tgindex
Botir Bannop (ijodiy o'zan)

Botir Bannop (ijodiy o'zan)

Статистика
@Botir_Bannopузбекский

🔹 FDTU (Arxitektura va muhandislik yo‘nalishi, 4-kurs) 🔹 "Yil talabasi - 2024" 🔹10ga yaqin almanax kitoblarida hamda Qozog‘iston va Qirg‘iziston bayozlarida she’rlari o‘rin olgan. 🔹Arab tili hamda ingliz tillarida so'zlasholadi @BannopovBotirali

Последний пост
12 авг.
Последнее чтение
13 авг.
Постов за неделю
2
Всего постов
20
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
601
+175 за 3 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
670
19 постов
Вовлечённость
111,5%
к подписчикам
Постов в день
0,3
всего 20
Упоминаний
6
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
354
1/48двое суток
405
1/72трое суток
437

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • *** Osmon qargʻalarga toʻlgan pallada, Qaniydi, nomozshom boshlanib qolsa... Yulduzlar bu oqshom oʻchsa chiroqdek, Koʻzlaring bu kecha yoshlanib olsa. Yigʻlab ol, azizam, toʻyib yigʻlab ol! Endi men yoningga borishim uyat, Yigʻlasang, dast roʻmol bera olmayman. Yiqilsang, dast endi koʻtarish gʻaliz, Odamlar dastidan seva olmayman. Yigʻlab ol, azizam, toʻyib yigʻlab ol! Kafansiz koʻmilgan odamlar koʻpdir, Tiriklay koʻmilgan odamlar koʻpdir. Qadaming his qilgan yerlar bagʻriga Men qanday koʻmilay, oʻlsam qachondir?! Yigʻlab ol, azizam, toʻyib yigʻlab ol! Axir, sen oʻlimga bosmading qadam, Qadahlar tutashdi senga baxt tilab. Shu baxtlar hurmati yasha bexasham, Toʻylaring muborak, toʻylar muborak! (Mengacha eng baland o'ylar muborak!) Yig'lab ol azizam, to'yib yig'ab ol! ©Botir Bannop @Botir_Bannop

  • Erk Meni ozod etsang qayga boraman, Nechun bu kishandan etasan xalos? Yuraging qarida atiga toʻrt yil, Ijaraching kabi yashabman xolos. ​Nega ozod etding, erk nima oʻzi? Erkin nafas olar edim qoʻlingda. Umrbod qamalsam boʻlar ediku, Sening yuragingda, sening koʻnglingda. ​Hur qushlar qiyqirib parvoz etinglar, Samoning koʻksini pardoz etinglar. Yetti qat osmonga yetib borsangiz, (Mening bu ruhimni avvoz etinglar.) ​Chunki men ozodman, tushunyapsizmi? Eng katta istagim — uchmoq siz bilan. Chang bosgan zaminning osmonlarida (Uchgancha), Uning yuragidan oʻchmoq istagim. ​Hech qanday aybsiz asir boʻlgandim, Taqilgan kishanlar yarashgan edi. Azizam, toʻrt yil men uchun muhlat, Aslida baxtligin kech bilgan edim. ​Nega ozod etding, erk nima oʻzi? Erkin nafas olar edim qoʻlingda. Axir umrbod qamalsam boʻlar ediku, Sening yuragingda, sening koʻnglingda. ​© Botir Bannop @Botir_Bannop

  • 9 авг.298357

    Maylimi...) Ko'zlaringda yashasam bir zum, Kipriklaring kishanlab qo'ysa. Qorachig'ing yoqtirib qolib, Rozi edim domiga tortsa. ​Ko'zlaringda nima bor, (Bilmam...) Ko'rishganda mast-alast bo'ldim. Nigohingning visolini deb O'z-o'zimga havasmand bo'ldim. ​Sen naqadar chiroyliksan-a, Ey ko'zlari (qora tunginam). Men haqimda bilarmikansan? O'ylantirar meni shu ginam. ​Maylimi...) Ko'zlaringda yashasam bir zum, Kipriklaring kishanlab qo'ysa. Qorachig'ing yoqtirib qolib, Rozi edim domiga tortsa. ​© Botir Bannop @Botir_Bannop

