tgindex
Englify

💡 Englify — ingliz tili, sayohat kabi Darslarga qo'shilish uchun ismingiz va telefon raqamingizni @englify_sales accountiga yozib qoldiring ✍🏻 📲 +99855 515 69 69 🌐 https://englify.uz/

Последний пост
15 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
16
Всего постов
59
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Образование (по похожим)
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
52 753
−178 за 5 дн.
Сутки
−18
−0,03%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
7 038
40 постов
Вовлечённость
13,3%
к подписчикам
Постов в день
2,3
всего 59
Упоминаний
3
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
6 285
1/48двое суток
7 202
1/72трое суток
7 768

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 15 авг.2 287551

    без подписи

  • 15 авг.2 486201

    без подписи

  • 15 авг.2 42982

    без подписи

  • 15 авг.2 640181

    без подписи

  • 15 авг.2 897141

    без подписи

  • 15 авг.2 910271

    без подписи

  • 14 авг.6 4396415

    ✈️ Sayohat qilish uchun ingliz tilini necha oy o'rganish kerak? 1. Kerakli va keraksizni ajrating Kundalik suhbatlarning 90% qismi atiga 1000 ta so'z bilan o'tadi. Sayohat uchun esa bundan ham kam — 500-700 ta so'z yetarli. ✅ Sayohatda haqiqatan kerak bo'ladigan iboralarni o'rganing — aeroport, mehmonxona, restoran, taxi. 2. O'rgangan narsani amalda ishlating Bilish va ayta olish — ikki boshqa narsa. Ko'pchilik aeroportda til tutilishining sababi — so'zni biladi, lekin stress ostida esdan chiqadi. ✅ O'sha so'zlar va iboralarni real vaziyatda ishlatib mashq qiling — xato bo'lsa ham. 3. Quloqni ingliz tiliga o'rgatish Chet elliklar biroz tez, qisqartirib gapiradi. "Going to" → "gonna", "want to" → "wanna." ✅ Inglizcha podkast, kino, serial tinglang — quloq o'rganmagan narsani miya tushunmaydi. Javob: to'g'ri tizim bilan davomiy o'rganilsa 3-6 oyda eplash mumkin. 💬 Siz birinchi bo'lib qaysi davlatga sayohat qilmoqchisiz? #LearnEnglish 👨🏻‍💻 Admin bilan bog'lanish 📱 @englifyschool

  • 13 авг.8 3276

    без подписи

  • 13 авг.7 7896

    без подписи

  • 13 авг.7 2086

    без подписи

  • 13 авг.6 964539

    💬 Englify kurslari haqida — o'quvchilarimiz gaplari (rasmda ko'rishingiz mumkin). 💙 Izohlarining aksariyati birinchi darsdan, birinchi haftadan keyin yozilgan fikrlar. O'quvchilarimiz til o'rganishni boshlashlari bilan ilovamizdagi funksiyalardan hayron qolishmoqda. Chunki til o'rganish uchun hech kim hali bunday katta tizim qurmagandi. 💙 Ilovamizda — uchragan yangi so'z, videodarsliklar va sun'iy intellekt bilan bog'lab mashq qilinadi. #Englify 🌟 Siz ham shunday his qilishni xohlaysizmi? 👨🏻‍💻 Admin bilan bog'lanish 📱 @englifyschool

  • 13 авг.8 02391120

    Vaqtni aytish uchun kerakli frazalar #Vocabulary 🟡 ASAP (As Soon As Possible) - Iloji boricha tezroq. "Send it to me ASAP." 🟡 In a bit - Biroz vaqtdan keyin — aniq emas, lekin yaqin orada. "I'll be there in a bit." 🟡 In no time - Juda tez, zudlik bilan. "I'll finish this in no time." 🟡 Shortly - Yaqin orada — rasmiyroq. "The doctor will see you shortly." 🟡 Any minute now - Har lahzada — kutilayotgan narsa hozir bo'ladi. "He should be here any minute now." 🟡 At the last minute - Eng so'nggi daqiqada (taqab). "He always does things at the last minute." 🧐 Ingliz tili o'rganishni qachon boshlaysiz? (yuqoridagi frazalardan foydalanib gap tuzing) 👨🏻‍💻 Admin bilan bog'lanish 📱 @englifyschool

  • 12 авг.8 8599327

    🎵 "We will, we will rock you!" ❤️‍🔥 1977-yilda yozilgan bu qo'shiq hozir ham stadionlar, kinoteatrlar va sport musobaqalarida baralla yangraydi. 💪 We will rock you - Biz sizni hayratda qoldiramiz, larzaga keltiramiz, portlatamiz! 1977-yilda Queen Stafford shahrida konsert berdi. Konsert tugagandan keyin tomoshabinlar guruhga minnatdorchilik sifatida o'z-o'zidan "You'll Never Walk Alone" qo'shig'ini aytib yuborishdi. Brian May bu lahzadan juda ta'sirlandi va tomoshabinlar konsertning bir qismiga aylanayotganini o'yladi. Brian o'sha kechasi tomoshabinlar bilan birga nima qilish mumkinligi o'ylab chiqdi. Oyoq tepishi, chapak chalish va qo'shiq aytishi mumkin. Ertalab u "We Will Rock You" melodiyasi bilan uyg'ondi. ☕️ #ChoyUstida 👨‍🎤 Maktabda partani urib bu qo'shiqni aytganlar bormi? 👨🏻‍💻 Admin bilan bog'lanish 📱 @englifyschool

  • 12 авг.9 4207260

    без подписи

  • 11 авг.9 5587542

    без подписи

  • 11 авг.9 33611142

    Bunday chalkash zamon nima uchun kerak? Present Perfect Continuous - Englify oddiy qilib tushuntiradi👇 Tasavvur qiling: 😩 Do'stingizni ko'rib qoldingiz. Ko'zlari qizargan, charchagan ko'rinmoqda. "What happened?" — deysiz. 🌃 U: "I have been studying all night." (Butun kecha dars qilib chiqdim). Bu yerda ikkita narsa bor: 1️⃣ Harakat uzoq davom etgan — butun kecha 2️⃣ Natijasi hozir ko'rinib turibdi — ko'zlar qizargan, charchagan Shu ikkisi birga bo'lganda — Present Perfect Continuous ishlatiladi. Kechikadigan do'stlarni ham shunday so'kish mumkin. 🤬 "I have been waiting for you for 2 hours ..." "2 soatdan beri kutib turibman, barakatopgur!" Natijasi ko'rinib turibdi — so'kyapsiz, jarayon uzoq davom etgan. 💡 Biror ish uzoq davom etganini ko'rsatmoqchi bo'lsangiz 🔜Present Perfect Continuous 💬 Tushungan bo'lsangiz - uzoq vaqtdan beri nima qilayotganingizni yozib qoldiring. #OsonGrammatika 👨🏻‍💻 Admin bilan bog'lanish 📱 @englifyschool

  • 10 авг.9 7769555

    🕷 "Spider-Man Brand New Day" filmidagi eng viral sahna — va unda yangraydigan qo'shiq. 🎵 Tame Impala'ning "Loser" qo'shig'i bilan qilingan collab film darajasini yana bir pog'ona yuqoriga olib chiqdi. Qo'shiqdagi iboralarni kundalik suhbatlarda ishlatish mumkin: 🟡 "It's now or never" "Hozir yoki hech qachon" — ingliz tilidagi bu klassik ibora, biror qarorni kechiktirib bo'lmaydigan paytda ishlatiladi. 🟡 "I lost composure" Composure — o'zini tutish, xotirjamlik. "I lost composure" — o'zimni/xotirjamlikni yo'qotdim. 🟡 "I think I wrecked it" Wreck — vayron qilish. "I wrecked it" — hammasini buzib qo'ydim. Kundalik ingliz tilida ko'p ishlatiladi. 🟡 "That's how my life is, you couldn't write this" "You couldn't write this" — Ya'ni taqdiri shunchalik g'alatiki, "buni o'ylab topib bo'lmasdi" degan ma'noni bildiradi. I'm a loser, babe (babe) Do you wanna tear my heart out? I'm a tragedy Tryna figure this whole mess out #ChoyUstida 📺 Siz filmni ko'rdingizmi? 👨🏻‍💻 Admin bilan bog'lanish 📱 @englifyschool

  • 10 авг.10,3 тыс4219

    Englify bilan — kun davomida bo'sh qolgan 5-10 daqiqalik vaqtlaringizda ingliz tili o'rganing 💙 Englify ilovasida ingliz tili o'rganish uchun kerakli barcha resurslar jamlangan: 🗣 Shu instrumentlar sabab o'quvchilarimiz 30 kunda ingliz tilida gapirishni boshlashadi! Sizga bonusimiz ham bor. 🟢 6 oylik kursimizni olsangiz +1 oy bonus sifatida qo'shiladi. 🟢 12 oylik kurs olganlarga esa +2 oy bonus qilib beramiz. ✅ 6 oylik kursimizni oyma-oy bo'lib to'lashga olsangiz - oyiga 445.000 so'mdan to'g'ri keladi. 🎁 Uning ustiga +1 oy bonus qilib ham beramiz (agar 7 oy deb hisoblasak 381 mingdan to'g'ri kelarkan). Til o'rganish uchun kerakli barcha resurslar atigi 445 ming so'm evaziga olishingiz mumkin. 👉https://r.englify.uz/i/163 Bonusni qo'lga kiritish va Englify kurslari haqida to'liq ma'lumot uchun havolaga bosib ro'yxatdan o'ting.

  • 10 авг.10,7 тыс1624

    без подписи

  • 10 авг.12,4 тыс13024

    Kursga bormasdan ham ingliz tili o'rganish mumkin. Internet bor, YouTube bor, materiallar, darsliklar bepul turibdi. 🤔 Lekin nega unda hamma ingliz tilini o'rganib olmayapti? Sababi 3 ta: ❌ 1. Nima qilishni bilmaslik YouTube da "ingliz tili" deb qidirasiz — minglab video chiqadi. Qaysinidan boshlash kerak? Qaysi daraja uchun? Qaysi tartibda? Javob yo'q. Siz esa bir videoni ko'rasiz, ikkinchisini ko'rasiz — va hech narsa o'zgarmaydi. ❌ 2. Natijani o'lchamaslik Oynaga qaramasdan tana shaklini o'zgartirib bo'lmaydi. Ingliz tilida ham xuddi shunday — qayerda ekaningizni bilmasangiz, qayerga ketayotganingizni bilmaysiz. Hozirgi darajangiz va muammolaringizni aniqlab olishingiz kerak. ❌ 3. Amaliyot yo'qligi Bilim olish oson — YouTube ko'rish, podcast eshitish muammo emas. Lekin bilimni ko'nikmaga aylantirish — faqat amaliyot bilan bo'ladi. Gapirmasdan, yozmasdan — o'sib bo'lmaydi. 💡 Xulosa: kurs shart emas. Lekin tizim, nazorat va amaliyot — shart. O'zingiz uchun o'zingiz tizim qurasiz yoki tayyor tizim bilan boshlashingiz mumkin. Tizim yetarlicha kuchli bo'lmasa o'rganishni shunchaki tashlab qo'yasiz. 💬 Siz ingliz tilini o'zingiz o'rganishga harakat qilganmisiz? 👨🏻‍💻 Admin bilan bog'lanish 📱 @englifyschool