Toshdaftar…
СтатистикаSport: @toshdaftar_qurilish @died_ego Fikrlar, g‘azab, depressiya, xatolar, ishq, musiqa, suratlar, she'rlar va osmondan tushgan narsalar...
- Последний пост
- 15 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 10
- Всего постов
- 35
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Книги (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 83
- 1/48двое суток
- 95
- 1/72трое суток
- 102
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
“Yovga ters qaragan musulmon emas!” — maddohlar piyolasini sindirgan shoir U butun bir millatning zanjirband qilingan xotirasini uyg‘otib, adabiyotga tog‘larning musaffo havosini olib kirgan. U yaltiroq qog‘ozlarga o‘ralgan shiorlarga ham, minbarlarni band qilgan maddohlarga ham toqatsiz edi. Xo‘sh, nima uchun 130 yillik mustamlaka zulmini ayovsiz fosh etgan, ruhan aslo yengilmagan zabardast shoir umrining so‘nggida bir nafas havoga zor bo‘ldi? O‘lim to‘shagida yotib ham… Batafsil — https://daryo.uz/2TAXQXyDR Joni bor o’quvchi to’liq maza qilib o’qiydigan material bo’ldi deb o’ylayman!🕯 👉 Obuna bo‘ling — @Toshdaftar
1996-yilning mart oyida Rossiya Davlat Dumasi sobiq Ittifoqni amalda tiklash toʻgʻrisida bemaʼni qaror qabul qildi. Respublikamiz aholisi o‘tish davri qiyinchiliklariga qaramasdan Duma qaroriga keskin norozilik bildirdi. Asablar tarang tortilib, chatnab turgan…
1996-yilning mart oyida Rossiya Davlat Dumasi sobiq Ittifoqni amalda tiklash toʻgʻrisida bemaʼni qaror qabul qildi. Respublikamiz aholisi o‘tish davri qiyinchiliklariga qaramasdan Duma qaroriga keskin norozilik bildirdi. Asablar tarang tortilib, chatnab turgan oʻsha kunlari biz poytaxtimizdagi “Alpomish” sport saroyi orqasida joylashgan kasalxonaga Shavkat Rahmonni yuklab bordik. Shavkat aka anchadan beri betob edi; u xiyla oʻzini oldirib qoʻygan boʻlsa-da, lekin ruhan bardam edi. Xonada kelinoyimiz Manzura opa Shavkat aka bilan bir nimalar toʻgʻrisida gaplashib oʻtirardi. Hol-ahvol soʻraganimizdan soʻng:- Dumaning qarorini eshitdinglarmi? — deb suradi Shavkat aka- Eshitdik.- hozir Manzura opangiz bilan gaplashib oʻtirgandik... — Shavkat aka shiftga qarab birpas jim qoldi. So‘ng, fikrini jamlab oldi, shekilli, yana gap boshladi: - Agar mustaqillikni qurol bilan himoya qilish zarur boʻlsa, men koʻngilli boʻlib jangga joʻnayman... oʻgʻlim ham boradi... Sizlar ham borasizlar... Hamma borishi kerak...- Albatta, dedik.- 130 yildan soʻng qoʻlga kiritilgan mustaqilligimizni osonlikcha berib qoʻymaymiz, - dedi Shavkat aka mushtlarini tugib... @Toshdaftar
https://daryo.uz/2015/08/03/zor-jurnalistmisiz-daryoda-ishlashni-xohlaysizmi-unda-marhamat Daryoning tug‘ilgan kuni qachon ekanini qidirib turganimizda 2015-yildagi daryoga ish e'lonini topib oldim. Oylik ish haqi 800 ming so‘m va undan yuqori... propiska ham so‘ralgan ekan shu paytlarda. Eng qizig‘i, talablar ichida “Muloqot” degan tarmoqni yuritish ham bo‘lgan ekan. Bunaqa tarmoqlarni, Bunyodkor degan metro bekatini biz yoshlar eshitmaganmiz ham. Yozish uslubi-ku alohida mavzu) @Toshdaftar
