tgindex
Ochopat_Book

Kitoblar, Filmlar, Hislar.

Последний пост
12 мар.
Последнее чтение
13 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
21
Тип
открытый
Язык
und
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
493
+4 за 3 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
1 033
21 постов
Вовлечённость
209,5%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 21
Упоминаний
1
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1/48двое суток
1/72трое суток

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 12 мар.1 107196

    Oxirgi 10 kunda eng ko'p qo'limga olgan, qayta-qayta varoqlagan, ichidagi ma'lumotlarga ishonolmay ijtimoiy tarmoqlardan isbot izlagan, rostligini bilgach tinchigan, ayrim betlarida hayratdan yoqa ushlagan, ayrim betlarida "nahotki shunday bo'lsa?", degan kitobim aynan shu. Ko'p ushlaganimdan, tinmay o'qiganimdan buklanib, eskirib qolibdi bechora. Mutlaqo va mutlaqo tavsiya qilaman. Kitob haqida umumiy tarzda yozishga harakat qildim. Ammo to'lig'ini albatta o'qib chiqing derdim. @Ochopat_book

  • *Ota-onasi tomonidan o'g'il farzand sifatida kutilgan millionlarcha qizlar bor bu hayotda. Ilm-fan bu qizlarning aksariyatida ayollik energiyasi yo'qolishi, qiz sifatida tan olinmagani oqibatida bachadon( chunki ayolning eng muhim a'zosi) kasalliklariga chalinishi isbotlanibdi. Ularning turmushga chiqishi, qarshi jins vakili bilan munosabat qura olishi, ona bo'lishida qiyinchiliklar kelib chiqishi aniqlanibdi. *Kitobda onalarning o'g'il farzandlariga nisbatan kasallik darajasidagi muhabbati, uning yomon oqibatlari, bu sababdan oilalar buzilishi, "o'g'il bolaning ilk ishqi onasi" kabi gaplarning asl qorong'uliklari haqida ham yozilgan. Farzandlarning ota-onalari bilan toksik munosabatlarini tartibga solish ham shular qatorida. *Kitobda his-tuyg'ular orqali jism kasallanishi, jismdagi kasalliklar oqibati ruhiy o'ylovlarimiz bo'lishi haqida ham yozilgan. Zotan bu psixologiyada va Psixosomatikada allaqachonlar o'rganilgan va ilmiy isbotlangan haqiqatlar. 1)O'zini qadrsiz his qilish, mehr yetishmasligi oqibatida Ko'krak saratoni bilan, 2)Doimiy stress va mas'uliyat bosimi orqali yuqori qon bosimi, yurak kasalliklari bilan, 3) Ichga yutilgan g'azab orqali Oshqozon yarasi, gastrit bilan, 4) Kuchli xavotir va tashvish orqali Migren kasalligi bilan, 5) O'zini tutib yurish, ifodalay olmaslik orqali bel og'rig'i, bo'yin og'rig'i bilan, 6) Yig'lab chiqarilmagan qayg'u orqali astma va nafas bilan bog'liq muammolar bilan, 7) Doimiy qo'rquv va xavfsizlik hissi yo'qligi orqali uyqusizlik, surunkali charchoq, stress bilan kasallangan insonlar talaygina. Bu kasalliklarga faqatgina jism sababchi emas. @Ochopat_book

