgi muddat: Arizalar 2026-yil 31-iyul (EDT vaqti bilan yarim tungacha) qabul qilinadi. 🔗 Dastur va ariza topshirish jarayoni haqida batafsil ma’lumotni quyidagi havola orqali olishingiz mumkin: https://inclusive-policy.org/fellowship/ Bu dasturga ariza topshirishga qiziqishi mumkin bo‘lgan nogironligi bo‘lgan yosh tadqiqotchilarga yuborib qo‘ying!
📣 «O‘zbekiston kelajagi» stipendiya dasturiga arizalar qabul qilinadi Oxirgi muddat: 2026-yil 1-avgust Oxus Society for Central Asian Affairs tashkiloti tadqiqotchilarni 10 oylik stipendiya dasturida ishtirok etishga taklif qiladi. Dastur O‘zbekistonda yuzaga…
📣 «O‘zbekiston kelajagi» stipendiya dasturiga arizalar qabul qilinadi Oxirgi muddat: 2026-yil 1-avgust Oxus Society for Central Asian Affairs tashkiloti tadqiqotchilarni 10 oylik stipendiya dasturida ishtirok etishga taklif qiladi. Dastur O‘zbekistonda yuzaga kelayotgan iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy imkoniyatlar hamda muammolarni siyosatga yo‘naltirilgan hamkorlikdagi tadqiqotlar orqali o‘rganishga qaratilgan. «O‘zbekiston kelajagi» dasturi akademiklar, faollar va davlat siyosati sohasidagi mutaxassislarni davlat sektorini isloh qilish, shaffoflikni kuchaytirish va institutlarning javobgarligini oshirishga hissa qo‘shish uchun zarur vositalar bilan ta’minlash orqali O‘zbekistonda fuqarolik hayotida faol ishtirok etuvchi yangi avlod fikr yetakchilarini shakllantirishni maqsad qilgan. Dastur davomida ishtirokchilar siyosat mavzusi auditoriyasi uchun matn yozish, maʼlumotlarni vizuallashtirish, ijtimoiy tarmoqlarda muloqot qilish va ommaviy kommunikatsiya kabi mavzular bo‘yicha oltita onlayn treyningda qatnashadilar. Shuningdek, ular Toshkent shahrida o’tkaziladigan ikkita seminarda ishtirok etadilar. Har bir stipendiant guruhdagi boshqa ishtirokchilar bilan hamkorlikda quyidagi oltita mavzudan biri boʻyicha tahliliy hujjat tayyorlaydi: 🔹 Ta'lim: Fuqarolik ishtirokini, inklyuzivlik va inson kapitalini kuchaytirish maqsadi uchun ta’lim sohasini qanday isloh qilish mumkin? 🔹 Adliya va qonun ustuvorligi: Xavfsizlik talablari bilan fuqarolarning huquqlari o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash uchun adliya tizimi qanday isloh qilinishi mumkin? 🔹Raqamlashtirish va sun'iy intellekt: O'zbekiston davlat xizmatlari faoliyatini yanada samarali qilish, fuqarolik ishtirokini kuchaytirish va davlat boshqaruvining hisobdorligini oshirish uchun sun’iy intellekt imkoniyatlaridan qanday foydalanishi mumkin? 🔹 Ommaviy axborot vositalari rivoji va mediasavodxonlik: Ommaviy axborot vositalari hukumat faoliyatining hisobdorligini ta’minlashga xizmat qiladigan, muvozanatli va dalillarga asoslangan yondashuvlarni ilgari surish uchun qanday rivojlanishi mumkin? Mediasavodxonlikni qanday oshirish mumkin? 🔹Inklyuziv iqtisodiy o'sish: Islohotlarning samarasi qishloq va kam ta'minlangan jamoalarga qanday yetib borishi mumkin? Investitsiya va boshqaruv: Qonun ustuvorligini, mehnat huquqlari va investitsiya muhitini yaxshilash uchun qanday islohotlar amalga oshirilishi mumkin? Ushbu siyosat xulosalari Oxus Society ko‘magida tayyorlanadi va tashkilot veb-saytida e’lon qilinadi. Har bir guruh, shuningdek, qisqa maqola tayyorlaydi hamda o‘z xulosalarini jamoatchilikka taqdim etadi. Tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarga sarflagan vaqti mukofoti sifatida kichik gonorar to‘lanadi. Dastur o'zbek tilida olib boriladi. Ariza talablari: 🔹PhD (shu jumladan, PhD talabalari) yoki yuqorida ko'rsatilgan sohalarning kamida bittasida tadqiqot olib borish yoki professional faoliyat yuritish bo'yicha kamida o'n yillik professional tajribaga ega bo’lsih; 🔹O'zbek tilini mukammal bilish; 🔹O'zbekiston fuqaroligi yoki O’zbekistonda yashash ruxsatnomasiga ega bo’lish. Ariza topshirish uchun rezyume (o‘zbek va/yoki ingliz/rus tillarida) hamda motivatsion xatni (o‘zbek tilida, 2 sahifadan oshmagan holda) 2026-yil 1-avgustgacha info@oxussociety.org elektron manziliga yuboring. Oxus Jamiyati haqida: 2020 yil aprel oyida Vashington shahrida nodavlat notijorat tashkiloti sifatida tashkil etilgan Oxus Society for Central Asian Affairs Markaziy Osiyo va dunyoning qolgan qismi o‘rtasida akademik almashinuvni rivojlantirishga bag‘ishlangan notijorat tashkilotdir. #stipendiya