tgindex
Abdulaziz Ahmad | Blog

Abdulaziz Ahmad | Blog

Статистика
@IjoddardiКнигиузбекский

• Filolog • Jurnalist • SMMchik • Baliqchi oshpaz • Mahdi va Safinaning dadasi... :) 🇹🇷 Oilam bilan Ankaradaman. Turkiyada oila bo‘lib yashash, ishlash, biznes qilish... xullas, “tirik qolish” haqida yozaman! Hamkorlik: @Oilaviy_reklama

Последний пост
8 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
21
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Книги (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
1 434
−3 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
723
21 постов
Вовлечённость
50,4%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 21
Упоминаний
1
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
554
1/48двое суток
634
1/72трое суток
684

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 8 авг.402122из Turkkitap_uz

    #bilim Zic-i Uluğ Bey 🔭 Orijinal kutusunda... ULUĞ BEY´İN ASTRONOMİ CETVELLERİ (Zîc-i Uluğ Bey) - 2 cilt takım, Uluğ Bey, (Türkçeye çevirenler: Mustafa Koçar - Atilla Bir), 2012, T.C. Kültür ve Turizm Bakanlığı Kütüphaneler ve Yayımlar Genel Müdürlüğü, 427 sayfa + tıpkıbasım, 19x26 cm... 🔵Muqovasi qattiq, 830 bet 💰Ikkinchi qoʻl, 750 ming so’m 📭 O‘zbekistonga yetkazib berish bepul! ✉️ Murojaat: @sitora_qarshiyeva @turkkitap_uz - ko‘p o‘qing, oz to‘lang! 📚🛫

  • 7 авг.5572214

    видео или голосовое, без подписи

  • Ishqilib buni tugishni avtomatlashtirishganmi😂qoʻlda tugishga sabri yetgan odamga haykal qoʻyish keragov, besh soat tugsang, besh minutda yeb qoʻyishsa

  • Ishqilib buni tugishni avtomatlashtirishganmi😂qoʻlda tugishga sabri yetgan odamga haykal qoʻyish keragov, besh soat tugsang, besh minutda yeb qoʻyishsa

  • 7 авг.540251

    видео или голосовое, без подписи

  • 6 авг.577471

    Abdulaziz biletfurush xizmatingizda😂 Shu onlayn bilet-milet olishni bilganim yomon qo‘l keladi-da ba’zan. Masalan, oilaviy biror joyga ketish uchun aviakompaniyaning rasmiy saytidan o‘zim olaman doim, o‘rtakash saytlar va aviakassalarga non yedirmayman :) Bugun esa, ishxonada ishlab ketgan bir ukam biletga pulim yetmayapti, aviakassalar qimmat deb yozib qoldi, o‘zimdan pul qo‘shdim-da, shartta bilet olib berdim. O‘zim qo‘shgan pulga kitoblarni hisobladim, yangi buyurtmalar 20 kg bo‘lib qolgandi, yo‘lovchi qidirib yurmayman, ertaga ketaveradi shu bola bilan, Xudo xohlasa. Ham yordamim tegdi, ham ishim bitdi, mezzza! :) @Ijoddardi

  • Men bilmaydigan nimadir qildingizmi? 😊

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • 5 авг.597613

    Mahdini menga, Safinani ayasiga o‘xshatishadi ko‘pchilik... O‘zimga qolsa, ikkalasiyam ayasiga o‘xshashini xohlardim. Bilmadim, “samootsenka”m pastligidanmi yo ayasini yaxshi ko‘rganimdanmi, sababi noma’lum. Qaniydi, onasiday mulohazali, zehnli, chiroyli, aqlli inson bo‘lishsa ikkalasi ham. Ich-ichimdan shuni xohlayman. Muhimi, dadasidek jahli tez, shoshqaloq, dangasa bo‘lmasin... P.s. So‘nggi kunlarda shunday baxtga ko‘milib yurgandik, ilohim davomli bo‘lib, oxiridan suyuntirsin. Ancha katta bo‘lib qolganmiza?! @Ijoddardi

