"BIZ"iston
Статистика🤍Turkiyada oila bo'lib yashash, filtrlanmagan, bo'yab-bejalmagan hayot haqiqatlari. 🤱Farzandimni dorilarsiz, kasalliklarsiz tabiiy katta qilish yo'lim. 🫂BIZ, BIZ boʻla olganlar va BIZ boʻlmoqchilarning hayoti... "Sen" va "Men" yoʻq, faqat "BIZ" bor!
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 10
- Всего постов
- 254
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Книги (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 283
- 1/48двое суток
- 324
- 1/72трое суток
- 349
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Muhammad İrfonni qayta uxlatib, ovqatimni yevoldim. Odatda, 14:00 gacha uxlaydi va unga hali vaqt bor. Uyg'ongach bolaning hali uyqu soati to'lmagan bo'lsa yoki uyqusi bor bo'lsa qayta uxlatsangiz bo'ladi. Ko'ziga qaramaysiz, kulmaysiz, savol bersa javob bermaysiz, gapirsa ham indamaysiz. Va qanday uxlatsangiz, silabmi, oyoqda tebratibmi, emizibmi xullas, shuni qo'llaysiz. Uxlab qoladi. Ya'ni Muhammad İrfonda ishlaydi shu usul. Buni "Uyqu mashg'uloti" kursida o'rgatishgan. Balki sizga ham foydasi tegar, qo'llab ko'ring. @biziston
#kayfiyat Muhammad İrfon erta uyg'ongani uchun bugun 12 ga bormay ham uxlab qoldi. Fursatdan foydalanib, tezlikda ovqat pishirib, tagini o'chirib podcast eshitib o'tirsam, narigi xonadan tip-tip-tip oyoq tovushlari eshitilyapti. (İshqilib o'g'ri kirgan bo'lsin, o'shani oyoq tovushi bo'lsin deb o'tiraman shunaqa vaziyatda😆) Muhammad İrfon uxlab yotgan joyida ovqatning hidini sezib uyg'onibdi. - Anneeee, mama pishtimi? Xuddi shunday, to'liq, burro-burro aytdi yetmaganiga 😂😂 qotib qolibman. Burnini cho'zib, hidlaab kelyapti yonimga. Mening bolam o'zimga shunaqa aqlli ko'rinadimi yo rostdan aqllimi deb o'ylab qolaman ba'zida. @biziston
Ammochi bu yerda bolalar rostdan erta uxlaydi. Oldin e'tibor bermagan ekanman yoki bolali bo'lgach bu narsalar qiziq bo'ldimi, xullas O'zbekistonda bolalar juda juda kech uxlasharkan. Faqat kechqurun ko'cha olib chiqadi ota-onalar va kechki 11-12 gacha yuraverisharkan. Tushunaman, havo issiq, tabiiyki kechqurun chiqiladi, ammo juda kech-da u. Ba'zan bizam ovqatlanishga chiqsak sal kechikib qolsak, Muhammad İrfon uyqu soati o'tib ketib, rossa qiynaldi. Maksimum 21 gacha uyga kevolishga harakat qildik. Ko'cha chiqishdan oldin hatto joy solib, uxlashga tayyor qilib kettim, keliboq uxlasin deb. @biziston
#hayotiy Hozirgi uyimizga ko'chganimizga 2 yil bo'ldi shu avgustda. Shu paytgacha haliyam erta uxlashimizni gapirishadi qo'shnilarimiz. Haliyam negadir normal qabul qilisha olishmaydi. Balki kichkina bolalari yo'qligi uchundir. Aksariyati yoshi katta, qari momo-buvilar. Kunduzi uxlashadi, kechqurun uxlay olishmaydi. Kecha kechqurun suv ichaman deb uyg'onsam, soat kechki 2:54 haliyam pastda choy ichib, suhbatlashib o'tirishibdi. Muhammad İrfonni ham "Erta uxlatasan" deyishadi doim. "Erta uyg'onadi, shu uchun erta uxlaydi", desam "Kech uxlat, kechroq uyg'onadi", deyishadi. Kech uyg'onishi nega kerakki manga? Kichkina payti 19-20 orasida uxlardi. Hozir yoz bo'lgani uchun biroz kech 21:00 gacha uxlab bo'ladi. Qish kelsa 20-20:30 ga qaytadi yana