103_Press_Official
СтатистикаСоғлиқни сақлаш вазирлиги, Республика тез тиббий ёрдам маркази ва унинг вилоят филиаллари расмий матбуот канали!!!
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 08:49
- Постов за неделю
- 6
- Всего постов
- 237
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Новости и СМИ (по похожим)
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 2 438
- 1/48двое суток
- 2 793
- 1/72трое суток
- 3 013
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
Инфаркт ва инсультда «олтин вақт»ни бой бермаслик учун янги маршрутлар ишлаб чиқилмоқда Фарғона вилоятида инфаркт ва инсульт билан оғриганларга шошилинч ёрдам кўрсатиш, уларни зарур имкониятларга эга шифохоналарга тез етказиш бўйича янги ёндашувлар кўриб чиқилмоқда. Айни масалалар Республика ихтисослаштирилган кардиология илмий-амалий тиббиёт маркази директори, тиббиёт фанлари доктори, профессор Хуршид Фозилов иштирокида вилоят соғлиқни сақлаш бошқармасида масъул раҳбарлар билан муҳокама қилинди. Асосий эътибор беморни тез аниқлаш, унинг ҳолатини жойида баҳолаш, бирламчи тиббий ёрдам кўрсатиш ва энг муҳими, вақтни бой бермасдан тўғри махсус жихозланган шифохонага йўналтиришга қаратилди. Батафсил: https://soglomfargona.uz/?p=1370 @SoglomFargona
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Qonuni Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🔴 🟦🟦🟦 ❗️ Tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga uy-joy sotib olish uchun subsidiya berish tartibi bo‘yicha audiopodkast o‘tkaziladi 👍 SSV Matbuot xizmati tomonidan tashkil etilayotgan navbatdagi audiopodkastda Hukumat qarori bilan tasdiqlangan "Davlat tibbiyot muassasalarida kamida o‘n besh yil ish stajiga ega bo‘lgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini uy-joy bilan ta’minlash uchun ipoteka krediti asosida sotib olinadigan uy-joyning dastlabki badal to‘lovining bir qismini qoplab berish tartibi to‘g‘risida"gi Nizom talablari haqida so‘z yuritiladi. 🎤 Ovozli chat bugun, 13-avgust kuni soat 16.00 da Sog‘liqni saqlash vazirligining rasmiy telegram kanali — @ssvuz orqali o‘tkaziladi. ➡️ Ekspert — Sog‘liqni saqlash vazirligi boshqarma boshlig‘i Dilmurod Asatullayev. ❓ Mavzu yuzasidan savollaringizni onlayn muloqot davomida berishingiz mumkin. 🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
#Audiopodkast 🔴 🟦🟦🟦 ❗️Infarkt va insult kasalliklarining oldini olish mavzusida ekspert bilan audiopodkast o‘tkaziladi 📋SSV Matbuot xizmati tomonidan o‘tkaziladigan navbatdagi audiopodkastda Prezidentimizning 2026-yil 20-yanvardagi tegishli qarorida belgilangan vazifalar mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida so‘z yuritiladi. 🎤 Ovozli chat ertaga, 12-avgust kuni soat 11.00 da Sog‘liqni saqlash vazirligining rasmiy telegram kanali @ssvuz orqali bo‘lib o‘tadi. ✅ Ekspert Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bosh direktori Davron To‘laganov. ❔ Mavzu yuzasidan savollaringizni onlayn muloqot davomida berishingiz mumkin. 🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
🍈 QOVUN SAYLIDA TEZ TIBBIY YORDAM XIZMATI 🚑 Xiva shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Qovun sayli” festivalida bayram ishtirokchilarining salomatligini ta’minlash maqsadida Respublika tez tibbiy yordam markazi Xorazm viloyati filiali xodimlari tunu kun xizmat olib bormoqda. 👨⚕️👩⚕️ 🚑 Tez tibbiy yordam brigadalari festival hududida doimiy shay holatda bo‘lib, zarur hollarda aholiga va mehmonlarga tezkor tibbiy yordam ko‘rsatmoqda. 🍈 Bayramingiz fayzli, kayfiyatingiz a’lo, sog‘lig‘ingiz mustahkam bo‘lsin! #QovunSayli #Xiva #Xorazm #TezTibbiyYordam #TezYordam #Tibbiyot #XorazmViloyati
