G'aniyev M.A.
Статистика- Последний пост
- 7 авг.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 20
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 655
- 1/48двое суток
- 750
- 1/72трое суток
- 809
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
kremlda hukumatni "etnik ruslar" ni himoya qilishga majburlovchi qonun mavjud. Bu "etnik ruslar" atamasining aniq taʼrifini topish qiyin, chunki u sobiq sovet ittifoqi da yuzaga kelishi mumkin boʻlgan har bir ehtimoliy inqirozni rossiya oʻz manfaatlariga koʻra talqin etadi. kremlga qulay paytda etnik ruslar shunchaki rus tilini ona tili sifatida soʻzlovchilar deb taʼriflanadi. Tim Marshall. Geografiya mahkumlari Oʻzbek tilisi qolib, rus tilini afzal biladiganlar, sizlar kreml uchun etnik russizlar!!! Boshqa tomondan, sizlarni xafa qilmaslik kerak ekan, orqangizda kreml turibdi. Axir sizlar etnik russizku!!!
Bugun biznikida hashar. Bilib boʻladimi, hay. Kimdir kelib qolsa tagʻin
Bugun sevimli ijodkorim, doʻstim (bunday deyishdan faxrlanaman), haqiqiy millat farzandi Javlon Jovliyevning tavallud ayyomi. Yurtning sizdek farzandlari koʻpaysin!!!
🍽 Uch avlod — bir dasturxon atrofida! Marg‘ilon shahrining "Go‘ravval" mahallasida qariyb 40 yildan buyon davom etib kelayotgan ezgu an’ana bugun ham yashab kelmoqda. Har 15 kunda mahalla ahli bir dasturxon atrofida jamlanib, osh tortiladi. 📌 Ushbu an’ana: ✅ 1985 yildan boshlangan; ✅ Har safar 70–80 nafar aholi ishtirok etadi; ✅ Yoshlar va nuroniylarni bir davraga jamlaydi; ✅ Milliy qadriyatlar va avlodlar davomiyligini mustahkamlaydi. Bu kabi an’analar mahallada mehr-oqibat, ahillik va birdamlik muhitini yanada kuchaytirmoqda. Bizga obuna bo'ling: 📱Telegram 📱Instagram 📱Youtube 📱Facebook
Mahalla oshimiz
без подписи
без подписи
без подписи
20/52 Afsuski, iyun oyida deyarli kitob oʻqimadim. Shuning uchun bu oy imkon qadar kompensatsiya qilishga harakat qilib koʻraman. Hozircha Abdulla Qahhor domla hikoyalari, Oʻ. Umarbekovning har bir oʻsmir yigit qizlar oʻqishi shart boʻlgan "Odam boʻlish qiyin", Pyuzoning "Choʻqintirgan ota" va siyosiy erkinlik bosh mavzusi hisoblangan Monteskining "Qonunlar ruhi" asarlari navbatdagi oʻqigan kitoblarim boʻldi. Mutolaa qiling. Isssssiqda yaxshi ketadi.
Birov bilan to'shakda birga bo'lsang quvvatingni sarf qilasan. Keyin o'zingni baxtli his qilasan, yumshaysan va hammasiga tupurasan, loqayd bo'lasan. Ular o'zingni shunday his qilishingga toqat qilolmaydi. Ular senda quvvat hamisha oshib-toshib turishini istashadi. Jorj Oruell. 1984 Mana, ijro organi nega bunaqa koʻp ishlaydi...
Bolalarga Vatanga muhabbat tuygʻusini singdirishning eng toʻgʻri yoʻli bu Vatan muhabbatining otalarda boʻlishidir. Inson odatda oʻz bilimini bolalarga yetkazish imkoniga ega; u oʻz ehtiroslarini ularga yanada koʻproq yetkazishga qodir. Agar bu sodir boʻlmasa, demak, ota-ona tomonidan uyida singdirilgan hamma narsa tashqaridan keladigan taʼsirlar orqali vayron qilinadi. Xalq tugʻilishi bilan tubanlashmaydi; u avval katta insonlari tubanlashib qolganidan keyin oʻlishni boshlaydi. Sharl Lui Monteski. Qonunlar ruhi.
Oliy hokimiyat egasi boʻlgan xalq oʻzi yaxshi amalga oshira oladigan hamma narsani oʻzi bajarishi kerak, oʻzi amalga oshira olmaydiganini esa, oʻz vakillari orqali bajarishi kerak. Sharl Lui Monteski. Qonunlar ruhi
Bir mulozim bilan suhbatimdan: - Aka, shuncha topshiriqlar beryapsizlar, bularni bajarish imkonsizku. - uka, bilamiz, lekin yarmini bajarishsa ham harnada. - aka, unaqada shu topshiriqlarni yarmini berib, to'liq bajartirsela bo'medimi... - ...
Terma jamoamizni bugungi o'yini va natijasidan faqatgina futbolni tushunmaydiganlargina norizo bo'lsa kerak.
без подписи
без подписи
Biz tayyor
без подписи
Men Margʻilon shahrida tugʻilib oʻsganman. Hovlimiz shaharning eng yirik masjidi yonginasida. Mening insonlar bilan kirishimli ekanligimda, nafaqat oilamning, balki mahallamdagi ijtimoiy muhitning ham oʻrni beqiyos. Azon ovozinini 5 mahal uyingga eshitilib turishi ham seni ba'zan gunohlardan saqlasa, gavjum mahalla, qoʻshnilar bilan ijtimoiy munosabatlar esa senda insonparvarlik tuygʻularini uygʻotadi. Lekin yoshligim va hozirgi davrni taqqoslasam munosabatlar ham endi avvalgidek samimiy emas. Moddiy orzu va ehtiyojlarimiz bizni anchayin uzoqlashtirishga erishdi, afsuski. Bugungi raqamli zamonda ham shukrki, mahallamiz nuroniylari bosh aksar qadriyatlarimiz hali hamon zamonga yengilganicha yoʻq. Birgina mening mahallamda nuroniylarimiz boshchiligida har 2 chorshanbani birida mahalla guzarida "osh"imiz bor. Chorshanba kunlari mahallada alohida fayz bor. Kamida 60-70 nafar qoʻshnilar jamlanib bir dasturxon atrofida osh yeymiz. Bu shunchaki osh emas, albatta. Bu ahillik, oqibat va hurmat maktabini avloddan avlodga oʻtishiga xizmat qiluvchi osh. Oʻgʻlim Avazbekni ham har gal oʻzim bilan choyxonaga olib chiqaman. U bu yerda insonlar bilan muloqotni kattalarga hurmatni, jamiyatdan ayri baxt imkonsiz ekanligini anglashini xohlardim. Urf-odatlarimizni faqat soʻzda emas, amalda koʻrmoqda. Zamonaviylik urf-odatlarga amal qilgan holda ham imkonli ekanligini anglashini xohlardim. Eng asosiysi, bularni soʻz bilan emas amaliy muhitda oʻrgata olish imkoni bu yigʻin. Bu yerdagi samimiy suhbatlar, dasturxon odobi va ,albatta, yakundagi kattalar duosi farzandlarimizga qadriyatlarimizni singdirishning eng samarali va yagona usuli, menimcha.
Aslida hammasi yozilgan... Aslida hammasi juda joʻn va sodda...