sharoitplus.uz
СтатистикаToshkent shahar "SHAROIT PLYUS" nogironlar jamoat birlashmasi Tel: +998 (55) 500-50-60 E-mail: info@sharoitplus.uz www.sharoitplus.uz Общественное объединение инвалидов г. Ташкента «ШАРОИТ ПЛЮС» Tel: +998 (55) 500-50-60 E-mail: info@sharoitplus.uz
- Последний пост
- 12 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 1
- Всего постов
- 43
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 206
- 1/48двое суток
- 236
- 1/72трое суток
- 254
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Kapitalbank 🇺🇿O'zbekistonda birinchi bo'lib ko'rish bo'yicha nogironligi bor shaxslar uchun bankomatlar tarmog'ida ovozli yo'riqnoma xizmatini ishga tushirdi. 🏧🔊 Endilikda bu toifa insonlar asosiy moliyaviy amaliyotlarini mustaqil ravishda bajarishlari mumkin. 🤝♿️ Bu amliyotni O'zbekistonda nogironlik masalalari bo'yicha ekspert Ulug'bek Mamatkhanov tajribadan o'tkazdi. 💬Ulug'bek Mamatkhanov Kapitalbank boshqa banklar uchun o'rnak ekanligini ta'kidlab Kapitalbank jamoasiga o'z minnatdorchiligini bildirdi. 🌱 Inklyuziv muhit — hamma uchun teng imkoniyat! @chapanitv
🌿 DIQQAT, E’LON! 🌿 Kashtado’zdan maxsus🕊 Ko’zi ojiz va nogironligi bo’lgan shaxslarni 1 oylik bepul kashtachilik kursiga taklif qilamiz! Siz kashtachilikni o’rganishni xohlaysizmi? Unda bu imkoniyat aynan siz uchun! Kurs davomida siz: 🧵 Oddiy iplar bilan kashta tikishni; ♻️ Plastik paketlardan kashta tikishning noyob usullarini; 🎨 Chiqindi plastik paketlarni san’at asarlariga aylantirish sirlarini o’rganasiz. Kurs yakunida: 📜 Har bir ishtirokchiga KOICA Koreya va Kashtado’z tomonidan sertifikat taqdim etiladi. 🖼 Siz yaratgan ijodiy ishlar oktyabr oyida bo’lib o’tadigan xalqaro ko’rgazmada namoyish etiladi. 💰 Shuningdek, o’z mahsulotlaringizni sotish va daromad topish imkoniyatiga ega bo’lasiz. Keling, kashtachilik orqali tabiatni asrashga va plastik chiqindilarga yangi hayot baxsh etishga birgalikda hissa qo’shaylik! 📞 Murojaat uchun: +998 99 833 83 14 📍 Ro’yxatdan o’tish joyi: Toshkent shahar "Sharoit Plyus nogironlar jamoat birlashmasi 📍 Manzil: Toshkent shahri, Furqat ko’chasi, 1/1. Barcha viloyatlardan ishtirokchilar qabul qilinadi! Sizni kursimizda intiqlik bilan kutamiz!