  • Meni eng ko'p o'ylashga majbur qilgan qism: Ko'pincha biz o'zimizga o'xshash yoki bolaligimizdagi tanish odamlarga o'xshash insonlar bilan oila quramiz, deyapti muallif. Bolalik travmalarimizdan esa uch xil yo'l bilan chiqishga harakat qilamiz ekan: ulardan qochamiz, ularni yana takrorlaymiz, ularni tuzatishga urinamiz. Aslida munosabatlarda biz ko'pincha uch xil rolga kiramiz: ba'zan ota-onamizdan birining rolini olamiz, ba'zan o'zimizni bola kabi tutamiz va sherigimiz ota-ona rolini oladi, yoki aksincha, biz ota-ona bo'lib qolamiz, sherigimiz esa bola roliga kiradi. Shunday qilib biz bolaligimizdan yaxshi bilgan bir "ssenariy"ni yana qayta sahnalashtira boshlaymiz. Nikoh aslida ikkinchi tug'ilishdir. Birinchi tug'ilishimizdan beri ichimizda yozilib qolgan hikoyani yana qayta yashay boshlaymiz... Va men bunga ishonaman. Qizlar otalari kabi insonga turmushga chiqishi, erkaklar onalari kabi ayolni izlashiga ishonaman. Chunki ayol uchun ilk erkak - otasi, erkak uchun esa ilk ayol - onasi. Ular qanday bo'lsa kelajakdagi ular tanlaydigan inson ham katta ehtimollik bilan o'xshash bo'ladi. Turmush o'rtog'imga eng ko'p aytadigan gapim ham shu: dadamga xarakter jihatidan juda o'xshaydi. Siz bunga e'tibor berganmisiz? @Ochopat_book

  • #mutolaa Zürich Üniversitesida o'tkazilgan tadqiqotda sichqonlar nazorat guruhi va tajriba guruhiga ajratiladi. Tajriba guruhidagi sichqonlar ma'lum vaqt oralig'ida sovuq suvga solinib, stressga duchor qilinadi va ularda depressiya paydo bo'lishi ta'minlanadi. Keyin shu sichqonlardan tug'ilgan bolalar (kichik sichqonlar) ma'lum yoshga yetganda sovuq suvga tashlanadi. Qizig'i shundaki, ular sovuq suvga tushganda depressiya alomatlarini ko'rsatadi. Ularning aksariyati suvdan chiqish uchun harakat ham qilmaydi. Faqat bir nechtasi qutulishga harakat qiladi. Nega? Chunki ularning ota-onasi ham aynan shunday harakat qilib suvdan chiqib ketgan sichqonlar edi. Ya'ni ular depressiyaga tushmagan edi. Holokostni boshidan kechirgan insonlarning nabiralaridan tortib, Gollandiyadagi ocharchilikni yashagan odamlarning avlodlarigacha ko'plab tadqiqotlar o'tkazilgan. Va ilm-fan endi aniq aytmoqda: ha, travma avlodlar orasida o'tadi. Buvingizdan onangizga, onangizdan sizga, sizdan bolangizga... Bu o'tish epigenetik xotira mexanizmlari orqali sodir bo'ladi. Hatto bugungi kunda ko'plab jismoniy kasalliklar ham genetik emas, balki epigenetik omillardan kelib chiqishi mumkinligi qabul qilinmoqda. Onaning hayoti onaning tuxum hujayrasida, otaning hayoti esa otaning spermatozoidida yashiringan bo'ladi. Bu ikkalasi birlashib yangi insonni yaratganda, albatta ko‘p ma'lumotlar o'chadi. Ammo o'chmay qolganlari bolaga o'tadi. Travma, asabiylik, stress, depressiya kabi... Juda qadimiy bir maqol bor: "Dede koruk yer, torunun dişi kamaşır". Ya'ni: bobo nordon uzum yesa ham, nabiraning tishi qamashadi. Epigenetika ham shunga o‘xshash bir hodisadir... @Ochopat_book

