FARSTAT Axborot xizmati | Rasmiy kanal
СтатистикаFarg'ona viloyati statistika boshqarmasi Web saytimiz : www.farstat.uz Facebook: facebook.com/farstataxborot
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 19:01
- Постов за неделю
- 36
- Всего постов
- 87
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- Категория
- Карьера (по похожим)
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 43
- 1/48двое суток
- 49
- 1/72трое суток
- 53
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
📌 Kichik biznes: iqtisodiy vaziyat qanday baholanmoqda? ✅2026-yilning II choragida o‘tkazilgan kuzatuv natijalariga ko‘ra, kichik korxona va mikrofirmalarning iqtisodiy vaziyatga bergan baholari faoliyat turlari kesimida turlicha bo‘lgan. 🔹 “A’lo” deb baholaganlar: 🌾 qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida — 20,5 % 💼 xizmatlarda — 19,8 % 🏭 sanoatda — 19,4 % 🔹 “Yaxshi” deb baholaganlar: 🌾 qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida — 64,1 % 🏭 sanoatda — 61,8 % 🔹 “O‘rtacha” deb baholaganlar: 🏗 qurilishda — 24,6 % 🛒 savdoda — 21,0 % 🔹 “Yomon” deb baholaganlar: 🏗 qurilishda — 5,9 % 🛒 savdoda — 3,4 % 📌 Kuzatuv natijalari kichik biznes subyektlarining iqtisodiy faolligi va biznes muhitiga bo‘lgan bahosini aks ettiradi. Facebook ▪️ Telegram▪️ Web sayt▪️ Youtube
📌Marg‘ilon shahrida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmi oshdi ✅Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida Marg‘ilon shahrida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 450,1 mlrd so‘m miqdorida qayd etilgan. Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 99,9 % ni tashkil etdi. 👇 Shundan: 🌾 Don — 568,5 tonna 🥔 Kartoshka — 2,4 ming tonna 🧅 Sabzavotlar — 9,0 ming tonna 🍈 Poliz ekinlari — 303,7 tonna 🍐 Meva va rezavorlar — 14,9 ming tonna 🍇 Uzum — 2,9 tonna 🥩 Go‘sht (tirik vaznda) — 2,2 ming tonna 🥛 Sog‘ib olingan sut — 2,2 ming tonna 🥚 Tuxum — 4,4 mln dona 🐄 Yirik shoxli qoramollar — 7,1 ming bosh 🐑 Qo‘y va echkilar — 11,7 ming bosh 🐓 Parrandalar — 242,1 ming bosh. Facebook ▪️ Telegram▪️ Web sayt▪️ Youtube
💰Farg‘ona viloyatida turar-joy qurilishiga 4 trln so‘mga yaqin investitsiya yo‘naltirildi ✅Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil yanvar–iyun oylarida viloyatda turar-joy qurilishi sohasini rivojlantirish uchun 3 999,6 mlrd so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar yo‘naltirildi. 📊 Mazkur investitsiyalar viloyatda hisobot davrida o‘zlashtirilgan jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 15,6 foizini tashkil etdi. 🏠 Ushbu ko‘rsatkich hududda turar-joy qurilishi va infratuzilmasini rivojlantirishga yo‘naltirilayotgan investitsiyalar salmog‘i yuqoriligini ko‘rsatadi. Facebook ▪️ Telegram▪️ Web sayt▪️ Youtube
📌Quvasoy shahrida iqtisodiy faollik ortmoqda ✅Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida Quvasoy shahrida asosiy ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarda o‘sish qayd etildi. 2026-yil 1-iyul holatiga shaharda faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 1 530 tani tashkil etdi. 🔹Sanoat ishlab chiqarish hajmi 1 trln 80,8 mlrd so‘m bo‘lib, fizik hajm indeksi 110,8 % ga yetdi. 🔹Xizmatlar sohasida bozor xizmatlari hajmi 691,1 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘sish sur’ati 120,8 % bo‘ldi. 🔹Chakana savdo aylanmasi 107,7 %, ulgurji savdo aylanmasi esa 88,1 % ni tashkil etdi. 🔹Shaharda 95 ta qurilish tashkiloti tomonidan 491,9 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 119,5 % ni tashkil etdi. 