CHAPANI TV
Статистика🎬 CHAPANI TV – hazil, ijtimoiy haqiqat va samimiylik makoni! Bu yerda sizni: 📹 Qiziqarli video roliklar, 🧪 O‘ylantiruvchi ijtimoiy eksperimentlar, 🎤 Samimiy intervyular, 😂 Kuldiruvchi vaynlar va yana ko‘p chapani kontent kutmoqda!
- Последний пост
- 13 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 3
- Всего постов
- 23
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Блоги (по похожим)
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 74
- 1/48двое суток
- 84
- 1/72трое суток
- 91
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
«Кўзи кўрадиган бирор кишини олиб келинг!» Нотариусларнинг ички йўриқномаси қонундан қандай устун келди? Кўриш бўйича ногиронлиги бўлганлар нотариал хизматлардан фойдаланишда тизимли камситишларга дуч келяпти. Нотариуслар қонунда белгиланган факсимил имзоларни қабул қилмай, Кўзи ожизлар жамиятидан вакил олиб келишни талаб қилмоқда. Дилмурод Юсупов ва Абдулло Абдухалилов тизимни ўзгартиришга чақирмоқда. https://www.gazeta.uz/uz/2026/08/13/rights/ Telegram | Instagram | YouTube
Kapitalbank 🇺🇿O'zbekistonda birinchi bo'lib ko'rish bo'yicha nogironligi bor shaxslar uchun bankomatlar tarmog'ida ovozli yo'riqnoma xizmatini ishga tushirdi. 🏧🔊 Endilikda bu toifa insonlar asosiy moliyaviy amaliyotlarini mustaqil ravishda bajarishlari mumkin. 🤝♿️ Bu amliyotni O'zbekistonda nogironlik masalalari bo'yicha ekspert Ulug'bek Mamatkhanov tajribadan o'tkazdi. 💬Ulug'bek Mamatkhanov Kapitalbank boshqa banklar uchun o'rnak ekanligini ta'kidlab Kapitalbank jamoasiga o'z minnatdorchiligini bildirdi. 🌱 Inklyuziv muhit — hamma uchun teng imkoniyat! @chapanitv
Kapitalbank koʻrish qobiliyati zaif mijozlar uchun bankomatlarda ovozli yo‘riqnoma xizmatini ishga tushirdi Kapitalbank O‘zbekistonda birinchi bo‘lib koʻrish qobiliyati zaif mijozlar uchun bankomatlar tarmog‘ida ovozli yo‘riqnoma xizmatini joriy etdi. Endilikda ular ovozli ko‘rsatmalar yordamida asosiy moliyaviy amaliyotlarni mustaqil ravishda bajarishlari mumkin. Batafsil — https://daryo.uz/VW5lXryvg Reklama
Pasporti bor hayvonlar ko’pku Qo’shiq ijrochilari: Ulug’bek Mamatkhanov va Fotima Shavkatjonova She’r muallifi: Azizbek Hayitov Musiqa: Azizjon Qosimov @chapanitv
🔴 Тошкент вилоятидаги кўприкни ногиронлиги бўлган икки фуқаро синовдан ўтказди ✔️Ҳукуматнинг “инсон учун” деган шиорларига шубҳа уйғотган эксперимент Тошкент вилояти Гулбаҳор шаҳарчасидан ўтган М34 трассаси ва темир йўл устидан қурилган янги кўприк ногиронлиги бўлган шахслар учун қай даражада қулай? Ногиронлик аравачасида ҳаракатланувчи Акмарал Маманова ва кўзида ожизлиги бор Улуғбек Маматхонов буни амалда синаб кўрди. Экспериментнинг дастлабки дақиқаларидаёқ Акмарал Маманова аравачасида кўприкка мустақил кўтарила олмаслиги маълум бўлди. — Мен қандай қилиб чиқаман бу ердан? Чиқолмаяпман, — дейди у. Унга бошқалар ёрдам беришга