  • 5 авг.592811

    Har qanday vaziyatda ayolingiz tushunishi, qo‘llab-quvvatlashi hamma narsadan muhim! Ijaramiz qimmat, oddiy uyga ko‘chamiz, qancha ishlasam ham pul orttirolmayapmiz, yig‘inolmayapmiz deb bir oydan beri o‘ylanardik. Sitora rozi bo‘ldi, e’lonlardan uy qidirishni boshladik. Qarorimiz qat’iy, uy egasiga ham aytdik hatto ko‘chmoqchiligimizni... Topgan variantlarim yoqmasdi, nuqul ayb topardi, jahlim chiqdi, lyuks uyga qiziqyapsan, shuncha odam oddiy, arzon uyda yashayaptiku dedim. Javobi esa shunchaki jim qilib qo‘ydi... Faqat o‘zimiz bo‘lsak, cho‘ldayam yashayveraman, eski uyimiz eski, devorlari pang, kichik va tor edi, ikki yil amalladikku. Lekin endi Mahdi va Safina bor, o‘g‘lingiz sho‘x, derazasi temir panjarali, pastroq qavatdagi uyda yashamasak, Xudo ko‘rsatmasin, tushib ketsa nima qilamiz 5-10 ming foydaning ortidan quvib?! Qizimiz endi emaklab, yurishni boshlayapti, zax, nam, panglagan uyda shamollaydi buyam. Ikkalasiyam oyog‘iga “naski” kiymaydi kamiga, yerlari kafil yo beton uylarni ko‘rsatyapsiz arzon deb, o‘zim uchun emas, farzandlarimiz uchun ko‘chmayman u “variant”larga... To‘g‘ri, eski uyimiz bir xonali edi, isimasdi, ashyoli bo‘lgani bilan kamchiliklari ko‘p edi. Shu sharoitda yashab, kamiga milliy ovqat pishirib sotganmiz, qozonimiz kichkinalik qilib, mantiqozonning tagiga pishirardik qanchalab katta buyurtmalarni. Bir kishi bazo‘r sig‘adigan oshxonachada eplab, amallab qancha ish qilib yubormadik deysiz. Mahdi, keyin Safina tug‘ildi, uyda namlik va zax kuchaydi, bolalar qattiq kasal bo‘ldi, ayasi ham. Majbur holda, jahl ustida ko‘chgandik hozirgi qimmat uyimizga... Lekin oʻsha paytda qimmat boʻlgan uyimiz hozir oʻzining narxiga kelgan, bugungi bozor sharoitida ancha normal hisoblanarkan, uylarning narxini koʻrib sezdim buni. Judalar oshib ketgan! Sitora bolalarni o‘ylab tanlayotgan xavfsiz va yorug‘, parkning yonida, derazalari panjarali, xullas hozir yashayotgan uyimizdek variantlar narxi 40 ming liradan kam emas... Issiq o‘rnimizni sovutmaylik, dedikda, o‘tirgan uyimizda qoldik yana, ko‘chish mavzusi butunlay yopildi :) Kitob do‘konimiz jonlanib qolgan ko‘z tegmasin, avval bogaji bo‘sh yo‘lovchi ko‘p boʻlardi, yuk topolmasdik. Hozir kitoblarni 2-3 yo‘lovchi bogajiga bo‘lib beryapmiz, sig‘maganini kargodan ham jo‘natyapmiz. Farzandlarim barakasi, rizqi shu ish orqali kelayotgandir ehtimol. Hamd! Hamma sharoiti bor, oʻzimizga yoqadigan yaxshi uyni qimmat deb muammoli, notanish mahalla, qanday plyus-minuslari borligini bilmaydigan joyga koʻchish yechim emas. Yaxshisi, daromadimizni yanayam oshiramiz, koʻproq harakat qilamiz dedik, hozircha oʻxshayapti, duo qilib qoʻyingizlar… @Ijoddardi