Xudo xohlasa. Va bu Muhammad İrfon uchun judayam qulay. Shu payt uyqusi keladi. Bir xil vaqtda uxlaydi, bir xil vaqtda turadi. Uyqu bola uchun biz o'ylagandan ming karra muhimroq. Uyqu tartibining bo'lishi esa million marta. Biz o'zimiz ham erta uxlaymiz. To'g'rirog'i esa men. Turmush o'rtog'im dars qiladilar odatda. Ammo aksariyat holatlarda erta uxlaydilar. Oldin juda kech uxlardim. Hozir shu xatoyimni tuzatganman va bu manga yoqdi. Xullas, erta uxlanglar, erta uyg'oninglar! @biziston
Bitta odatimni yomon ko'raman. Hamma ishni bir kunga tiqishtiraman. Har safar "Qayta bunday qilmayman", deymanu ammo yana qaytalayman. Bilmadim miyamda "Shu ish ham bitsin, shu ishni ham qivolay, yo'l-yo'lakay bitadi", degan fikr bor. Masalan, bugun ham uy uborka, ham xamirli ovqat, ham non qilyapman. Turmush o'rtog'im "Bitta-bitta qiling, hech kim orqayizdan quvmayapti", deb ming marta takrorlaydilar. Ertalab ham "Uy tozalamang, dam oling", deb ketgandilar. Qayoqda, o'tirolmay tozalab chiqdim. Endi kechqurun kelishlariga millionta ish qilganimu, millionta joyim og'riyotgani haqida shikoyat qilaman🐻 @biziston
без подписи
без подписи
"Bugun kechga nima qilsam ekan?", deb boshim qotib "Boshlayveraychi, nimadir pishar-da", degan ovqatim shunaqa chiroyli, shunaqa mazali chiqdikiii🥹 Turmush o'rtog'imga ham rossa yoqdi. Muhammad İrfon ham yeb qo'ydi Ma Shaa Alloh. O'zim ham ko'rinishini sevvordim. Uncha ko'p masalliq ham ketmagan. Ozroq qiyma, biroz talqon, 2 ta kartoshka, 1 ta piyoz, 1ta yashil, 1 ta qizil balgariski. Qiymani ichiga piyoz solmadim. Toshkent borganimda yangamdan kotlet, ko'ftalarni yumshoqqina pishirish yo'lini o'rganib kelgandim, shuni qo'lladim😌 @biziston
#hayotiy 20 oylik Muhammad İrfonning empatiyasi haqida kichkina kuzatuv🥹 Ko'chada kimdir axlatni axlat qutisiga tashlayotganini ko'rsa, darrov qarsak chalib qo'yadi. Shunaqa kichkina harakatlarida ham uning atrofidagi yaxshiliklarni sezib, qadrlay boshlayotganini ko'rish juda yoqimli. 🤍 Ma Shaa Alloh. @biziston
Xayrli tong!💕 @biziston
....va kunning eng go'zal qismi! Qachondir mutolaadan sovib qolishni xohlamasdim. Qachondir sumkamda kitoblardan boshqa hamma narsa bo'lib, kitob uchun joy qolmasligini xohlamasdim. Qachondir miyam, xayolim, ong ostim faqat maishiy ehtiyojlar, tugamaydigan yumushlar-u kundalik tashvishlar bilan to'lib qolishini xohlamasdim. Ko'chaga chiqqanimda bulutlardan hayvonlar, qushlar, odamlar qiyofasini ko'ra oladigan, gullardan, osmondan, mayda-chuyda go'zalliklardan chin dildan quvonadigan ko'zlarimning kundalik tashvishlar bilan xiralashishini xohlamasdim. Bolamni bahona qilib, u bilan birga o'yinchoqlar orasida o'ynaydigan o'zimning ham sekin-asta ulg'ayib, bolaligimni yo'qotib qo'yishimni xohlamasdim. Turmush o'rtog'im men yoqtirgan biror narsani olib kelganida, quvonchdan porlab ketadigan ko'zlarimning vaqt o'tishi bilan oddiygina "rahmat"ga aylanib qolishini xohlamasdim. Bir paytlar meni hayajonga solgan narsalar keyinchalik shunchaki "yo'g'e shartmas" bo'lib qolishini xohlamasdim. Qachondir "bugun nima pishirsam ekan?" degan savol hayotimdagi eng katta savolga aylanib