мажбур бўлди. Кўприкнинг ўзига чиқиш ҳам, ундан тушиш ҳам ногиронлик аравачасидаги инсон учун мустақил ҳаракатланиш имконини бермаслиги видеода кўринади. Кўзи қисман кўрувчи Улуғбек Маматхонов учун ҳам кўприкдан ўтиш осон бўлмади. У зина ва йўлакларда мустақил ҳаракатланишга ёрдам берадиган шароитлар етарли эмаслигига эътибор қаратди. Эксперимент иштирокчилари кўприк фақат ногиронлиги бўлган шахслар учун эмас, болалар аравачасида фарзандини олиб юрган ота-оналар учун ҳам қийинчилик туғдириши мумкинлигини таъкидлади. — Бизга яратилган қулайлик ҳамма учун қулай бўлади, — дейди Акмарал Маманова. Универсал ва тўсиқсиз инфратузилма фақат ногиронлиги бўлган инсонларга керак эмас. У кекса инсонлар, болалар, болалар аравачасидан фойдаланадиган ота-оналар ва ҳаракатланиши чекланган ҳар қандай фуқаро учун муҳим. Telegram |Instagram | You Tube | Facebook | X
Do'stimni ovqati onamni eslatdi @chapanitv
Alloh makirlilardanda makirlidir. ☝️ 💚 Haqiqatni sevgan bo‘lsangiz, videoni ❤️ bilan qo‘llab-quvvatlang. 📤 Boshqalarga ham yetib borishi uchun ulashing. @chapanitv
Uylanish yaxshimi? Uylanmaslik? Javoblarizni kommentariyaga yzoib qoldiring @chapanitv
Halol mehnat misoli🙌 Sifatli atirlarga buyurtma berish uchun 📞+998946665150 @chapanitv
Cho’pon ota mahallasidagi chala yo’lakchani monitoring qildik😁😉 Videoni barcha yaqinlaringizga yuborib qo’ying @CHAPANITV
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevga murojaat Maksimal darajada tarqatib, qo‘llab-quvvatlang. https://t.me/CHAPANITV
Ulug’bek Mamatkhanov - Hayot o’rmoni | Улугбек Маматханов - Хайот урмони https://youtu.be/KlxKGS7RUvA
🔴Кўзи ожиз китобхонларни унутган Ўзбекистон Ўзбекистонда автомобил ютиб олаётган китобхонларга кўз ожизлар ҳам ҳавасда. Чунки, автомобил у ёқда турсин уларда брайл китобларининг ўзи ҳам етарли эмас. 🎥тўлиқ видеони шу ерда томоша қилинг 24 ёшли Ильёсбекнинг кўзлари ожиз. Аммо у ҳар куни компьютер олдига ўтиради. Мониторга эмас, қулоқларига ишонади. NVDA дастури ҳар бир сўзни унга овоз чиқариб ўқийди, Ильёсбек эса шу овозлар орқали Брaйл китобларини чоп этади. Лекин унинг даромади бир китоб буюртмаларига боғлиқ. Агар давлат буюртмаси бўлса, ойлик ҳам бор. Буюртма бўлмаса, Ильёсбекнинг ҳам маоши бўлмайди. 2024 йилдан бери эса унинг иш жойида давлат буюртмалари йўқ. Ясмина ҳам бу дунёни кўзлари билан эмас, бармоқлари билан ҳис қилади. У Брaйл ҳарфларини бирма-бир текшириб, китобларни таҳрир қилади. Унинг орзуси — ўзи каби кўзи ожиз болалар ва ёшлар Брaйл китоблари орқали билим олиши, адабиёт оламини кашф қилиши. Аммо, мутахассиснинг айтишича Республика бўйича кўзи ожизларнинг мактаб интернетларида брайл китоблари етишмайди. Шунингдек, бугун Ясмина ишлаётган босмахона буюртмалар камайгани сабаб тўлиқ қувватда ишламаяпти. Ўзбекистонда китобхонликни тарғиб қилишга катта эътибор қаратилмоқда, китоб ўқиганлар рағбатлантирилмоқда. Аммо кўзи ожиз китобхонлар учун энг зарур нарса — Брaйл китобларининг ўзи етишмаяпти. Uzdiplomat Республика Кўзи ожизлар жамиятига қарашли «Dizayn Print» босмахонасида бўлиб, кўзи ожизлар учун китоблар қандай яратилаётгани ва нега уларни чоп этадиган корхона бугун буюртмаларсиз қолаётганини ўрганди. Батафсил мақолани ўқиш Telegram | Instagram | You Tube | Facebook | X
