Farg‘ona Yangiliklari | FarNews
Статистика📍 Fargʻonadan yangiliklar 📰 Mahalliy va Dunyo xabarlari 📸 Foto & video reportajlar 🌐 www.farnews.uz Reklama va takliflar uchun @farnewsbot Admin - @farnews_admin
- Последний пост
- 15 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 33
- Всего постов
- 107
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 1 263
- 1/48двое суток
- 2 301
- 1/72трое суток
- 2 481
Медиана по постам, которые мы застали свежими и померили через сутки.
Посты
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
Rossiyada migrantlar uchun daromad solig‘ini 30 foizgacha oshirish taklif qilindi. Rossiya Davlat Dumasida LDPR vakili Andrey Lugovoy migrantlar uchun jismoniy shaxslar daromad solig‘ini 30 foizgacha oshirishni taklif qildi. Uning aytishicha, migrantlar Rossiya infratuzilmasi va tibbiyot tizimidan foydalanar ekan, soliqlarni to‘liq stavkada to‘lashi kerak. Deputat soliqlarni to‘lamagan migrantlarni mamlakatdan chiqarib yuborishni ham taklif qilgan. Bundan tashqari, Rossiyaga kirishda migrant yoki ish beruvchi maxsus avans hisobiga mablag‘ kiritishi taklif etilmoqda. Bu pul deportatsiya, jarimalar va boshqa xarajatlarni qoplash uchun ishlatilishi mumkin. Muhimi, bu hozircha taklif. 30 foizlik soliq rasman joriy etilgani yo‘q. Bizga obuna bo'ling: 📱Telegram 📱Instagram 📱Youtube 📱Facebook
Farzandingiz ertalab nonushta qilmasa, nima bo‘lishini bilasizmi? Nonushtani muntazam o‘tkazib yuborish bolada kun davomida holsizlik, uyquchanlik va diqqatni jamlash qiyinlashishiga sabab bo‘lishi mumkin. Ayniqsa, maktab o‘quvchilari uchun ertalabki ovqatlanish muhim. Chunki bola o‘qish va fikrlash uchun energiyaga muhtoj. Ertalab katta porsiya shart emas. Tuxum, qatiq, meva yoki suli bo‘tqasidan iborat yengil nonushta ham yaxshi tanlov. Videoni nonushta qilmaydigan tanishlaringizga yuborib qo‘ying! Bizga obuna bo'ling: 📱Telegram 📱Instagram 📱Youtube 📱Facebook
AQShda Green Card olish uchun tuzilgan minglab soxta nikohlar sxemasi fosh qilindi! AQSh Adliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘n yil davomida asosan xitoyliklar va AQSh fuqarolari o‘rtasida 1 mingdan ortiq soxta nikoh tashkil qilingan. Sxema ishtirokchilari mijozlardan Green Card uchun 100 ming dollargacha pul olgan. Soxta nikohga rozi bo‘lgan amerikaliklarga esa 30 ming dollargacha to‘langan. Nikohlarni haqiqiy ko‘rsatish uchun to‘ylar uyushtirilgan, birgalikdagi suratlar va boshqa soxta hujjatlar tayyorlangan. Hozir bu ish bo‘yicha 11 kishiga ayblov qo‘yilgan. Rasmiylar bu holatni AQSh tarixidagi eng yirik nikoh firibgarligi ishlaridan biri deb atamoqda. Bizga obuna bo'ling: 📱Telegram 📱Instagram 📱Youtube 📱Facebook
Xodim ish beruvchidan mehnat shartlarini o‘zgartirishni talab qilishi mumkinmi? Ha, qonunchilikda belgilangan hollarda xodim bunday talab bilan murojaat qilish huquqiga ega. Buning uchun ish beruvchiga yozma ariza beriladi. Ariza xodim ishni davom ettirayotgan holatda mehnat shartlarini o‘zgartirish haqidagi talabni o‘z ichiga olishi mumkin. Ish beruvchi arizani 3 ish kuni ichida ko‘rib chiqishi shart. Agar talab rad etilsa, rad etish sabablarini yozma ravishda asoslab berishi kerak. Masalan, xodim ish vaqti yoki ish tartibini o‘zgartirishni, boshqa ishga o‘tkazishni yoki mehnat shartnomasidagi ayrim shartlarni qayta ko‘rib chiqishni so‘rashi mumkin. Muhimi, rad javobi berilganda ham xodimning shikoyat qilish huquqi saqlanib qoladi. Bizga obuna bo'ling: 📱Telegram 📱Instagram 📱Youtube 📱Facebook
Yaponiyada kiyiklar 1,8 million kungaboqarni yeb yuborganligi sababli, har yili bo‘lib o‘tadigan festival bekor qilindi. Yaponiyaning Koriyama shahrida bu yil kungaboqar festivalini o‘tkazishning iloji bo‘lmadi. Sababi — kiyiklar 9 gektarlik daladagi gullarni deyarli butunlay yeb ketgan. Bu maydonga 2008-yildan beri har yili taxminan 1,8 millionta kungaboqar ekib kelingan. Tashkilotchilar kiyiklardan himoyalanish uchun to‘siq o‘rnatishni ko‘rib chiqishgan, ammo bunday katta hududni himoyalash juda qiyin bo‘lgan. Shu sabab 23-avgustga rejalashtirilgan festival bekor qilindi. Kiyiklar esa bu yilgi festivalning eng kutilmagan “mehmonlari” bo‘lib chiqdi. Bizga obuna bo'ling: 📱Telegram 📱Instagram 📱Youtube 📱Facebook
Ayrim AYOQSHlarda benzin narxi 19 ming 500 so‘mgacha ko‘rsatilmoqda, deyilmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim yoqilg‘i quyish shoxobchalarida benzin narxi keskin oshgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Ba’zi AYOQSHlar tablosida bir litr benzin uchun 19 ming 500 so‘mgacha bo‘lgan narxlar ko‘rsatilgan. Ayrim shoxobchalarda esa narxlar 12 ming so‘m atrofida. Ammo hozircha benzin narxi rasman oshirilgani haqida ma’lumot yo‘q. Agar sizning hududingizdagi AYOQSHlarda ham shunday narxlar ko‘rsatilayotgan bo‘lsa, izohlarda yozib qoldiring. Bizga obuna bo'ling: 📱Telegram 📱Instagram 📱Youtube 📱Facebook
🔥 RONALDU VA BENZEMA NEFTCHI BILAN O'YNAYDI! Farg‘onaning “Neftchi” jamoasi uchun tarixiy qarama-qarshiliklar eshigi ochilmoqda! “Neftchi” Saudiya Arabistonining 5 ta grand klubining barchasi — “Al-Nassr” va “Al-Hilol”, "Al-Ahli", "Al-Qodisiya" hamda "Al-Ittihod" bilan to‘qnash kelishi xabar qilindi. Eng qizig‘i, “Al-Nassr” safida Krishtiano Ronaldu, “Al-Hilol”da esa Karim Benzema bor. Shuningdek, bu ikki klub tarkibida bugungi kunda Sadio Mane, Joao Felix, Teo Ernandez, Ruben Neves, Joao Cancelo kabi mashhur futbolchilar bor. Farg‘onaliklar uchun esa eng katta savol bitta: 👉 RONALDU va BENZEMA “Neftchi”ga qarshi Farg‘onada o‘ynaydimi yoki Saudiya Arabistonidami?! Faqat buni qur’a natijalaridan keyin bilib olamiz. RONALDU VA BENZEMA FARG‘ONAGA KELISHI KERAK desangiz, kommentga + qoldiring! Bizga obuna bo'ling: 📱Telegram 📱Instagram 📱Youtube 📱Facebook
Hindistonda uchayotgan samolyot avariya holatiga tushib qoldi. Layner birdaniga 90 metrga pastlab ketdi! Voqea 4-avgust kuni Phuket–Dehli yo‘nalishidagi Air India reysida yuz berdi. Airbus A320neo samolyotida 137 nafar yo‘lovchi va 8 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. Keskin pasayish vaqtida yo‘lovchilar va ekipajdan 24 kishi jarohatlangan. Hodisa yanada shov-shuvli tus oldi: samolyot kapitani giyohvand moddalar bo‘yicha testdan o‘tkazilgan va tasdiqlovchi tahlilda marixuana aniqlangan. Shu paytda ikkinchi uchuvchi boshqaruvni o‘z qo‘liga olib, samolyotni Dehliga xavfsiz qo‘ndirgan. Hozir voqeaning barcha sabablari tekshirilmoqda! Bizga obuna bo'ling: 📱Telegram 📱Instagram 📱Youtube 📱Facebook
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Faol tadbirkor» ko‘krak nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risida”gi Farmoyishi e'lon qilindi. Taqdirlanganlar orasidan 8 nafar viloyatimiz tadbirkorlari ham o‘rin oldilar: Asqarov Abdumalik Abdisatorovich - Toshloq tumanidagi “Xurmo eksport” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Yodgorova Malikaxon Boykuziyevna - Furqat tumanidagi “Mashxura ekspress market” xususiy tikuvchilik korxonasi rahbari, Mamadaliyev G‘ayratjon Ismonaliyevich - Quva tumanidagi “Mamadaliyev G‘ayratjon” fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Mamadaliyev Maxamadali Raxmonovich - Farg‘ona tumanidagi “Rivoj-98” xususiy korxonasi bosh direktori, Maxsudov Ozodbek Baxromaliyevich - Oltiariq tumanidagi “Tinchlik meva export” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Tolipov Alpon Xamidjonovich - Uchko‘prik tumanidagi “Khat decor” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Xojiboyev Nodirbek Masaminovich - Farg‘ona shahridagi “Swissagro” mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori, Sherqulov Abduraxmon Maxmutaliyevich - Uchko‘prik tumanidagi yakka tartibdagi tadbirkor. Bizga obuna bo'ling: 📱Telegram 📱Instagram 📱Youtube 📱Facebook
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlar kuni munosabati bilan soha vakillaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoni e'lon qilindi. “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan quruvchi” faxriy unvoni bilan Isakov Muhsinjon Qosimjonovich - Marg‘ilon shahridagi “426-xo‘jaliklararo ixtisoslashgan ko‘chma mexanizmlar kolonnasi” mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori, “Mehnat shuhrati” ordeni bilan Axmedov Qodirjon Maxmudovich - O‘zbekiston tumanidagi “Turon eco cement group” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, II darajali “Salomatlik” ordeni bilan Nazarova Xadicha Abdullayevna - “Salomatlik plyus ekologiya” nodavlat notijorat tashkiloti boshqaruv kengashi raisi, “Shuhrat” medali bilan Sultonaliyev Boburjon Botirali o‘g‘li - Quvasoy shahridagi “Crown ceramic” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori ushbu yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. Bizga obuna bo'ling: 📱Telegram 📱Instagram 📱Youtube 📱Facebook
Mustaqillik bayramida o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi? Prezident farmoniga ko‘ra, 31 avgust – dushanba kuni ish haftasining turidan qat’i nazar barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni deb belgilangan. Shunga muvofiq, haftasiga 5 kun ishlovchilar Mustaqillik bayramida ketma-ket to‘rt kun (29 avgust – 1 sentyabr), 6 kun ishlovchilar esa ketma-ket uch kun (30 avgust – 1 sentyabr) dam oladi. 29 avgust, shanba – odatiy ish yoki dam olish kuni 30 avgust, yakshanba – odatiy dam olish kuni 31 avgust, dushanba – barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni 1 sentyabr, seshanba – Mustaqillik bayrami kuni 2 sentyabr, chorshanba – barcha uchun odatiy ish kuni. Bizga obuna bo'ling: 📱Telegram 📱Instagram 📱Youtube 📱Facebook
#Tezkor 💰 340 mln so‘mlik oltin savdosi fosh etildi 🔥 “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Davlat xavfsizlik xizmati hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida Navoiy shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda noqonuniy oltin savdosiga chek qo‘yildi. 📣 Xususan, Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida yashovchi, 1987 va 1993 yillarda tug‘ilgan 2 nafar shaxs 212,9 gr quyma oltinni xaridorga 340 mln so‘mga sotishga kelishishadi. Tillafurushlar mijozga 999 probali 26,3 gr oltinni bergan holda, qolgan qismini keyinroq yetkazib berishlarini aytib, undan 20 ming AQSH dollari va 100 mln so‘m olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Shuningdek, ulardan biri o‘z yashash xonadonida qumdan oltinni ajratib olishga mo‘ljallangan yashirin sex tashkil qilganligi ham aniqlandi. Hozirda ularga nisbatan Jinoyat Kodeksining 177-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. ⏰ Hurmatli fuqarolar, kundalik hayotda shu kabi qonunbuzilish holatlariga duch kelsangiz DXXning 1520 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar bering. Shaxsingizning sir saqlanishi kafolatlanadi. Bizni boshqa ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating 👇 Bizga obuna bo'ling: 📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Youtube 📱 Facebook