Республика тез тиббий ёрдам маркази Тошкент вилояти филиали
СтатистикаРеспублика тез тиббий ёрдам маркази Тошкент вилояти филиалининг расмий телеграм канали t.me/rttyomtvf
- Последний пост
- 12 авг.
- Последнее чтение
- 14:02
- Постов за неделю
- 2
- Всего постов
- 37
- Тип
- открытый
- Язык
- русский
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 1 093
- 1/48двое суток
- 1 252
- 1/72трое суток
- 1 350
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
❗️Gemodializ muolajasini oluvchi bemorlarning yo‘l xarajatlari byudjetdan qoplanishi mumkin SSV rejali gemodializ muolajasini oluvchi bemorlarning tibbiyot muassasasiga borib-kelish xarajatlarini davlat byudjeti hisobidan qoplash bo‘yicha yangi mexanizmni joriy etishni taklif qilmoqda. Unga ko‘ra, bemorlar gemodializga taksi, shaxsiy avtomobil yoki boshqa transport vositasida borib-kelishi, yo‘l xarajatlari esa belgilangan tartibda qoplab berilishi rejalashtirilgan. Hozirda mazkur tashabbus yuzasidan jamoatchilik fikri o‘rganilmoqda. => SO’ROVDA QATNASHISH <= So‘rov 15-avgustga qadar davom etadi. 👉 @xushnudbek 👈
🆘 SOS TUGMASI — FAVQULODDA VAZIYATLAR UCHUN MO'LJALLANGAN HIMOYA VOSITASI 🏥 Tez tibbiy yordam brigadalari har kuni inson hayotini saqlab qolish yo'lida xizmat olib boradi. Biroq ayrim holatlarda tibbiyot xodimlari haqorat qilinishi, ularga tahdid qilinishi yoki jismoniy tajovuzga duch kelishi mumkin. Shu sababli brigadalar planshetiga SOS tugmasi joriy etilgan. Ushbu tugma brigada a'zolarining hayoti va sog'lig'iga real xavf tug'ilgan favqulodda vaziyatlarda tezkor yordam so'rash uchun xizmat qiladi. 🆘 SOS tugmasi quyidagi holatlarda bosilishi lozim: ▶ brigada xodimlariga jismoniy tajovuz qilinganda; ▶ bemor yoki boshqa shaxslar tomonidan tahdid yoki zo'ravonlik sodir etilganda; ▶ sovuq yoki o'qotar qurol bilan tahdid qilinganda; ▶ brigada a'zolarining hayoti va sog'lig'iga bevosita xavf tug'ilganda; ▶ dispetcher bilan oddiy aloqa o'rnatishning imkoni bo'lmagan boshqa favqulodda vaziyatlarda. ⚠️ SOS tugmasi oddiy xizmat holatlari uchun mo'ljallanmagan. Yo'l tirbandligi, texnik nosozlik, internet yoki GPS bilan bog'liq muammolar, bemor yoki qarindoshlarining oddiy e'tirozi, maslahat olish yoki sinov tariqasida tugmani bosish qat'iyan man etiladi. Asossiz signal xizmat faoliyatiga salbiy ta'sir ko'rsatishi va boshqa favqulodda vaziyatlarga javob berishni kechiktirishi mumkin. ➕ Shuni unutmang! Tez tibbiy yordam xodimining xizmat vazifasini bajarishiga to'sqinlik qilish, uni haqorat qilish, tahdid qilish yoki unga nisbatan zo'ravonlik sodir etish qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo'ladi. Hurmatli fuqarolar! Tez tibbiy yordam brigadasi sizning manzilingizga faqat bir maqsadda — inson hayotini saqlab qolish uchun keladi. Ularning xizmat vazifasini bajarishiga xalal bermang, xavfsizligini ta'minlashga ko'maklashing. 🔴 Hurmatli brigada xodimlari! SOS tugmasidan faqat haqiqiy xavf mavjud bo'lgan favqulodda vaziyatlarda foydalaning. Mazkur tugmadan oqilona va mas'uliyat bilan foydalanish uning eng zarur paytda samarali ishlashini ta'minlaydi. Tez tibbiy yordam xodimining xavfsizligi — bemor xavfsizligi, bemor xavfsizligi esa inson hayotining kafolatidir. 🚑
YO‘LG‘ON CHAQIRIQ — HAZIL EMAS, BOSHQA INSON HAYOTIGA XAVF! 🔴 Har kuni 103 xizmatiga minglab murojaatlar kelib tushadi. Ularning aksariyati inson hayotini saqlab qolishga qaratilgan shoshilinch chaqiriqlardir. Ammo ayrim hollarda yolg‘on yoki asossiz murojaatlar tufayli tez tibbiy yordam brigadalari bekorga jalb etiladi. ✅ Unutmang! Sizning birgina yolg‘on qo‘ng‘irog‘ingiz sabab boshqa manzildagi og‘ir ahvoldagi bemorga yordam kechikishi mumkin. Infarkt, insult, kuchli qon ketish yoki boshqa hayot uchun xavfli holatlarda esa har bir soniya hal qiluvchi ahamiyatga ega. ⚠️ 103 xizmatiga qasddan yolg‘on chaqiriq berish qonunchilikka muvofiq ma'muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi. 📞 103 qisqa raqamidan faqat shoshilinch va kechiktirib bo‘lmaydigan tibbiy yordam zarur bo‘lgan holatlarda foydalaning. Hayotni asrang! 103 — har bir inson hayoti uchun xizmat qiladi. Yolg‘on chaqiriq bermang — birovning umidini tortib olmang! 🚑
🔴🟦🟦🟦🟦🟦 ❗️Rejali gemodializ muolajasini oluvchi bemorlar diqqatiga: ✅ Sog‘liqni saqlash vazirligi rejali gemodializ muolajasini oluvchi bemorlarning tibbiyot muassasasiga borib-kelishi bilan bog‘liq yo‘l xarajatlarini davlat byudjeti hisobidan qoplashning yangi mexanizmini joriy etish taklifi bilan chiqmoqda. ➡️ Unga ko‘ra, bemorlar gemodializ muolajasiga o‘zlari uchun qulay transport (taksi, shaxsiy avtomobil yoki boshqa transport) vositasida borib-kelishi hamda sarflangan yo‘l xarajatlarini belgilangan tartibda qoplab berish imkoniyati yaratiladi. 🚕 Ushbu mexanizm bemorlarga vaqt va mablag‘ini tejash, transport vositasini mustaqil tanlash imkonini beradi. 📌 Bu tashabbusni amalga oshirishdan oldin bemorlarning fikr va mulohazalarini o‘rganish biz uchun muhim. Shu maqsadda so‘rovnoma tashkil etildi. 📅 U joriy yilning 15 avgustiga qadar davom etadi. 👉 Quyidagi havola orqali so‘rovnomada ishtirok etib, o‘z fikr va takliflaringizni bildirishingizni so‘raymiz: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSf_9yKyzKdL0nT9VAOxaO6zLJY4-lCL-aFQMWlqKiPFXGRSOA/viewform 🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
🟦🟦🟦🟦 Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati sudida yuz bergan holat va tez tibbiy yordam brigadasining yetib kelish vaqti yuzasidan xabar tarqaldi ▶ Mazkur holat bo'yicha o'rganish o'tkazilganda, ushbu chaqiriq tushgan vaqtda shoshilinchligi bo'yicha ustuvorligi yuqori bo'lgan chaqiriqlar mavjud bo'lgani, ustuvorligi yuqori chaqiriqlardan bo'shagan dastlabki tez tibbiy yordam brigadasi chaqiruvni qabul qilganidan so'ng haqiqatda 1 soat ichida voqea joyiga yetib borgani aniqlandi. 🚑 Ushbu holat yuzasidan o'z xizmat vazifasini talab darajasida bajarishda sustkashlikka yo'l qo'ygan xodimlarga qonunchilikda belgilangan tartibda intizomiy jazo choralari qo'llanilganini ma'lum qilamiz. ⚠️ Shuningdek, chaqiriqlarga tez tibbiy yordam brigadalarining imkon qadar tezroq yetib borishi uchun vaqt chegaralaridan o'tish uchun zaruriy chora-tadbirlar belgilangani qo'shimcha qilamiz. #tez_tibbiy_yordam #rasmiy_munosabat
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
🧡🧡🧡 🏥 Respublika tez tibbiy yordam markazi Toshkent viloyati filialida 🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan "Eng yaxshi hududiy stansiya katta feldsheri" nominatsiyasi tanlovi boshlandi. Tanlov 26-avgust soat 23:59 da yakuniga yetadi. Ikkala ovoz berish postidagi jami ovoz sonlari (foizlari emas) hisoblab chiqib g'olib aniqlanadi. ✅ Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida G'olibga Filial direktori Axtamov Tursunpo'lat Umarovichning qimmatbaxo esdalik sovg'asi topshiriladi. Barcha nomzodlarga omad yor bo'lsin!