https://music.yandex.ru/album/42969158/track/153425620?ref_id=256633C7-DE8C-407B-B72A-67D5505AC2AB&utm_medium=share_link_tg&utm_source=mobile_ios
Biroz alamli o‘yinga aloqador ta’sirli video Gʻamxo‘r ota ko‘zi ojiz o‘g‘liga taktik doskadan foydalanib Portugaliya - O‘zbekiston o‘yinini kuzatishda yordam berdi - shunday qilib yosh muxlis Ronalduning goli haqida xabar topdi! 🔗 @bir_safda_jurnali
2026-yil 24-iyun kuni Anhor.uz saytida Farg‘ona viloyatida nogironligi bor shaxslar mehnati mavzusida maqola e’lon qilindi: https://anhor.uz/partnerskie-materiali/uzbekistan-fiktivnoe-trudoustroystvo-statistika-zanyatosti/ Maqolada ayrim nogironligi bo‘lgan shaxslar amalda real ish bilan ta’minlanmagan bo‘lsa-da, rasmiy hisobotlarda “band” sifatida ko‘rsatilgani, bandlik statistikasi sun’iy oshirilishi mumkinligi va bu holat nogironligi bo‘lgan shaxslarning mehnat huquqlariga salbiy ta’sir qilayotgani haqida so‘z boradi. Afsuski, bu men uchun yangilik emas. Bunday muammolar faqat Farg‘ona vodiysida emas, boshqa hududlarda ham uchraydi. Toshkent shahrida ham menga nogironligi bo‘lgan shaxslar amalda real ish bilan ta’minlanmagan, biroq hisobotlarda “band” sifatida aks ettirilgan bir nechta holatlar ma’lum. Eng achinarlisi, Toshkent shahridagi ayrim nogironligi bo‘lgan shaxslar bu holatlar bo‘yicha bir necha bor huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishganiga qaramay, ularning ovozi yetarlicha eshitilmay qolmoqda. Bu yerda yana bir muhim savol bor: agar inson real ishlamagan bo‘lsa, uni “ishlayapti” deb ko‘rsatish uchun hujjatlar qanday rasmiylashtirilgan? Axir ishga kirish arizasida fuqaroning imzosi bo‘lishi kerak. Demak, bunday holatlarda nafaqat bandlik statistikasi, balki hujjatlarning rasmiylashtirilishi, arizalar va imzolar masalasi ham alohida tekshirilishi zarur. Davlat tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilayotgan ish beruvchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha turli imkoniyatlar yaratilgan. Shunga qaramay, bu yo‘nalish hanuz eng zaif va eng ko‘p e’tibor talab qiladigan sohalardan biri bo‘lib qolmoqda. Men va www.ishplus.uz loyihasidagi hamkasblarim bunday holatlarga bir necha bor duch kelganmiz. Muammo shundaki, nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligi ko‘pincha hisobotdagi raqamlar bilan baholanadi. Aslida esa asosiy mezon boshqacha bo‘lishi kerak: inson haqiqatan ham ishga joylashdimi, ish haqi oldimi, unga moslashtirilgan ish joyi yaratildimi va u shu ishda barqaror ishlay oldimi? Shu sababli Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Mehnat inspeksiyasi, Ijtimoiy inspeksiya va boshqa manfaatdor idoralar bunday holatlarga alohida e’tibor qaratishi kerak. Eng muhimi, bu masalada fuqarolik jamiyati vakillari, nogironligi bor shaxslar tashkilotlari va sohada amaliy tajribaga ega mutaxassislar bilan yaqin hamkorlik qilish zarur. Bizga formal statistika emas, real natija kerak. Nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligi qog‘ozdagi raqamlar bilan emas, ularning hayotidagi haqiqiy o‘zgarishlar bilan o‘lchanishi lozim. Buning uchun real mehnat hamrohligi tizimi zarur. Bunday tizim markazida inson, uning ehtiyojlari va munosib mehnat qilish huquqi turishi kerak. Ulug‘bek Mamatxonov Manbaa: 👉 https://t.me/ulugbekmamatkhanov @chapanitv
🚶♂️ Yangiyo‘l bozori atrofidagi piyodalar yo‘laklari va o‘tish yo‘llarini Akmaral bilan birgalikda obzor qildik. 🤝 Ushbu jarayonni amalga oshirishda ko‘mak bergan yangiyo‘llik bloger 1kamdunyo — Muhriddin Ismatullayevga minnatdorchilik bildiramiz. 🎥 Videoni oxirigacha tomosha qiling va fikringizni izohlarda yozib qoldiring. 👇 📢 Mas'ul tashkilotlar va rasmiylarning munosabatini kutib qolamiz. 📍 Manba: @chapanitv Bizni ijtimoiy-tarmoqlarda qo'llab quvvatlang Instagram sahifamiz
Biz Akmaral bilan yangiyo’lda daxshatli yangi ko’prikni monitoring qildik videoni oxirigacha ko’ring va holatga komentariyada fikrlaringizni qoldiring videoni tarqatayotganda manbani ko’rsating @chapanitv https://t.me/ijtimoiyhimoya_agentligi
👶 Bolani tez topish uchun foydali life hack! Ko‘pchilik ota-onalar bilmaydigan oddiy, ammo juda samarali usul. Gavjum joylarda farzandingizni yo‘qotib qo‘yish xavfini kamaytirish va kerak bo‘lganda tez topishga yordam beradigan amaliy maslahatni videoda ko‘ring. 📹 Videoni oxirigacha tomosha qiling va boshqa ota-onalarga ham ulashing! @chapanitv
Assalomu alaykum, hurmatli obunachilar! 🎓📚 Ayni kunlarda magistrlik darajasiga erishish yo‘lida dissertatsiya himoyasiga tayyorgarlik ko‘rmoqdaman. Himoya oldidan yig‘ilishi zarur bo‘lgan hujjatlar papkasini shakllantirar ekanmiz, nogironligi bo‘lgan shaxslar mehnati hamda ular bilan faoliyat yurituvchi NNTlar uchun tayyorlangan amaliy qo‘llanmalar e’tiborimizni tortdi ♿️📖 Mazkur qo‘llanmalarni tayyorlash jarayonida shogirdim va do‘stim, yuqori malakali mutaxassis Aziz Abdullayev bilan Toshkent shahar sharoit plus nogironlar jamoat birlashmasi, xalqaro mehnat tashkiloti,boshqa fuqarolik jamiyatidagi NNTlar tomonidan amalga oshirilgan loyihalar doirasida ajoyib tandem yaratdik 🤝✨Bugun ushbu qo‘llanmalarni siz azizlarga ham ilindik. Shoyadki, ular siz uchun manfaatli va foydali bo‘lsa 🙏duolaringizda eslab o'ting 🤲💙 ukam Sarvarga ham alohida rahmat Hurmat bilan, Ulug‘bek Mamatkhanov ✍️ Chapani TV Ulug‘bek Mamatkhanov Sharoit plus Ish plyus