🔹Asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi esa 1 trln 723,1 mlrd so‘mga yetdi. 🔹Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 1 trln 561,4 mlrd so‘mlik mahsulot yetishtirildi. 🔹Quvasoy shahrining doimiy aholisi 105 586 kishini tashkil etdi. Shundan 59 055 nafari shahar, 46 531 nafari qishloq aholisi hissasiga to‘g‘ri keladi. 🔹Hisobot davrida shaharda 982 ta tug‘ilish, 237 ta vafot etish, 204 ta nikoh va 78 ta nikohdan ajralish qayd etildi. Doimiy yashash maqsadida 313 kishi shaharga ko‘chib kelgan, 304 kishi esa ko‘chib ketgan. Facebook ▪️ Telegram▪️ Web sayt▪️ Youtube
📌Quvasoy shahrida iqtisodiy faollik ortmoqda
Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi. Administratsiya Prezident faoliyati va Konstitutsiyaviy vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlovchi yagona konstitutsiyaviy institut hisoblansa-da, davlat organlari bilan munosabatlarda uning faoliyatini qonun bilan tartibga solish bo‘yicha huquqiy bo‘shliq mavjud edi. Endilikda yangi qonun bilan ushbu masalalar tartibga solindi. Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etishda Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasidagi faoliyati qonun bilan tartibga solinishi Prezidentlik institutining huquqiy asoslarini kuchaytiradi. Xalqaro amaliyotda Prezident faoliyatini ta’minlovchi institutning huquqiy maqomi qonun darajasida belgilanishi Prezidentlik boshqaruvining institutsional standarti hisoblanadi. Qonun 4 ta bob va 34 ta moddadan iborat bo‘lib, Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasida Prezident faoliyatini ta’minlashning konstitutsiyaviy mexanizmlari qonunda huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. Xususan: – Administratsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy, tahliliy jihatdan ta’minlaydigan davlat organi sifatida belgilandi; – Administratsiyani Prezident shakllantiradi, Prezident belgilagan asosiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi, Prezidentga bo‘ysunadi va hisobdor bo‘ladi. Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilandi: – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy va tahliliy ta’minlash; – Prezidentning farmon, qaror va farmoyishlari loyihalarini hamda topshiriqlarini tayyorlash, ularning ijrosini tashkil etish, nazoratini olib borish hamda ularni amalga oshirishga ko‘maklashish; – Prezidentning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga oid yangi tashabbuslarini ishlab chiqish; – aholi va tadbirkorlar bilan ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotlarni tashkil etish va ularni qiynayotgan masalalarga yechimlarni ishlab chiqish; – qonunlarni imzoga yoki qaytarishga tayyorlash; – Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasini tashkil etish; – Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqalar. Shuningdek, qonunda Administratsiya rahbarining huquqiy maqomi va vazifalari, Administratsiyaning mansabdor va boshqaruv shaxslarini lavozimga tayinlash hamda ozod etishga oid normalar belgilangan, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi faoliyatini tashkil etishning qonuniy asoslari yaratilgan. Administratsiya Prezident faoliyatini tashkil etish doirasida parlament, Hukumat, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, sud hokimiyati va sudyalar hamjamiyati organlari bilan hamkorlik qiladi. Administratsiya Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va Prezidentga kiritadi. Administratsiya xodimlari uchun ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy himoya choralari nazarda tutilmoqda. Prezident Administratsiyasi to‘g‘risida Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, davlat organlarini xalqqa xizmat qiladigan, ochiq va hisobdor tizimga aylantirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi. Facebook|Instagram|X
