tgindex
Katta Ariq

Statistik ma'lumotlarga qaraganda, @katta_ariq kanalini kuzatib borish inson dunyoqarashini o'stirarkan)) Bizning ariqda faqat yaxshi kayfiyat oqadi. Aloqa uchun: @Xush_kepsilar_bot

Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
11
Всего постов
40
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Новости и СМИ (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
81
−1 за 3 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
47
39 постов
Вовлечённость
58,0%
к подписчикам
Постов в день
1,6
всего 40
Упоминаний
1
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
28
1/48двое суток
32
1/72трое суток
34

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Sevgilim õxshaysan mushukka Mushuk õxshaysan sevgilimga Sevgilimga õxshatdim mushuk Qissadan hissa, kim abetga nima yeyapti? @katta_ariq

  • Indama jim-qurtingni shim. Ko'cha maqoli.

  • 13 авг.31из katta_ariq

    Go'zal bo'lsang jonga jon Berolguvchi yorni top. Gulga sodiq tikondan- Devonangdan ayrilma Oshiq bo'lsang, hech qachon Janonangdan ayrilma. @katta_ariq

  • Po‘latjon yozganda: "Gulim, bulbulim Zulfiya! Yana bir marta aytaman, men seni sevaman. Biz birga tur-mush quramiz. Men seni hech kimda bo'lmagan ishq, toza sevgi bilan sevaman. Agar bizning turmush qurishimiz sening o‘quvchilik davringda bo'lsa, ishontira olamanki, bu unga halal bermas. Balki men senga yordamchi bo‘larman. Hozirgidan ko‘ra yuqoriroq maktablarda yoshligimizning juda bahor kezlarida birga bog'langan bir dasta loladay birga-birga o'qirmiz. Bizning baravar kelgan bu istagimizga hech kim qarshi kela olmas. To'g'risi, sen ham hozirgi kambag'al yashashdan durustgina hayotga ko'chasan. Qizarma! Bizdan kelgusi uchun sog‘lom tuyoqlar bo‘ladi. Biz xursand oilaning ongli ota-onalari bo'lamiz". deb yozadi Po'latjon. Zulfiya ham yozadi. Ul ham hech kimga aytmagan, hatto oynaga qarab o'ziga aytsa, o'zi cho'chiydigan so'zlarni yozadi: "Po'latjon! Xatingizni oldim. "Birov bilib qolmasin", -deb javob yozib bo'lguncha entikib o‘lib bo‘ldim. To‘g‘ri, men ham sizni... Faqat otam mening sizga borishimga jindek ko'nmas emish. "Po'latjon katta odamlarning bolasi, biz kambag‘al odamlarmiz", deyar emish. Tunov kungi bir xatingizda: "Siz komsomolkasiz, ro‘yxatdan o‘tsak bo‘ldi", degan edingiz. Bu maslahatga men rozi. Faqat: "Turmush marosimi siz aytgancha tezdan bo'lmasdan, bir necha vaqtlardan so'ng bo'lsa ekan", deyar edim. Negaki hozir ayni darslarimizning gurullab turgan vaqti, yacheykadan ish berganlar, ishlamasam bo'lmaydi. Tag'in o'zingiz bilasiz", Zulfiya. deb yozadi. G'.G'ulom. "Puch umidlar" hikoyasidan. P/S: Sevishmayo'l mushtumday bo'lib, deydigan odam yo'q😂😂 Garshok talashib urishadigan yoshda sevgimish. @katta_ariq

