FARMATSIYA V KURS | Rasmiy
Статистика- Последний пост
- 12 авг.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 2
- Всего постов
- 21
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 365
- 1/48двое суток
- 418
- 1/72трое суток
- 451
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
📢 ISHGA TAKLIF 💊 Farmatsevtlar uchun yangi ish imkoniyati! Lavozim: Dori vositalarini ro‘yxatga olish bo‘yicha mutaxassis 🔹 Nomzodga qo‘yiladigan talablar: Farmatsevtika yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumot; Dori vositalarini ro‘yxatga olish jarayonlari bo‘yicha bilim; Me’yoriy-huquqiy hujjatlar va farmatsevtika sohasidagi talablar bilan ishlash ko‘nikmasi; Hujjatlarni tayyorlash va tahlil qilish qobiliyati; Kompyuter dasturlaridan yaxshi foydalana olish; O‘zbek va rus tillarini bilish. 📌 Asosiy vazifalar: Dori vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun hujjatlarni tayyorlash; Ro‘yxatga olish hujjatlarini tahlil qilish va rasmiylashtirish; Vakolatli tashkilotlar bilan ro‘yxatga olish jarayonlari bo‘yicha ishlash; Hujjatlarning amaldagi talab va standartlarga muvofiqligini ta’minlash. 📚 Ish tajribasi bo‘lmagan nomzodlar ham murojaat qilishi mumkin! Ish jarayonini bilmaydigan xodimlarga ish o‘rgatiladi. 1 oylik sinov muddati belgilanadi. 💰 Oylik maosh: suhbat davomida kelishiladi. ⚠️ Ishlashga jiddiy qiziqqan va mas’uliyatli nomzodlargina murojaat qilishi so‘raladi. 📞 Murojaat uchun: +998909358668 Farmatsevtika sohasida professional faoliyatingizni yangi bosqichga olib chiqing!
📢 ISHGA TAKLIF Tashkent Pharma Park hududida faoliyat yurituvchi Milliy biofarmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti laboratoriyasiga ilmiy xodim lavozimiga mutaxassis ishga taklif etiladi. 🔹 Talablar: Farmatsevtika, kimyo, biologiya, biotexnologiya yoki turdosh yo‘nalish bo‘yicha oliy ma’lumot; Ilmiy-tadqiqot yoki tegishli sohada kamida 3 yil ish staji; IELTS sertifikati; Laboratoriya sharoitida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish ko‘nikmasi; Ilmiy maqola va tadqiqotlar bilan ishlash qobiliyati; Ingliz tilidagi ilmiy adabiyotlardan erkin foydalanish. 📍 Ish joyi: Tashkent Pharma Park, Milliy biofarmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti. 📩 Murojaat uchun: Telegram @Liunisato CV va IELTS sertifikatini taqdim etish so‘raladi. Ilm-fan va biofarmatsevtika sohasida o‘z faoliyatingizni rivojlantirish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
🚨 SHOSHILINCH VAKANSIYA! Grand Farm farmatsevtika korxonasi farmatsevtlar va ishlab chiqarish yo‘nalishida ishchi xodimlarni ishga taklif etadi. 📌 Bo‘sh ish o‘rinlari soni: 100 tadan ortiq Agar siz kelajagingizni rivojlanayotgan Grand Farm jamoasi bilan bog‘lashni istasangiz, bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! ✅ Rasmiy mehnat shartnomasi asosida ishga qabul qilinadi. ✅ O‘zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligiga muvofiq barcha hujjatlar rasmiylashtiriladi. ✅ Barqaror ish o‘rni va professional rivojlanish imkoniyati. 📲 Ishga qiziqqan nomzodlar quyidagi bot orqali rezyumelarini to‘ldirib yuborishlari so‘raladi: @grandpharmhr_bot Shoshiling! Bo‘sh ish o‘rinlari cheklangan.
Bitiruvchi talabalarning diplomlari tayyor bo’lgan diplom olish uchun avval aylanma varaqani to’ldirishingiz kerak bo’ladi. Qiladigan ishingiz: 1. Bugalteriya 2-bino Registrator ofisi 2. Yotoqxona 2-bino 104-xona 3. Kutubxona 1-bino -1-qavat 4. Marketing Qizlar yotoqxonasi yon tomonida 5. Dekan Shu 5 ta joydan qarzdorligi yo’q deb Hemisdan tasdiqlanganidan keyin Registrator ofisiga kelib diplom olishingiz mumkin bo’ladi. Talabalik guvohnomangizni topshirishingi shart! Siz grandmisiz kontraktmisiz yoki yotoqxonada yashagansizmi yo’qmi ahamiyati yo’q. Barcha talabalarda yuqoridagi 5 taning barchasi tasdiqlangan bo’lishi kerak.
📢 SHOSHILINCH BO‘SH ISH O‘RNI! 🏢 Korxona: Asia Pharma 💼 Lavozim: Omborxona mudiri 📋 Talablar: Kompyuter savodxonligi; Boshqaruvchilik qobiliyatiga ega bo‘lishi; Mas’uliyatli va tartibli bo‘lishi. 👤 Nomzod: O‘g‘il bola. 💰 Oylik maosh: 10–15 million so‘m. 📍 Ish joyi: Bektemir tumani. ⏳ 🚨 SHOSHILING! Bo‘sh ish o‘rni cheklangan. 📞 Murojaat uchun: +998 94 562 17 11 Telegram: @sayfiddinov17_17
🔄 “Perevod” qilish tartibi bo‘yicha kengroq tushuntirish #perevod Tushuntirishlarning asosi: 2022-yil 15-iyundagi PQ-279-son Prezident qarori. 1️⃣ Bir davlat OTMdan boshqa davlat OTMga o‘qishni ko‘chirish Bunday holda faqat 2 ta vaziyatda ruxsat beriladi: 1) talaba oila qursa va turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi OTMga ko‘chmoqchi bo‘lsa; 2) davlat xizmatchisi ish yuzasidan boshqa hududga ko‘chsa va turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandining o‘qishini o‘sha hududga ko‘chirmoqchi bo‘lsa (ishga kirgan vazirlik xati asosida). ❌ Boshqa hududga ham, o‘z hududidagi boshqa OTMga ham shu qoida ishlaydi. Masalan, SamDU talabasi Samarqand tibbiyot universitetiga ko’chiraman desa ham, Toshkent tibbiyot universitetiga ko’chiraman desa ham shu 2 ta sabab kerak. 2️⃣ Xorijdan o‘qishni ko‘chirish Bunda o‘tgan yilgi tartib saqlanib qolgan: 1) mos va turdosh yo‘nalishga test yoki ijodiy imtihon topshiradi hamda o‘tish balini to‘plash talab etiladi. 2026-yilgi o’tish ballari bu yerda: https://t.me/xushnudbek/33059 2) o‘tish balini to‘play olmasa, super-kontrakt shartlari asosida o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi; 3) xorijdan mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalishga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat berilmaydi. 2026-yilgi turdosh yo’nalishlar ro’yxati bu yerda: https://t.me/xushnudbek/33089 ‼️ Test o’tgach, har bir talabaning hujjati qayta tekshiriladi. Kimdir “xorijda o’qiyapti” degan soxta hujjat tayyorlagan bo’lsa, natijalar bekor qilinadi va prokuraturaga soxta hujjat tayyorlash fakti yuzasidan murojaat etiladi. 3️⃣ O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish Bunda ham o‘tgan yilgi tartib saqlanib qolgan: 1) mos va turdosh yo‘nalishga test yoki ijodiy imtihon topshiradi hamda o‘tish balini to‘plash talab etiladi. 2026-yilgi o’tish ballari bu yerda: https://t.me/xushnudbek/33059 2) o‘tish balini to‘play olmasa, super-kontrakt shartlari asosida o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi; 3) mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalish uchun esa bir martalik “super-kontrakt” to‘lab, imtihonsiz ko‘chirishi mumkin. t.me/xushnudbek/24579 2026-yilgi turdosh yo’nalishlar: https://t.me/xushnudbek/33089 4️⃣ Davlat OTMdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish Buni davlat hozircha nazorat qilmaydi, buning tartibini nodavlat OTMlar o‘zi mustaqil belgilaydi. Nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish mumkin yoki mumkin emasligini o‘sha OTMning o‘zidan aniqlashtiring. 5️⃣ Nodavlat OTMdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish Buni ham davlat hozircha nazorat qilmaydi, tartibini nodavlat OTMdan aniqlashtirish kerak. 6️⃣ Xorijdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish Buni ham davlat hozircha nazorat qilmaydi, tartibini ko‘chirmoqchi bo‘linayotgan nodavlat OTMdan aniqlashtirish kerak. 7️⃣ Bir davlat OTM ichida bir yo’nalish yoki fakultetdan boshqa yo’nalish yoki fakultetga o‘qishni ko‘chirish Ushbu masala OTM rektori tomonidan hal qilinadi, ariza ham rektor nomiga yoziladi. Bunda ko’chirilayotgan yo’nalishning mos va turdoshligi, ko’chirilish sababi, OTM imkoniyatlari va boshqa faktorlar inobatga olinishi mumkin. 8️⃣ Bir OTM va hatto bir yo’nalish doirasida ta’lim shaklini yoki tilni o’zgartirish Ushbu masala ham OTM ma’muriyati tomonidan hal qilinadi. Bunda ham ko’chirish maqsadi, OTMning imkoniyati (masalan, auditoriya sig’imi, professor-o’qituvchilari soni va hk) va boshqa faktorlarga qaralishi mumkin. Masalan, kechki, sirtqi yoki masofaviydan kunduzgiga o’tkazish deyarli imkonsiz, bu haqda o’ylamasa ham bo’ladi. Lekin kunduzgidan ko’chirish odatda muammosiz hal bo’ladigan masala. 🆕 Joriy yilda o’qishni ko’chirishda yangi tartib amal qiladi, ya’ni endi imtihonida sertifikatlar ham inobatga olinadi. *** Arizalar quyidagicha qabul qilinadi: ➡️ transfer.edu.uz — respublikaning bir davlat oliygohidan boshqa davlat oliygohiga yoki bir oliygoh ichida; ➡️ my.uzbmb.uz/service/41 — xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan davlat oliygohlariga. ☝️Arizalar 15-iyuldan 5-avgustgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi. 👉 @xushnudbek 👈
🎓 Hurmatli bitiruvchilar! Diplomlar tayyor! Diplomingizning tasdiqlangan elektron variantini HEMIS tizimiga kirib yuklab olishingiz mumkin.
