tgindex
Sog‘liqni saqlash vazirligi

Sog‘liqni saqlash vazirligi

Статистика

Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy telegram kanali — t.me/ssvuz Vazirlikning Matbuot xizmati tomonidan yuritiladi. Rasmiy sayt: ssv.uz Elektron pochta: info@ssv.uz Sahifalarimiz: facebook.com/ssvuz Manzil: Toshkent sh. Navoiy ko‘chasi, 4. Tel: 1003

Последний пост
10:42
Последнее чтение
08:49
Постов за неделю
40
Всего постов
94
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Новости и СМИ (по похожим)
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
120 703
−3 003 за 4 дн.
Сутки
−294
−0,24%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
11,8 тыс
40 постов
Вовлечённость
9,7%
к подписчикам
Постов в день
5,7
всего 94
Упоминаний
166
каналов
Охват размещения
по 18 постам
1/24сутки в ленте
9 600
1/48двое суток
11 001
1/72трое суток
11 864

Медиана по постам, которые мы застали свежими и померили через сутки.

Посты

  • 10:422 57965

    видео или голосовое, без подписи

  • 07:424 513731

    #Audiopodkast 🔴 🌍🌍🌍🌍🌍🌍🌍 🎙“AUDIOPODKAST”: Tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga uy-joy sotib olish uchun subsidiya berish tartibi qanday? 🪩SSV Matbuot xizmati tomonidan yo‘lga qo‘yilgan “AUDIOPODKAST” loyihasining navbatdagi sonini e’tiboringizga havola etamiz. Unda Hukumat qarori bilan tasdiqlangan tegishli Nizom asosida tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga uy-joy sotib olish uchun subsidiya berish tartibi xususida so‘z yuritiladi. 🎙 “Audiopodkast” orqali quyidagi savollarga javob olasiz: ✔️ Subsidiydan kimlar foydalana oladi? ✔️ 15 yillik ish staji uzluksiz bo‘lishi shartmi? ✔️ Ajratiladigan mablag‘ miqdori qancha? ✔️ Ariza qay tartibda topshiriladi? ✔️ Xodim yoki uning turmush o‘rtog‘i nomida uy-joy bo‘lishi subsidiya olishga to‘sqinlik qiladimi? ✔️ Gʻoliblar qanday tanlanadi? ➡️ Ekspert — Sog‘liqni saqlash vazirligi boshqarma boshlig‘i Dilmurod Asatullayev.   🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram

  • 15 авг.8 1181539

    #Ona_va_bola_salomatligi 🔴 🖥🖥🖥 👩‍❤️‍👨 Yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning salbiy oqibatlari ko‘p. Ayniqsa, bu holat tug‘iladigan farzandlar salomatligi uchun xavfli. ❓ Xo‘sh, asoratlar nimalarda namoyon bo‘lishi mumkin? 📊 Yuqoridagi infografika orqali shu haqda zarur ma’lumotlarga ega bo‘lasiz. 🚑  SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram

  • 15 авг.11,5 тыс1883

    #Bilasizmi 🔴 1️⃣2️⃣4️⃣4️⃣5️⃣6️⃣ 📃 Eski tartib bo‘yicha 086-shakldagi tibbiy ma’lumotnomani olish uchun tibbiy ko‘riklar tugaganidan keyin shifoxonaga qayta borish va navbatlarda turish talab etilardi. ⬇️ Endi fuqarolar my.gov.uz portalining "Sog‘liqni saqlash" bo‘limi orqali bu hujjatni onlayn yuklab olishi mumkin. 🎥 Yuqoridagi videoyo‘riqnoma orqali bu haqda batafsil ma'lumotga ega bo‘lasiz. 🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram

  • 15 авг.8 9971445

    #Audiopodkast 🔴 🌍🌍🌍🌍🌍🌍🌍 🎙“AUDIOPODKAST”: Infarkt va insultdan himoyalanish uchun qanday profilaktik choralar-tadbirlar ko‘rish kerak? SSV Matbuot xizmati tomonidan yo‘lga qo‘yilgan “AUDIOPODKAST” loyihasining navbatdagi sonini e’tiboringizga havola etamiz. Unda Prezidentimizning 2026-yil 20-yanvardagi tegishli qarorida belgilangan vazifalar mazmun-mohiyati va ahamiyati xususida so‘z yuritiladi. 🎙 “Audiopodkast” orqali quyidagi savollarga javob olasiz: ✔️ Qarorning asosiy mazmun-mohiyati nima? ✔️ 30 yoshdan keyin maqsadli tibbiy tekshiruvlar nima uchun muhim? ✔️ Qaror bilan bemorlarning klinik marshruti belgilandi. Nega? ✔️ “Oltin soat” tamoyili bemor hayotini saqlashda qanchalik zarur? ✔️ Insultda FAST algoritmi nima? ✔️ Qon bosimining qanday ko‘rsatkichi “xavfli signal” hisoblanadi? 👨‍⚕️ Ekspert — Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bosh direktori Davron To‘laganov. 🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram

  • 14 авг.9 82633114

    #Reyd ⭕️⭕️⭕️ Dorixonalardagi reyd qo‘rqinchli manzarani fosh etdi Toshkent shahridagi dorixonalarda o‘tkazilgan navbatdagi nazorat tadbirlari davomida muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lmagan 86 turdagi, shuningdek, yaroqlilik muddati o‘tgan 5 turdagi dori vositasi savdoda turgani aniqlandi. ❗️Eng tashvishlisi, ayrim dorixonalar litsenziya muddati tugagan bo‘lishiga qaramay, faoliyatini davom ettirgan. Bu shunchaki qoidabuzarlik emas. Bu — inson salomatligi bilan bog‘liq jiddiy xavf. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram

  • 14 авг.9 636926

    #Raqamli_tibbiyot 🔴 no_comment ❗️SSV: Vazir tibbiyotni raqamlashtirishga doir loyihalar taqdimoti bilan tanishdi Shifokor qabuliga uzundan uzun navbatlar, qog‘oz hujjatlar o‘rnini bugun zamonaviy raqamli texnologiyalar egallamoqda. Xususan, sohada yo‘lga qo‘yilgan DMED elektron axborot tizimi orqali bemorlarni ro‘yxatga olish, tibbiy ma’lumotlarni yagona raqamli makonda jamlash hamda ulardan tezkor foydalanish imkoniyatlari kengaymoqda. Hozirga qadar mazkur platformada 38 milliondan ziyod aholining elektron tibbiy kartasi shakllantirilgani buning tasdig‘idir. Sog‘liqni saqlash vaziri Eldor Adilov ushbu tizimning yangi imkoniyatlari va uni yanada takomillashtirishga qaratilgan taqdimot bilan tanishdi. Unda platformaning elektron xizmatlar ko‘lamini kengaytirish, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarni samarali tashkil etishga doir yangi yechimlar namoyish etildi. Jumladan, DMED tizimining “Imtiyozli yo‘llanma” modulida elektron navbat olishni takomillashtirish, elektron retseptni rasmiylashtirish, homiladorlik davri uchun mehnat ta’tilini elektron shaklda rasmiylashtirish kabi masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, tibbiy axborot tizimlarini Raqamli sog‘liqni saqlashning yagona platformasi bilan integratsiya qilish, dori-darmonlarga bo‘lgan ehtiyojni shakllantirish bo‘yicha texnik yechimlar tadbir kun tartibidan o‘rin oldi. 🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram

  • 14 авг.7 980958

    🔴 #Fakt ❗️Amerikadagi o‘zbek hamshirasi: “Maoshimning deyarli hammasi xarajatlarga ketadi” Amerikadagi o‘zbek hamshirasi bu davlatda yiliga 150 ming dollargacha maosh olishi, biroq kundalik chiqimlar, ayniqsa oziq-ovqat mahsulotlari hamda transport narxlari oshgani bois oyligining deyarli hammasi xarajatlarga ketishini ma'lum qildi. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram

  • 14 авг.8 618519

    O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonuni 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram

  • 14 авг.13,4 тыс1293

    🔴 1️⃣2️⃣4️⃣4️⃣5️⃣6️⃣ ✅ Sog‘liqni saqlash vazirligining 2026-yil 13-yanvardagi buyrug‘i bilan salomatligi xavfsizlik kamari taqish imkonini bermaydigan shaxslar uchun tegishli kasallik va holatlar ro‘yxati tasdiqlangan. ❓Xo‘sh, unga ko‘ra xavfsizlik kamari taqishdan kimlar ozod etiladi? 🎥 Yuqoridagi videorolik orqali bu haqda batafsil ma'lumotga ega bo‘lasiz. 🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram

  • 14 авг.14,7 тыс1776

    #Ijtimoiy_rolik 🔴 ⭕️⭕️⭕️ 🫀Prezidentimiz tomonidan shu yil 20-yanvarda “O‘tkir yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarning oldini olish chora-tadbirlarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaror imzolangan edi. 📋Hujjatga muvofiq xalqaro dasturlar asosida Infarkt va insultga qarshi kurashish milliy dasturi ishlab chiqildi. 🔬Unga ko‘ra, ayni paytda 30 yoshdan oshgan aholi o‘rtasida yiliga 1 marta o‘tkir yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarni barvaqt aniqlash bo‘yicha maqsadli tibbiy tekshiruvlar o‘tkazilmoqda. 🔺 Maqsad — yurak-qon tomir xastaliklarini erta aniqlash, infarkt va insultning oldini olish hamda nogironlik va erta o‘lim holatlarini kamaytirishdan iborat. 📹 Ushbu videorolik orqali mazkur tibbiy ko‘riklarning ahamiyati xususida zarur ma’lumotlarga ega bo‘lasiz. 🚑  SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram

  • Live stream finished (23 minutes)

  • Live stream started

  • 13 авг.10,9 тыс2654

    🔴 #Mustaqil_yurt_tibbiyoti   ❓ Raqamli tibbiyot: DMED tizimi aholiga qanday qulayliklar yaratmoqda?   💻 Prezidentimizning tibbiyotga qaratib kelayotgan yuksak e’tibori bilan soha to‘liq raqamlashtirilmoqda. Shu maqsadda ishlab chiqilgan DMED tizimi yurtimizda joriy etilgan davlat raqamli tibbiyot axborot platformasi hisoblanadi.   📌 U shifokor qabuliga yozilish, elektron tibbiy karta yuritish, tashxis va tahlil natijaslarini saqlash, shuningdek, QR-kodli elektron retseptlarni rasmiylashtirish uchun mo‘ljallangan.   🌀 Platformada hozirga qadar 38 milliondan ziyod aholining elektron tibbiy kartasi shakllantirildi. 🧑🏻‍💻 Ayni paytda tizimda 2500 dan ziyod IT-operatorlar faoliyat ko‘rsatmoqda.   🖥 DMED imkoniyatlarini yanada yaxshilash maqsadida birgina 2025-yilda tibbiyot muassasalari uchun qo‘shimcha 33,2 mingta kompyuter sotib olinib, umumiy soni 88,6 mingtaga yetkazildi.   🖥 Joriy yil davomida mahalliy byudjet hisobidan 15 500 ga yaqin kompyuter va 13 400 dan ortiq planshet xarid qilish rejalashtirilgan.   🖥 DMED platformasi 2025–2026-yillarda 25 dan ziyod davlat organlari axborot tizimlari bilan integratsiyalashtirildi.   ✅ Tizimda "Elektron poliklinika", Yagona elektron tibbiy karta”, "Elektron shifoxona", "Elektron retsept", "Elektron navbat", "Elektron laboratoriya", “KPI”, “Omborxona-2” kabi 20 dan ziyod modullar joriy qilindi. 🔬 Yangi tashkil etilgan modul yordamida ijtimoiy reyestrga kiritilgan 5 mingdan ziyod bemorlarning “Vaqf” fondi orqali ajratilayotgan mablag‘lar hisobidan bepul davolanishi ta’minlandi.   ➡️ Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida 6 ta yangi xizmat yo‘lga qo‘yildi.   📈 Natijada Sog‘liqni saqlash vazirligi raqamlashtirish holati reytingi 2023-yilning birinchi yarmida 44,45 ballni tashkil etgan bo‘lsa, 2025-yilda bu ko‘rsatkich 84 ballga yetdi.   ‼️ Umuman, DMED platformasi tufayli qog‘ozli retsept va undagi o‘qilishi qiyin yozuvlar, dori vositasini noto‘g‘ri qabul qilish va shifokor qabulida uzoq navbat kutish kabi noxush holatlar o‘tmishga aylanmoqda.   🚑  SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram

  • 13 авг.9 586813

    🔴 TIBBIYOT 360° ➡️ Mamlakatimizda palliativ yordam ko‘rsatishning yagona tizimi qay tartibda shakllantiriladi? Javob ➡️ Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamg‘armasi tomonidan qancha mutaxassis bilim olish uchun xorijga yuborildi? Javob ➡️ Gemofiliya qanday kasallik? Javob ➡️ Malaka imtihonidan o‘tkazishni va’da qilib pul so‘rashsa, nima qilish kerak? Javob ➡️ “Ofis xodimi sindromi” nima va uning oldini olish mumkinmi? Javob 🚑  SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram

  • 13 авг.20,2 тыс20195

    🔴 🟦🟦🟦 ❗️ Tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga uy-joy sotib olish uchun subsidiya berish tartibi bo‘yicha audiopodkast o‘tkaziladi   👍 SSV Matbuot xizmati tomonidan tashkil etilayotgan navbatdagi audiopodkastda Hukumat qarori bilan tasdiqlangan "Davlat tibbiyot muassasalarida kamida o‘n besh yil ish stajiga ega bo‘lgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini uy-joy bilan ta’minlash uchun ipoteka krediti asosida sotib olinadigan uy-joyning dastlabki badal to‘lovining bir qismini qoplab berish tartibi to‘g‘risida"gi Nizom talablari haqida so‘z yuritiladi. 🎤 Ovozli chat bugun, 13-avgust kuni soat 16.00 da Sog‘liqni saqlash vazirligining rasmiy telegram kanali — @ssvuz orqali o‘tkaziladi. ➡️ Ekspert — Sog‘liqni saqlash vazirligi boshqarma boshlig‘i Dilmurod Asatullayev. ❓ Mavzu yuzasidan savollaringizni onlayn muloqot davomida berishingiz mumkin.   🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram

  • 12 авг.14,1 тыс70

    видео или голосовое, без подписи

  • 12 авг.14,4 тыс70

    видео или голосовое, без подписи

  • 12 авг.13,7 тыс70

    видео или голосовое, без подписи

  • 12 авг.13,2 тыс74

    видео или голосовое, без подписи