📌Kichik biznesning iqtisodiy istiqbolga bahosi ✅Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining kichik korxona va mikrofirmalar faoliyati bo‘yicha tanlanma kuzatuvlari natijalariga ko‘ra, 2026-yil yanvar–iyun oylarida korxonalarning yaqin uch oyda umumiy iqtisodiy vaziyat o‘zgarishiga bo‘lgan baholari o‘rganildi. 📈 Iqtisodiy vaziyat yaxshilanadi, deb baholagan korxonalar ulushi 38,4 % ni tashkil etdi. 2021-yilning mos davrida ushbu ko‘rsatkich 45,0 % bo‘lgan. 🔹 Iqtisodiy vaziyat o‘zgarmaydi, deb hisoblagan korxonalar ulushi esa 2021-yildagi 41,0 % dan 2026-yil yanvar–iyunida 57,7 % ga oshdi. 📉 Ayni paytda iqtisodiy vaziyat yomonlashadi, deb baholagan korxonalar ulushi 3,9 % ni tashkil etdi. 2021-yilning mos davrida bu ko‘rsatkich 3,6 % bo‘lgan. ✅Umuman olganda, kuzatuv natijalari kichik biznes subyektlarining katta qismi yaqin uch oyda iqtisodiy vaziyat barqaror saqlanib qolishini kutayotganini ko‘rsatmoqda. Facebook ▪️ Telegram▪️ Web sayt▪️ Youtube
📌Qo‘qon shahrining iqtisodiy ko‘rsatkichlari 📊 Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil yanvar–iyun oylarida: 🏢 Korxona va tashkilotlar — 3 998 ta 🏭 Sanoat — 4 trln 468,3 mlrd so‘m, o‘sish 107,8 % 🛍 Bozor xizmatlari — 3 trln 918,7 mlrd so‘m, o‘sish 118,3 % 🏗 Qurilish — 862,9 mlrd so‘m, o‘sish 161,9 % 💰 Investitsiyalar — 2 trln 679,6 mlrd so‘m 🌾 Qishloq xo‘jaligi — 496,4 mlrd so‘m 👥 Demografik ko‘rsatkichlar: 🔹doimiy aholi soni — 322 097 kishi; 🔹tug‘ilganlar — 3 033 nafar, vafot etganlar — 807 nafar; 🔹nikohlar — 686 ta, nikohdan ajralishlar — 246 ta. 🚶 Migratsiya: doimiy yashash maqsadida shaharga 1 652 nafar fuqaro ko‘chib kelgan, 1 392 nafar fuqaro esa ko‘chib ketgan. Facebook ▪️ Telegram▪️ Web sayt▪️ Youtube
🌾Oltiariq tumanida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmi oshdi ✅Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida Oltiariq tumanida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 1 714,2 mlrd so‘m miqdorida qayd etilgan. Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 100,1 % ni tashkil etdi. 👇 Shundan: 🌾 Don —45,4 ming tonna 🥔 Kartoshka — 7,6 ming tonna 🧅 Sabzavotlar — 40,7 ming tonna 🍈 Poliz ekinlari — 14,6 ming tonna 🍐 Meva va rezavorlar — 19,3 ming tonna 🍇 Uzum — 26,1 ming tonna 🥩 Go‘sht (tirik vaznda) — 5,4 ming tonna 🥛 Sog‘ib olingan sut — 22,3 ming tonna 🥚 Tuxum — 13,3 mln dona 🐄 Yirik shoxli qoramollar —64,8 ming bosh 🐑 Qo‘y va echkilar — 40,7 ming bosh 🐓 Parrandalar — 310,4 ming bosh. Facebook ▪️ Telegram▪️ Web sayt▪️ Youtube
📌Farg‘onada san’at va ko‘ngilochar xizmatlar sohasiga 177,2 mlrd so‘m investitsiya kiritildi ✅Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida viloyatda san’at, ko‘ngilochish va dam olish xizmatlari sohasini rivojlantirishga 177,2 mlrd so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar yo‘naltirildi. 📊 Mazkur investitsiyalar viloyatda ushbu davrda o‘zlashtirilgan jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 0,7 foizini tashkil etdi. ✅Kiritilgan investitsiyalar san’at va ko‘ngilochar infratuzilmani rivojlantirish, dam olish xizmatlari ko‘lamini kengaytirish hamda sohada yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qilmoqda. Facebook ▪️ Telegram▪️ Web sayt▪️ Youtube
📌Kichik korxona va mikrofirmalarning iqtisodiy holatiga ijobiy baho ustun ✅Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining 2026-yil yanvar–iyun oylarida kichik korxona va mikrofirmalar faoliyati bo‘yicha o‘tkazgan tanlanma kuzatuvlari natijalariga ko‘ra, tadbirkorlik subyektlarining joriy iqtisodiy holatga bergan baholarida ijobiy kayfiyat ustunlik qilmoqda. 📊 Kuzatuv natijalariga ko‘ra, korxonalarning 19,2 foizi o‘zining joriy iqtisodiy holatini “a’lo” deb baholagan. 🔹 57,7 foiz korxona iqtisodiy vaziyatini “yaxshi” deb hisoblagan. 🔸 19,8 foiz tadbirkorlik subyekti o‘z iqtisodiy holatini “o‘rtacha” deb baholagan. 🔻 Atigi 3,3 foiz korxona joriy iqtisodiy vaziyatini “yomon” deb baholagan. 📌 Umuman olganda, tanlanma kuzatuv natijalari kichik korxona va mikrofirmalarning aksariyati joriy iqtisodiy holatini ijobiy baholayotganini ko‘rsatmoqda. Xususan, korxonalarning 76,9 foizi o‘z faoliyatidagi iqtisodiy vaziyatni “a’lo” yoki “yaxshi” deb baholagan. Facebook ▪️ Telegram▪️ Web sayt▪️ Youtube
📌Kichik tadbirkorlik subyektlari transport xizmatlarida yetakchi ulushga ega 📊 Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida avtomobil transportida yuk tashishning umumiy hajmida kichik tadbirkorlik subyektlarining ulushi 95,7 % ni tashkil etdi. Ushbu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 9,1 % ga oshgan. 🚛 Shu davrda avtomobil transportida yuk aylanmasining 97,0 % kichik tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri kelib, o‘sish sur’ati 111,9 % ni tashkil etdi. 🚌 Yo‘lovchi tashish xizmatlarida ham kichik biznesning ulushi yuqori bo‘lib, avtomobil transportida yo‘lovchi tashish umumiy hajmining 97,6 % ini tashkil etdi. Mazkur ko‘rsatkichning o‘sish sur’ati 100,8 % ga teng bo‘ldi. 👥 Avtomobil transportida yo‘lovchi aylanmasining 98,5 % ham kichik tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri kelgan. 2025-yilning yanvar–iyun oylariga nisbatan o‘sish sur’ati 102,1 % ni tashkil etdi. Facebook ▪️ Telegram▪️ Web sayt▪️ Youtube
https://tashkent.hh.uz/vacancy/136152901?from=share_ios
📌Viloyatda 6 oyda sog‘liqni saqlash sohasiga qancha investitsiya yo‘naltirildi ✅Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil yanvar–iyun oylarida viloyatda sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasini rivojlantirish uchun 630,9 mlrd so‘m asosiy kapital investitsiyalari o‘zlashtirildi. 📊 Mazkur mablag‘lar viloyatda jami o‘zlashtirilgan asosiy kapital investitsiyalarining 2,5 foizini tashkil etdi. 🏥 Ushbu investitsiyalar sohada moddiy-texnik bazani mustahkamlash, xizmatlar sifatini oshirish hamda zamonaviy infratuzilmani rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Facebook ▪️ Telegram▪️ Web sayt▪️ Youtube
🌾Qoshtepa tumani don va uzum yetishtirish bo‘yicha viloyatda yetakchi ✅Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida Qoshtepa tumanida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2 524,7 mlrd so‘m miqdorida qayd etilgan. Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 102,2 % ni tashkil etdi. 👇 Shundan: 🌾 Don —87,8 ming tonna 🥔 Kartoshka — 10,4 ming tonna 🧅 Sabzavotlar — 26,5 ming tonna 🍈 Poliz ekinlari — 13,6 ming tonna 🍐 Meva va rezavorlar — 18,9 ming tonna 🍇 Uzum — 65,2 ming tonna 🥩 Go‘sht (tirik vaznda) — 5,7 ming tonna 🥛 Sog‘ib olingan sut — 38,9 ming tonna 🥚 Tuxum — 24,6 mln dona 🐄 Yirik shoxli qoramollar —72,9 ming bosh 🐑 Qo‘y va echkilar — 64,5 ming bosh 🐓 Parrandalar — 603,6 ming bosh. Facebook ▪️ Telegram▪️ Web sayt▪️ Youtube
📌Kichik tadbirkorlik subyektlarining import faoliyati ✅2026-yil yanvar–iyun oylarida Farg‘ona viloyatida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulotlar, ishlar va xizmatlar importi 724,2 mln AQSH dollarini tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich viloyat jami importining 81,9 foiziga teng. 👇Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining importdagi ulushi eng yuqori ko‘rsatkichni: 🔹Yozyovon 🔹 Toshloq 🔹 Furqat 🔹 Dang‘ara tumanlarida qayd etdi. ✅ Mazkur hududlarning har birida kichik biznes subyektlari hissasiga jami importning 100,0 foizi to‘g‘ri kelgan. ✅Umuman, mazkur ko‘rsatkichlar kichik tadbirkorlik subyektlarining tashqi savdo faoliyatidagi ishtiroki va import jarayonlaridagi salmog‘i yuqori ekanini ko‘rsatadi. Facebook ▪️ Telegram▪️ Web sayt▪️ Youtube
📊 Qo‘shtepa tumanida iqtisodiy faollik: 6 oylik asosiy ko‘rsatkichlar ✅Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-iyul holatiga Qo‘shtepa tumanida 1432 ta korxona va tashkilot faoliyat yuritgan. 👇 2026-yil yanvar–iyun oylarida: 🏭 Sanoat — 1 trln 658,8 mlrd so‘m 💼 Bozor xizmatlari — 640,1 mlrd so‘m, o‘sish sur’ati 116,9 % 🏗 Qurilish — 462,1 mlrd so‘m, o‘sish sur’ati 167,7 % 💰 Asosiy kapitalga investitsiyalar — 1 trln 161,2 mlrd so‘m 🌾 Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi — 2 trln 524,7 mlrd so‘m 🛍 Savdo aylanmasi: Chakana savdo — 106,3 % Ulgurji savdo — 104,9 % 👥 Aholi — 219 705 kishi 👶 Tug‘ilganlar — 2 463 nafar 💍 Nikohlar — 538 ta 📄 Nikohdan ajralishlar — 104 ta 📈 Qo‘shtepa tumanida asosiy iqtisodiy yo‘nalishlarda o‘sish va faollik kuzatilmoqda. Facebook ▪️ Telegram▪️ Web sayt▪️ Youtube
📚 Ta’lim sohasiga 604,4 mlrd so‘m investitsiya yo‘naltirildi ✅Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil yanvar–iyun oylarida viloyatda ta’lim sohasini rivojlantirish uchun 604,4 mlrd so‘m asosiy kapital investitsiyalari o‘zlashtirildi. 📊 Bu mablag‘lar viloyatda jami o‘zlashtirilgan asosiy kapital investitsiyalarining 2,4 foizini tashkil etdi. 💡 Ta’limga investitsiya — kelajak uchun investitsiya! Facebook ▪️ Telegram▪️ Web sayt▪️ Youtube
🌍 Kichik biznes eksportda faol ✅Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil yanvar–iyun oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 259,6 mln AQSH dollari miqdorida mahsulot, ish va xizmatlar eksport qilindi. 📊 Bu viloyatning jami eksport hajmining 54,0 foizini tashkil etdi. 🏆 Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining eksportdagi ulushi 100 foizni tashkil etgan hududlar: 🔹 Buvayda tumani 🔹 So‘x tumani 🔹 Furqat tumani 🔹 Yozyovon tumani 🔹 Marg‘ilon shahri 📈 Kichik biznes — eksport salohiyatining muhim tayanchi! Facebook ▪️ Telegram▪️ Web sayt▪️ Youtube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌟 Kadastrdagi o'zgarishlar haqida odamlar qanday fikrda? 🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida"gi O‘RQ-937-son Qonuni doirasida amalga oshirilgan xatlov jarayonlari natijasida ko‘plab yurtdoshlarimizning uy-joylariga bo‘lgan huquqlari e’tirof etilmoqda. 🎥 Ushbu video lavhada aynan shu jarayonlardan o‘tgan fuqarolarimizning samimiy fikrlari, quvonchi va minnatdorligi aks etgan. 📊 Bugungi kunda millionlab obyektlar xatlovdan o‘tkazilib, bu jarayon izchil davom etmoqda . ➡️ Batafsil videoda #Kadastr #Xatlov #Islohot #Fargona #Etirof 🇺🇿 Telegram | 🇺🇿 Instagram | 🇺🇿 YouTube | 🇺🇿 Facebook | 🇺🇿 Web-sayt | 🇺🇿 X