  • Mu'g'anniy g'azaliga muxammas Ayriliq o‘qin otdi, tortib falak yoy boshin, Tuprog‘ingga to‘kildim, o‘pay deya poy boshin, Motamimni boshlasin – chertilajak kuy boshi, Sizga to‘ylar kelodi – bizga o‘ylar oy boshi, Qismatimga qo‘l berib, o‘zim bo‘lay to‘yboshi. Endi o‘zga bog‘ uzra – ochilajak tilaging, Qanday qilib yot qo‘lga – tutqazarsan bilaging, G‘amlar ezsa joningni – kim bo‘ladi tirgaging? Suv yo‘lidan yurmagin – ezilmasin yuraging, Ikkimizni bir ko‘rmay, yig‘layotir soy boshi. Zulmat ichra ruhimga, kishanlarni taqdilar, Armonlarning dashtida, shamdek meni yoqdilar, Ko‘ksimdagi nishonga, hasrat mixin qoqdilar, Soylar soyga oqdilar, boylar sizga boqdilar, Nima bo‘lsa, men bo‘lay – egilmasin boy boshi. Sen asotir malagi- afsonaviy Layliyu, Sening bitta so‘zingga – fido bo‘lsam mayliyu, Ikki dunyo baxtidan – judo bo‘lsam mayliyu, Gado bo‘lsam mayliyu, ado bo‘lsam mayliyu, Manziliga yetganda qayrilmasin toy boshi. Ishq dardida ip kabi, jon rishtasin sitamiz, Qon sirqigan tomirdan, sizga ko‘ylak bitamiz, Poyandazdek to‘shalib, qadamingiz kutamiz, Sizga “yor-yor” aytamiz, to‘lib to‘ydan qaytamiz, Tor ko‘chada yotodur to‘yboshining loy boshi… Bizday joni halak yo‘q, biz kabi abgor emas, Biz tortgan ishq azobi, o‘zgalarda bor emas, Dardi yo‘q g‘ofil elga, ishq faryodi kor emas, Qayda oshiq xor emas, bizga xorlik or emas, Yig‘larmidi to‘yingda qirqilmasa nay boshi?! Ko‘zlarimdan to‘kilar, yomg‘ir kabi qon jola, Hasratimdan qoraydi, qirda ungan gul- lola, Holimga samosi ham dod deb urar oh-nola, Go‘shangada uyola, yorga tutsang piyola, Mug‘anniyga atalib to‘kilmasin choy boshi. Abbosbek Mo'minov 12.08.2026 @katta_ariq

  • 11 авг.291из NajmiddinTURON

    —Аё, беклар, фақирларни Кўп ҳам туртманг ўз юртида. —Ким тегинди, юраверсин. —Сизни элга фидо ўйлаб Тинмай армон ўстирдида. —Манглайидан кўраверсин. —Ўз Ватани, ўз бойлиги, Ўз ризқидан бермайсизми. —Ваъда бердик, етмайдими. —Ер юзига тарқаб борар, Ҳолини бир сўрмайсизми. —Ундан нари кетмайдими... —Сизлар пешво, кўп айтарсиз Халқ деб тинчдан кечганингиз. —Мадҳ айласин, алқасин. —Лек айтмайсиз эл кўзи-чун Ёлғон қасам ичганингиз. —Билдирмасдан қарғасин. —Минглаб қонун жорий қилиб, Нечун амал қилмайсизлар. —Амал қилсак чиқармиди. —Сабр тўлган коса бир кун Ёмон синар, билмайсизлар. —Элнинг ҳадди сиғармиди. —Ўғри урган карвон мисол Бор бисоти тугаб борар... —Яшайверсин, ватан мана. —Бир кун одил судлов бўлса, Эл ҳаққини сўраб борар! —Худосига айтсин ана... https://t.me/NajmiddinTURON

  • NIHONIY G'AZALIGA MUXAMMAS Ey munis o‘zbek qizi, yurtingni charog‘on qil, Umringning har lahzasin ilm-la sharaf-shon qil, Erk o‘tida toblan-u, baxt yo‘lini raxshon qil, Keldi ochilur chog‘i, o‘zliging namoyon qil, Parchalab kishanlarni har tomon parishon…

  • NIHONIY G'AZALIGA MUXAMMAS Ey munis o‘zbek qizi, yurtingni charog‘on qil, Umringning har lahzasin ilm-la sharaf-shon qil, Erk o‘tida toblan-u, baxt yo‘lini raxshon qil, Keldi ochilur chog‘i, o‘zliging namoyon qil, Parchalab kishanlarni har tomon parishon qil. Qo‘lga tut qalamni sen, so‘zlaringni bayon qil, Ma’rifat nuri bilan ahli dilni hayron qil, Izlagin ziyo yo‘lin, qadamingni ravon qil, Maktab, anjuman borg‘il, unda fikr ochib gohi, Ilm-u fan tig‘i birla jahl bag‘rini qon qil. Bil, sening qo‘lingdadir kelajak, uni shon qil, Sidqidildan mehnat-u intilishni makon qil, Baxt qo‘shig‘in kuylagin, dunyolarni shodon qil, Soyalarda sarg‘aygan yuzlaring qilib gulgun, Sen ham ahli donishlar bazmini guliston qil. Nohaqlikning ko‘ksiga so‘zing birla paykon qil, Haq so‘zingni baralla aytib, elni larzon qil, O‘zligingni anglab yet, har maqsadni oson qil, Cho‘rilikni mullalar senga qildilar taqrir, Kel, bugun bu zaxmingga ma’rifatni darmon qil. Sen Vatanning tayanchi, buni elga ayon qil, Farzandingga eng go‘zal o‘gitlarni ehson qil, Onalikning qadrini yer yuzida doston qil, Onalik huquqingni hurmat etmaganlarni, Yuzlarin qaro aylab, fe’lidan pushaymon qil. Eskirib yotgan udum, odatlarni to‘fon qil, Bid’atu xurofotni yerga qorib, vayron qil, Pok orzu-umidlarni yuragingga qalqon qil, Oy yuzing qaro chimmat zulmidan qutultirgil, Chiq qorong‘i turmushdan, nur ichida javlon qil. O‘zligingni topishga har lahzada imkon qil, Haq yo‘lida jon fido aylamoqni imon qil, Kelajak avlod uchun ezgulikni nishon qil, Sen qachon maorifning dargohiga yo‘l topsang, Nurlarin olib ko‘zga surmayi Sulaymon qil. P/S: Muxammas shakliga to'g'ri keladimi-yo'qmi, bilmadim, ozgina o'zgartirish qilib yozildi, ma'zur tutgaysiz)