📢 DIQQAT, BITIRUVCHI KURS TALABALARI! 💊 "Serena Health Care" dori vositalari ishlab chiqaruvchi korxonasida yangi bo‘lim tashkil etilayotgani munosabati bilan 20 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari uchun bitiruvchi kurs talabalari ishga taklif etiladi. 📋 Ishga qabul qilishning asosiy shartlari: Ish jarayoni bilmaganlarga o'rgatiladi Sinov muddati – 3 oy; Haftasiga 5 kunlik ish; Lavozimga qarab smenali ish yoki me'yordan tashqari ish vaqti; Ish vaqti O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq belgilanadi. 📍 Ish joyi: Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Bog‘zor ko‘chasi, 1-uy. 🎁 Korxona tomonidan taklif etiladi: ✅ Raqobatbardosh ish haqi; ✅ Tushlik ovqati; ✅ Smenali ishda kechki ovqat; ✅ Mehnat natijalariga qarab lavozim bo‘yicha o‘sish (karyera) imkoniyati; ✅ Zamonaviy va qulay mehnat sharoiti; ✅ Mehnat qonunchiligi hamda farmatsevtika sohasidagi standartlarga to‘liq rioya qilinishi. 📅 Suhbat sanasi: 2026-yil 27-iyul 📝 Suhbatda ishtirok etish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi. 📞 Ro‘yxatdan o‘tish uchun: 📱 +998 94 562 17 11 💬 Telegram: @Sayfiddinov17_17 🎓 Hurmatli bitiruvchilar! Farmatsevtika sohasida o‘z faoliyatingizni nufuzli korxonada boshlash imkoniyatini qo‘ldan boy bermang. Sizni suhbatda kutib qolamiz!
Hurmatli bitiruvchilar! Barcha guruhlar Diplomlari tayyor bo‘ldi. Barcha bitiruvchilardan HEMIS tizimidagi shaxsiy profiliga kirib, diplom ma’lumotlarini diqqat bilan tekshirib chiqishlari so‘raladi. Xususan: familiya, ism va sharifi; familiya va ismingizni ingliz tilidagi yozilishi. Agarda bitiruvchilarida diplom ko’rinmayotgan bo’lsa kontrakt yoki TTJ dan qarzdorligi sabab bo’ladi. Agar ma’lumotlarda xato yoki kamchilik aniqlansa, bu haqda Telegram orqali @Amirbek_Ashirbayevich ga zudlik bilan xabar berishingiz so‘raladi.
Hurmatli bitiruvchilar! FI 501 AB dan FI 509A, FT 517 AB guruhlar diplomlari tayyor bo‘ldi. Agarda yuqoridagi guruh bitiruvchilarida diplom ko’rinmayotgan bo’lsa kontrakt yoki TTJ dan qarzdorligi sabab bo’ladi. Ushbu guruh bitiruvchilaridan HEMIS tizimidagi shaxsiy profiliga kirib, diplom ma’lumotlarini diqqat bilan tekshirib chiqishlari so‘raladi. Xususan: familiya, ism va sharifi; familiya, ismining ingliz tilidagi yozilishi. Agar ma’lumotlarda xato yoki kamchilik aniqlansa, bu haqda Telegram orqali @Amirbek_Ashirbayevich ga zudlik bilan xabar berishingiz so‘raladi. Qolgan guruhlar diplom ma’lumotlari bugun (18.07.2026) tugatiladi. Yana bir eslatma, HEMIS ga kirish faqat one id orqali amalga oshiriladi, dekanatdan login va parolingizni so’rab ovora bo’lmang.
без подписи
без подписи
TTJdan qarzdorlik chiqdi.
FI 506A va B guruhlari kirib diplomlarni tekshirishi mumkin.
YOTOQXONADAN QARZI BOR DIPLOM SHAKLLANMADI
Jabbarova Ozoda 505B TTJ dan qarzdorlik aniqlandi.
FI 505B guruh kirib diplomlarni tekshirishi mumkin.
FI 505A guruh kirib diplomlarni tekshirishi mumkin.
900260900 Iroda ga aloqaga chiqing
Shu talabalarda kontrakt qarzdorlik bor deb chiqyapti