Uzpharmcontrol
СтатистикаSSV huzuridagi "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" davlat muassasasining rasmiy telegram kanali Telefon: (+99871) 203-01-01 Veb-sayt: www.uzpharm-control.uz Aloqa bot: @uzpharmcontrol_bot
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 15
- Всего постов
- 37
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Новости и СМИ (по похожим)
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 2 907
- 1/48двое суток
- 3 331
- 1/72трое суток
- 3 593
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
⭕️⭕️⭕️ Dorixonalardagi reyd qo‘rqinchli manzarani fosh etdi Toshkent shahridagi dorixonalarda o‘tkazilgan navbatdagi nazorat tadbirlari davomida muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lmagan 86 turdagi, shuningdek, yaroqlilik muddati o‘tgan 5 turdagi dori vositasi savdoda turgani aniqlandi. ❗️Eng tashvishlisi — ayrim dorixonalarda litsenziya muddati tugagan bo‘lishiga qaramay, faoliyatini davom ettirilgan. Bu shunchaki qoidabuzarlik emas. Bu — inson salomatligi bilan bog‘liq jiddiy xavf. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi. Administratsiya Prezident faoliyati va Konstitutsiyaviy vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlovchi yagona konstitutsiyaviy institut hisoblansa-da, davlat organlari bilan munosabatlarda uning faoliyatini qonun bilan tartibga solish bo‘yicha huquqiy bo‘shliq mavjud edi. Endilikda yangi qonun bilan ushbu masalalar tartibga solindi. Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etishda Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasidagi faoliyati qonun bilan tartibga solinishi Prezidentlik institutining huquqiy asoslarini kuchaytiradi. Xalqaro amaliyotda Prezident faoliyatini ta’minlovchi institutning huquqiy maqomi qonun darajasida belgilanishi Prezidentlik boshqaruvining institutsional standarti hisoblanadi. Qonun 4 ta bob va 34 ta moddadan iborat bo‘lib, Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasida Prezident faoliyatini ta’minlashning konstitutsiyaviy mexanizmlari qonunda huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. Xususan: – Administratsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy, tahliliy jihatdan ta’minlaydigan davlat organi sifatida belgilandi; – Administratsiyani Prezident shakllantiradi, Prezident belgilagan asosiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi, Prezidentga bo‘ysunadi va hisobdor bo‘ladi. Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilandi: – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy va tahliliy ta’minlash; – Prezidentning farmon, qaror va farmoyishlari loyihalarini hamda topshiriqlarini tayyorlash, ularning ijrosini tashkil etish, nazoratini olib borish hamda ularni amalga oshirishga ko‘maklashish; – Prezidentning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga oid yangi tashabbuslarini ishlab chiqish; – aholi va tadbirkorlar bilan ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotlarni tashkil etish va ularni qiynayotgan masalalarga yechimlarni ishlab chiqish; – qonunlarni imzoga yoki qaytarishga tayyorlash; – Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasini tashkil etish; – Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqalar. Shuningdek, qonunda Administratsiya rahbarining huquqiy maqomi va vazifalari, Administratsiyaning mansabdor va boshqaruv shaxslarini lavozimga tayinlash hamda ozod etishga oid normalar belgilangan, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi faoliyatini tashkil etishning qonuniy asoslari yaratilgan. Administratsiya Prezident faoliyatini tashkil etish doirasida parlament, Hukumat, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, sud hokimiyati va sudyalar hamjamiyati organlari bilan hamkorlik qiladi. Administratsiya Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va Prezidentga kiritadi. Administratsiya xodimlari uchun ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy himoya choralari nazarda tutilmoqda. Prezident Administratsiyasi to‘g‘risida Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, davlat organlarini xalqqa xizmat qiladigan, ochiq va hisobdor tizimga aylantirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi. Facebook|Instagram|X
4 savolga 4 javob: Muhim maʼlumotlar eslatmasi 👍 Reseptsiz beriladigan dori vositalari haqida qayerdan ma’lumot olsa bo‘ladi? - Javob 👍 Retsept bilan sotiladigan dori vositalari ro‘yxati qanchalik to‘g‘ri shakllantirilgan? - Javob 👍 Bundan buyon dorixonalarda barcha dori vositalari elektron retsept asosida sotiladimi? - Javob 👍 Dori vositalarini retsept bilan yoki retseptsiz berish tartibi qaysi mezonlar asosida belgilanadi? - Javob Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
