Fazoda’s blog
Статистика«Faqat chidab boʻlmas darajada baxtsiz boʻlgandagina men haqiqiy oʻzligimni topaman». — Frans Kafka Koʻproq: @fazodateaches Bogʻlanish uchun: @fazodasbot
- Последний пост
- 13 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 1
- Всего постов
- 21
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 73
- 1/48двое суток
- 83
- 1/72трое суток
- 90
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Yolgʻizlik boshlanar bundan buyogʻi, Qochib qutulmassan, otam bolasi. Oylarni, yillarni tutsang boʻyingga, Soylarni, choʻllarni tutsang boʻyingga, Oʻlchab yetolmassan, otam bolasi. Endi koʻplar bilan oram sovugan, Koʻplar omadimga sevinmas endi. Yigirma uch yoshimda meni sevganlar Oʻttiz uch yoshimda sevolmas endi. Men, axir, na choʻlman, na yoʻl, na koʻcha, Axir, hammaniki boʻla olmayman. Meni sevganlar deb oʻla-oʻlguncha Yigirma uch yoshimda qola olmayman. Qanchalik soʻzlar bor soʻzimdan jasur, Endi chaqirmoqqa nafasim yoʻqdir. Endi bu dunyoda oʻzimdan jasur Soʻzlarni yozmoqqa havasim yoʻqdir. Yigʻini bas qildi, tindi sheʼrim ham, Qaridi misralar, soʻzlar men bilan. Doʻstlar yoshligicha qolar sheʼrimda, Qarimoq istamas doʻstlar men bilan. Ilohim, qarilik shunday ekan-da, Doʻstlardan jimgina uzilar odam. Umr loyqalangan suvday ekan-da, Ozaygani sari tozarar odam. Ichimu tashimning zangi yuvilar, Satrlar koʻkarar bu oq varaqda. Uzoqdir yurak-la qoʻlning orasi, Xayriyat, oʻlmadim shu oraliqda. Soʻzlar yuragimdan qoʻlimga yetdi, Bir oz sargʻaydi va soʻldi, na iloj. Bir oz jasurligi, shoʻxligi yitdi, Gina qilmasinlar, yoʻl-da, na iloj. Endi bolta kesmas aqlim kesganni, Tiriklik totini bilaman endi. Bu koʻhna dunyoda har nafasimni Daraxtdan mevaday teraman endi. Soʻng nafas dunyoda har nedan shirin, Shoir ham qariydi, oʻlar – bilaman. Soʻzidan qon hidi kelgan shoirning Ogʻzidan sut hidi kelar – bilaman. Bu dunyo bir qaynar qozondir, illo, Soʻndirmas oʻtini na qor, na yomgʻir. Bu dunyodan ketish osondir, ammo Dunyo-la chiqishib yashamoq ogʻir. Ramiz Ravshan
Hayotdagilarning yoʻli parallel chiziqlarga oʻxshaydi. Hech kesishmaydigan chiziqlar boʻladi-ku, shuni aytyapman. It huraveradi, karvon oʻtaveradi. Har kim oʻz hayotida yashayveradi.
Kimgadir obyekt, kimdir uchun esa subyektmiz. Oʻzimiz uchun jonli va nafas oladigan shaxs boʻlishimiz mumkin, ammo qolganlar uchun foyda beruvchi, istaklarni qondiruvchi va zarariga ishlovchi bir manbamiz.
Sevgining yetishmasligi odamni ertami-kechmi, zaif va befoyda mavjudotga aylantirib qoʻyadi.
The best men wanted to be pure for their wives, and even if they werenʼt pure, they wanted to be the ones to teach their wives about sex. Of course they would try to persuade a girl to have sex and say they would marry her later, but as soon as she gave in, they would lose all respect for her and start saying that if she did that with them she would do that with other men and they would end up by making her life miserable. I saw the world divided into people who had slept with somebody and people who hadnʼt, and this seemed the only really significant difference between one person and another. Woman-haters were like gods: invulnerable and chockfull of power. They descended, and then they diappeared. You could never catch one. ~ The bell jar ~ Start reading Plath asap. Youʼll thank me later @fazodateaches
Umuman olganda siz kimningdir fikriga qoʻshilishingiz, qoʻshilmasligingiz yoki neytral tomoshabin boʻlib qolishingiz mumkin. Oʻz auditoriyasiga ega blog yurituvchilari oʻsha sahifasini oʻz ismi yoki taxallusi bilan nomlashining mantiqiy sababi ham yozganlarining aksari uning (oʻta) shaxsiy fikrlaridan iborat boʻlishini anglatib turishdir. Bunda esa, sening fikring xato, sen yurgan yoʻl eng toʻgʻri, deb hukm qilish siz va mening qoʻlimda emas. Bagʻrikeng boʻling. Oʻz hayotida qaynab toshgan odam avvalo, chetdagi shaxslarni muhokama qilishga hatto hafsala ham topmasa kerak..
без подписи
Choʻqqilar tepasida sukunat, Biron daraxt uchida Sezmaysan bir sas. Oʻrmon qushlari-da jim, Sabr qil, birpas Sen ham olarsan tin. — Gyote, 1780-yil.
Farzandda yoshligida qattiq travma beradigan ikki holatlardan biri ota-onasi yoki atrofidagilari uni mudom tengqurlari bilan taqqoslashida deb oʻylayman. Bu kelajakda tabiiyki oʻz asoratini qoldiradi va oʻsha bolaning oʻzi ham oʻzini muttasil atrofdagilari bilan solishtirib koʻraveradi, natijada oʻzidan koʻngli «sovib ketadi». Shunaqa holga tushirib qoʻyadigan boshqa vaziyatlar esa, bola boshlangʻich sinfda oʻqib yurgan kezlarida boʻlishi mumkin. Masalan, oʻqituvchining doim past baho qoʻyishi, nuqul oʻquvchini koyiyverishi (buning natijasi ham bolada oʻziga ishonch susayib ketishiga olib keladi, yuqori sinf oʻquvchisi boʻlganda bu yaqqol koʻzga tashlanadi). Albatta, bu ikki holatning ikkisini ham boshingizdan oʻtkazgan boʻlishingiz tabiiy. Baribir, bugun kim boʻlishimizdan qatʼiy nazar, bizni tashkil etuvchi baʼzi qismlarimizning ildizi yoshligimizga, oʻsha davrdagi tashqi taʼsirlarga borib taqaladi. Ota-onalardan farzandlari eng yaxshilariga loyiq ekanligini uqtirib katta qilishlarini soʻragan boʻlardim. Rahmat. @fazodasblog
Yulduzing koʻpdir-u, Oying yoʻq sening, Poyingda poyondoz soying yoʻq sening. Hamon oʻsha shahar, Oʻsha yurtdasan Faqat yuragimda joying Yoʻq sening. Koʻnglimiz qolmadi, koʻnglimiz sindi, Ishqimiz sel boʻlib, sel kabi tindi, Endi izlaringni izlash qayda-yu, Hatto koʻchangdan ham oʻtmayman endi. Aldading, chiroyli aldading biram, Alamga aylandi men yashar olam. Ishqqa ishonmaslik ilmini berding, Yaxshi ish qilmading nima boʻlsa ham. Bir koʻngil haqqiga qularmi osmon, Kimga yaxshi boʻldi, kimgadir yomon. Sen umrim yoʻlidan oʻtding-u ketding, Men nodon umidvor yashayman hamon. Yulduzing koʻpdir-u, oying yoʻq sening, Poyingda poyondoz soying yoʻq sening. Hamon oʻsha shahar, oʻsha yurtdasan, Faqat Faqat yuragimda joying yoʻq sening. Malika Tavfiq. @fazodasblog
Dazaining Yozosi xudodan rostgoʻylik gunohmi?, deb soʻrardi (God, I ask you, is truthfulness a sin?). Endi Murakamining «An independent organ» hikoyasidan tarjima qilingan quyidagi sarrlarga eʼtibor qaratishingizni soʻrayman: Ayollarning barchasi yolgʻon gapirishiga imkon beradigan maxsus va mustaqil bir aʼzo bilan tugʻilgan. Bu yolgʻonning turiga, u qanday aytilishiga va ayollar qaysi vaqtda yolgʻon ishlatishiga tayanadi. Lekin hayotining maʼlum qismida hamma ayollar yolgʻon gapirishadi va muhim narsalar haqida aldashadi. Ular shuningdek, ahamiyatsiz boʻlgan narsalar toʻgʻrisida ham yolgʻon ishlatishadi, ammo eng muhim narsalar haqida gap borsa ham, bunda ham yolgʻon gapirishdan ikkilanishmaydi. Koʻpchilik ayollar yolgʻon gapirganda ularning yuz ifodasi va ovozi umuman oʻzgarmaydi, chunki buni ular qurollangan oʻsha mustaqil organ keltirib chiqaradi, oʻzlari emas. Shu sababdan, baʼzi holatlarni mustasno qilib aytganda, ular hanuz toza vijdon egalari boʻlib qoladilar va aytgan gaplari uchun hech qachon uyqusini yoʻqotishmaydi. Bu uchun mendan qanchalik nafratlanasiz, bilmadim, ammo yuqoridagi fikrlar toʻgʻri ekanligiga sizni ishontira olaman! Shu jinsdagi shaxs boʻlganim uchun, ehtimol, yolgʻon gaplarni maromida qoyillatib qoʻyish boʻyicha bizga, ayollarga yetadigani yoʻq) Murakamining kiritgan birgina yangiligi bu xususiyatni maʼlum aʼzo orqali yuzaga keladi deyayotganidir. Aslida yolgʻon soʻzlash har bir ayolning qoʻlidan keladi, qizigʻi, buning haqiqatligiga chunonam ishonasizki, hatto yakunda yolgʻon edi bu, deb tursam, bunga ishongingiz kelmaydi. Sizning fikringiz qanday? @fazodasblog
Men uni kuzgi daraxtga oʻxshataman. Boshqa daraxtlar singari mavsumga xos zargʻaldoq tusga kiradi-yu, oʻz vazifasini kech kuzga qoldiradi. Kuzning soʻnggida, soʻnggi barglarini asrab qoʻyadi-yu, koʻp oʻtmasdan qish kelishini tan olmaydi... Men oʻzimni vannaga kirishim bilanoq yaxshi taniy boshlayman. Koʻp turtkilarni, xususan, yozishga motivning koʻp qismini ham shu yerdan olaman. Gap shundaki, yalangʻoch tanam bilan yolgʻiz qolaman. Muhimi, daxlsiz boʻlaman. Faqatgina suvning shitirini hisobga olmaganda, ortiq halal beradigan narsa mavjud emas, u joyda. Baʼzida kundaligimni atayin stol ustida ochiq qoldiraman. Kimdir toʻsatdan koʻzi tusharmikin, degan oʻylov bilan. Kimdir oʻqib qolishiga intizor boʻlaman. Ammo hanuz hech kim unga eʼtibor qilmadi. Ana, hozir ham, choynak yonida turibdi u. Yaxshisi, joyiga olib qoʻyganim maʼqul. Barchamiz notoʻgʻri boʻlsa-da, baʼzi harakatlarda davom etamiz, oʻy-xayollarimiz doimiy boʻladi. Masalan, vaʼdalashish va umidlar ham huddi shunday holatlardan. Hech qachon kutib qolmang. Hatto vaʼda bor joyda ham, umidlanmang. Yaqinda eng koʻp toʻkilganim kundaligimni yaqin bir insonimga joʻnatib yubormoqchi boʻldim. Qarorim shunchalar qatʼiy ediki, hatto buni yaqinimga aytib qoʻygandim. Joʻnatmadim. Asliyatim fosh boʻlishidan uyaldim. Men qoʻrqoq emasman, uyalchangman xolos...
Salimovning «Zulfiqor» - taqrizlar toʻplamini oʻqib chiqdim, toʻplam koʻproq kitoblar haqida emas, hislar haqidadek taassurot qoldirdi. Zero yozuvchining oʻzi aytganidek, u kitob oʻqimagan odamning hislariga ishonmaydi. Muallif asarlar haqida shunchaki umumiy maʼlumotlarni emas, ulardan olgan va biz olishimiz mumkin boʻlgan ozuqani hayotiy qilib tasvirlaydi, yaʼni kitoblarda aks ettiriladigan voqea-hodisalarni hayotga koʻchiradi. Va bu shunchalar tabiiy boʻladiki, oʻqiganingiz sari oʻqigingiz kelaveradi. Oʻzi taqrizlar ikki xil taʼsir qiladi, oʻquvchiga. Biror asar boshlashingizdan oldin, u haqidagi taqrizga koʻzingiz tushsa, keyin oʻsha asarni oʻqigingiz kelmay qoladi, yoki teskarisi, taqriz sizni kitobni topib oʻqishga undaydi. Ammo shunda ham, kitobdan olinadigan xulosalar taqrizda keltirilgan fikrlar taʼsirida qoliplashib qolishi mumkin. Shunday boʻlsada, «Zulfiqor» da keltirilgan baʼzi kitoblarni oʻqib chiqishni reja qilib qoʻydim. Yozishga qiynalyapsizmi? Demak yetarlicha oʻqimayapsiz yoki yetarlicha dahlsiz qolmayapsiz ekan. Sezganingizdek, shu holat oʻzimda kuzatilib turibdi, «Zulfiqor» dan esa doimiy taqriz yozishimga turtkini ololdim deb oʻylayman. Oʻzi nimadir boshlamoqchi boʻlsangiz, qoʻrqmasligingiz va oʻzingizga koʻp yuk qoʻymasligingiz kerak, mana shularni oʻrgata oldi, kitob menga. Avvalroq Ilhom Salimov tarjimasida chiqqan «Yaralangan qush hamon uchmoqda» ni oʻqib tugatgandim, ham toʻplam, ham tarjimaga baho berar ekanmiz, yozuvchidan yaxshi bir asar, aytaylik roman oʻqish ham qiziq boʻlib qoladi. Kutamiz. Quyida esa bugungi kitobdan ostiga chizilgan gaplarni qoldiraman. Kimgadir yaxshilik qilishimiz, gʻamxoʻrlik koʻrsatishimiz vijdonli ekanimizdan dalolat bermaydi. Bu biz ichki egomizni, xudbinligimizni qondirish uchun qilingan ishdir. Baʼzan eng yuksakka chiqish uchun eng quyiga tushish talab etiladi, eng toza boʻlish uchun butun tubanliklardan oʻtish kerak, hayotni yangidan boshlash uchun xarob ahvolga kelish kerak. Eskini butunlay buzmay turib, yangini boshlashga urinsangiz, na u yoqlik, na bu yoqlik boʻlib, oʻrtamiyonalikdan chiqib ketolmaysiz. Axloq boshdan oyoq soxtalikdan iborat. Hayotda insonlarning nima qilganini koʻramiz-u, qay sababga koʻra qilganini bilmaymiz. Kimgadir baho berar ekanmiz, bunday holatiga majbur qilgan sababni oʻylab ham koʻrmaymiz. Rumiy aytganidek, harakatga kelgan chang-toʻzonni koʻramiz-u, uni oyoqqa turgʻizgan shamolni koʻrmaymiz. Bunday shamol hammada bor. Sirini aytgan yaqiningiz sizning boʻlajak dushmaningizdir. Yozganingga mazmun kiritish hayotingni maʼniliroq qilishdan xiyla oson. Bir kuni kimdir qarshimizdan chiqadi-da, barcha gunohlarimizni yodimizga soladi. Chinakam insonga oʻz fojiasini anglash baxti berilgan. Dunyodagi eng halol odam va koʻchadagi fohisha oʻrtasida katta farq yoʻq. Siz doim loy chaplab kelgan inson bilan bir qator oʻxshashliklarga egasiz, shuni yodda tutsak, hayot sal boʻlsayam goʻzalroq boʻladi. Insonning botinida ishqqa tashnalik bor. Qanchalik ensangiz qotmasin, aytishim kerakki, faqat ishqqina insonni inson qiyofasida ushlab turadi. Faqat u hayotga maʼno beradi. Aniqrogʻi, sevib-sevilgan odam bu jin urgur hayotdan maʼno qidirmaydi, bunday baxt asrlar davomida faylasuflar bosh qotirgan savollarni yoʻqqa chiqaradi. Yanayam koʻproq yozgʻilarni «Stranger» ning oʻzidan oʻqib olishingiz mumkin. «Zulfiqor» ni oʻqishingizni tavsiya qilaman, kitob sifati hamda undagi fikrlar, shubhasiz, his qilishga arziydi. @fazodasblog
Menimcha, odam hech boʻlmasa bir kun boshqacha yashab koʻrishi kerak. Bir kun qoʻlingizdan kelgancha odamlarga yordam bering, oʻsha kunning tongini instagramda maqsadsiz oʻtirish bilan emas, qushlarning sayrogʻini tinglash bilan ottiring. Bir kungina butun vaqt-u energiyangizni soʻrib olayotgan, shaxslarning hayoti, yashash tarzidan iborat boʻlgan ijtimoiy tarmoqlarsiz yashab koʻring. Albatta, biridan kechsang, oʻrniga boshqa biri doim shay boʻlishi kerak: piyoda sayr qiling, oʻxshamasa ham yangi retseptda taom tayyorlang, kundaligingizga oʻzingizga kim boʻlib koʻrinishingizni erinmasdan yozib chiqing. Bularning barini oʻsha bir kunda sinab koʻrsangiz, kamida, daqiqalik xotirjamlikka erishasiz, fikringiz teranlashadi va bu hayotingizning haqiqiy yashalgan qismlaridan biri boʻladi. Ammo yomoni ham bor, hayotning naqadar bemaʼni ekanligini va hanuz oʻz maʼnoyingizni yaratmaganligingizni anglab qolasiz. Yaxshisi, tinchgina monoton hayotda yashab yurgan maʼqul.
Ehtimol kechirilmasligimiz kerakdir. Ehtimol jazoga noloyiqligi sababli jinoyatda davom etar, odamzod. Oʻzi inson boshiga tushadigan har qanday voqea-hodisaga uning oʻzi loyiq boʻlavermaydi, yoki unga beriladigan mukofot-u jazoga u doim ham arziyvermaydi. Siz-u bizni mudom illyuziyalarga ishontirib kelishgan, xolos. Kafka holatimizni toʻkis va chiroyli taʼriflab ketgan, aslida. Ehtimol yechimning shaxslarda emasligi haqiqatga yaqindir, bu borib-borib hech qanday ilohiylikka emas, balki oʻzimizda mavjud boʻlib turgan javobdir. Yaʼnikim, barcha gaplar — Xudoda emas, oʻzimizdadir. Inson dastavval oʻziga murojaat etishi, murojaat qila olishi — yechim emasmikin? Inson mudom yaratuvchisiga nola-yu faryod, shukur qilaverib, oʻzi bilan suhbatlashishni unutib qoʻymadimi?
Kelsang xush damlarni yod aylagaymiz, Kelmasang koʻngilni oʻrtar u damlar. Inson oʻtmishi ham turar oʻzgarib, Xuddi oʻzgargani kabi odamlar. Faqat sen ketmading, ortingdan ketdi Men sevgan kitoblar, kuylar, koʻchalar. Boʻm-boʻsh hayotimda yashayman endi, Sen qaytar yoʻllarga nigohim toʻshab. Sen ketgach oʻzgardim, yumshadi diydam, Senga, boshqalarga uzrlarim bor. Endi hech kimsaga qilmayman sitam, Oʻzimdan oʻzgaga bermayman ozor. Inson tirik ekan, umidi oʻlmas, Bir ilinj saqlanur ingichka, mayin. Bilaman, bu visol abadiy boʻlmas, Bilaman, kelsang ham ketmogʻing tayin. Lekin kel, senlikning har oni aziz, Bir muddat shodlikka doʻnsin bu gʻamlar. Kelsang xush damlarni yod aylagaymiz, Kelmasang koʻngilni oʻrtar u damlar. Ilhom Salimov @fazodasblog
Koʻzing qaro sening, qoshlaring qaro, Yuzlaring oq sening, kulishlaring oq. Qoʻlingdagi taʼna toshlaring qaro, Menga gʻamgin boqib turishlaring oq. Unutishing — qaro, hijroning qaro, Sogʻinching oppoqdir, xatlaring — oppoq. Qarodir yurganing oʻch-mehr aro, Menga tashlab ketgan dardlaring — oppoq. Shommi, yo saharmi — vaqtimdir qaro, Sen deb toʻkayotgan yoshlarim oppoq. Sening ham, mening ham baxtimdir qaro, Oʻttiz toʻrt yoshingda sochlaring oppoq. Ishon, yurak oqdir, qarodir taqdir, Oq-qora boʻyoqlar bizning bogʻlarda... Men milyon boʻyoqni bilardim, axir, Ikkimiz baxtiyor boʻlgan chogʻlarda. — Usmon Azim @fazodasblog
Eʼtibor bersangiz, hayotingizga kelib-ketuvchilar koʻnglingizdagidek boʻlmaydi, yoki ular (keyinchalik ham) siz istagandek boʻla olishmaydi. Bu hayotning azaliy qonuni. Shunday ekan, siz ham sizdan kutishganlari, talab qilishganlari-yu soʻrashganlari kabi boʻla olmaysiz. Asli, insonlarning ehtiyojini (tezda) qondiruvchi bir «obyekt» boʻlishingiz kerak emas. Bu oʻta zerikarli) Inson Yaratuvchining oʻzi kabi boʻlgan (mavjudot) yaratiqlari oʻlchamiga sigʻa olmaydi. Unga inʼom qilingan barcha neʼmatlarni boshqasi boshqara olmaydi. Baʼzan sizga ortiqcha hamda sunʼiy bosim beradigan har qanday chalgʻituvchilardan qutulishingiz kerak. Javoningizda qator terilgan kitoblar sizni oʻqishdan ushlab qolyaptimi, daf qiling, ularni. Kim bilandir davom etib kelayotgan «zaharli» munosabatingizga yakun yasash uni qoʻlidan kelmayaptimi, siz birinchi boʻling, bunda. Kezi kelganda shaxslardan ham oʻzingizni qutultiring. Avvalo oʻzingizga ravo koʻring. @fazodasblog
Inson oʻzining yengiltabiat ekanligini tan olgisi kelmaydi. Maʼnaviyatchi gʻirt buzuqi, axloqdan sizga vaʼz oʻqiydiganlar axloqsiz boʻlishi mumkin (va bu tabiiy). Aslida yengiltak ekanligini tan olishning yomon tomoni yoʻq, ammo hayronman, odamlar oʻzlari haqida qolganlarning fikri qiziqmas, deb bot-bot aytishadi-yu, oʻzini yashirish bilan band boʻlishadi. Biror bir ishda ishlash shaxsiyatni oʻzgartirib qoʻymaydi. Bu shunchaki yana bitta status, xolos. Aslida bizning tasavvurlarimiz aksar hollarda qiyshiq boʻlib kelgan. Har kimning har kim boʻlishga va har nima qilishga haqqi bor, degan vajdan kelib chiqsak, ortiqcha oʻylar uchun oʻzimizni urintirishimiz shart boʻlmay qoladi. Vijdoningizni xafa qilib qoʻymang) @fazodasblog
Hech kimga (qattiq) ishonch bildirmang. Tark etishingiz qiyinlashib qoladi. Muqarrarlikni vaqtinchalik bilan oʻlchang.