Jangda o’lgan emas biror bahodir, bari halok bo’lgan xiyonatlardan, toshday uxlaganda to’shlarin ochib yo zahar qo’shilgan ziyofatlardan. Biror asotirda bahodirlarni hattoki yuz boshli ajdar yemagan, ming bir sinoatli yalmog’izlar ham tog’larni o’ynagan devlar…
TURKIYLAR Qilichin tashladi beklar nihoyat, bosildi tulporlar, tig’lar suroni, urhoga o’rgangan tillarda oyat, turkiylar tanidi komil Xudoni. Qilichlar zangladi… falokat hushyor, turkiylar quvvatin berdi yerlarga. Hiylagar do’stlarday yaqinlashdi yov komillik…
TURKIYLAR Qilichin tashladi beklar nihoyat, bosildi tulporlar, tig’lar suroni, urhoga o’rgangan tillarda oyat, turkiylar tanidi komil Xudoni. Qilichlar zangladi… falokat hushyor, turkiylar quvvatin berdi yerlarga. Hiylagar do’stlarday yaqinlashdi yov komillik qidirgan jasur erlarga. Ilvasin yigitlar, bobur yigitlar, sajdaga bosh qo’ydi yovga ters qarab, g’ullarni kemirib yig’ladi itlar, buyuk boshni kesdi qilich yaraqlab. Turkda bosh qolmadi… qolmadi dovlar, xotin-xalaj qoldi motam ko’tarib, «Bizga tik qarama», — buyurdi yovlar, yovlarga ters qarab yashadi bari. Talandi samoviy tulpor uyuri, talandi zarlari, zeb-u zabari, «Ters qarab o’ling», — deb yovlar buyurdi, yovlarga ters qarab jon berdi bari. Lahadga kirdilar o’zlarin qarg’ab, qolmadi arabiy, turkiy xatlari. «Tug’ingiz, — dedi yov, — teskari qarab», yovlarga ters qarab tug’ildi bari. Tug’ildi, tug’ildi, tug’ildi qullar, qirqida qirqilgan — imdodga muhtoj, yovlarga ters qarab itlarday hurar, bir-biriga dushman, bir-biridan koj. Jo’mardlar qirilgan Turonzaminda do’zaxiy tajriba pallasin ko’rdim: eshshak suvrati bor qay bir qavmda, qay birida to’ng’iz kallasin ko’rdim. Bu holda buvaklar bo’g’ilib o’lar, qul Bilol ezilib yig’lar falakda… O’zlarin yondirar borliqdan to’ygan Badaxshon la’liday asl malaklar. Mo’minlar besh bora Allohni eslar sajdaga bosh qo’yib jallod toshiga. O’grilib sal ortga qarayin desa, boshiga urarlar, faqat boshiga. Bormi er yigitlar, bormi er qizlar, bormi gul bag’ringda jo’mard nolalar, bormi bul tufroqda o’zligin izlab, osmon-u falakka yetgan bolalar. Bor bo’lsa, alarga yetkarib qo’ying, bir boshga bir o’lim demagan ermas, shahidlar o’lmaydi, bir qarab tuying: Yovga ters qaragan musulmon emas! Yovga ters qaragan musulmon emas! Yovga ters qaragan musulmon emas! Yovga ters qaragan musulmon emas! Yovga ters qaragan musulmon emas! ©️Shavkat Rahmon🕯 @Toshdaftar
Navoiyda mahallani sun’iy intellekt orqali “obodonlashtirishibdi” Shahar hokimligi “Hayot” mahallasida qilingan ishlar sifatida e’lon qilingan suratlar aslida sun’iy intellektda chizilganini tan oldi. Ha mayli, sun'iy intellekt bo‘yicha maslahatchining vazifasi shunaqa deb o‘ylashgandirda) @Toshdaftar