  • 6 авг.8702710

    VIDO ​Siz endi yashaysiz orzularimda, Niyatlar hammasi suvlardek oqdi. Mendek soddagina, oddiy yigitni Afsus, yuragingiz bugun yoʻqotdi. ​Toʻrt yarim yil axir duolar qilib, Men sizni soʻradim Moʻtabar Zotdan. Taqdir-nasib, balki yuzga kirsam ham, Unuta olsaydim men sizni yoddan. ​Toʻgʻri, tuygʻular tugagan men sabab, Qilgan xatolarim boshimga yetdi. Sizni yomgʻirlardan qizgʻongan chogʻim Begona shamollar uchirib ketdi. ​Taqdirga toʻnkadim, qismat shunday deb, Endi orzuyimda yashaysiz, jonim. Siz sabab koʻksimdan chiqmasa boʻldi Shuncha yil siz bilan yashagan jonim. ​© Botir Bannop @Botir_Bannop

  • Botir Bannop (ijodiy o'zan) pinned «Menga anonim xabar yuboring: t.me/QuestionUz_Robot?start=e0519b10ddff46»

  • 5 авг.306131

    Menga anonim xabar yuboring: t.me/QuestionUz_Robot?start=e0519b10ddff46

  • 4 авг.4703512

    *** ​Senga maktub emas, dardlar joʻnatdim, Kabutar oyogʻi toliblar ketdi Hatto bir qushga kelmaydi rahming, Derazang tagida qoliblar ketdi. ​Bizning ishqda nechun gʻurur ustunroq, Manfaat koʻzlaganmiz axir sevgidan. Na men na sen balki odam emasmiz, Barini unutib: "Kechir..." deydigan. ​Shunday ekan, nasib yashayveramiz, Bir havodan to'yib nafaslar olib. Bilmam, nedan xamon noliysan, jonim, Qovogʻingga ulkan qaygʻular solib... ​Oʻz yoʻlingni topding ( quvondim), jonim Bugun oʻz yoʻlimni yoʻqotganimga... Orzuyinga yetding (quvonding) jonim, Hayotingdan meni yoʻqotganingga. Senga maktub emas baxtlar jo'natdim, Derazangni ochib kutib olgin yor. ©Botir Bannop @Botir_Bannop

  • 1 авг.602261

    ​(Avgust — kuzning tutingan o‘g‘li © BB ) ​KUZ ​Kuz... Barglar yerlarda ezilgan, Maktab ham boshlangan ayni dam. Insholar yozilar tahrirsiz (Bir qizchaning joniga tegib). O‘qishga shoshgandek taqdirlar... Vaqtdan oldin yetib boradi. (Kimlardir bezillar o‘qishdan.) ​Kuz — yomg‘irsiz, bulutlar kezar osmonni, Bu bulut go‘yoki bahona kabi. Bir finjon qahvaning ustida Necha sevishganlar sevgan bir-birin. ​Kuz, shundayin ajoyib faslki, Takrorsiz va rangli kunlar soviydi. O‘sha siz bilgan odamlar: Quyosh chiqsa quyoshni so‘kib, Yomg‘ir yog‘sa dilni koyidi... ​Kuz — maftunmiz senga naqadar, (Bizlarni tark etmay qo‘yaqol.) Axir sen deb qaysidir qizlar, Qishga tayyorgarlik deb o‘rashar ro‘mol! ©Botir Bannop @Botir_Bannop

  • #Satrlar Senga qorxat emas qora xat yozdim, Ishqingda qorlardek erimoq uchun. *** Men senga eng ulkan baxtlar tilasam, Yelkanga bosh qo'yish armon bo'lsachi? *** Sen qachondir yoʻqlab kelasan, Sogʻinchning bokira vafolarini *** Derazadan dardni, otib yuborsam, sepgan suvlaringa cho'kib ketarmi? *** Yo Ishqdan quvonib yashayolmaysan, Yo o'la olmaysan undan uyalib. *** E'tibor bermayin yig'layverding sen, Ko'zingdan yosh emas baxtlar to'kildi. *** Qarang yomgir yogar sizni eslatib, Hijron shamol bo'lib yetib kelguncha , *** Uzun sochingizdan silash o‘rniga, Bo‘rondek tozg‘itib qo‘ydim, azizim. *** Roʻmol sizga yarashibdi-ku, Siz roʻmolga yarashmabsiz-da. *** Kun kelib qachondir eslaysan meni, Barmoqqa taqilgan sog'inchlar bilan. ©Botir Bannop @Botir_Bannop

