FTTI.UZ
СтатистикаFarmatsevtika taʼlim va tadqiqot instituti Фармацевтический институт образования и исследований Tel: +998971890050 Email: iper@ftti.uz @fttiuz Yunusobod tumani, 19- mavze, 46- uy. Mo'ljal Uz Mal-oil yoqilgʼi quyish shaxobchasi, Korzinka supermarketi.
- Последний пост
- 08:31
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 36
- Всего постов
- 131
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 650
- 1/48двое суток
- 744
- 1/72трое суток
- 803
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
⚛️ KIMYOVIY LABORATORIYA 🧪Avtomatik titrator nima uchun kerak va laboratoriya hayotini qanday o‘zgartiradi? Ko‘pchilik hali ham titrlash jarayonini qo‘lda — Byuretka va kolba yordamida bajarishadi. Lekin zamonaviy laboratoriyalarda vaqt — eng qimmat resurs! 🎓 TA’LIM TADQIQOTGA, TADQIQOT TARAQQIYOTGA YETAKLAYDI! Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTubep
🇺🇿 KUN HIKMATI Ayollarga zulm o‘tkazma, bo‘lma toshbag‘ir, Ular qiyshiq qovurg‘adan yaralgan axir. Netsin, Alloh yaratibdi ularni shundoq, Sinib qolar, to‘g‘rilashga uringaning choq. O‘z holiga qo‘ysang battar qiyshayadi ul, Odam o‘g‘li, o‘zing tanla, qay biri ma’qul. Muruvvat qil, senga qarshi qilsalarda jang, Yaxshi emas sinib qolsa bitta qovurg‘ang. Yohann Volfgang Gyote 🙂 Yangi kun muborak! kanalga ulanish👇
Biz bilan qarashingiz emas, darajangiz yuksaladi. Yozni foydali o‘tkazish vaqti keldi! 📌 Bu yozni befoyda ishlar bilan emas, kelajakda foyda beradigan bilimlar bilan o‘tkazing! ✅ Yuksalish ilmiy marafonida quyidagi bilimlarni BEPUL o‘rganing: — G‘oyadan tijoratgacha — Ilmiy maqola yozish va Prezident stipendiyasi — Ilmiy faoliyatda sun’iy intellekt va AI vositalari — Startap loyihalarda ishtirok etish va yutish sirlari — Yoshlar uchun xalqaro imkoniyatlar sari qadam — Imkoniyatni natijaga aylantirish: portfolio, ilm, tadbirkorlik 🚀 Hoziroq qabulga yozilish orqali o‘z kelajagingiz uchun muhim qarorni amalga oshiring! 👇 Ro‘yxatdan o‘tish
🇺🇿 KUN HIKMATI Qalbida nuri bor odamgina, boshqaning ham nurini ko‘ra oladi. Erkin Malik kanalga ulanish👇 ftti.uz
Xususiy oliygoh tanlashda nimalarga eʼtibor berish kerak? Hozirgi kunda xususiy oliygohlar soni ham ularga boʻlgan talab ham yuqori darajada, keling xususiy universitet tanlashdagi muhim jihatlarni gaplashamiz. 1. Litsenziya: Siz oʻqimoqchi boʻlayotgan universitet davlat tomonidan berilgan litsenziyaga ega boʻlishi lozim. 2. HEMIS tizimi: Siz oʻqimoqchi boʻlayotgan xususiy universitet HEMIS tizimiga ulangan boʻlishi kerak. Bu esa sizning davlat oliygohlari kabi bir xil diplom olishingizni ta'minlaydi. 3. Bino va sharoitlar: Universitetning oʻz binosiga ega yoki yoʻqligini aniqlashingiz kerak. Shuningdek, unda yaratilgan sharoitlar bilan tanishish lozim. 4. Professor va oʻqituvchilar: Universitetda dars beruvchi ustozlarning salohiyatidan xabardor boʻlishingiz kerak chunki bu sizning sifatli taʼlim olishingizni belgilaydi. Universitet va oʻzingiz xohlagan yoʻnalish tanlashda adashmang chunki bu sizning kelajagingizni belgilaydi. 🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta'lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Mashhur sportchi va murabbiy Rufat Asadovich Risqiyev vafoti munosabati bilan hamdardlik — Соболезнования в связи с кончиной прославленного спортсмена и тренера Руфата Асадовича Рискиева Facebook|Instagram|X
💡G‘oyangiz bor, uni amalga oshirish uchun imkoniyat izlayapsizmi? Endi 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tadbirkorlik va startap yo‘nalishlaridagi g‘oya va tashabbuslarini "Yoshlar yagona elektron platformasi" orqali taqdim etib, loyihalarini rivojlantirish uchun zarur bo'lgan ko'maklardan foydalanishi mumkin. Buning uchun platformaga OneID orqali kirib, g‘oyangiz yoki loyihangiz haqida ma’lumot qoldirasiz. Shundan so‘ng uni amalga oshirish uchun moliyaviy imkoniyatlardan foydalanishga ariza yuboriladi. Platformaga hali to‘liq shakllanmagan g‘oyangiz, yangi tashabbusingiz yoki rivojlantirmoqchi bo‘lgan startap loyihangiz haqida ham ma’lumot qoldirish imkoni yaratilgan. Ariza topshirishga havola 👈 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Vebsayt
🇺🇿 KUN HIKMATI Odam uchta narsaning qadrini doim kechikib biladi: Yoshlik Sog‘liq Tinchlik. O‘tkir Hoshimov 🙂 Yangi kun muborak! kanalga ulanish👇
🏛️ Institutimiz bo‘ylab sayohatga tayyormisiz? Zamonaviy o‘quv binolari, amaliyot xonalari, laboratoriyalar, Vivarium, qulay yotoqxona va sport zali — barchasi talabalarning sifatli ta’lim olishi va rivojlanishi uchun yaratilgan. 🎓 Videoni tomosha qiling va institutimizdagi imkoniyatlar bilan yaqindan tanishing! 👀 📩 Siz ham FTTI talabasi bo‘lishni istasangiz, biz bilan bog‘laning!
Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi. Administratsiya Prezident faoliyati va Konstitutsiyaviy vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlovchi yagona konstitutsiyaviy institut hisoblansa-da, davlat organlari bilan munosabatlarda uning faoliyatini qonun bilan tartibga solish bo‘yicha huquqiy bo‘shliq mavjud edi. Endilikda yangi qonun bilan ushbu masalalar tartibga solindi. Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etishda Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasidagi faoliyati qonun bilan tartibga solinishi Prezidentlik institutining huquqiy asoslarini kuchaytiradi. Xalqaro amaliyotda Prezident faoliyatini ta’minlovchi institutning huquqiy maqomi qonun darajasida belgilanishi Prezidentlik boshqaruvining institutsional standarti hisoblanadi. Qonun 4 ta bob va 34 ta moddadan iborat bo‘lib, Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasida Prezident faoliyatini ta’minlashning konstitutsiyaviy mexanizmlari qonunda huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. Xususan: – Administratsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy, tahliliy jihatdan ta’minlaydigan davlat organi sifatida belgilandi; – Administratsiyani Prezident shakllantiradi, Prezident belgilagan asosiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi, Prezidentga bo‘ysunadi va hisobdor bo‘ladi. Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilandi: – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy va tahliliy ta’minlash; – Prezidentning farmon, qaror va farmoyishlari loyihalarini hamda topshiriqlarini tayyorlash, ularning ijrosini tashkil etish, nazoratini olib borish hamda ularni amalga oshirishga ko‘maklashish; – Prezidentning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga oid yangi tashabbuslarini ishlab chiqish; – aholi va tadbirkorlar bilan ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotlarni tashkil etish va ularni qiynayotgan masalalarga yechimlarni ishlab chiqish; – qonunlarni imzoga yoki qaytarishga tayyorlash; – Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasini tashkil etish; – Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqalar. Shuningdek, qonunda Administratsiya rahbarining huquqiy maqomi va vazifalari, Administratsiyaning mansabdor va boshqaruv shaxslarini lavozimga tayinlash hamda ozod etishga oid normalar belgilangan, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi faoliyatini tashkil etishning qonuniy asoslari yaratilgan. Administratsiya Prezident faoliyatini tashkil etish doirasida parlament, Hukumat, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, sud hokimiyati va sudyalar hamjamiyati organlari bilan hamkorlik qiladi. Administratsiya Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va Prezidentga kiritadi. Administratsiya xodimlari uchun ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy himoya choralari nazarda tutilmoqda. Prezident Administratsiyasi to‘g‘risida Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, davlat organlarini xalqqa xizmat qiladigan, ochiq va hisobdor tizimga aylantirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi. Facebook|Instagram|X
4 savolga 4 javob: Muhim maʼlumotlar eslatmasi 👍 Reseptsiz beriladigan dori vositalari haqida qayerdan ma’lumot olsa bo‘ladi? - Javob 👍 Retsept bilan sotiladigan dori vositalari ro‘yxati qanchalik to‘g‘ri shakllantirilgan? - Javob 👍 Bundan buyon dorixonalarda barcha dori vositalari elektron retsept asosida sotiladimi? - Javob 👍 Dori vositalarini retsept bilan yoki retseptsiz berish tartibi qaysi mezonlar asosida belgilanadi? - Javob Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
⚛️ KIMYOVIY LABORATORIYA 🔬 pH-metrni to‘g‘ri ishlatishning 3 ta muhim qoidasi! pH-metrning aniqligi faqat o‘lchashga emas, uni to‘g‘ri kalibrlash va saqlashga ham bog‘liq. 1️⃣ Kamida 2 nuqtali kalibrlash o‘tkazing. 2️⃣ Elektrodni quruq qoldirmang — kaliy xlorid saqlash eritmasida saqlang. 3️⃣ Har bir o‘lchovdan so‘ng elektrodni distillangan suv bilan yuving. ⚠️ Elektrodga noto‘g‘ri parvarish qilish o‘lchov natijalarining ishonchliligiga ta’sir qilishi mumkin. 🎓 TA’LIM TADQIQOTGA, TADQIQOT TARAQQIYOTGA YETAKLAYDI! Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTubep
🇺🇿KUN HIKMATI Ko‘p oltun, kumush sori qo‘l sunmag‘il Ki, tutsang kaftingni qaro zang etar. Ko‘ngulda dag‘i maylini asrama, Ki, ko‘nglungni dog‘i hamul rang etar. Mir Alisher Navoiy 🙂 Yangi kun muborak! kanalga ulanish👇
❌ Talabalarning 1-kursda yo‘l qo‘yadigan 5 ta xatosi 📚 To‘rtinchi kurs talabasi birinchi kursda yo‘l qo‘ygan xatolarini sanab o‘tadi: lotin tilini yetarlicha o‘zlashtirmaslik, anatomiyani yuzaki o‘rganish, kimyoga jiddiy yondashmaslik, xorijiy adabiyotlardan foydalanmaslik va fanlarni bir-biri bilan bog‘lab o‘rganmaslik. Bu xatolar keyingi kurslarda o‘zlashtirish jarayonini ancha qiyinlashtirishi mumkin. Siz birinchi kursda qanday xatolar qilgansiz? 👇 Talaba tanishlaringizga ham yuborib qo‘ying! 🎓 TA’LIM TADQIQOTGA, TADQIQOT TARAQQIYOTGA YETAKLAYDI! Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTubep
без подписи
#Yoshlarkuni 🏠 TALABALAR UCHUN QULAYLIK VA AMALIY KO‘MAK! 2026/2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik doirasida Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutida talabalarni turar joy bilan ta’minlash jarayonini samarali tashkil etish maqsadida “Talabalarni turar joylariga joylashtirish bo‘yicha yordam ko‘rsatish markazi (infokiosk)” faoliyati yo‘lga qo‘yildi. ✅ 📌 Markazda institut tyutorlari tomonidan talabalar uchun kundalik qabul tashkil etilib, ularga: 🔹 Talabalar turar joyiga joylashish tartibi; 🔹 mavjud bo‘sh o‘rinlar haqida ma’lumot; 🔹 ijara xonadonlari bo‘yicha ma’lumot va yo‘naltirish; 🔹 turar joy bilan bog‘liq masalalar yuzasidan maslahat va amaliy ko‘mak ko‘rsatilmoqda. 🤝 Shuningdek, talabalar va ularning ota-onalariga zarur tushuntirishlar berilib, turar joy masalalari bilan bog‘liq murojaatlar o‘rganilmoqda va aniqlangan muammolarni tezkor hal etishga ko‘maklashilmoqda. 💙 Maqsadimiz — har bir talaba uchun qulay, xavfsiz va munosib turar joy masalasida amaliy yordam ko‘rsatish! 📚 Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti ✨ Talaba — e’tiborimiz markazida! 🎓 TA’LIM TADQIQOTGA, TADQIQOT TARAQQIYOTGA YETAKLAYDI! Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTubep
без подписи
без подписи
без подписи
#Yoshlarkuni 📚 Mutolaa — ma’naviy kamolot sari yo‘l 🇺🇿 Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti 3-bosqich talabalari uchun tyutor M.O. To‘laganova rahbarligida “Mutolaa” loyihasi doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — talabalarni buyuk mutafakkirlar ijodi bilan yaqindan tanishtirish, ularning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda ma’naviy dunyoqarashini boyitishdan iborat. Tadbir davomida Alisher Navoiy va Jaloliddin Rumiyning hayoti, ijodi va asarlari haqida fikr almashilib, ularning bebaho ma’naviy merosi yuzasidan qiziqarli mulohazalar bildirildi. Shuningdek, talabalar buyuk mutafakkirlar asarlaridan parchalar o‘qib, ularda aks etgan insonparvarlik, ezgulik, ilm-ma’rifat va komil inson g‘oyalari haqida o‘z fikrlarini bayon etdilar. Bunday ma’rifiy tadbirlar yoshlarni muntazam mutolaaga jalb etish, ularning intellektual salohiyati va ma’naviy-axloqiy fazilatlarini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. 🎓 TA’LIM TADQIQOTGA, TADQIQOT TARAQQIYOTGA YETAKLAYDI! Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTubep