tgindex
Farg‘ona viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi

Farg‘ona viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi

Статистика

Она табиат - барчамизники!

Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
61
Всего постов
307
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Новости и СМИ (по похожим)
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
660
+3 за 3 дн.
Сутки
+1
+0,15%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
371
40 постов
Вовлечённость
56,2%
к подписчикам
Постов в день
8,7
всего 307
Упоминаний
1
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
97
1/48двое суток
111
1/72трое суток
119

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • видео или голосовое, без подписи

  • Toshloq tumanida “Dolzarb 40 kunlik” doirasida ekologik nazorat tadbirlari kuchaytirilmoqda O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan hududlarda obodonlashtirish, sanitariya-tozalik hamda chiqindilarni boshqarish ishlarini kuchaytirish maqsadida e’lon qilingan “Dolzarb 40 kunlik” tadbiri doirasida Farg‘ona viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi Toshloq tuman Ekopolitsiya xodimlari tomonidan navbatdagi ekologik nazorat tadbiri o‘tkazildi. Tadbir davomida Toshloq tumani Varzak MFY, Sallax ko‘chasi hududida chiqindilarni belgilanmagan joyga tashlash holatlari hamda aholi xonadonlaridan maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish bo‘yicha sanitar tozalash korxonalari bilan shartnomalar tuzilmaganligi aniqlandi. Aniqlangan holatlar yuzasidan fuqarolar O.X. va V.A.ga O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 91¹-moddasi 1-qismi asosida tegishli choralar ko‘rilib, har biriga 1 236 000 so‘mdan, jami 2 472 000 so‘m miqdorida jarima qo‘llanildi. Shuningdek, chiqindilarni belgilangan tartibda va o‘z vaqtida olib chiqib ketishni ta’minlash maqsadida fuqarolar bilan sanitar tozalash korxonasi o‘rtasida tegishli shartnomalar tuzilishi ta’minlandi. Ekologik tozalikni ta’minlash, chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlashning oldini olish hamda hududlarda sanitariya holatini yaxshilash bo‘yicha nazorat tadbirlari davom ettiriladi. Atrof-muhit tozaligi — barchamizning umumiy mas’uliyatimiz! #Dolzarb40Kunlik #Ekologiya #Ekopolitsiya #Toshloq #Tozalik #ChiqindilarniBoshqarish #Fargona

  • 14 авг.1 2221

    видео или голосовое, без подписи

  • 14 авг.1 2811

    видео или голосовое, без подписи

  • 14 авг.1 0581

    видео или голосовое, без подписи

  • 14 авг.1 0671

    видео или голосовое, без подписи

  • #jarayon "Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi" DM Farg'ona viloyati hududiy boshqarmasi tasarrufidagi barcha chiqindi poligonlarida "Dolzarb 40 kunlik" tadbiri doirasida keng ko'lamli obodonlashtirish va rekultivatsiya ishlari muntazam ravishda amalga oshirilmoqda. Ushbu tadbirlar doirasida poligonlarda to'plangan qattiq maishiy chiqindilar zamonaviy maxsus texnikalar yordamida surilib, belgilangan texnologik me'yorlar asosida zichlantirilmoqda. Shu bilan birga, rekultivatsiya ishlari bosqichma-bosqich, tizimli tarzda olib borilmoqda. Tadbirning maqsadi Amalga oshirilayotgan bu ishlar quyidagi maqsadlarga xizmat qiladi: -poligon hududining sanitariya-ekologik holatini yaxshilash; -chiqindilarni ekologik talablarga to'liq mos ravishda boshqarish; -atrof-muhitni ifloslanishdan muhofaza qilish; -aholi uchun tozaroq va sog'lom ekologik muhit yaratish. Farg'ona viloyat Ekologiya va iqlim o'zgarishi bosh boshqarmasi matbuot xizmati

  • #rasmiy_munosabat Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona shahridagi “Marg‘ilon soy”ga ayrim xonadonlardan hojatxona kanalizatsiyasi hamda turli chiqindilar oqizilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar ekologiya bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish davomida Farg‘ona shahri Soybo‘yi MFY, Sohil ko‘chasi, 158-uyda yashovchi Y.J.tomonidan turli xil yuvindi va chiqindi qoldiqlarining ochiq suv havzasiga tashlanayotganligi aniqlandi. Aniqlangan holat yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda ma’muriy chora ko‘rildi. Shuningdek, ochiq suv havzasiga chiqindi oqizish uchun o‘rnatilgan quvurlar olib tashlandi. Farg‘ona viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi tomonidan fuqarolardan atrof-muhit, xususan, suv obyektlarini ifloslantirmaslik, chiqindilarni belgilangan tartibda joylashtirish hamda ekologik talablarga qat’iy rioya qilish so‘raladi.‌‌ Farg'ona viloyat Ekologiya va iqlim o'zgarishi bosh boshqarmasi matbuot xizmati

  • #E’lon #SayyorQabul #Fargona 📣 Farg‘onada sayyor qabul o‘tkaziladi 🗓 2026-yil 19-avgust (chorshanba) kuni 🕙 soat 12:00 da Farg‘ona viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi boshlig‘i Axmedov Alisher Yusuf o‘g‘li ishtirokida Quva tumanidagi Xalq qabulxonasi binosida sayyor qabul bo‘lib o‘tadi. 👥 Sayyor qabulda: — Quva tuman Ekopolitsiya bo‘limi; — Viloyat Ekologiya va chiqindilarni boshqarish boshqarmalari; — Mahalla vakillari; — Sanitariya tozalash korxonalari mutaxassislari ishtirok etadi. 📌 Qabul davomida jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek tadbirkorlarning atrof-muhit va ekologiyaga oid murojaatlari, takliflari hamda muammolari o‘rganiladi. 📍 Manzil: Quva tumani, Tinchlik MFY, 117-uy. ⚠️ Eslatma: Sayyor qabulni o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy masalalarda, jumladan sana, vaqt yoki manzilda o‘zgarishlar yuzaga kelishi mumkin. Bunday o‘zgarishlar yuz bergan taqdirda, ular haqida qo‘shimcha ravishda ma’lum qilinadi. 📣 Barcha fuqarolarni faol ishtirok etishga chorlaymiz!

  • Atrof-muhit monitoringi doirasida korxonalardan atmosfera havosi namunalari olindi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-sentyabrdagi 737-son hamda 2026-yil 25-maydagi 275-son qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi ishlari olib borilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi qo‘mitasi raisining 2026-yil 25-iyundagi 260/1-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan monitoring dasturi rejasiga muvofiq, joriy yilning 12-avgust kuni O‘zbekiston tumani hududidagi “Rishton pishiq g‘ishtlari”, “426-XIKMK”, shuningdek Rishton tumanidagi “GOLDEN BRICKFIELD” MCHJ tomonidan tashkil etilgan manbalardan atmosfera havosi namunalari olindi. 🌿 Olingan namunalar belgilangan tartibda laboratoriya sharoitida tahlildan o‘tkaziladi. 🔬 Tahlil natijalari 3 ish kuni davomida taqdim etiladi. Atrof-muhit holatini muntazam kuzatib borish, atmosfera havosi sifatini nazorat qilish hamda ekologik xavfsizlikni ta’minlash davlat monitoringining muhim yo‘nalishlaridan biridir. Farg‘ona viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi Matbuot xizmati

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • #Dolzarb_40_Kunlik_tozalik_tadbirlari 🌿 "Dolzarb 40 kunlik" tozalik tadbirlari izchil davom etmoqda "Dolzarb 40 kunlik" tadbirlari doirasida Dang'ara tuman Ekologiya bo'limi hamda tuman obodonlashtirish boshqarmasi hamkorligida navbatdagi obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. G'umayli MFY hududida  daraxtlar tagini oqlash, begona o‘tlardan tozalash va hududni tartibga keltirish ishlari olib borildi. Shuningdek, ishchi-xodimlarga tozalash jarayonida hosil bo‘lgan o‘simlik qoldiqlarini yoqib yubormaslik, ularni belgilangan joylarga olib chiqish hamda ekologik talablarga qat'iy rioya etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi. 🌱 Hududlarda obodonlashtirish va ekologik osoyishtalikni ta'minlashga qaratilgan ishlar "Dolzarb 40 kunlik" tadbirlari doirasida izchil davom ettirilmoqda. Farg'ona viloyat Ekologiya va iqlim o'zgarishi bosh boshqarmasi matbuot xizmati

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

Farg‘ona viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi — tgindex