  • Sog'indim deysanmi? Qo'ysang-chi, Kulgimni qistatma, azizim. Tashvishga ko'milgan yurakni, Yetar, yashashga undama, azizim. ​Kutyapman deysanmi? Qo'ysang-chi, Bunday baxtdan butun dard yaxshi. Sen kutma, men uchun afzali Jilovsiz erklardan tutqun dard yaxshi. ​Sevaman deysanmi? Qo'ysang-chi, Laylilar bundayin sevmasdi. Sinovlar kelganda eng og'ir, Xayr deb, o'zganing bag'riga ketmasdi. ​Kechiring deysanmi? Qo'ysang-chi, Kechirib bo'lganman, azizim. O'sha kun bariga (tupurib), Kechib ham bo'lganman, kechir, azizim! ​©Botir Bannop @Botir_Bannop

  • KOʻNGIL ​Xayr deding, xayr demadim, Bu ishingni hayr demadim. Duo qilsam duolarimda, Uni mendan ayir demadim. ​Ketish yoki osonmidi, yor, Qalbing o‘zi omonmidi, yor, Yo mendayin sodda yigitga, Qadring shuncha osmonmidi, yor. ​Ne bo‘lsa ham omon bo‘l deymi, Gar xohlasang yomon bo‘l deymi. Meni sensiz qoldirganinga, Rangi sariq somon bo‘l deymi. ​Ko'ngil olmoq ibodatmidi, Dunyo ishqdan iboratmidi. Shuncha ishlar bekorga emas Ayt nafsinga itoatmidi ​©Botir Bannop 2024 Farg'ona @Botir_Bannop

  • (#ismlarga_bitikar) Robiya – Robbimdan eng go‘zal hadiyam, Dunyoda topganim, tengsizim. O‘zingsan men sevgan dengizim, Qaniydi qalbingga bosolsam izim. ​Robiya – Robbimdan eng go‘zal hadiyam, Sen mening borimsan muttasil. Ishq ko‘zlaringdan yaralmish asl, Sen ila kuz bo'lsa netay to‘rt fasl. ​Robiya – Robbimdan eng go‘zal hadiyam, Demakki, sen mening orimsan*, Hamisha yodimda borimsan. Nasib, bir o'zing bo‘lg‘usi yorimsan. ​ROBIYA – ROBBIMDAN ENG GO‘ZAL HADIYAM. Dunyoda topganim, tengsizim. O‘zingsan men sevgan dengizim, ​© Botir Bannop @Botir_Bannop

  • 18 июл.8873912

    Mendan oʻtdi xato... Haqsiz! Kechiring. Ha, atab boʻlmaydi meni beayb. Siz goʻzal farishta suratidagi Begʻubor oqqushdek yashang iymanib. Ne balo yoʻliqsa balogardonman. Sizni sevgan ham men, Sogʻingan ham MEN! Rost gapki, ishq uchun tunlar uxlamay Siz ham sevasiz deb ovunganman men! Biroz shafqat qiling, qurgʻoq koʻksimga Maʼsum koʻzingizdan yomgʻirlar yogʻsin. Mayliga soʻz demang, axir shundogʻam Sukutdan bir bora ko'nglim quvonsin. Iqrorman aybimga, mendan oʻtdi, rost. Uzrlar soʻrayman sizdek begunoh... Faqat eshigingiz chertganda sogʻinch Labingizdan ismim chiqmasin nogoh!.. Uzrlar soʻrayman sizdek begunoh! ©Botir Bannop @Botir_Bannop

  • (#ismlarga_bitiklar) KUMUSHIM Kumushim hajringda buncha kuyishim, Dardlarni talqondek har kun tuyishim, Tasodif emas-ku bundoq turishim, Sening ko‘zlaringni ko‘ray deb keldim. ​Mening qo‘lim emas qo‘lingni tutgan, Mening qo‘lim emas yanog‘ing turtgan, Men ham men emasman axir sen kutgan, Ishqimni bildirib qo‘yay deb keldim. ​Nozik barmog‘ingdan faqat baxt ushlab, She’rlarim-la axir ko‘nglingni xushlab, Ruxsatisiz kaftingni kaftimga mushtlab, Ichikib qolganim bilgin deb keldim. ​Ko‘plar qo‘llaringdan tutmoq istaydi, Ko‘plar baxtni senla kutmoq istaydi, Ko‘nglim, quchog‘ingga baxt bo‘lib borib, Eng go‘zal gullarni tutmoq istaydi. ​Botir Bannop @Botir_Bannop ​