qolishini xohlamasdim. Bir paytlar orzu qilgan narsalarimni "endi bunga vaqtim yo'q", deb bir chetga surib qo'yishni xohlamasdim. Qachondir qalbimdagi qiziqishlar sekin-sekin so'nib, o'rnini befarqlik egallashini xohlamasdim. Yangi narsalarni o'rganishga bo'lgan ishtiyoqimni yo'qotishni xohlamasdim. Biror narsadan hayratlanish, nimanidir chin dildan yaxshi ko'rish, arzimas narsadan bolalardek xursand bo'lish qobiliyatimni yo'qotishni xohlamasdim. O'zim uchun ham chiroyli kiyinishni, atir sepishni, sochlarimni tarashni, ko'zguga qarab o'zimni yaxshi ko'rishni unutishni xohlamasdim. Qachondir "keyinroq" deb yurib, o'sha "keyinroq" kelganida nimani xohlaganimni ham eslay olmay qolishni xohlamasdim. Shuning uchun o'zimni saqlab qolmoqchiman!💕 Onalik ichida o'zimni. Turmush ichida o'zimni. Ro'zg'or ichida o'zimni. Mas'uliyatlar orasida o'zimni. Men farzandimga faqat ovqatlantiradigan, kiydiradigan va qaraydigan ona bo'lishni emas, hayotdan zavqlanishni biladigan ona bo'lishni xohlayman. Turmush o'rtog'imga faqat ro'zg'orni yuritadigan ayol emas, qalbi tirik, qiziqishlari bor, hayotga qarashi bor hamroh bo'lishni xohlayman. Va eng muhimi, bir necha yildan keyin ortimga qarab: "Men o'zimni yo'qotib qo'ymabman. Men hali ham o'sha qiz ekanman. Faqat biroz ulg'aygan, biroz dono, tajribali,qalbi hali ham tirik ekan", deya olishni xohlayman. 🤍 @biziston
Va domni pastida biroz sayr qilib, bog'imizdan meva terdik😁 Endi bularni yaxshilab yuvib, kompot qilamiz. Turmush o'rtog'im kelgunlaricha muzdekkina bo'p turadi🙂 Kim malades, Muhammad İrfon bilan onasi malades🐻 @biziston
без подписи
Go'zal tonglarimiiiiz... Bugun turmush o'rtog'im barvaqt ishga ketganlari uchun alohida nonushta qildik. Muhammad İrfon bilan yeyilgan sokin, huzurli nonushtacha❤ Bolam, katta bo'lsangiz bu kanalni o'qirsiz İn Shaa Alloh. Va bilingki, nafaqat nonushta, siz bilan hamma narsa go'zal! @biziston
#fikr Hayot qiyin. Butun insoniyat uchun u kim bo'lishidan, qayerda bo'lishidan, necha yosh bo'lishidan qat'iy nazar yashash qiyin. Yashab qolish qiyin. Mas'uliyatlar, sinovlar, kutilmagan tashvishlar... Ba'zan bularning bari insonning yelkasiga og'ir yuk bo'lib tushadi. Ammo yoningizda hayotni yengillashtiradigan bir inson bo'lsa, hamma narsa o'zgaradi. U muammolaringizning hammasini, ipidan ignasigacha hal qilib bermasligi mumkin. Lekin sizni tinglashi, tushunishi, "birgamiz" deya qo'lingizni mahkam ushlashi kifoya. Shunda eng og'ir yo'llar ham bosib o'tiladigandek tuyuladi. Baxt muammosiz yashash emas. Baxt muammolar ichida ham bir-biriga suyanch bo'la olish. Bir-birining yukini yengillatgan, qalbiga taskin bergan, kamchiligini emas, dardini ko'rgan insonlar haqiqiy baxtni topadilar.💕 Shuning uchun hayotingizga yuk bo'ladigan emas, yengillik olib kiradigan insonni tanlang. Siz ham boshqasi uchun shunday bo'ling. Bir-biringizning umringizni murakkablashtirmang. Aksincha, mehringiz, sabringiz, kechirimingiz va qo'llab-quvvatlashingiz bilan yashashni osonlashtiring... P/s rasm bugungi. Postga aloqasi yo'q, ammo uyimni juda sog'inibman... @biziston
без подписи
💖💖💖💖
без подписи
без подписи
без подписи