🟦🟦 Yurtimizda dori vositalari va tibbiy jihozlar xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? Ayni paytda “Studia 24” tok-shousining jonli efirida yurtimizda dori vositalari va tibbiy jihozlar xavfsizligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan muhokama bo‘lib o‘tmoqda. Unda Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi direktori Alisher Temirov boshchiligida Markaz mutaxassislari ishtirok etib, dori vositalarining sifati va xavfsizligini nazorat qilish, tibbiy jihozlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, farmatsevtika bozorida xavfsizlik talablariga rioya etilishi hamda ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumot bermoqda. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
🟦🟦🟦 Tibbiy jihozlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va xavfsizlik monitoringi masalalari muhokama qilindi Tibbiy jihozlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonini yanada takomillashtirish, hujjatlarni elektron shaklda to‘g‘ri taqdim etish hamda tibbiy jihozlar xavfsizligi monitoringi bo‘yicha mutaxassislarning amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazida mahalliy va xorijiy ishlab chiqaruvchilar vakillari ishtirokida o‘quv seminari o‘tkazildi. 👉 Batafsil Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
🟦🟦🟦 O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni farmatsevtika regulyatorlar organlari o‘rtasida ilk rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasi hamda Saudiya Arabistoni Oziq-ovqat va dori vositalari boshqarmasi (SFDA) o‘rtasidagi ilk rasmiy uchrashuvda dori vositalarining sifati va xavfsizligini ta’minlash, zamonaviy regulyator yondashuvlarini joriy etish, tajriba almashish hamda ikki davlat regulyatorlari o‘rtasida tizimli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. 👉 Batafsil Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
🟤 🟦🟦 Mahalliy tibbiy jihozlar ishlab chiqaruvchilari va distribyutorlari diqqatiga Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi tibbiy jihozlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish jarayonida ishlab chiqarish sharoitlarini inspeksiyadan o'tkazish bilan bog'liq amaldagi tartiblar yuzasidan quyidagilarni ma'lum qiladi. Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 738-son qarori hamda Sog'liqni saqlash vazirining 2026-yil 14-apreldagi 2-son buyrug'i bilan tibbiy jihozlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish jarayonida ishlab chiqarish sharoitlarini inspeksiyadan o'tkazish tartibi belgilangan. Mazkur tartibga muvofiq, tibbiy jihozlarni davlat ro'yxatidan o'tkazishda ishlab chiqarish sharoitlari ISO 13485 xalqaro standarti bilan uyg'unlashtirilgan milliy standart talablariga muvofiqligi yuzasidan inspeksiyadan o'tkaziladi. Shuningdek, tan olish (prequalification) asosida ro'yxatdan o'tkaziladigan, Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti tomonidan qayta malakalangan (prequalification), JSST bilan hamkorlikda ro'yxatdan o'tkaziladigan "in vitro" diagnostika tibbiy jihozlari uchun amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan istisnolar saqlanib qoladi. Bundan tashqari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-avgustdagi PF-137-son Farmoniga muvofiq, 2027-yil 1-iyuldan boshlab tibbiy jihozlar uchun muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirishda ishlab chiqaruvchining ISO 13485 milliy standartiga muvofiqlik sertifikatiga ega bo'lishi talab etiladi. Ma'lumot uchun, O‘zMSt ISO 13485:2025 milliy standarti talablariga muvofiqlik sertifikatini olish masalalari yuzasidan Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi huzuridagi Sifat menejment tizimlarini sertifikatlashtirish organiga murojaat qilishingiz mumkin. 📼 Tel: 71 203-01-01 (ichki: 2085, 2086, 2087) 📼 Elektorn pochta: farmkomitet@ssv.uz Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
🟦🟦🟦 Mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan navbatdagi onlayn muloqot o’tkazildi Mahalliy ishlab chiqaruvchilarining dori vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar Zoom platformasi orqali o‘tkazilgan navbatdagi onlayn muloqotda muhokama qilindi. Unda “ASEPTICA” MChJ tomonidan taqdim etilgan 41 nomdagi hamda “ZUNNUR SERVIS FARM” MChJ tomonidan ishlab chiqarilgan 2 nomdagi dori vositasining ro‘yxatdan o‘tkazilishi, ekspertiza jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va ishlab chiqaruvchilarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish masalalariga e’tibor qaratildi. 👉 Batafsil Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
🟦🟦🟦🟦 Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalarni qo‘llash imkoniyatlari muhokama qilindi “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasida O‘zbekistonda faoliyat yurituvchi U-BSS texnologik kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda farmatsevtika nazorati va Markazning kundalik faoliyatida sun’iy intellekt, nutq texnologiyalari, ovozli yordamchilar hamda raqamli bilimlar bazasidan foydalanish istiqbollari muhokama qilindi. Ma'lumot uchun U-BSS kompaniyasi Shveytsariyaning Tsyurix shahrida joylashgan Spitch AG kompaniyasining Markaziy Osiyodagi eksklyuziv hamkori bo‘lib, uchrashuvda Spitch AGning nutq texnologiyalari va D2VerbAI dialog platformasi, shuningdek, kompaniyaning davlat sektori bilan amalga oshirgan loyihalari bo‘yicha tajribasi taqdim etildi. Shuningdek uchrashuv davomida zamonaviy raqamli texnologiyalarni Markaz faoliyatida qo‘llash imkoniyatlarini o‘rganish hamda mazkur yo‘nalishdagi takliflarni ko‘rib chiqish masalalari muhokama qilindi. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
🟦🟦🟦 Giyohvandlikka qarshi kurashish bo‘yicha hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi Joriy yilning 10 avgust kuni Farg'ona viloyat hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosiga yuzasidan yig‘ilish o'tkazildi. 👉 Batafsil Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦 Daniya dori vositalari agentligi (DKMA) bilan farmatsevtika regulyatorligi sohasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" DM vakillari Daniya Dori vositalari agentligi (DKMA) hamda O‘zbekistonning Shvetsiyadagi elchixonasi vakillari bilan ilk videokonferensaloqa o‘tkazdi. Uchrashuvda O‘zbekiston farmatsevtika regulyatorlik tizimini xalqaro tajriba asosida takomillashtirish, DKMA bilan professional hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda tajriba almashish, o‘quv dasturlari va qo‘shma tashabbuslar bo‘yicha istiqbolli yo‘nalishlar muhokama qilindi. 👉 Batafsil Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
🟦🟦🟦 Hurmatli tadbirkorlar va tibbiy jihozlar importyorlar diqqatiga! O‘zbekiston Respublikasiga xorijdan tibbiy jihozlar va tibbiy buyumlarni olib kirish jarayonida mazkur mahsulotlarning majburiy davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi talab etiladimi yoki yo‘qmi degan masala muhim ahamiyatga ega. 📊 Avval xabar berganimizdek, Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markaziga tadbirkorlar va importyorlar tomonidan yuborilayotgan tibbiy jihozlarning majburiy davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladigan mahsulotlar qatoriga kiritilganligi yoki kiritilmaganligi to‘g‘risidagi murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi o‘zgargan. Endilikda mazkur masala yuzasidan Markazdan tegishli ma’lumot va xulosa olish uchun murojaatlarni elektron shaklda DARMON axborot tizimi orqali, foydalanuvchi qo‘llanmasida ko‘rsatilgan tartibda ariza yuborish orqali amalga oshirish talab etiladi. 📊 Eslatib o'tamiz, mazkur tartib 2026-yil 6-iyuldan kuchga kirgan bo'lib, tibbiy jihozlarni import qilishni rejalashtirayotgan tadbirkorlar va importyorlardan murojaatlarni belgilangan yangi tartib asosida, ya’ni DARMON axborot tizimi orqali elektron shaklda yuborishlarini so‘raymiz. DARMON axborot tizimi orqali ariza yuborish tartibi bo‘yicha batafsil ma’lumot foydalanuvchi qo‘llanmasida keltirilgan. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
🟦🟦🟦 Markazda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha o‘quv kursi yakunlandi Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazida xodimlarning kasbiy salohiyatini oshirish, zamonaviy raqamli texnologiyalarni ish jarayonlariga keng joriy etish hamda sun’iy intellekt vositalaridan samarali foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan “Prompt injiniring: Claude AI va Google Gemini bilan samarali ishlash” mavzusidagi malaka oshirish o‘quv kursi yakunlandi. 👍 O‘quv kursi davomida ishtirokchilarga zamonaviy sun’iy intellekt platformalaridan samarali foydalanish, aniq va sifatli so‘rovlar (promptlar) tuzish, sun’iy intellekt vositalari yordamida hujjatlar bilan ishlash, ma’lumotlarni tahlil qilish hamda kundalik ish jarayonlarini optimallashtirish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlar berildi. Kurs yakunida o‘quv dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan Markaz xodimlariga maxsus sertifikatlar topshirildi. Tadbirda ta’kidlanganidek, sun’iy intellekt va zamonaviy raqamli texnologiyalardan oqilona hamda samarali foydalanish mehnat unumdorligini oshirish, ish jarayonlarini optimallashtirish va boshqaruv qarorlarini tezkor hamda sifatli qabul qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
🟦🟦🟦 Markaz faoliyatini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish masalalari muhokama qilindi Sog‘liqni saqlash vazirligida Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi faoliyatini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Markaz tomonidan jalb etilgan mustaqil xalqaro ekspert Dragos Gutu tomonidan bir oy davomida o‘tkazilgan kompleks audit natijalari Sog‘liqni saqlash vaziriga taqdim etilib, regulyator jarayonlarni takomillashtirish va WHO ML3 darajasiga erishish bo‘yicha vazifalar muhokama qilindi. 👉 Batafsil Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
🟦🟦🟦🟦🟦 O‘tgan haftada "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" davlat muassasasi faoliyatida ro‘y bergan muhim voqealar: 😎 Vazir xususiy sektor vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi 😎 Buxoro viloyatida giyohvandlik vositalari va prekursorlar muomalasi yuzasidan o‘rganish hamda sayyor seminar bo'lib o'tdi 😎 Tibbiy jihozlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish qaysi hollarda rad etilishi ma'lum qilindi 😎 Mahalliy dori vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish masalalari muhokama qilindi 😎 "Yangi O‘zbekistonni yoshlar quradi!": Markazda kitobxonlik targ‘iboti va "Sohibqiron Amir Temur" filmi namoyishi o‘tkazildi 😎 Farmakologik nazorat va sertifikatlashtirish tizimidagi dolzarb masalalarga bag‘ishlangan vebinar o‘tkazildi 😎 Markazda sun’iy intellekt texnologiyalari bo‘yicha malaka oshirish kursi bo'lib o'tdi 😎 Mahalliy dori vositalari ishlab chiqaruvchilari uchun farmakonazorat bo‘yicha o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi 😎 O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasida farmatsevtika sohasidagi regulyator hamkorlik muhokama qilindi 😎 Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Matbuot xizmati Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
🟦🟦🟦🟦 O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasida farmatsevtika sohasidagi regulyator hamkorlik muhokama qilindi "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" DMda Saudiya Arabistoni hamda Hindistonning farmatsevika kompaniyalari vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekistonda dori vositalarini muomalaga kiritish bilan bog‘liq regulyator masalalar, xususan, ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, tan olish orqali ro‘yxatdan o‘tkazish, sertifikatlashtirish, hujjatlarni taqdim etish tartiblari muhokama qilindi. 👉 Batafsil Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. — Cостоялся телефонный разговор Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева с Президентом Соединенных Штатов Америки Дональдом Трампом. #Mirziyoyev #muloqot #AQSh #hamkorlik Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🟦🟦🟦 Mahalliy dori vositalari ishlab chiqaruvchilari uchun farmakonazorat bo‘yicha o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi Mahalliy dori vositalari ishlab chiqaruvchi korxonalarning farmakonazorat bo'yicha ma'sul mutaxassislarining bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi davlat muassasasida o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. Seminar davomida dori vositalari xavfsizligini monitoring qilish, nojo‘ya reaksiyalar haqida xabar berish tartibi hamda "FARMAKONAZORAT" milliy elektron bazasidan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi. 👉 Batafsil Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
⭕️⭕️⭕️ Bojxonada 21 tonna qalbaki dori fosh etildi Toshkent aeroporti bojxonasida Xitoydan keltirilgan 21 tonnadan ortiq va umumiy qiymati 7,3 milliard so‘mga teng bo‘lgan kontrafakt dori vositalari fosh etildi. Bojxona deklaratsiyasida ushbu "EFBA" nomli infuzion dori vositalari Hindistonda ishlab chiqarilgani ko‘rsatilgan bo‘lsa-da, aslida ularning qadoqlarida ishlab chiqaruvchi haqida hech qanday ma’lumot aks ettirilmagan. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
🟦🟦🟦 Tibbiy jihozlarni ishlab chiqaruvchi va ro‘yhatdan o‘tkazuvchi mutaxassislar diqqatiga! Joriy yilning 12-avgust kuni “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasida tibbiy jihozlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda ularning xavfsizligi monitoringini yuritishning amaliy jihatlariga bag‘ishlangan o‘quv seminari bo‘lib o‘tadi. Seminar tibbiy jihozlarni ishlab chiqaruvchi mahalliy va xorijiy korxonalar hamda sohaga mas’ul mutaxassislar uchun mo‘ljallangan. 👉 Batafsil Telegram | Facebook | Instagram | Youtube