tgindex
FARG‘ONA MAQOM MAKTAB INTERNATI

FARG‘ONA MAQOM MAKTAB INTERNATI

Статистика

FARG‘ONA MAQOM MAKTAB INTERNATINING RASMIY TELEGRAM SAHIFASI✅

Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
2
Всего постов
118
Тип
открытый
Язык
und
Категория
Видео (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
413
0 за 3 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
298
40 постов
Вовлечённость
72,2%
к подписчикам
Постов в день
0,3
всего 118
Упоминаний
1
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
94
1/48двое суток
107
1/72трое суток
116

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 14 авг.791из fargonamadaniyat

    без подписи

  • 12 авг.13411из madaniyat_talimi_markazi

    #Respublika_kengashi ⚡️ 2026-yil 19-avgust kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi ta’lim tashkilotlarining Respublika kengashi bo‘lib o‘tadi. Mazkur Respublika kengashi Madaniyat vazirligi tizimidagi oliy ta’lim tashkilotlari rektorlari, oliy maktablar, ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari hamda maktab internatlari, bolalar musiqa va san’at maktablari direktorlari shuningdek, qayta tayyorlash va malaka oshirish markazlari direktorlarini bir maydonda jamlaydi. Kengash doirasida madaniyat va san’at ta’limida erishilgan natijalar sarhisob qilinib, istiqboldagi maqsadlar, sohani yanada rivojlantirish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish hamda tizimni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan ustuvor vazifalar muhokama etiladi. Bu — ilg‘or g‘oyalar tutashadigan, boy tajribalar almashinadigan, yangi tashabbuslar shakllanadigan va kelajak taraqqiyoti sari muhim qadamlar belgilanadigan nufuzli muloqot maydonidir. Yangi O‘zbekistonda madaniyat va san’at ta’limining yangi sahifasini birgalikda ochamiz. 💠 Barcha yangiliklarni Markazning rasmiy sahifalarida kuzatib borishingiz mumkin: 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 📱 Telegram | 📱 Instagram 📱 Facebook | 📱 Youtube

  • 10 авг.1541из press_usarov

    #OAV_biz_haqimizda 🇺🇿 So'nggi 10 yil davomida madaniyat va san'at sohasida amalga oshirilgan ishlar haqida... ▶️ https://youtu.be/SujLeHxypbc?si=8bDT39BBEzMfDZqL 🔹Telegram 🔹Instagram

  • 9 авг.2351из madaniyatvazirligi

    #Videoreportaj ⚡️Xivada “Qovun sayli” festivali turli madaniyatlarni bir maydonda jamlamoqda Videolavhada quyidagilarni ko‘rishingiz mumkin: — Xorazmning shirin qovunlaridan yaratilgan poyezd; — Festivalning bosh qahramoni bo‘lgan Xorazm qovunlari nega asrlar davomida o‘z shirinligini yo‘qotmagan? — Xorazmni ilk bor ekspeditsiya qilgan arxeolog olim Sergey Tolstoy va o‘zbek arxeologi Yahyo G‘ulomov nimalarni aniqlagan? Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt | YouTube | Mediabank

  • 9 авг.187из Rasmiy_axborot_official

    🇺🇿🇺🇸O‘zbekiston va AQSh strategik sherikligi yangi bosqichga chiqmoqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi. 🟢Suhbat davomida ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. 🟢Qayd etilganidek, bugungi kunda O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi hamkorlik jadal sur’atlarda rivojlanmoqda. Uch yillik iqtisodiy hamkorlik dasturi izchil amalga oshirilayotgani, Ishbilarmonlik va investitsiya kengashi faoliyati yo‘lga qo‘yilgani hamda hududlararo aloqalar kengayib borayotgani alohida ta’kidlandi. 🟢Shuningdek, fuqaro aviatsiyasi, avtomobilsozlik, tog‘-kon sanoati, energetika, metallurgiya, sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar kabi ustuvor yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani qayd etildi. 🟢Muloqotda global va mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash, xalqaro mojarolarni tinch yo‘l bilan hal etish masalalari yuzasidan ham fikr almashildi. 🟢Suhbat yakunida Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSh Prezidenti Donald Trampni o‘zi uchun qulay vaqtda rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelishga taklif qildi. https://t.me/Rasmiy_axborot_official/17433

  • 🟦🟦 🟦🟦 Marg‘ilonda o’tkazilayotgan katta askiya kechasi davomida sohirnafas san’atkorlar tomonidan ijro etilayotgan maqom qo’shiqlari minglab yurtdoshlarimizga ko’tarinki kayfiyat ulashmoqda. Konsertda Marg‘ilon shahar musiqali maqom teatrining oliy toifali maqom artistlari “Shuhrat” medali sohibi Azizbek Abduazimov va “Kelajak bunyodkori” medali sohibi Ulug‘bek Elmurodzoda o‘z chiqishlari bilan ishtirok etishdi. Rasmiy sahifalarimizda bizni kuzating:👇 📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook | 📱YouTube

  • 7 авг.20215из madaniyatvazirligi

    #Tanlov 🔥 “Marhabo, talantlar — 2026” Respublika ko‘rik-tanlovi o'tkaziladi! O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash markazi hamda “Zamin Prof Art” bilan hamkorlikda: respublikamiz yoshlarini birlashtiruvchi “Marhabo, talantlar — 2026” Respublika ko‘rik-tanlovini e’lon qiladi! Ushbu tanlov madaniyat va san’at sohasida ijod qilib kelayotgan yosh iste’dodlarni kashf etish ularni qo‘llab-quvvatlash, milliy san’atimizni yuksak darajalarga olib chiqish hamda ijodkor yoshlarni rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilmoqda. Tanlov – vokal, cholg‘u ijrochiligi, xoreografiya, teatr aktyorligi hamda tasviriy va amaliy san’at yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkaziladi. Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan ijodkorlar lotin alifbosida (https://t.me/zaminprofart) maxsus havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari va o‘z arizalarini yuborishlari talab etiladi. Tanlovda 7 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan havaskor va professional ijodkorlar ishtirok etishlari mumkin. G‘oliblar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi. Eng yuqori natijani qayd etgan Gran-pri sohiblari esa Dubay sayohatiga yo'llanmani qo'lga kiritishadi. Arizalar joriy yilning 1-sentyabr sanasiga qadar qabul qilinadi. Batafsil ma’lumot uchun telefon +99894 368 65 65 Shoshiling joylar soni cheklangan. Telegram |  Instagram |  Facebook |  Veb-sayt | YouTube | Mediabank

  • 6 авг.2582из fargonamadaniyat

    🎭 DIQQAT E’LON! Aziz san’at ixlosmandlari! 🇺🇿 Fargʻona viloyati hokimligi hamda viloyat Madaniyat boshqarmasi hamkorligida, Oltiariq tumani hokimligi va tuman Madaniyat boʻlimi tashabbusi bilan tashkil etilayotgan “San’at maydoni” loyihasi o’zining navbatdagi ijodiy uchrashuviga chorlaydi! 🎙️ “AYTISHUV KECHASI” loyihasining 3-soni siz uchun unutilmas lahzalarni tuhfa etadi. 🔈 Mazkur kechada o’zining betakror ovozi, samimiy ijrosi va xalqona qo’shiqlari bilan millionlab muxlislar qalbidan munosib o’rin egallagan xushovoz san’atkorlar: 🎤Ilhom Murodshoh 🎤Elyor Temirov bir sahnada uchrashib, jonli ijrolar, qiziqarli ijodiy aytishuvlar va samimiy suhbatlar orqali tomoshabinlarga unutilmas kayfiyat ulashadilar. 🎙 Kechani Oltiariq24 kanali asoschisi, mohir suhandon Abbosbek Yo’ldoshev olib boradi. Bu oqshom sizni: ✨ Jonli ijrolar, ✨ Sevimli qo’shiqlar, ✨ Qiziqarli aytishuvlar, ✨ Samimiy muloqot, ✨ Ko’tarinki kayfiyat va unutilmas taassurotlar kutmoqda. 📌Manzil: Oltiariq tumani Madaniyat markazi 📍Mo’ljal: Tuman hokimligi yonida 🗓 Sana: 2026-yil 11-iyul chorshanba 🕔 Vaqt: soat 10:00 🎶 Barchangizni “San’at maydoni” loyihasi doirasidagi “Aytishuv kechasi”ning 3-soniga taklif etamiz! Kirish BEPUL! Rasmiy sahifalarimizda bizni kuzating:👇 📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 📱 YouTube