  • Telegram “vaybi”, “aurasi” boshqacha... Juda qisqa muddatda “Turkkitap”ning instagram obunachilari mingdan oshdi, reelslarimiz 100 minglab ko‘rildi, kitobxonlarga javob berishga ulgurmayapmiz, shukr. Bor fokusimiz onlayn do‘konga qaratilgan... Lekin sizlardek kuzatuvchilarni sog‘indik. Bizni anchadan beri taniydigan, ishonadigan, qo‘llab-quvvatlaydigan qadrdon insonlar yetishmayapti u yoqlarda. Deyarli hammasi begona, maza qilib yozolmaysiz, ko‘nglingizni ocholmaysiz, his-tuyg‘ularingiz va hikoyalaringizga tupurgan ular, hammasi har xil niyat va maqsadda kuzatishyapti. Son ko‘p, sifat juda-juda kam... To‘xtagan yerimizdan davom etamiz, daydi to‘tining qaytishi dermidi, ot aylanib qozig‘ini topdi do‘stlar, telegramda yana faol bo‘laman, nasib! Bismillah! @Ijoddardi

  • 23 июл.1 208644

    Orada miyam “iqtisodiy inqiroz”ga tushib qoldi, achinarlisi, ancha payt davom etdi bu... Muzlatkichda hamma narsa bor, ustimiz but, qornimiz to‘q, ozmi ko‘pmi pulimiz ham bor, lekin... Tinmasdan siqilib, ijara uyimiz qimmat, arzonroq joyga ko‘chishim kerak degan o‘y bosardi ertalabdan kechgacha. Yillik iznning yarmini qo‘llandim, bir hafta uyda bo‘ldim, biror joyga ta’tilga ketish yoki tinchgina, maza qilib dam olish o‘rniga ijara uyi qidirdik, variantlarni ko‘rdik, gaplashdik lekin... topolmadik. Xayolimda hozirgi ashyoli, hamma sharoiti bor 700$ lik ijara uyimni 500$ lik ashyosiz “karobka” uyga almashtirsam, boshlanishiga falon ming liraga ashyo olsam, keyin oyma-oy 500$ dan to‘laymiz deb miyam tinmay hisob-kitob qilardi... Xuddiki Mahdi va Safina ulg‘ayyapti, hech narsa orttirib, yig‘inolmayapmiz, bolalar kelajagiku mayli, o‘zimizning ertamiz uchun moliyaviy yostiqcha qilolmayapmiz degan fikrlar g‘uvillardi... Xullas, arzon uy topolmadik. Narxlar ancha oshib ketgan, xorijlikka berishmaydi, memur kafil istashadi va hokazo. Qolaversa, biz yashayotgan uyni bugungi bozor 35 ming liraga hayotda bermas ekan... Aqlimni yig‘dim. Ertadan kechgacha ishdaman, oilam tinch, xotirjam, xavfsiz yashashyapti. Bir qadam narida park, marketlar, hamma sharoiti bor, yangi bino, toza xonadon. 4-5 ming lira foyda qilaman deb, eski ijara uyimdagidek sovuq va zax joyga tushib qolib, boshimiz kasaldan chiqmay, har ikki kunning birida topganimni dori-darmonga sarflagandan ko‘ra shu yaxshi emasmi dedim?! Qo‘shnilar bilan til topishganmiz, yaxshi insonlar bor atrofimizda, Mahdi ham turk bolachalardan do‘stlar orttirgan, quchoqlashib ko‘rishadi bir-biri bilan, hali videosini ko‘rsataman... Xullas bu yergacha kelishimiz, bu uyni ijaraga olishimiz oson bo‘lmagan. Amallab yaxshi hayotga yetganimizda, yana hammasini boshidan boshlash axmoqona fikr edi... Ko‘chmaymiz dedim, aksincha, bor imkoniyatimizni ishga solamiz, yanayam rivojlanamiz, ko‘proq harakat qilamiz dedim, toki uyning ijara puli ortiq muammo tug‘dirmasin. Kitob kanalimizni faollashtirdik, instagram sahifasini yo‘lga qo‘ydik, reelslar olyapmiz, yangi obunachilar topib kelishyapti, buyurtma berishyapti, shukr, savdo ancha jonlangan, kitobxonlar mamnun... Shu ketishda davom etsak, Xudo xohlasa, bu vaziyatdan ham chiqib ketamiz. Uddalashimizga ishonaman. Nimalarni uddalamadik axir :) Adashmasam, NASA ofisida shunaqa gap yozilganini o‘qigandim. “Aerodinamika qonunlariga ko‘ra, asalarilar aslida ucholmaydi. Yaxshiyamki, bundan o‘zining xabari yo‘q...” Xulosa o‘rnida demoqchimanki... hamayli, xulosa o‘zingizdan! @Ijoddardi

  • 23 июл.1 032541

    Nofaol bo‘lgan kunlarim nafaqat meni, Sitorani ham yaxshigina stressga soldi. Post yozish u yoqda tursin, kanalni biror marta ochib ham qaramabman... Iyunning o‘rtalaridan boshlab tushgan kitob buyurtmalarini iyul boshida yetib boradi deb va’da qilgandik. NATO yig‘ilishi butun rejalarni relsdan chiqarib yubordi. Oxirgi paytlar har kuni “Pulimni qaytar”, “Zakaz qilganimga 20 kun bo‘ldi”, “Xudoga soldim, firibgarlar!” degan xabarlar kelayotgandi telegramdan. 30 kg kitob kargodan jo‘natilgan, yetib borishini kutdik shuncha bosim ostida... Bojxonamiz sog‘ bo‘lsin, o‘tkazmaymiz deb bir kun olib qolishdi ichkarida. Jiyanimni chaqirtirishdi. Amallab kitoblarni olib chiqdik, shukr, muammo bo‘lmadi. Hozir esa buyurtmalar egasiga yetib borgan, o‘sha jahl qilib yozgan insonlar axiyri bizga ishonib, yana kitob buyurtma qilishyapti... Mahdi og‘rib qoldi orada, Sitora tishlarini davolatyapti, men ishda, bolalar uyda... shukr, bari ortda qoldi. Video esa ayni kunlarimizdan esdalik... @Ijoddardi

  • видео или голосовое, без подписи

  • 23 июл.1 0123

    видео или голосовое, без подписи

  • Qirday so‘rasang tog‘day beradi deganlaridek, mana, uchta shig‘ir jo‘natyapman😁 Yigit bir paytlar Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAUda xizmat ko‘rsatgan shoir, jurnalist, ijodkor bo‘lgan. Yangalariz orqamdan yugurib yurardi dastxat qo‘yib bering deb yalinib... :) Hozir baliqchiligimga qaramang. “Bahçede görünce bahçevan mı zannettin?” degan gap borku turklarda :) Mayli, ko‘p gapirvordim, hali uyga kirishim bor kechqurun. Maza qilib turingizlarchi, nostalji! @Ijoddardi

  • Ko‘p gaplar bo‘ldi hayotimizda, voqealar, qarorlar... Uzuuun post bo‘ladi yozsam, lekin kanalga muhrlab qo‘yishimga, ulashishimga arziydi. Yozgunimcha 2-3 ta o‘zim o‘qigan shig‘irlardan tashlasam, eshitib, maqtab turasizlarmi yo postni kutasizlarmi? @Ijoddardi

  • Ko‘p gaplar bo‘ldi hayotimizda, voqealar, qarorlar... Uzuuun post bo‘ladi yozsam, lekin kanalga muhrlab qo‘yishimga, ulashishimga arziydi. Yozgunimcha 2-3 ta o‘zim o‘qigan shig‘irlardan tashlasam, eshitib, maqtab turasizlarmi yo postni kutasizlarmi? @Ijoddardi

  • Xayrli kuuun, yaxshilar🤠 @Ijoddardi

Abdulaziz Ahmad | Blog — tgindex