https://t.me/ToshVil103Bot 🟥🟥🟥🟥 🏥 Respublika tez tibbiy yordam markazi Toshkent viloyati filiali direktori Tursunpo'lat Umarovich Axtamovning murojaatlarni qabul qilish Telegram-boti ishga tushdi. 😎 Telegram ijtimoiy tarmog'ida mazkur BOT ga tez tibbiy yordam sohasiga oid bo'lgan taklif, murojaat, shikoyatlarni xodimlar va Viloyatimiz fuqarolari tunu-kun yuborishi mumkin.
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
✅✅✅✅ Toshkent viloyati tez tibbiy yordam filiali faoliyatini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi Toshkent viloyati tez tibbiy yordam filialida sohani yanada rivojlantirish, xizmat sifati va boshqaruv samaradorligini oshirishga bagʻishlangan kengaytirilgan yigʻilish boʻlib oʻtdi. Yigʻilishda Toshkent viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi T.S. Arizikulov, Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori A.X. Gafurov va uning oʻrinbosarlari, masʼul xodimlari hamda Toshkent viloyati filiali rahbariyati va tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va masʼullari ishtirok etdi. Yigʻilish davomida filialning joriy faoliyati har tomonlama tahlil qilinib, tez tibbiy yordam chaqiruvlariga oʻz vaqtida yetib borish, dispetcherlik xizmati samaradorligi, avtoparkdan oqilona foydalanish, xodimlar mehnat intizomi, tibbiy xizmat sifati, raqamli texnologiyalarni joriy etish hamda aholi murojaatlari bilan ishlash holati va xodimlarning masʼuliyati tanqidiy ruhda muhokama qilindi. Masʼul rahbarlar tomonidan yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar va tizimli muammolar yuzasidan aniq tanqidiy fikrlar bildirilib, har bir yoʻnalish boʻyicha mavjud nuqsonlarni qisqa muddatlarda bartaraf etish vazifasi qoʻyildi. Shuningdek, filialning boshqaruv tizimini takomillashtirish, ichki nazoratni kuchaytirish, inson resurslaridan samarali foydalanish hamda aholiga koʻrsatilayotgan tez tibbiy yordam xizmatining sifatini yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi. Yigʻilishda Toshkent viloyatida tez tibbiy yordam xizmatini tashkil etishning yangi modelini shakllantirish asosiy maqsad sifatida belgilandi. Mazkur model chaqiruvlarni boshqarishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish, resurslarni samarali taqsimlash, raqamli boshqaruv tizimlarini kengaytirish, tibbiy brigadalar faoliyatini optimallashtirish hamda aholi uchun tezkor va sifatli tibbiy xizmat koʻrsatishni taʼminlashga qaratilgan. Yigʻilish yakunida Toshkent viloyati filiali faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha ustuvor vazifalar belgilanib, masʼul rahbarlarga aniq topshiriqlar va ularning ijrosi yuzasidan muddatlar belgilandi. Qabul qilingan qarorlar hududda tez tibbiy yordam xizmatining samaradorligini oshirish, aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yanada yaxshilash hamda tizimda amalga oshirilayotgan islohotlarning natijadorligini taʼminlashga xizmat qilishi taʼkidlandi. #tez_tibbiy_yordam #tanqid #Toshkent_viloyati #yangi_model Telegram | Facebook | Instagram | Web-site| YouTube
Биз бир мақсад йўлида хизмат қиламиз: Инсон ҳаёти, хавфсизлик ва ишонч учун! Тез тиббий ёрдам ходимлари — Қонун ҳимоясида — — — —
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи