tgindex
Sanepidqo‘mita Farg‘ona shahar bo‘limi Санэпидқўмита Фарғона шаҳар бўлими

Sanepidqo‘mita Farg‘ona shahar bo‘limi Санэпидқўмита Фарғона шаҳар бўлими

Статистика
@fargonasesузбекский

Jamoatchilik bilan ishlash bo‘limi Farg‘ona shahar, Farg‘ona ko‘chasi, 6 uy, ishonch telefon 73-242-93-97 Жамоатчилик билан ишлаш бўлими, Фарғона шахар, Фарғона кўчаси, 6 уй, ишонч телефон 73-242-93-97

Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
9
Всего постов
125
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
198
0 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
47
40 постов
Вовлечённость
23,7%
к подписчикам
Постов в день
1,3
всего 125
Упоминаний
2
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
39
1/48двое суток
44
1/72трое суток
48

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Maktab sumkasi: og'irlik me'yori qancha? 🎒 Farzandingizning maktab sumkasi meyoridan og'ir emasmi? Haddan tashqari og'ir sumka bolalarda umurtqa pog'onasi qiyshayishi, qomat bilish hamda bel va yelka og'riqlariga sabab bo'lishi mumkin. 👩‍⚕️ Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Chilonzor tumani bo'limi mutaxassisi Dildora Mirakbarova maktab sumkasining og'irligiga qo'yiladigan sanitariya-gigiyena talablari va bolalarni asrashda nimalarga e'tibor qaratish lozimligi haqida ma'lumot berib o'tdi. ⚡️Sanepidqo'mita Axborot xizmati Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt

  • #Foydali Toza qo'llar salomatlik garovi! 🧼Qo’llarimizni tog’ri yuvish tartibini o’rganaylik! Buning uchun albatta videoni tomosha qiling ⚡️Sanepidqo'mita Axborot xizmati Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt

  • 📆Bugun O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi, Sanepidqo‘mita raisi raisi Bahodir Yusupaliyev tomonidan Toshkent shahar boshqarmasida tadbirkorlar va fuqarolarni qiynayotgan sanitariya-epidemiologik masalalarni hal etish yuzasidan sayyor qabul o‘tkazildi. 🔷Ochiq muloqot ruhida tashkil etilgan qabul davomida 20 ga yaqin murojaat tinglandi. Fuqarolar va tadbirkorlar tomonidan sanitariya-epidemiologik osoyishtalik hamda amaldagi tartib-taomillar bilan bog‘liq masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. ‼️Har bir murojaat belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha mas’ul xodimlarga aniq topshiriqlar berildi. Ayrim murojaatlar esa qabul jarayonining o‘zida ijobiy hal etildi. Taklif va murojaatlarni bevosita yetkazish imkoniyati yaratildi. ⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati 📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt

  • MUZQAYMOQ ISTE’MOL QILISH BORASIDAGI ZARUR TALABLAR VA FOYDALI TAVSIYALAR! 🍦Muzqaymoqlar yozning issiq kunlarida insonlar tomonidan sevib iste’mol qilinadigan, chanqoqbosdi, oziqaviy qiymatga ega sut mahsulotlaridan sanaladi. 🍨Muzqaymoq tarkibidagi kalsiy va vitaminlar tufayli organizmga foyda keltiradi, ammo shakar va yog‘larning ko‘pligi sababli me’yorni kuniga bir porsiyagacha (70–100 g) cheklash, oshqozon yoki oshqozon osti bezi bilan bog‘liq muammolarda uni iste’mol qilmaslik muhimdir. 📌 Buni yodda tuting! ✅ Xavfsizligi kafolatlanmagan, saqlash va savdo qoidalariga rioya etilmagan holda sotilayotgan muzqaymoqlarni iste’mol qilish natijasida ovqatdan zaharlanishlar, o‘tkir yuqumli ichak kasalliklari kelib chiqishi mumkin. Batafsil: 👇👇👇 https://gov.uz/oz/sanepid/news/view/205278 ⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati 📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt

  • ❗️Mustaqillik bayramida o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi? Prezident farmoniga ko‘ra, 31 avgust – dushanba kuni ish haftasining turidan qat’i nazar barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni deb belgilangan. Shunga muvofiq, haftasiga 5 kun ishlovchilar Mustaqillik bayramida ketma-ket to‘rt kun (29 avgust – 1 sentyabr), 6 kun ishlovchilar esa ketma-ket uch kun (30 avgust – 1 sentyabr) dam oladi. 🟡 29 avgust, shanba – odatiy ish yoki dam olish kuni 🟢 30 avgust, yakshanba – odatiy dam olish kuni 🟢 31 avgust, dushanba – barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni 🟢 1 sentyabr, seshanba – Mustaqillik bayrami kuni 2 sentyabr, chorshanba – barcha uchun odatiy ish kuni. Telegram | Instagram | Veb-sayt

  • GO‘ZALLIK SALONLARI VA SARTAROSHXONALARIGA QO’YILADIGAN GIGIYENIK TALABLAR Go‘zallik salonlari va sartaroshxonalarda sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy rioya qilish mijozlar va xodimlar salomatligini himoya qilishda muhim ahamiyatga ega. Salonlarda: -xonalar doimo toza, ozoda va yaxshi shamollatilgan bo‘lishi; -asbob-uskunalar har bir mijozdan so‘ng tozalanib, belgilangan tartibda dezinfeksiya qilinishi; -qaychi, taroq, ustara kabi ko‘p marotaba ishlatiladigan jihozlar sanitariya talablariga muvofiq qayta ishlanishi; -bir martalik sochiq, salfetka va boshqa vositalardan imkon qadar bir marta foydalanilishi; -xodimlar qo‘llarini har bir mijozga xizmat ko‘rsatishdan oldin va keyin tozalashi, zarur hollarda qo‘lqopdan foydalanishi; -ishlatilgan materiallar maxsus idishlarga yig‘ilib, o‘z vaqtida olib chiqilishi lozim. Sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilish teri kasalliklari va turli yuqumli kasalliklarning tarqalish xavfini kamaytiradi. Telegram | Instagram | Veb-sayt

  • HURMATLI TADBIRKORLAR! TEKSHIRUV PAYTIDA HUQUQLARINGIZNI BILASIZMI? 🔍Nazorat qiluvchi organning mas’ul xodimlari tekshiruvni boshlashdan avval tadbirkorlik subyektiga quyidagi tartiblarni tushuntirishi va zarur hujjatlarni taqdim etishi shart: 📌tadbirkorlik subyekti rahbarini yoki rahbar vazifasini bajaruvchi shaxsni tekshiruvning maqsadi bilan tanishtirishi; 📌o‘zining xizmat guvohnomasi hamda tekshiruv o‘tkazish huquqini beruvchi maxsus guvohnomasini ko‘rsatishi; 📌tekshiruvni o‘tkazish uchun asos bo‘lgan hujjatlarning nusxalarini tilxat asosida taqdim etishi. 📌Bular jumlasiga tekshiruv o‘tkazish kelishilganligini yoki vakolatli organning tekshiruv haqida xabardor qilinganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi, nazorat qiluvchi organning tekshiruv o‘tkazish to‘g‘risidagi buyrug‘i hamda tekshiruv dasturi kiradi; Batafsil: 👇👇👇 https://gov.uz/oz/sanepid/news/view/204863 ⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati 📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt

  • Transyog‘lar va ularning zarari Transyog‘larni ko‘p miqdorda iste’mol qilish sog‘liq uchun zararli bo‘lib, organizmdagi xolesterin miqdoriga salbiy ta’sir ko‘rsatishi hamda yurak-qon tomir kasalliklari xavfini oshirishi mumkin. Transyog‘lar ko‘proq quyidagi mahsulotlarda uchrashi mumkin: -chips va boshqa gazaklar; -fast-fud mahsulotlari; -margarin; -ayrim qandolat mahsulotlari; -tayyor va qadoqlangan oziq-ovqat mahsulotlari. Mahsulot xarid qilayotganda uning tarkibini diqqat bilan o‘qing. Transyog‘lar mavjud bo‘lgan mahsulotlarni imkon qadar cheklash, sog‘lom va muvozanatli ovqatlanishga amal qilish tavsiya etiladi. Telegram | Instagram | Veb-sayt

  • 🧁Kremli konditer mahsulotlari qanday saqlanadi? ❗️Kremli konditer mahsulotlari (tortlar, pirojniylar va boshqa shirinliklar) tez buziluvchi oziq-ovqat mahsulotlari toifasiga kiradi. Ularni noto‘g‘ri saqlash inson salomatligiga jiddiy xavf tug‘dirishi, ovqatdan zaharlanish holatlariga olib kelishi mumkin. ⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt

  • без подписи

  • 💉 Qizamiqdan eng yaxshi himoya — vaksina! ‼️Qizamiq — juda tez yuqadigan va og‘ir asoratlar qoldirishi mumkin bo‘lgan kasallikdir. Uni oldini olishning eng ishonchli yo‘li — emlashdir. 📰 Farzandingiz sog‘ligi — o‘z qo‘lingizda. ⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati 📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt

  • без подписи

  • без подписи

  • OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI — SALOMATLIK GAROVI Sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish aholi salomatligini asrashda muhim ahamiyatga ega. Sanepidqo‘mita Farg‘ona viloyat boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan dehqon bozorlari hamda oziq-ovqat mahsulotlari savdo shoxobchalarida muntazam ravishda nazorat tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida olib borilgan o’rganishlar davomida sanitariya talablariga javob bermaydigan, saqlash sharoitlari buzilgan, sifatsiz va iste’molga yaroqsiz 38 559 kg oziq-ovqat mahsulotlari savdodan olindi. Yodingizda bo’lsin! Oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilishda ularning yaroqlilik muddati, saqlash sharoiti va sifatiga e’tibor qaratish lozim. Telegram | Instagram | Veb-sayt

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. — Cостоялся телефонный разговор Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева с Президентом Соединенных Штатов Америки Дональдом Трампом. #Mirziyoyev #muloqot #AQSh #hamkorlik Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

  • OG‘IR SUMKA – BOLA SALOMATLIGIGA XAVF! NIMALARGA E’TIBOR BERISH KERAK? ‼️O‘quv yili boshlanishiga ham oz fursat qoldi. Shu munosabat bilan maktab bozorlari  ham boshlandi. ❓Xo‘sh o‘quvchilarning yoshiga qarab sumka tanlashda ota-onalar nimalarga e’tibor berishlari kerak? ❓Darsliklar borasida qanday me’yorlar qabul qilingan? ♻️O‘qituvchi bolaga ta’lim berish jarayonida har bir fan oddiylikdan murakkablik sari izchil davom etgan asoslarga tayanadi. Bu asoslar esa o‘quv adabiyotlari – darsliklarda aks ettiriladi. Batafsil: 👇👇👇 https://gov.uz/oz/sanepid/news/view/202468 Sanepidqo'mita Axborot xizmati Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt

  • Qrim-Kongo gemorragik isitmasidan himoyalaning! Qrim-Kongo gemorragik isitmasi — asosan kana chaqishi, shuningdek kasallangan hayvonlarning qoni va to‘qimalari bilan bevosita aloqa qilish orqali yuqadigan o‘ta xavfli yuqumli kasallik. Kasallikning asosiy belgilari: -tana haroratining keskin ko‘tarilishi; -kuchli bosh va mushak og‘rig‘i; -holsizlik va umumiy darmonsizlik; -ko‘ngil aynishi, qusish; -og‘ir holatlarda qon ketishi. Kasallikning oldini olish uchun: -tabiat qo‘ynida tanani to‘liq yopib turuvchi kiyimlardan foydalaning; -kana chaqishiga qarshi himoya vositalaridan foydalaning; -tabiatdan qaytgach, tana va kiyimlarni sinchiklab tekshiring; -kanani qo‘l bilan ezmang va mustaqil ravishda olib tashlashga urinmang; -chorva mollari bilan ishlaganda qo‘lqop va maxsus kiyimlardan foydalaning; -tana harorati ko‘tarilishi yoki kana chaqishi holatida darhol tibbiyot muassasasiga murojaat qiling. Ehtiyotkorlik — kasallikning oldini olishning eng muhim chorasidir. Telegram | Instagram | Veb-sayt