🔴🟦🟦🟦🟦🟦 ❗️Rejali gemodializ muolajasini oluvchi bemorlar diqqatiga: ✅ Sog‘liqni saqlash vazirligi rejali gemodializ muolajasini oluvchi bemorlarning tibbiyot muassasasiga borib-kelishi bilan bog‘liq yo‘l xarajatlarini davlat byudjeti hisobidan qoplashning yangi mexanizmini joriy etish taklifi bilan chiqmoqda. ➡️ Unga ko‘ra, bemorlar gemodializ muolajasiga o‘zlari uchun qulay transport (taksi, shaxsiy avtomobil yoki boshqa transport) vositasida borib-kelishi hamda sarflangan yo‘l xarajatlarini belgilangan tartibda qoplab berish imkoniyati yaratiladi. 🚕 Ushbu mexanizm bemorlarga vaqt va mablag‘ini tejash, transport vositasini mustaqil tanlash imkonini beradi. 📌 Bu tashabbusni amalga oshirishdan oldin bemorlarning fikr va mulohazalarini o‘rganish biz uchun muhim. Shu maqsadda so‘rovnoma tashkil etildi. 📅 U joriy yilning 15 avgustiga qadar davom etadi. 👉 Quyidagi havola orqali so‘rovnomada ishtirok etib, o‘z fikr va takliflaringizni bildirishingizni so‘raymiz: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSf_9yKyzKdL0nT9VAOxaO6zLJY4-lCL-aFQMWlqKiPFXGRSOA/viewform 🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
#chellenj #mehr_ulashing Sog‘liqni saqlash vazirligi hayvonlarga nisbatan mehr-shafqat va mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lish chaqirig‘ini qo‘llab-quvvatlaydi. Hayvonlar tibbiyotda muhim o‘rin tutib, xususan, bemorlarni reabilitatsiya qilish va psixologik qo‘llab-quvvatlashda faol ishtirok etadi. Bizni asraydigan jonzotlarni avaylaylik! _ #челлендж #дарите_доброту Министерство здравоохранения поддерживает призыв к гуманному и ответственному отношению к животным. Животные играют важную роль в медицине, выступая активными помощниками в реабилитации, адаптации и психологической поддержке людей. Берегите тех, кто бережёт нас. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
🟦🟦🟦 Hafta yakuni: sog‘liqni saqlash sohasiga oid haftaning eng muhim voqealari dayjesti. — Итоги недели: дайджест важнейших событий в сфере здравоохранения. — Weekly review: A digest of the most important healthcare events of the week. 🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
#Tayinlov 🚑 TAYINLOV ✅ Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i bilan Rajabov Muxsin Mansurovich Buxoro viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. M. Rajabov 2002-yilda Buxoro davlat tibbiyot institutining bakalavriat, 2024-yilda klinik ordinatura bosqichini tamomlagan. Mehnat faoliyatini Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filialida neyroxirurg sifatida boshlab, keyinchalik ushbu muassasada bo‘lim mudiri, davolash ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari – bosh shifokor vazifalarida mehnat qilgan. Tibbiyot fanlari nomzodi M. Rajabov tayinlovga qadar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi. Tajribali mutaxassis o‘z faoliyati yo‘nalishi bo‘yicha Polsha, Rossiya, Janubiy Koreya kabi qator xorijiy davlatlarda malaka oshirib qaytgan. 🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
https://t.me/ToshVil103Bot 🟥🟥🟥🟥 🏥 Respublika tez tibbiy yordam markazi Toshkent viloyati filiali direktori Tursunpo'lat Umarovich Axtamovning murojaatlarni qabul qilish Telegram-boti ishga tushdi. 😎 Telegram ijtimoiy tarmog'ida mazkur BOT ga tez tibbiy yordam sohasiga oid bo'lgan taklif, murojaat, shikoyatlarni xodimlar va Viloyatimiz fuqarolari tunu-kun yuborishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining norasmiy Maslahat uchrashuvidagi nutqi — Выступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на неформальной Консультативной встрече глав государств Центральной Азии и Азербайджана — Address by the President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev at the Informal Consultative Meeting of the Heads of State of Central Asia and Azerbaijan Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
видео или голосовое, без подписи