🚶♂️ Yangiyo‘l bozori atrofidagi piyodalar yo‘laklari va o‘tish yo‘llarini Akmaral bilan birgalikda obzor qildik. 🤝 Ushbu jarayonni amalga oshirishda ko‘mak bergan yangiyo‘llik bloger 1kamdunyo — Muhriddin Ismatullayevga minnatdorchilik bildiramiz. 🎥 Videoni oxirigacha tomosha qiling va fikringizni izohlarda yozib qoldiring. 👇 📢 Mas'ul tashkilotlar va rasmiylarning munosabatini kutib qolamiz. 📍 Manba: @chapanitv
📍 2026-yil 16-may kuni “Sharoitlar monitoringi” loyihasi doirasida navbatdagi monitoring ishlari amalga oshirildi 🌿 Mazkur loyiha “Sharoit Plus” NNT hamda Toshkent davlat yuridik universiteti Yuridik klinikasi hamkorligida olib borilmoqda 🤝 🚶🏻♀️🛣️ Bu safar monitoring Yunusobod tumanidagi Mega Planet savdo markazi atrofidagi yangi hududlarda o‘tkazildi. Kuzatuv davomida fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar, piyodalar yo‘laklari va infratuzilmaning qulayligi o‘rganildi. Barcha uchun qulay va to‘siqsiz muhit yaratish — umumiy mas’uliyatimiz. Bizga obuna boʻling: 😎Telegram | 😎 Instagram | 😎 Facebook | 😎 YouTube
Assalomu alaykum, hurmatli obunachilar! 🎓📚 Ayni kunlarda magistrlik darajasiga erishish yo‘lida dissertatsiya himoyasiga tayyorgarlik ko‘rmoqdaman. Himoya oldidan yig‘ilishi zarur bo‘lgan hujjatlar papkasini shakllantirar ekanmiz, nogironligi bo‘lgan shaxslar mehnati hamda ular bilan faoliyat yurituvchi NNTlar uchun tayyorlangan amaliy qo‘llanmalar e’tiborimizni tortdi ♿️📖 Mazkur qo‘llanmalarni tayyorlash jarayonida shogirdim va do‘stim, yuqori malakali mutaxassis Aziz Abdullayev bilan Toshkent shahar sharoit plus nogironlar jamoat birlashmasi, xalqaro mehnat tashkiloti,boshqa fuqarolik jamiyatidagi NNTlar tomonidan amalga oshirilgan loyihalar doirasida ajoyib tandem yaratdik 🤝✨Bugun ushbu qo‘llanmalarni siz azizlarga ham ilindik. Shoyadki, ular siz uchun manfaatli va foydali bo‘lsa 🙏duolaringizda eslab o'ting 🤲💙 ukam Sarvarga ham alohida rahmat Hurmat bilan, Ulug‘bek Mamatkhanov ✍️ Chapani TV Ulug‘bek Mamatkhanov Sharoit plus Ish plyus
Ishplus loyhasidan trening. Ishplus.uz – bizda hammaga ish topiladi! 🤝✨💼 Kanalimizga obuna bo‘ling: 👉 @ishplus_uz
#жараён Айни дамда Академия билан Ўзбекистон ногиронлар жамияти ҳамда “SHAROIT PLUS” ногиронлар жамоат бирлашмаси ўртасида юридик клиник таълим доирасида ўзаро ҳамкорлик меморандумларини имзолаш ва Юридик клиниканинг фаол талабаларини сертификатлар билан тақдирлаш жараёни бўлиб ўтмоқда. — В настоящее время в Академии проходит церемония подписания меморандумов о взаимном сотрудничестве в рамках юридического клинического образования между Академией, Обществом инвалидов Узбекистана и общественным объединением инвалидов «SHAROIT PLUS», а также награждение сертификатами активных студентов Юридической клиники. 📣 Бизни ижтимоий тармоқларда кузатинг! 😎 Facebook | 😎 Instagram | 😎 X | 😎 You Tube
🚺👩🏻🦽 «Что такое насилие и как защититься от него?» 🔹Что такое насилие? И как понять, что это насилие? 🔹Каким может быть насилие? 🔹Как защитить себя от насилия и притеснения? 🔹Что делать в момент опасности? Твой личный план безопасности 🔹Куда звонить за помощью? Все ответы вы найдете в нашей специальной брошюре, разработанной для женщин и девочек с инвалидностью: 📒👉 Читайте брошюру Данное пособие разработано при технической поддержке Общественного объединения инвалидов г. Ташкента “ШАРОИТ ПЛЮС” совместно с Фондом ООН в области народонаселения (ЮНФПА) в рамках проекта «Укрепление системы предупреждения и реагирования на насилие в отношении женщин и девочек в Центральной Азии». Проект реализуется при финансовой поддержке правительства Великобритании для международного развития. Мнения, выраженные в рамках проекта, не обязательно отражают официальную точку зрения правительства Великобритании. 🤖 Для бесплатной юридической консультации: https://t.me/huquqplus_bot Наши страницы в социальных сетях: Telegram | Instagram | YouTube | Веб-портал #женщины #насилие #притеснение #защитныйордер #Инсон
🚺👩🏻🦽 «Zo‘ravonlik nima va undan qanday himoyalanish mumkin?» 🔹Zo‘ravonlik nima? Bu zo‘ravonlik ekanini qanday tushunish mumkin? 🔹Zo‘ravonlik qanday bo‘lishi mumkin? 🔹Zo‘ravonlik yoki tazyiqdan qanday himoyalanish mumkin? 🔹Xavfli vaziyatda nima qilish kerak? Sening shaxsiy xavfsizlik rejang 🔹Yordam uchun qayerga qo‘ng‘iroq qilish kerak? Barcha javoblarni nogironligi bor ayollar va qizlar uchun ishlab chiqilgan maxsus qo‘llanmamizdan olsangiz bo‘ladi: 📒👉 Qo‘llanmani o’qing Ushbu qo‘llanma Toshkent shahar «SHAROIT PLYUS» nogironlar jamoat birlashmasining texnik ko‘magi asosida BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) «Markaziy Osiyoda xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish va unga qarshi kurashish tizimini mustahkamlash» loyihasi doirasida tayyorlandi. Ushbu loyiha Buyuk Britaniya hukumatining Xalqaro taraqqiyot mablag‘i hisobidan moliyalashtirilgan. Bu loyihada bildirilgan fikrlar Buyuk Britaniya hukumatining rasmiy siyosatini aks ettirmaydi. 🤖 Bepul huquqiy maslahat uchun: https://t.me/huquqplus_bot Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz: Telegram | Instagram | YouTube | Veb-portal #ayollar #zoravonlik #tazyiq #himoyaorderi #inson
#Ijtimoiy_inspeksiya #Doimiy_nazorat Avtobuslarda to‘siqsiz muhit qanday ta’minlanmoqda? Holatlar joyida o‘rganildi. 👍Ijtimoiy inspeksiya hamda Transport nazorat inspeksiyasi bilan hamkorlikda jamoat transportida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yaratilgan qulay va to‘siqsiz muhit holati yuzasidan navbatdagi reyd tadbiri o‘tkazildi. O‘rganishlar 11-sonli “Mahalliy havo yo‘llari aeroporti — Beltepa massivi”, 28-sonli “Yangiobod turar joy mavzesi — Tibbiyot akademiyasi” hamda 46-sonli “Birlik mavzesi — Ret zavodi” yo‘nalishlarida olib borildi. Reyd davomida ayrim holatlarda haydovchilar nogironligi bo‘lgan shaxslarning ishoralariga e’tibor qaratmagani, maxsus tugma orqali berilgan signalga munosabat bildirmagani, aravachadagi yo‘lovchiga zarur yordam ko‘rsatmagani, shuningdek, ba’zi avtobuslarda chaqiruv tugmalari nosoz ekani aniqlandi. Shu bilan birga, ijobiy holatlar ham kuzatildi. Xususan, barcha o‘rganilgan avtobuslarda monitorlar soz ishlagani, ayrim holatlarda avtobuslar belgilangan joyda to‘xtagani, pandus tushirilgani va aravachadagi yo‘lovchiga amaliy yordam ko‘rsatilgani qayd etildi. Reyd yakunida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan avtobus haydovchilariga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi. ✈️telegram 💬facebook 📸instagram 📺youtube 🐦xcom 💻i-inspeksiya.uz
O‘zbekistonda imo-ishora tili jonli va doimiy rivojlanib boruvchi bo‘lib, endilikda uning “SharoitPlus” NNT jamoasi tomonidan yaratilgan dolzarb lug‘ati ham bor. Uchrashuvda imo-ishora tilining tuzilishi va uni o‘rganishga yordam berayotgan zamonaviy texnologiyalar haqida suhbatlashamiz hamda 10 ta tayanch so‘zni o‘zlashtirib olamiz. Ishtirokchilar: Mamur Axlidinov — imo-ishora.uz loyihasi eksperti Dilmurod Yusupov — “SharoitPlus” NNT loyihalari rahbari Gulnora Maxkamova — “SharoitPlus” NNT loyihasi O‘zbek imo-ishora tili tarjimoni E’zoza Axmedova — “SharoitPlus” NNT loyihasi O‘zbek imo-ishora tili tarjimoni Uchrashuv moderatori: Shahobiddin Rasulov — jurnalist va muharrir Muloqot tili: o‘zbek imo-ishora tili, o‘zbek tili ~~~ Жестовый язык в Узбекистане живой и подвижный, и теперь у него появился актуальный словарь, созданный командой ННО SharoitPlus. На встрече поговорим о том, как устроен жестовый язык и какие современные технологии помогают его изучать, и освоим 10 базовых слов. Участники: Мамур Ахлидинов – эксперт проекта imo-ishora.uz Дильмурад Юсупов – руководитель проектов ННО SharoitPlus Гульнора Махкамова — переводчик узбекского жестового языка проектов ННО SharoitPlus Эъзоза Ахмедова – переводчик узбекского жестового языка проектов ННО SharoitPlus Модератор встречи: Шахобиддин Расулов – журналист и редактор Язык: узбекский жестовый язык, узбекский
🇹🇷BEPUL TURK TILI KURSI! Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun maxsus! 📚 Turk tilini o‘rganing va Türkçe Yeterlik Sınavı (TYS) hamda Milliy Imtihonga puxta tayyorlaning! 🔥 Eng muhimi — kurs mutlaqo BEPUL! 🗓 Darslar oflayn, qulay va samarali! 📌Joylar soni cheklangan! Tezroq harakat qiling! 📍Manzil: Yunusobod tumani, Xiyobon, 22. Ro‘yxatdan o‘tish: @Murod_Egamov_12 ✅ 15 - Mart Oxirgi muddat. Bugun boshlang — kelajagingizni oshkor qiling! 🚀 Bizga obuna boʻling: Telegram 😎 Instagram 😎 Facebook 😎 YouTube 😎
👩🏻🦽🚺 Nogironligi bo‘lgan qizlar va ayollarni gender zo‘ravonlikdan himoya qilishga qaratilgan yangi qo‘llanma taqdimoti bo‘lib o‘tdi 💙 24-fevral kuni “Sharoit Plyus” NNT hamda Oʻzbekiston Nogironlar Assotsiatsiyasi hamkorligida nogironligi boʻlgan xotin…
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
👩🏻🦽🚺 Nogironligi bo‘lgan qizlar va ayollarni gender zo‘ravonlikdan himoya qilishga qaratilgan yangi qo‘llanma taqdimoti bo‘lib o‘tdi 💙 24-fevral kuni “Sharoit Plyus” NNT hamda Oʻzbekiston Nogironlar Assotsiatsiyasi hamkorligida nogironligi boʻlgan xotin-qizlar uchun ishlab chiqilayotgan «Zo‘ravonlik nima? Undan o‘zingni qanday himoya qilishing mumkin?» nomli axborot qoʻllanmasi taqdimotiga bagʻishlangan davra suhbati boʻlib oʻtdi. 📒 Mazkur qoʻllanmani tayyorlashdan koʻzlangan asosiy maqsad — nogironligi boʻlgan xotin-qizlarga ularning huquqlari, zoʻravonlikning turli shakllari hamda mavjud himoya mexanizmlari haqida tushunarli va qulay formatlarda ma’lumot taqdim etishdir. Shuningdek, qoʻllanma orqali zoʻravonlikdan jabrlangan ayollar va qizlar uchun amal qilayotgan davlat tizimi va murojaat qilish yoʻllari haqida xabardorlikni oshirish koʻzda tutilgan. 👉 Batafsil vebsaytimizda o‘qing Davra suhbatida nogironligi boʻlgan shaxslar tashkilotlari vakillari, mutaxassislar, nogironligi boʻlgan xotin-qizlar hamda ularning ota-onalari faol ishtirok etdilar. Bildirilgan taklif va tavsiyalar qoʻllanmaning yakuniy tahririni ishlab chiqishda albatta inobatga olinadi. 💜 Qoʻllanmaning oʻziga xos jihati shundaki, u keng qamrovli va inklyuziv formatlarda — bosma va elektron shaklda, shuningdek audio, video hamda "Oson matn" formatlarda taqdim etiladi. Bu esa uni turli ehtiyojlarga ega foydalanuvchilar uchun yanada qulay qiladi. Qoʻllanmaning qulay formatlari «PRAXIS PLUS» ijtimoiy korxonasi tomonidan ishlab chiqilmoqda. Mazkur tashabbus UNFPA tomonidan Buyuk Britaniya Hukumatining koʻmagida amalga oshirilmoqda. Xayriya qiling | Ko‘ngilli bo‘ling | A’zo bo‘ling Barcha uchun qulay sharoitlar! www.sharoitplus.uz #yangiliklar