  • #Bilasizmi Nega emlanish muhim? ✔️ Kasalliklarning oldini oladi: Eng muhimi vaksinalar tanadagi immun tizimini mustahkamlab, kasalliklardan himoya qiladi. ✔️ Yuqish zanjirini uzadi: Jamoaviy immunitet orqali virus va bakteriyalar tarqalishi kamayadi. ✔️ Asoratlarni oldini oladi: Emlanmagan odamlar kasallikdan og‘irroq holatda aziyat chekishi mumkin. ✔️ Jamiyat himoyasi: Emlanish olish orqali nafaqat o'zingiz, balki atrofingizdagilar, ayniqsa, chaqaloqlar, qariyalar va surunkali kasalligi bor insonlarni ham himoya qilasiz. ❗️Emlanish – bu nafaqat o‘z salomatligingiz, balki butun jamiyatning farovonligi uchun qadamdir! 🛡 Sizning salomatligingiz – Sizning qo‘lingizda! O‘z vaqtida emlaning! Sanepidqo'mita Axborot xizmati Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt

  • POLIZ MAHSULOTLARI: SOG‘LIQ UCHUN TO‘G‘RI XARID QILING! ‼️Sifatli va xavfsiz tarvuz hamda qovun xarid qilish uchun bir nechta oddiy qoidalarga rioya qiling. ❓Qayerdan sotib olish kerak? Faqat rasman ruxsat etilgan savdo joylarini tanlang. Yo‘l bo‘ylarida yoki ruxsat etilmagan joylarda poliz mahsulotlarini sotish taqiqlangan: bunday mahsulotlar zarur sanitariya tekshiruvidan o‘tmagan bo‘lishi mumkin. ‼️Sotuvchida quyidagilar bo‘lishi shart: ✅mahsulot sifati va xavfsizligini tasdiqlovchi hujjatlar, jumladan muvofiqlik sertifikati; ✅ sotuvchi haqida ma’lumot (yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor); ✅ ish vaqti ko‘rsatilgan; ✅ ishlaydigan tarozilar; ✅ mahsulot nomi va narxi ko‘rsatilgan narxnomalar. ♻️Xaridor mahsulotga oid hujjatlarni talab qilish huquqiga ega. ❓Nimaga e’tibor berish kerak? Batafsil: 👇👇👇 https://gov.uz/oz/sanepid/news/view/202419 Sanepidqo'mita Axborot xizmati Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|Veb-sayt | Emlash veb-sayt

  • OVQATLANISH RAТSIONIGA BALIQNI KIRITING ‼️Odam organizmiga shifobaxsh ta’sir etuvchi minglab omillar ichida ovqatlanish ayniqsa, o‘z vaqtida va me’yorida, zarur bo‘lganda esa parhezbop taomlar iste’mol qilish muhimdir. 📌Baliq inson organizmini tozalovchi, suyak va tishlarni mustahkamlovchi shifobaxsh mahsulot sifatida qadimdan sevib iste’mol qilinadi. Ayniqsa, tez hazm bo‘lishi va parhezbopligi baliqning qiymatini yanada oshiradi. Baliq go‘shti tarkibida juda ko‘p vitamin va mikroelementlar saqlanishi tufayli biologik qiymati ham mol va qo‘y go‘shtidan yuqori turadi. Baliq go‘shtining 100 grammida inson salomatligi uchun kerak bo‘ladigan bir kunlik — 0,2 milligramm yod saqlanadi. ♻️O‘zida oqsil, vitamin, minerallar, ayniqsa, temir, yod, magniy, fosfor, ruhni saqlagani sababli baliq odamni semirtirmay, organizmga kerakli quvvatni bera oladi. Batafsil: 👇👇👇 https://gov.uz/oz/sanepid/news/view/201998 Sanepidqo'mita Axborot xizmati Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|Veb-sayt | Emlash veb-sayt