  • 6 авг.2412из fargonamadaniyat

    #Anons ⚡️ Marg‘ilonda katta askiya kechasi bo‘lib o‘tadi Joriy yilning 7-avgust kuni, soat 18:00 da Marg‘ilon shahar ijodkorlar bog‘ida o‘zbek milliy askiya san’ati darg‘asi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, marhum san’atkor Muhammadsiddiq Sherayev tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan katta askiya kechasi bo‘lib o‘tadi. Tadbirda mamlakatimizning barcha shahar va tumanlaridan kelgan mashhur qiziqchilar, dongdor askiyachi va san’atkorlar o‘zlarining betakror chiqishlari bilan ishtirok etadilar! 📎 Tadbir tashkilotchilari: ✔️ O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi; ✔️ Farg‘ona viloyat hokimligi; ✔️ Yusufjon qiziq Shakarjonov nomidagi Respublika askiya va qiziqchilik san’ati markazi; ✔️ Marg‘ilon shahar hokimligi. ❗️ Eslatib o‘tamiz: Tomoshalarimiz mutlaqo bepul namoyish etiladi. 🔥 Askiya va kulgi kechasiga marhamat – 7-avgust kuni, soat 18:00da, Marg‘ilon shahar ijodkorlar bog‘ida. Rasmiy sahifalarimizda bizni kuzating:👇 📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 📱 Youtube

  • 6 авг.183из press_usarov

    #OAV_biz_haqimizda 🇺🇿 So'nggi 10 yil davomida madaniyat va san'at sohasida amalga oshirilgan ishlar haqida... ▶️ https://youtu.be/SujLeHxypbc?si=8bDT39BBEzMfDZqL 🔹Telegram 🔹Instagram

  • 3 авг.240из ozodbek_axmadovich

    #Vazir_tavsiya_etadi   ⚡️Millat xotirasi va jadidlar merosini anglash yo‘lida   Qadrli vatandoshlar,   Milliy o‘zligimizni anglash, tarixiy xotirani asrash va jadidlar merosini chuqur o‘rganish bugungi Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining muhim ma’naviy asoslaridan biri hisoblanadi. Shu bois, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Hayriddin Sultonovning “Yaldo kechasi” romanini mutolaa qilishni tavsiya etaman. Bu asar mashhur “O‘tkan kunlar” romanining badiiy davomi sifatida yaratilgan bo‘lib, Abdulla Qodiriy va uning safdoshlariga yuksak ehtirom ifodasi, shuningdek, millatning eng og‘ir va sinovli davrlarini yorituvchi yirik tarixiy-badiiy asardir. Asarning har bir kitobxon uchun muhim bo‘lgan uch sabog‘i: 1. Milliy xotirani asrash. O‘z tarixini bilgan va undan saboq chiqargan millatgina kelajagini mustahkam qura oladi. 2. Jadidlar merosiga ehtirom. Vatan ozodligi, ma’rifat va taraqqiyot yo‘lida kurashgan fidoyi ziyolilarning hayoti va g‘oyalari bugun ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. 3. Vatan taqdiri uchun shaxsiy mas’uliyat. Asar insonning shaxsiy qismati bilan millat taqdiri bir-biriga chambarchas bog‘liq ekanini teran badiiy talqin qiladi. “Yaldo kechasi” nafaqat tarixiy roman, balki milliy o‘zlik, ma’naviy jasorat va istiqlol g‘oyalarini anglashga xizmat qiladigan yirik adabiy hodisadir. Bu kitobni tariximiz, milliy adabiyotimiz va jadidlar merosiga qiziquvchi barcha kitobxonlarga tavsiya etaman. 📲Telegram 📲Instagram

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи