Faxriyor Baxtiyorov
СтатистикаFaxriyor Baxtiyorovga murojaat @Faxriyorjon_Baxtiyorov
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 3
- Всего постов
- 28
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Книги (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 5 539
- 1/48двое суток
- 6 347
- 1/72трое суток
- 6 846
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
🔤🔤🔤🔤🔤🔤 ko’rsatuvida she’r o’qidik! @Faxriyor_ijod
✅ Abiturentlar uchun Bugun kirsam telegramga Sevgilimdan kelgan ekan xat. Shunday savol beribdi menga.. -Ayting qachon chiqadi mandat. -Mandatingni qaydan bilaman. Sevaman de sizammi? degin. Sevgimizning oldida jonim Mandatingni pishirib yegin. Ich ichimda shunday dedimu. Axir undan hayiqar edim. Va shunday deb javob yozvordim. Kutchi bir gap bo'larda dedim. Lekin shuni unutma jonim Ko'zlaringga ishontirgansan. Sevgimizning mandati chiqqan Yuragimga grand kirgansan.. Faxriyor Baxtiyorov @Faxriyor_ijod
Har lahzada baxt mavjud ishon, Ko’zlaringdan zavqni izlayman, Tabassum qilishdan hech qachon, To’xtamasligingni istayman. Muhabbatni qilib yasha his. Ishq bobiga qo’shilsin hissang, Dunyodagi eng chiroyli qiz, Ekanliging o’ylaganmisan?! Baxt nafasi ko’zlaringda jam, Har soniya yuragimga kel Farishta haqida gap ketsa, Ilk xayolga keltirguvchim sen! Ishq qoplagan bu yuragimni, Muhabbatga hamnafas tanim. Anglatadi baxtliligimni Seni shunday seva olganim. ✍️Faxriyor Baxtiyorov @Faxriyor_ijod
@Faxriyor_ijod
без подписи
без подписи
без подписи
🇺🇿Respublika Milliy Gvardiya shaxmat musobaqasida faxrli 2-o’rin va bu yo’nalishda maqsadlarimiz ko’p yetkazganiga shukur! @Faxriyor_ijod
🔤🔤🔤 Cho'ktirib qo'yasan ba'zilarni tiz, Sen ila o'zgacha jamiki chaman. Kimnidir baxtli va kimnidir baxtsiz, Qilayotganingni kuzatmoqdaman. Senda ayol zotin fikr-u xayoli, Yuksak e'tiborsan va qilasan jim. Erkakning bo'lsa-da juft-u haloli, O'zgaga gul tuhfa qilganin ko'rdim. Ehtiyoj,manfaat manbayisan goh, Sen ko'p insonlarning bir ko'ngil yo'li. Xursandman sen ila topsaki panoh, Hamda bahra olsa onalar qo'li. Yaxshi kashfiyotsan boshqa ne deyin. Iforing taftini his qildim ba'zan. Tiling yo'q o'ylayman senga ham qiyin, Baxt va baxtsizlikning o'rtasidasan. ✍Faxriyor Baxtiyorov @Faxriyor_ijod
🔤🔤🔤🔤🔤 Yaxshi dam ol, tushingda meni, Ko'rsang baxtli bo'lardim malak, Tush ichida yonimga kelib, Ko'zlarimga termulsang kerak. Yaxshi dam ol..mening nafasim, Nafasingning taftiga shaydir, Pijamangga kelar havasim, Chunki seni quchib uxlaydi.. Yaxshi dam ol, qarab samoga, Yulduzlarning keltir havasin, Sen osmonga chiqmoqni emas, Ular yerga tushmoq istasin.. Yaxshi dam ol qalbiga qadab, Tun ham sendan olsin chiroyni. Senga o'xshab hamda sen sabab Ertangi tong bo'lsin chiroyli... Yaxshi dam ol..! ✍Faxriyor Baxtiyorov @Faxriyor_ijod
"Sevmoqlikka xuddi shunday, Ayriliqqa aslo yo'q de" ✍Faxriyor Baxtiyorov @Faxriyor_ijod
без подписи
🇺🇿 Tavalludingingiz muborak bo'lsin mening Prezidentim! @Faxriyor_ijod
#BizningPrezident Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin, hurmatli Prezident! ➡️🔘Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! ✅Telegram I📹 Youtube I✅ Facebook I 🌐Instagram I 🌐Web-site
🔤🔤🔤 🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤 Ikkiyuzlamachi ediki ruhi, Qotib ketgan edi naqadar beti, Uning hayotdagi katta yutug'i, "Partaning tagidan zo'r borar edi". O'ziga zarracha yuqtirmasdi gard, O'zicha xushyor va naqadar ayyor, Eshitmaslik uchun hatto qattiq gap, O'zining otasin sotishga tayyor. Jabrin chekar edi atrofdagilar, Qiziq emas bunga ularning dardi, O'ziga bo'lmasin deya hech zarar, "Ishlayapti" degan asos yig'ardi. Bevaqt o'tib qoldi ruhi shod bo'lsin, O'limning oldida ne chora bizda.. Bu she'rning hozirga aloqasi yo'q, Hozir bunaqalar yo'q oramizda... ✅Faxriyor Baxtiyorov @Faxriyor_ijod
🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤 Har xil hisga to'la qarasang atrof, O'ylantirib qo'yar ba'zida rosa, Bugun sen o'ylasang bir odamni sof, Ertaga u bo'lib chiqar notoza. O'ylaganing emas unchalik dono, Ko'p gaplar manfaat tugashga qadar, Ishonch bo'lmoq kerak o'rtada ammo, Lekin ehtiyot shart har bir lahzada. Kun kelib orzular yo'qotar kuchin, Qiziq bu hayotda kimda armon yo'q Ba'zi og'riqlarni his qilmoq uchun, Faqat yashash kerak boshqa darmon yo'q. Juda ko'p narsaga demoq kerak xo'p, Natija rejali insonni tanlar. Hayotning shunaqa qoidalari ko'p. Uzoqqa boradi moslashuvchanlar. ✅Faxriyor Baxtiyorov @Faxriyor_ijod
🔤🔤🔤🔤🔤 Futbol shijoati qarashlaringda.. Ko'zingga yosh kelar taning o'rtansa.. Qaniydi har qaysi, har bir futbolchi.. Vatanni sevishni sendan o'rgansa.. Yam yashil maydonda shamolday yelib.. Zavqli,ha sen uchun qalbdagi oqlik Kamchiliklar bilan dunyoga kelib.. Ko'pchiliklar uchun "kumer" bo'lmoqlik.. Hattoki shunchalar o'ychan bir tuyg'u.. Nafas olishingda sezilgan ma'ni. Senga tahsinim shu, senga ta'rif shu.. Barselona qilding Barselonani.. Argentina qilding Argentinani! Yilni yakunlading g'alaba bilan.. Ko'ngling ko'p narsani yutib turibdi... O'tkir irodangga dunyo bersin tan.. Seni oltin to'plar kutib turibdi.. Afsonalar uchun bo'laylik guvoh.. Yurakdan o'chmaydi fanatlik hissi.. Orzular makoni yashil maydonga. Chempion bo'lishga kelgansan Messi..! ✅Faxriyor Baxtiyorov @Faxriyor_ijod
🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤 Quvvat yo'qolgandek qolmagan shaylik, Havo qaynab ketdi biroz ko'nglim yo'q, Jonim bu issiqda biz uchrashmaylik, Terlagan chehrangda seni ko'rgim yo'q. Shabada esmaydi aanchadan beri, Kiyimlar suvlashib ketar tobora. Muzqaymoq yesak ham ketmaymiz erib, Faqat bo'lganimiz qolar ovvora. Bag'rimga bosilsang naqadar issiq. Terlagan labingdan olmayman bo'sa. Biz uchun salqinroq jarayon qiziq.. Tog' tagi..sharshara va salqin bo'lsa.. Xullas mana shunday bo'lsa uchrashuv, Salqin ohanglarga ko'milsa vasl.. Ishqimiz uchun ham yo'qligi aniq Bahor va kuzdanda salqinroq fasl.. ✍Faxriyor Baxtiyorov @Faxriyor_ijod
🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤 Qalbingda bo'lmasin o'y.. Alamlar sarson bo'lsin Boshingni yelkamga qo'y Soch silash oson bo'lsin... Eng baxtiyor soniya.. Sen-la o'tgan on bo'lsin.. Biz yer bo'laylik jonim Qolganlar osmon bo'lsin.. Amalga oshsa havas.. Ko'zyosh senga yarashmas Yetar endi yetar bas.. Hammasi poyon bo'lsin.. Yelkamga qo'y boshingni.. G'uboring avg'on bo'lsin "Sevaman de" haqiqat, Qolgani yolg'on bo'lsin. ✍Faxriyor Baxtiyorov @Faxriyor_ijod
😎 Navbatdagi harbiy unvon navbatdagi marralar behisob shukur! @Faxriyor_Ijod