  • #mutolaa Psixologiya men uchun doim qiziq bo'lgan, ayniqsa oxirgi 1 yilda bu tarzdagi kitoblarga juda ko'p murojaat qildim. Hozir o'qigan kitobimdan meni ta'sirlantirgan, men uchun yangilik bo'lgan qismlarini sodda tarzda yetkazib berishga harakat qilaman. Xullas, kitob nomi "Kızlar annelerinin kaderini mi yaşar?", ya'ni "Qizlar onalarining taqdirini yashaydimi?" Kitobda aytishicha, DNK o'zgamnas deb qabul qilingandi toki 20-asrning o'rtalarigacha. Ammo olimlar DNK o'zgarmasdan u qanday ishlashi o'zgarashini aniqlashibdi. Bu tushuncha ilmda Epigenetika deb ataladi. Oddiy misol bilan tushuntirsam, DNKni katta bir kitob deb tasavvur qiling. Bu kitobda tanamiz haqidagi barcha ma'lumotlar yozilgan. Lekin hayot davomida: ba’zi sahifalar ochiladi, ba'zilari yopilib qoladi Ya'ni ma’lumot kitobda bor, lekin hammasi bir xil ishlatilmaydi. Llmiy atamalar ishlatmasdan tushuntirishga harakat qilsam, shuni aytish mumkin: ona-otamiz va ulardan oldingi ajdodlarimiz hayotida duch kelgan atrof-muhit omillari stress bilan bog'liq xususiyatlarni shakllantiradi va bu holat keyingi avlodlarga ham o'tadi. Ya'ni siz onangiz yashagan hayotni o'zingiz bilib-bilmay yashashingiz mumkin. Bunga avval men ham ishonmasdim. Ammo farzandli bo'lgach, bir savol juda ko'p marotaba aqlimdan o'ta boshladi. Onamga o'xshab boryapmanmi? Gap-so'zlarim, o'zimni tutishim... Hatto buni juda ko'p marta onamning o'zlariga ham aytdim. Va qarangki tasodifan bu kitob yonimdan chiqdi... @Ochopat_book

  • Haritalara bakıyorum Hiçbirinde evin yok Ansiklopedilere bakıyorum Hiçbirinde resmin yok Sözlüklere bakıyorum Hiçbirinde adın yok Bakıyorum kendime Seni görüyorum Benden başka yerin yok Xaritalarga qarayman — Hech birida uying yo'q. Ensiklopediyalarga qarayman — Hech birida rasming yo'q. Lug'atlarga qarayman — Hech birida isming yo'q. O'zimga qarayman — Seni ko'raman. Mendan boshqa joying yo'q. She'r uchun, u yurakka yetib borishi, hislarni uyg'otishi uchun murakkab, hech kim qo'llanmagan allambalo so'zlarni ishlatish kerak, degan qoida yo'q. Qarang, qanday oddiy, sodda so'zlar bilan qanday she'rlar yozilgan. @Ochopat_book

  • Gülleri sarı severim; toprağı ıslak, Türküleri yanık, şiirleri hoyrat, Havayı nemsiz, çayı demsiz. Bir seni olduğun gibi, Bir seni her şeye rağmen, Bir seni, hâlâ… Voh voh vohhh... Turk tili naqadar chiroyli til, devoraman ba'zida... She'rni tarjima qilmoqchi edim, qilolmadim. Hali bor ekan menga. Ammochi she'rmisan she'r... @Ochopat_book

  • #taqriz "Kelebekli Papatya Pastanesi"– shirinliklar hidiga, gullar va kapalaklar timsoliga o'ralgan, ayol qalbining nozik qatlamlarini ochib beruvchi kichik bir asar. Hikoya kichik bir shirinlikxonada boshlanadi, ammo aslida u yerda faqat tortlar emas orzular, sinovlar, sabr va muhabbat ham pishadi... Asar markazida o'z yo'lini topishga urinayotgan, o'tmish og'riqlari va kelajak umidlari orasida yashayotgan ayol obrazi turadi. Shirinlikxona uning panohi, ijodi va qalbidagi o'zgarishlar maskani. Bu asar romantik ruhda yozilgan. Ayolning ichki kuchi, yiqilib turishi, muhabbatni kutishi va eng muhimi o'zini qadrlashni o'rganishi haqida. O'qiganda ko'ngilda mayin iliqlik qoladi. Bir piyola choy ustida o'qivorgulik kitob. Agar siz sokin, hayotiy, qalbga yaqin hikoyalarni yoqtirsangiz bu kitob sizga mos. Ayniqsa, ayolning ichki dunyosi, oila va orzu mavzulariga qiziqsangiz, sizni befarq qoldirmaydi. Ammo men tavsiya qilamanmi? Yo'q! Yaxshiroq kitob o'qinglar deyman-da tobaa. @Ochopat_book

  • #mutolaa Bunaqa ruhdagi kitob adashmasam birinchi marta o'qiyapman. Turklar ta'biri bilan aytganda "Iyi geliyor bana", ya'ni yoqyapti. Bizdagi motivatsiya, zavq, va mukofot hislarini boshqaradigan modda/gormon dofamin haqida butun boshli kitob yozishgan. Ajoyib a?! Boshida zerikib qolaman deb o'ylagan edim, ammo afsuslandim bu o'ylovimga. Kitob judayam ajoyib. Dofaminning muhimligini bilardim-da, ammo bu qadar ham jismonan, ham psixologik ta'sirini bilmagan edim. Buni hayotiy, pozitiv misollar bilan ochib berishgani mualliflarning yutug'i, albatta. Kitob tugasa, bafurja yozaman. @Ochopat_book

  • #taqriz Bu yerda asosan oila qurmagan yoshlar. Shu bois farzand tarbiyasi haqidagi kitoblarni yozgim kelmayapti. Qiziq emas deb o'ylayapman. Yanayam bilmadim. Ammo talabalik yillarim "Oila, farzand tarbiyasi haqida kitoblarni nega ko'proq o'qimaganman?" deyman hozir. U payt ham anchagina o'qiganman, masalan, G'azzoliy "Ey farzand", Murat Tosun "Olim yetishtirgan onalar", G'iyosiddin Yusuf "Tarbiya-chi?", Shayx Muhammad Sodiq "Sog'lom bola"... Lekin yana kamlik qildi men uchun. Xullas, bu kitobni o'qib, "Har bir ota-ona buni o'qishi SHART", degan fikr ichimda juda qat'iy joylashdi. Yeşim Çoban, "Ebeveyn Okulu" (Ota-onalar maktabi) bu shunchaki tarbiya haqida kitob emas. Bu ayblanmagan ota-ona, tushunilgan ota-ona, yolg'iz emasligini his qilgan ota-ona haqida. Muallif kitobda nasihat qilmaydi. Barmog'ini o'qtamaydi. "Shunaqa bo‘lishing kerak", demaydi. Aksincha, yoningizga o'tirib, sokin ovozda o'rgatadi. Tarbiyadagi aybdorlik, charchoq, ikkilanish, ichki ziddiyatlar… Hammasiga mehr bilan qaraydi. Tavsiya!

  • 28 янв.7522710

    #tarjima Bugungi kunni kitobimdan keltirilgan ajoyib bir jumla bilan yakunlayman. Taxminan tarjimasi shunday: Mavlono juda chiroyli aytgan: O'zingga boq, o'zingga… O'zingga, so'zingga, kishiligingga qara, boshqalar bilan qiziqma. Kim nima yegan, nima kiygan bundan senga nima? Sen o'zingni ilm bilan, sevgi bilan, mehr-shafqat bilan oziqlantir. Faqat shundagina inson bo'lish fazilatiga yetasan… @Ochopat_book

  • 27 янв.2 572197

    #kayfiyat Shu videoga duch keldim bugun😁 Videoni qisqacha tushuntirsam: Yigitning qo'lidagi kitobning nomi "Erkaklarning ayollar haqida biladigan hamma narsasi". Va qolgani videoda😁 @Ochopat_book

  • без подписи

  • #fikr O'qiyotgan kitobingizning muallifi hayotda bo'lsa kitob haqida fikr va mulohazalaringizni unga yetkazasizmi? Yetkazganmisiz? Ayni paytda o'qiyotgan kitobimning muallifini ijtimoiy tarmoqlardan topib, unga yozdim. Haqiqatda maza qilib o'qiydigan, katta kuch va mehnat talab qilingan manfaatli kitob. Va menga muallifdan javob keldi. Xursand bo'ldim. O'zbekistonda paytim ham juda ko'p kitob mualliflariga kitoblari haqida fikrlarimni yetkazgandim. Ajoyib jarayon men uchun. Tabiiyki muallif uchun ham. Fikrimcha, buni ommalashtirish kerak. Fikrlar birlashuvi, qarama-qarshiligi, to'qnashuvi, qo'yingki, kitob va mehnati uchun tashakkur bildirish ajoyib emasmi axir?!

  • 23 янв.1 0532711

    Aytgancha, kitob muallifi 2025-yil 35 yoshida vafot etibdi. Uning o'limi haqidagi xabarlar ostida juda ko'p odamlar, Uning matnlari sabab terapiya boshlashgani, psixiatr bilan aloqa o'rnatishgani, ruhiy holatiga diqqat qilishgani haqida yozishgan. Eng qizig'i muallif o'limidan so'ng organ donorligi sabab 5 ta organi bilan 5 ta insonning hayotini qutqarib qolibdi. @Ochopat_book

  • #taqriz Bu kitobni qo'limga olganimda birinchi bo'lib nomi "urdi". Biroz keskin. Biroz xavotirli kabi. Lekin g'alati darajada tanish. Chunki ichimizda shunaqa holat bo'lgan, tez-tez bo'lib ham turadi: hammasidan charchagan payt... lekin baribir biror mayda narsa, issiq ovqat, sevimli qo'shiq, tanish satrlar, sevgan filmingdan bir parcha, sevgilingning yoqimli ovozi— seni bu dunyoda ushlab qoladigan kichik ammo muhim sabablar. Kitob nomidagi tteokbokki ham aynan shu ma'noda, majoziy tarzda keltirilgan. Tteokbokki bu kitobda shunchaki ovqat emas. U hayotdagi kichik ilinj. Hamma narsa yomon bo'lsa ham, "hali buni ham yeyman" degan ichki ovoz. Demak, kitobning ichiga o'tsam. Kitobda muallif Baek Sehee o'zining kronik depressiya (uzluksiz tushkunlik) bilan kurashini va terapiya jarayonini psixiatr bilan bo'lgan suhbatlarni yozgan. Juda ochiq, aniq yozgan va bu juda samimiy va ruhiy portretga aylangan. Sahifalar bemor va psixiatr o'rtasidagi suhbatlar va xulosalar, eng so'ngida esa terapiya tushunchalari bilan yakunlangan. Menga eng yoqqan qismi ham shu bo'ldi. Kitobda depressiya dramatizatsiya qilinmagan. U kundalik hayotning ichida: ish, ovqat, munosabatlar. Ya'ni kitobni o'qib depressiyaga tushib qolmaysiz. Muallif bu kitobda go'zal gaplar aytmagan. Motivatsiya bermagan. "O'zingni sev", "pozitiv bo'l", "boringcha qabul qil" demagan. Bu kitobni o'qib katta o'zgarish bo'lmasligi mumkin. Agar qandaydir psixologik muammolaringiz bo'lsa va yechim izlash uchun bu kitobni o'qisangiz, sizga juda katta manfaat berolmaydi. Lekin bitta narsa bo'ladi: o'zingizni kamroq yolg'iz his qilasiz. Ya'ni bu his-tuyg'ularni sizdan boshqalar ham his qilgan va yashagan... Kitobni o'qib "vauv, qoyil maza qildim" deyolmayman, shu bilan birga "umuman foyda olmadim, keraksiz", ham deyolmayman. Ya'ni o'qish-o'qimaslik sizga qolgan masala. Ammo kitob Turkiyada ommabop ravishda juda ko'p sotilganiga hech tushunolmadim. "Negaaaa axiiiir?",degan savol o'tdi ichimdan. Kitobning davomi ham bor. Uni ham sotib olganman, o'qishni boshladim. U tugasa u haqida gaplashamiz. @Ochopat_book

  • #taqriz 📚"Ölmek istiyorum ama tteokbokki de yemek istiyorum" 📍Ayni paytda Turkiyada eng ko'p o'qilayotgan, eng ko'p sotilib/sotilayotgan, ommabop muhokamalarga sabab bo'layotgan, kitobxonlar ichida keng tarqalgan kitoblardan biri. Kitob nomini o'zbekchaga "O'lishni xohlayman, lekin tteokbokki yeyishni ham xohlayman" deb tarjima qilsak bo'ladi. 📊 Statistikaga murojaat qiladigan bo'lsak, kitob 2018 yilda Koreyada chop etilgandan so'ng dunyo bo'ylab milliondan ortiq nashrda sotilgan. 🌏 25 dan ortiq tilga tarjima qilingan va dunyo kitobxonlari tomonidan sevib o'qilgan. @Ochopat_book

  • Oldin shovqinni sevgan bo'lsam, hozir sukunatni sevaman. Kanalga qaytishimni ham sukunatdan qaytayotgandek his qilyapman. Fikrlarim, yozishni reja qilgan postlarim miyamning har yerida tartibsiz sochilib yotibdi. Qayerdan, nimadan boshlashni bilmay qolyapman. @Ochopat_book bir paytlar hayotimdagi eng go'zal joy edi. Kitob hidini, sahifa shitirini, ichimdagi so'zlarni shu yerga qo'yardim. Keyin yangi hayotga qadam tashladim. Oila qurdim. O'zbekistondan kettim. Rafiqa bo'ldim. Ona bo'ldim. Ammo kitoblarga bo'lgan ehtiyoj yo'qolmadi. Aslini olganda, buni bir ehtiyojgina deyish xato. Bu sevgi. Bu oshiqlik. Bu kitoblarga bo'lgan ishq. Hozir kitoblarni uzoq o'qimayman. Buni xohlasam ham uddalolmayman. Ba'zida 50 bet, ba'zida 5 bet. Ba'zida faqat bitta jumla. Lekin o'sha bitta jumla ham meni "tirik" tutadi. Ruhiyatim o'lib qolmasligiga imkon beradi. Bu kanal endi: ko'p kitob o'qigan tanqidchi emas, kam o'qisa ham chuqur his qiladigan ayol kanali bo'ladi. Turk kitoblari bo'ladi. Jahon adabiyoti bo'ladi. Onalik paytida o'qilgan kitoblar bo'ladi. Ba'zan faqat iqtibos. Ba'zan ichimda qolib ketgan gaplar. Kitob o'qishni, kitoblar haqida soatlab suhbat qurishni yoqtiradiganlarga va eng muhimi O'zimga "xush kelibsan!", deyman! @Ochopat_book

  • Salooooom! Bu kanalni, eski Ochopatbookni qanchalar sog'inganimni tasavvur ham qilolmaysiz. Yana urinib ko'rmoqchiman. Yana kuch topdim. Yana sinab ko'rmoqchiman. Avvalgidek yuritib keta olaman degan umiddaman. Xullas, qani kim nima o'qiyapti? @Ochopat_book

  • #kayfiyat Shunday gyuuuzal xabar bilan davom etyapti bugungi kun. O'zbekistondan, Zabarjad media nashriyoti va xodimlaridan kitob kelyaptiiii🥹 Aaaaaaauuuuuuuu🥳 Bugundan may oyini ikki karra kutib yashayman😁 Aytgancha, kitobxonlar, 14-fevral qanday kunligini bilasizlar a? @Ochopat_book