  • *** ​Yo Rab, menga yor ato etgin, Xuddi mendek Seni suyguvchi. Ibodatda tunlari birga, Tahajjudni oʻqib turguvchi. ​Yo Rab, menga yor ato etgin, Qora boʻlsin qoshi, kamoni. Andishasi husnidan goʻzal, Ibo boʻlsin uning jamoli. ​Yo Rab, menga yor ato etgin, Savol berib, jonga tekkuvchi. Tahoratga suvim tayyorlab, Mendan ortiq Seni sevguvchi. ​Yo Rab, menga yor ato etgin, Madinaga birga borguvchi. Ikki dunyo yonimda turib, Sinovingdan birga oʻtguvchi. ​Yo Rab, menga yor ato etgin, Xuddi mendek Seni suyguvchi... ©​Botir Bannop @Botir_Bannop

  • 13 июл.1 000435

    *** Xayr endi, sochlariga gullar taqqan, Binafshani jon-jonidan sevuvchi qiz. Ko'rishganda shirmon yuzi qip-qizarib, "Tinchi qo'ying, sevmang boshqa", deguvchi qiz. ​Issiq kunlar vaqtinchalik sovuq bo'lsa, Bardosh bermay sochilishing bilmagandim. Binafsharang ko'zlaringni bir kun kelib, Guldokonda ochilishin bilmagandim. ©​Botir Bannop @Botir_Bannop

  • 10 июл.1 038388

    *** Sen baxtlisan, har doimgidek, Ko'zlaring quvonchdan porlagan. Ta'rifing yozmoq ham mushkuldir, Axir seni Xudo yorlagan. ​Qoshlaring qaddini ko'targan, Ko'zlaring g'amlarga botmaydi. Men ila eng yomon suhbat qur, So'zlaring hech og'ir botmaydi. ​Baxt berkingan kipriklaringni Ko'zoynak-la to'sib olgin, yor. Senga ishqim balandligini She'rlarimdan bilib olgin, yor. ​Bir yoqadan boshni chiqarib, Kel Ishq uchun bosaylik qadam. Odamlarning ko'ngliga emas, Ikkimizga yoqaylik har dam. ©Botir Bannop @Botir_Bannop

  • 7 июл.9655611

    *** Dard deysanmi? unutgin uni Qo'llaringdan tutgani keldim. Ko'zlaringdan bilinsin sog'inch, Axir menku kutganing, keldim. ​Nozik qo'ling qadoq qo'lim Ila tutsam, qandoq bo'lar? Ishq ifori qaynoq bo'lsa, Yuragimiz qaznoq bo'lar. ​O'tgan ishlar o'tib ketdi, Baxt shamoli bizga yeldi. Shu fursatdan foydalanib, Juftlashmoqlik vaqti keldi. ​Gul tutay deb yo'llaringga, Gul tikoni shimdi qonim. Yur, ketaylik bu yerlarda, Ortiqchamiz endi jonim. Yur, ketaylik bu yerlarda, Ortiqchamiz, endi jonim. ®Botir Bannop @Botir_Bannop

  • 6 июл.446366

    Qaqnus klubi tomonidan tavsiya etilayotgan yosh ijodkorlarning roʻyxati. Barchangizni ularning ijodiy oʻzanlariga qoʻshilishga chorlaymiz. Koʻp bora bunday roʻyxatlar tuzilgan biroq, yosh, endi koʻzga koʻrinayotgan, olov satrlari bor ijodkorlarni birinchi bor tavsiya bermoqdamiz. Yoshlarimizni ham qoʻllash vaqti keldi. Marhamat! 👉Umid Qodir 👉Diyorbek Mahmud 👉Muhammad Hodiyev 👉Shohrux Erkinov 👉Islombek Mirzaqulov 👉Xushnud BEK 👉Quvondiq Alimuhammad 👉Abdurahmon Abduhalilov 👉Mehriddin Sobirjonov 👉Ismoil Hasanov 👉Xurshida Vahobjon qizi 👉Botir Bannop 👉Ruxsora Isoqova 👉Rustam Kalandarov 👉Oʻlmasoy Nishonova 👉Abdurahim Abdiyev 👉Abrorbek Abdullayev 👉Shahlo Safarova 👉Sitora Shodiyeva 👉Dilobarxon Abdulfattohova — Bolalar sheʼriyati 👉Zumrad Imomova 👉Muyassar Ergasheva 👉Hulkaroy Safoyeva Postni iloji boricha tarqating, ulashing, hurmat bilan Qaqnus klubi. @qaqnus_klub

  • 3 июл.867417

    #to'rtlik So‘ngra, yomg‘ir bo‘lib yog‘dim siz uchun. Chaqmoqdayin chaqdim...qoldirib izim. Uzun sochingizdan silash o‘rniga Bo‘rondek tozg‘itib qo‘ydim, azizim. ©Botir Bannop @Botir_Bannop