“Sakkiz qator she’rim boshimga sakkizta bomba bo‘lgan”. Abdulla Oripovni siyosiy ayblovlardan asrab qolgan voqea Butun xalq u yozgan matnni qo‘li ko‘ksida bo‘lgancha jo‘r bo‘lib kuylaydi. U chinakam xalq shoiri edi. Ammo shu muvaffaqiyatlar ortida qanday…
“Sharmandali mahalla” deb belgilash boshlanibdi... Odamlar ham o‘z huquqini talab qilish bilan “shantaj” chegarasini ajratib olib, talab darajasida ishlamagan tashkilotlarga “sharmandali” maqomini berib kelishni boshlashi payti kelibdi shekilli. Faqat hokimlik tashabbus ko‘rsataveradimi yoki barcha tashkilotlar soatdek ishlab turibdimi?! @Toshdaftar
Keling, masalaning huquqiy va mantiqiy tomoniga qaraymiz. Birinchidan, uy-joy daxlsizligi — mutlaq huquq. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31-moddasida shunday deyilgan: “Har kim uy-joy daxlsizligi huquqiga ega. Hech kim uy-joyga unda yashovchi…
Videolarda davlatning sharafli mandatini (va maoshini) olgan mas'ullar fuqarolarning xonadoniga eshikni tepib kirgudek bostirib kirmoqda. Qo‘lda smartfon, yoqilgan kamera va mutlaq avtoritar ohang: “Uyingni yig‘ishtir, anavini bu yoqqa ol, nimaga iflos qilib…
Davlatdan maosh oladigan “qaynonalar” (2-qism) Bu hokimliklarda yangi “trend” boshlandimi deyman-a? Bularni ko‘rib beixtiyor mamlakatimizdagi barcha ijtimoiy-iqtisodiy muammolar to‘liq hal etilibdi, degan quvonchli xulosaga keladi kishi. Mahallada ishsizlik…
Davlatdan maosh oladigan “qaynonalar” (2-qism) Bu hokimliklarda yangi “trend” boshlandimi deyman-a? Bularni ko‘rib beixtiyor mamlakatimizdagi barcha ijtimoiy-iqtisodiy muammolar to‘liq hal etilibdi, degan quvonchli xulosaga keladi kishi. Mahallada ishsizlik nolga tushgan, kambag‘allik qisqargan, infratuzilma Parijnikidan qolishmaydi, jinoyatchilik esa tarix kitoblarida qolgan. Chunki hokimlik xodimlarimi bular yo “mahalla yettiligi”mi xullas, shunchalik bekorchidan bekorchi bo‘lib qolganki, endi ularning yagona dardi — fuqaroning uyidagi chelak qayerda turgani-yu, supurgisi necha burchakda qiya qilib qo‘yilganiga borib taqalibdi. @Toshdaftar
Kameralar va 102 Muhrim akani kanalida yo’qolgan bola haqidagi xabar ortidan kameralar haqida bir vaziyat esimga tushib ketdi. Shu kabi mantiqsiz vaziyat mening ham boshimga 8 oycha oldin tushgandi. Ishxonamning orqa tarafiga (Navoiy 30 markaziy hudud masalanda) mashinamni qo’yganman va ishga kirib ketganman. To’rt tarafda kameralar bo’lganiga ancha bemalol edim. Qaytib chiqsam orqa tarafidan bir mashina turtib, yaxshigina o’yib ketgan. Ikkilanmay 102 ga qo’ng’iroq qildim. YPX xodimi keldi. Nimadirlarni o’lchadi, yozdi. Kameralarni tekshiraylik desam, bu kameralar ishlamas ekan dedi. Xodim kelgunicha men qo’shni uylardagi odamlardan biri bilan gaplashib turgandim, u vaziyatni ko’rgan ekan. Mashina raqamini ham tahminiy aytdi, rulda aniq maktab o’quvchisi edi dedi. Keyin xodim meni olib borib, mashinamni jarima maydonchasiga joylashtirmoqchi bo’ldi, qo’ymadim. Hujjatlarni yubordim dedi. Ertasi kuni ertalab menga “baholash”dan qo’ng’iroq bo’ldi, meni bu masalaga oldin ishim tushmaganiga YPX ga aloqador deb o’ylabman, (raqamimni qayerdan oladi bo’lmasa) u baholash uchun 400 ming so’m to’lov oldi… xullas yugur yugurlar 1 mln so’mdan ortiq xarajatga tushirdi. Har kuni ish vaqtimda chaqiradi, nimadirlarni yozadi, lekin izlashdan topishdan darak yo’q. Oxiri menam ularam so’ramay qo’ydi. Mana 8 oy bo’libdi, esdanam chiqib ketdi. Alam qiladigani shu o’yilgan joyini ustaga olib borsam to’g’irlash 900 ming so’m bo’ladi degani bo’ldi) Tizim shu tizimni tanlamaslikka va yugur-yugur rejimiga o’tib qolgan. Masalan menda yana shu kabi vaziyat bo’lsa, aslo 102 ga qo’ng’iroq qilmayman! @Toshdaftar
Shahrisabz hokimi fuqaroning uyiga kirib borib, uni jarimaga tortishni buyurdi (video) Ijtimoiy tarmoqlarda Shahrisabz tumani hokimi Samad Hasanovning tumandagi Shamaton mahallasidagi xonadonlardan birida “tozalik reydi” o‘tkazayotgani va uy bekasini tartibsizlik uchun koyigani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan hokimlik “Daryo”ga izoh berdi. Batafsil — https://daryo.uz/MT2VoHsvR Men nima deyman, qo‘bizim nima deydi Gap hokimning saviyasi va qilgan harakati haqida edi-ku, adashib boshqa uyga kirganini yuz bergan vaziyatga nima aloqasi bor deb miyam bilan kelisholmay o‘tiribman. O‘zi shu qovun tushiradigan hokimlarga aqalli tajribaliroq matbuot kotibi berish kerak. Sal axborotni tahlil qilib, qaysi gapi videoga tushib qolsa qanday talqin qilib yuborilishini farqiga boradigan... baribir saviyaliroq hokim masalasi qiyinga o‘xshayapti-ku deymanda) 👉 Obuna bo'ling — @Toshdaftar
“Sakkiz qator she’rim boshimga sakkizta bomba bo‘lgan”. Abdulla Oripovni siyosiy ayblovlardan asrab qolgan voqea Butun xalq u yozgan matnni qo‘li ko‘ksida bo‘lgancha jo‘r bo‘lib kuylaydi. U chinakam xalq shoiri edi. Ammo shu muvaffaqiyatlar ortida qanday og‘ir qismat, suiqasdlar va birgina ona tili haqidagi she’r uchun “otuv”ga hukm qilinib ketishiga bir baxya qolganini ko‘pchilik bilmaydi. Abdulla Oripovning shon-shuhrat ortida qolgan murakkab va ko‘pchilikka noma’lum hayoti qanday kechgan? Batafsil — https://daryo.uz/2jKtX9PDg Qiziqishga arziydigan odam... 👉 Obuna bo'ling — @daryo
Abdulla Oripov she’rlarida ko‘p bor o‘lim, qiyomat va oxirat mavzulariga to‘xtalgan. Bir kuni Said Ahmad aka Abdulla Oripovga qarab: — Abdullajon, siz qiyomat haqida shuncha ko‘p yozasiz, ayting-chi, u yoqqa borganda birinchi bo‘lib kimni izlaysiz? — deb so‘rabdi. Abdulla aka ozroq o‘ylanib: — Sizni izlayman, Said aka, — debdi. Said Ahmad hayron bo‘lib: — Nega meni? — desa, Abdulla Oripov: — Chunki siz u yoqda ham do‘zaxning darvozabonini laqillatib, meni jannatga olib kirib ketasiz, — deb javob bergan ekan. Said Ahmad “Yo‘qotganlarim va topganlarim”. @Toshdaftar