  • Yurak dardi yuzingizda qalqdimi, yor, Yig‘layapsiz nigohingiz yerga qadab. Sizni shunday sevadigan bir odam bor, Ismingizni pichirlaydi baxtga o‘rab. Olib ketgim kelar sizni uzoqlarga, Bu dunyoning g‘iybatidan, maydasidan. Taqdir bizni tashlamasin tuzoqlarga, Omon-eson o‘taylik g‘am soyasidan. Soyalar ham qochib ketar yo‘limizdan, Faqat sizni yo‘qotishdan qo‘rqar bu jon. Mahkam tutib yashasak bas qo‘limizdan, Ming qavatli to‘siqdan ham o‘tmoq oson! Yillar o‘tib sochimizga oq tushsa ham, Men eng baxtli odam bo‘lay kulganizda. Havas bilan boqar bizga butun olam, Choy tutasiz ishda charchab kelganimda. Yillar o‘tar sekin-asta, birin-ketin, Uyimizda mehr nuri porlayajak. Suhbat qurib tunlar uzoq, shunday shirin, Qalbimizda shu sof tuyg‘u gullayajak. Shunday ekan, yig‘lamang hech, ko‘zi bahor, Qo‘ying endi, qiynamasin dildagi g‘am. Bu hayotning sinovlari garchand bisyor, Siz yonimda borsiz, demak, ko‘nglim xurram!

  • Xondamir. "Habib us-siyar" asaridan. Tasavvufiy deb tushunamiz) Araq degan so'zga balo bormi oma betta, demangizlar, araq arabcha so'z.

  • Qani a, sekin a?

  • ✅Telegram  | 🗳Facebook 📱YouTube   | 📱Instagram

  • ✅Telegram  | 🗳Facebook 📱YouTube   | 📱Instagram

  • Ohunjon Hakimov legenda shoir edi. ✅Telegram  | 🗳Facebook 📱YouTube   | 📱Instagram

  • Ohunjon Hakimov legenda shoir edi. ✅Telegram  | 🗳Facebook 📱YouTube   | 📱Instagram

  • Negadir mandarin menga faqat qishdagina mazaliroq tuyuladi. Mandarin va qor tandemi. ✅Telegram  | 🗳Facebook 📱YouTube   | 📱Instagram

  • Ashi ekkoviga ekta she'r, degan jeridan bir pacha ✅Telegram  | 🗳Facebook 📱YouTube   | 📱Instagram

  • Kimni qancha tuyog'i (o;zinikimas, hayvoniniki) borligi aniqlanadi, xolos. Daromad, mol-mulk masalasi bag'i. Ana endi hayvonlarni yashirish boshlanadi. 1 taniki 1 ta yoziladi, 100 taniki 100 ta yozilmaydi-da baribir.

  • Sen yig‘layver — go‘zal bo‘lasan, dard chekaver — husning ortadi. Senga yarashmaydi tabassum, qiyofangga og'ir botadi. Qora libosingni yechma hech seni bosaversin qora tun. Kimdir shunday yig‘lashi lozim boshqalarning kulishi uchun. Muallif esimda yo'q ✅Telegram  | 🗳Facebook 📱YouTube   | 📱Instagram

  • Deyamush)

Katta Ariq — tgindex