Faqat ijod
СтатистикаIlhom aka tezroq kelsa ijod ham bo'laveradi ekan...😁😉 Sen-la yetganim munojot, Sendan topdim axir najot, Sen aylagin ko‘nglimni shod, Sira bo‘lmagin poyondod, Faqat ijod, faqat ijod. Murojaat uchun: @rustamkalandarov
- Последний пост
- 13 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 3
- Всего постов
- 29
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 98
- 1/48двое суток
- 112
- 1/72трое суток
- 121
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Bugun Usmon Azimning tug'ilgan kunlari ekan. Sizga eng yoqqan she’ri qaysi?
Telegram kanalingiz havolasini qoldiring👇👇👇
Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz! Mustaqilligimizning 35 yillik to‘yiga atab. Ey, Turkiston, ota tuproq, ona zamin, shoning qaytdi, O‘zbekiston, istiqloling va ruhing-la joning qaytdi, Ikki daryong irmog‘ida, bo‘ldim amin, qoning qaytdi, Biz bir Vatan, yagona xalq, yangi hayot, kelajakdir Yaratamiz, keling, do‘stlar, Jahon bizdan kutajakdir! O‘rning bilding, bosh ko‘tarib, paxtazordan chiqqaningda, Jaholatni, adovatni ma’rifat-la yiqqaningda, Bizlar bor-ku, xotirjam bo‘l, o‘ylab, ko‘ngling siqqaningda, Biz bir Vatan, yagona xalq, yangi hayot, kelajakdir Yaratamiz, keling, yoshlar, zamon bizning bo‘lajakdir! Yorug‘ kuning ko‘rib bunda yaltiraydi ostonalar, Bayram deya qutlar jami birodar-u, hamxonalar, Yangi O‘zbekiston uchun tayanch – Yangi Bojxonalar, Biz bir Vatan, yagona xalq, yangi hayot, kelajakdir Yaratamiz, ey, safdoshlar, sarhad nurga to‘lajakdir! Yovga qarshi chiqmaganning ko‘ksida g‘urur turmaydi, Er o‘g‘lonlar, yovqur qizlar o‘toviga yuz burmaydi, Renessansning uchinchisin qurmasak, hech kim qurmaydi, Biz bir Vatan, yagona xalq, yangi hayot, kelajakdir Yaratamiz, zarvaraqlar buni bayon etajakdir! Borki, qirq millionmiz, Sen qutlug‘ o‘ttiz besh yoshsan, Osiyoning durdonasi, mintaqada o‘zing boshsan, So‘nggi nafas, so‘nggi najot, tog‘danda metin bardoshsan, Biz bir Vatan, yagona xalq, yangi hayot, kelajakdir Yaratamiz, sadolaring borliq uzra yetajakdir! Moziy guvoh, shahidlaring jondan ortiq suygan o‘zing, Momolarning bolam degan ko‘z yoshiga to‘ygan o‘zing, Butun olam aro ilm, nurdan haykal qo‘ygan o‘zing, Biz bir Vatan, yagona xalq, yangi hayot, kelajakdir Yaratamiz, asrlarga teng g‘ussalar ketajakdir! Iymon asli senga sodiq xizmat qilgan jon demakdir, Temur meros qilgan diyor, unga shavkat, shon kerakdir, Haq yo‘lida saodatga eltarsan har on, beshakdir, Biz bir Vatan, yagona xalq, yangi hayot, kelajakdir Yaratamiz, Yaratganning o‘zi panoh, elajakdir1! 1.Elajak – elamoq, ya’ni qo‘l uzatmoq, ko‘mak bermoq ma’nosida. 13:49 10.08.2026 @faqat_ijod
#4lik Quvdimmi o'tkinchi dunyo ortidan, Yetolmay ot kabi hasratim kishnar. Ketmayin to chiqib o'zim yodimdan, Uyg'onay, jonginam, meni bir tishla @faqat_ijod
11-avgust, soat 18.30 da, “O’zbekiston” telekanalida 16-avgust, soat 7.30 da My5 telekanalida “Stimul” ko‘rsatuvini o‘tkazib yubormang!
Kimlarni tanidingiz?
#4lik Sening uying tomon olib boruvchi Ul oppoq yo'llarni men ko'p izlayman. Faqatki sen bilan his qilinuvchi Betarjima hisni tuymoq istayman. @faqat_ijod
📚 Kitob — hammaniki. Uni o‘qish esa har birimizning ma’naviy ehtiyojimiz. “Olamning qalbi” ko‘rsatuvining navbatdagi sonida Ma’mura Zohidova bilan kitobning inson hayotidagi o‘rni, mutolaa madaniyati va so‘zning qudrati haqida fikr yuritamiz. 📺 8-avgust, soat 19:00 da “Madaniyat va ma’rifat” telekanalida. Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz.⬇️ 📺Jonli efir 📷Instagram | 👥Facebook 🔵Telegram | 🟥YouTube
Diqqat e'lon! Bugun 22:00 da Rayhona Mamatqulovaning kanalida mushoira kechasi bo'lib o'tadi.Barcha ijodkorlarni kutib qolaman😊
#4lik Tasmalarin yig'ib yurarkan U berilgan gullarning barin. Yo'q deyishlar shunda tugarkan O'raganda tasma yer sharin. @faqat_ijod
#4lik Ko'zingga uy faqat mening ko'zim bo'lsin! So'zingga uy faqat mening so'zim bo'lsin! Boring bo'lsin borlig'imga payvasta va O'zingga uy faqat mening o'zim bo'lsin! @faqat_ijod
... Men seni esladim, sezdingmi, yo'qmi? Bilmadim, nelarni o'ylab yuribsan. Bir chuqur xo'rsinib ortimga boqdim Ne ajab ko'zimga qarab turibsan. Tilimga kalima so'ng alik olib, Salomga va keyin bo'laman amin. Ketmayman ko'nglinga men hadik solib, Aslo yoqtirmaysan ayriliq ta'min Men baxtli qachonki sen bo'lsang yashnar, Umrimga shior shu, olgansan bilib. Angladim oshiqlik davrida yashab, Adashmas ekanda ruhlarning tili. 03.08.2026 @faqat_ijod
... So'zim og'ir botmasin tag'in, Nolalarga to'lganku bag'ir, Ey, sen, joriy asr vakili, Iching buncha bo'lmasa yag'ir? Aynib ketgan hatto fazolar, Farzi qolib, to'lgan qazolar, Xuddi tilab olayotgandek Sen bo'yningga shuncha jazolar. Yurding dildan uzoqda daydib, Vaqti ayni dardlaring aytib, Yaratgandan javobsiz qolmas Ulgursang bas O'ziga qaytib. @faqat_ijod
Va ... keyin ismingni pichirlab aytsam, Dilimga nogahon quvonch toʻlarmi? Xayolga mingta oʻy keldi, Yo Xudo, Ism ham shunchalik goʻzal boʻlarmi? #nusxalandi
#4lik Ikki eshik orasimi ekan hayot? Yo azondan azongacha bo'lgan makon. Yaratgandan Yaratganga yetmoqlikdir, Tiriklikda yeta olmoq - maqsad, tamom. @faqat_ijod
"Dilsirot olami" kanalida ajoyib tanlov Nurmuhammad Abduzoir ijodiga qiziqqan barchani taklif etamiz! 📌 Shartlar juda oddiy: @nurmuhammad_zoir ijodidan oʻzingizga yoqqan misrani tanlaysiz. Shu satrga mos keladigan rasm bilan #nurli_satrlar heshtegi ostida post koʻrinishiga keltirasiz. Namuna: https://t.me/DilsirotOlami/36 Tayyor postni @Dilsirot_bot manziliga yoʻllaysiz! Siz yuborgan sara postlar @dilsirotolami kanaliga joylab boriladi. 📊 Gʻoliblar qanday aniqlanadi? Kanalga joylangan postlarning baholanishi 3 ta koʻrsatkichga asoslanadi: 1️⃣ Uzatishlar (repost) soni 2️⃣ Koʻrilishlar (prosmotr) soni 3️⃣ Reaksiyalar (layk va emojilar) soni 💡 Eslatma: Postlarni oʻzingiz sunʼiy tarqatishingiz shart emas — samimiy va sifatli tayyorlangan post boʻlsa, u oʻz-oʻzidan tarqab ketadi! 🎁 G'oliblarni qanday yutuqlar kutmoqda? "Dilsirot" toʻplami — shoirning maxsus dastxati bilan! 200 000 soʻm — pul mukofoti! Yopiq kanalga obuna — Nurmuhammad Abduzoirning maxsus yopiq kanaliga aʼzolik! Qani, ilhom parilari kimga koʻproq kulib boqar ekan? Nurmuhammad Abduzoirning sizga eng yoqqan misralarini va unga mos suratlarni botimizda kutib qolamiz! Postlarni joʻnatish muddati: 1-10-avgust! P/s: @dilsirotolami da e’lon qilinmagan misralarni tanlash maqsadga muvofiq boʻladi! @DilsirotOlami
Bojxona instituti Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar guruhi inspektori, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Bojxona instituti bo‘yicha boshlang‘ich tashkilot yetakchisi R.Kalandarov Mahalla telekanalining “Kun nafasi” dasturida ishtirok…
Bojxona instituti Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar guruhi inspektori, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Bojxona instituti bo‘yicha boshlang‘ich tashkilot yetakchisi R.Kalandarov Mahalla telekanalining “Kun nafasi” dasturida ishtirok…
Bojxona instituti Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar guruhi inspektori, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Bojxona instituti bo‘yicha boshlang‘ich tashkilot yetakchisi R.Kalandarov Mahalla telekanalining “Kun nafasi” dasturida ishtirok etgan holda bugungi kunda Bojxona organlarida yoshlar uchun yaratib berilgan imkoniyatlar hamda ijodiy faoliyati bo‘yicha ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashdi.
https://www.instagram.com/reel/Dbaib7oqYMD/?igsh=MXIzMWlldmIycjgybg==