Farg'ona ixtisoslashtirilgan san'at maktabi rasmiy telegram kanali
СтатистикаWeb sayt sites.google.com/view/far-sanat Facebook www.facebook.com/groups/476486930102313/?ref=share Instagram www.instagram.com/fargonasanatmaktabi/ youtube www.youtube.com/channel/UCJl_hiWRNf_ssuMqOzHtj2g/videos Murojaat uchun @avazbek73
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 20
- Всего постов
- 186
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- Категория
- Видео
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 313
- 1/48двое суток
- 358
- 1/72трое суток
- 386
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
без подписи
📚 PEDAGOGLAR MALAKASINI OSHIRISH MASHG‘ULOTLARI DAVOM ETMOQDA Bugun Farg‘ona ixtisoslashtirilgan san’at maktabida pedagog xodimlarning malakasini oshirish mashg‘ulotlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati muhokama qilindi. Mashg‘ulot davomida mazkur hujjatda belgilangan yangiliklar, ularning ta’lim jarayonidagi ahamiyati hamda pedagoglarning kasbiy faoliyatiga taalluqli jihatlar yuzasidan fikr va mulohazalar almashildi. Bunday mashg‘ulotlar pedagoglarning huquqiy bilimlarini mustahkamlash, me’yoriy-huquqiy hujjatlardagi yangiliklardan xabardor bo‘lish va ularni amaliy faoliyatda to‘g‘ri qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
#Respublika_kengashi ⚡️ 2026-yil 19-avgust kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi ta’lim tashkilotlarining Respublika kengashi bo‘lib o‘tadi. Mazkur Respublika kengashi Madaniyat vazirligi tizimidagi oliy ta’lim tashkilotlari rektorlari, oliy maktablar, ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari hamda maktab internatlari, bolalar musiqa va san’at maktablari direktorlari shuningdek, qayta tayyorlash va malaka oshirish markazlari direktorlarini bir maydonda jamlaydi. Kengash doirasida madaniyat va san’at ta’limida erishilgan natijalar sarhisob qilinib, istiqboldagi maqsadlar, sohani yanada rivojlantirish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish hamda tizimni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan ustuvor vazifalar muhokama etiladi. Bu — ilg‘or g‘oyalar tutashadigan, boy tajribalar almashinadigan, yangi tashabbuslar shakllanadigan va kelajak taraqqiyoti sari muhim qadamlar belgilanadigan nufuzli muloqot maydonidir. Yangi O‘zbekistonda madaniyat va san’at ta’limining yangi sahifasini birgalikda ochamiz. 💠 Barcha yangiliklarni Markazning rasmiy sahifalarida kuzatib borishingiz mumkin: Rasmiy sahifalarimizda bizni kuzating:👇 📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 📱 YouTube
🎶 FARG‘ONA SHAHAR 31-BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABIGA O‘QUVCHILAR QABULI BOSHLANDI! 🎨 📚 2026–2027-o‘quv yili uchun Farg‘ona shahar 31-bolalar musiqa va san’at maktabiga iqtidorli va san’atga qiziquvchi o‘quvchilarni qabul qilish boshlandi! 🎼 Yo‘nalishlar: 1. Fortepiano ijrochiligi 2. Torli cholg‘ular 3. Xalq cholg‘u sozlari 4. An’anaviy xonandalik 5. An’anaviy cholg‘u ijrochiligi 6. Akademik xonandalik 7. Estrada xonandaligi 8. Estrada cholg‘u ijrochiligi 9. Damli va zarbli cholg‘ular ijrochiligi 10. Tasviriy va amaliy san’at yo‘nalishlari 11. Aktyorlik san’ati 12. Xoreografiya ✨ Farzandingizning iste’dodini rivojlantirish, san’at olamiga ilk qadamlarini qo‘yishi uchun ajoyib imkoniyat! 📍 Manzil: Farg‘ona shahar, Yangi O‘zbekiston massivi, “Eco shahar” hududi, 31-bolalar musiqa va san’at maktabi. 📞 Murojaat uchun: +998 90 833 35 53 🎵 Musiqa — san’atdir, san’at — hayotdir! Farzandingiz kelajagini san’at bilan bezang! 🌟 Rasmiy sahifalarimizda bizni kuzating:👇 📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook | 📱YouTube
без подписи
🎼 YANGI MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI OCHILISH ARAFASIDA! 🎨 📍 Farg‘ona shahrining “Yangi O‘zbekiston” massivi, “Eco shahar” hududida zamonaviy talablarga javob beradigan yangi Farg‘ona shahar 31-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabi Mustaqillik bayrami munosabati bilan ochilish arafasida va hozir qabul jarayonlari boshlandi. ✨ Yangi maktab binosi yosh avlodning musiqiy va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda san’atga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish uchun barcha zarur sharoitlar bilan ta’minlangan. 🎹 Zamonaviy va shinam o‘quv xonalari, musiqa mashg‘ulotlari uchun mo‘ljallangan maxsus xonalar hamda ijodiy faoliyat uchun yaratilgan qulay sharoitlar o‘quvchilarga o‘z iste’dodlarini namoyon etish imkonini beradi. 🌟 31-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabi Farg‘ona shahrining iste’dodli va ijodkor yoshlarini birlashtiruvchi, kelajakdagi san’atkorlar, musiqachilar va ijodkorlar kamol topadigan muhim maskanlardan biriga aylanadi. 🎶 Yangi maktab — yangi imkoniyatlar, yangi iste’dodlar va yangi yutuqlar sari muhim qadam! 🇺🇿 Yosh avlodga yaratilayotgan bunday zamonaviy sharoitlar mamlakatimizda musiqa va san’atga, yoshlar ijodiga berilayotgan yuksak e’tiborning yorqin ifodasidir. Rasmiy sahifalarimizda bizni kuzating:👇 📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook | 📱YouTube
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
#Konsert ✅Bugun 13-avgust kuni maktabimizda malaka oshirish mashg'ulotlari doirasida "An'anaviy xonandalik" bo'limi o'qituvchilari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi namoyish etildi...
без подписи
без подписи
#Yig'ilish 📎Joriy yilning 12-avgust kuni Farg'ona ixtisoslashtirilgan san'at maktabida rejaga asosan maktab "Xotin-qizlar kengashi"ning yig'ilishi bo'lib o'tdi.
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
#Konsert🎹 ✅12.08.2026.kuni Farg'ona ixtisoslashtirilgan san'at maktabida navbatdagi mashg'ulotlar davomida "Jo'rnavozlar uyushmasi" bo'limi jo'rnavoz o'qituvchilarining konserti namoyish etildi.