tgindex
Firdavs Shavkat

Firdavs Shavkat

Статистика
@firdavsbinShузбекский

O'zim uchun foydali deb bilganlarimni ulashaman...

Последний пост
28 июл.
Последнее чтение
13 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
23
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
205
+1 за 1 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
810
23 постов
Вовлечённость
395,1%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 23
Упоминаний
1
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
408
1/48двое суток
467
1/72трое суток
504

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Shu qadar o'zing bilan band bo'lginki, boshqalarning aybi sanga ko'rinmasin.. Firdavs Shavkat

  • Kecha asrda 15 yoshli Abdujalilga janoza o'qigandik, bugun esa bobolariga.. Yosh, nasab, irq, millat tanlamas ekan! Firdavs Shavkat

  • Kitobdan aqlga ko'chadigan narsa bu ilm emas, balki ma'lumotdir. Va endi bu ma'lumotlar haqiqiy ilm bo'lishi uchun, aqldan qalbga ko'chishi kerak. Buni esa Ustozlarsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Ilm olishdan asosiy maqsad banda o'zida axloqni kasb qilishidir. Uni esa faqatgina kitobdan o'qib-o'rganib bo'lmaydi. Shu sabab Alloh taolo Ustozlik maqomini yaratgan. Uni ulug'lagan va shunga buyurgan. Ularni qadrlashimiz kerak azizlar.. Firdavs Shavkat

  • #tavfiq Inson o'zi qila olishi mumkin bo'lgan ishlarni qilmaganidan siqiladi degan gap bor Kim aytdi, qila oladi deb.. Oldin Manga oson bo'lgan ishni hozir qila olmasligim mani oddiy banda ekanligimga yana bir isbot bo'ladi. Oldin qila olardim, hozir esa yo'q. Oldin kuchim yetmagan, hozir o'ylanmasdan bajaraman... vahokazo Bu yerda bir asosiy omil bor - tavfiq. Banda hech qachon hech qaysi amalini o'ziga nisbat bermasligi kerak. Inson sodir bo'layotganlarni o'zidan ko'ra boshlaganida ixlosiga putur yetadi, mana shu joyda tavfiq uzulib qolishi mumkin.. Men qildim, yodladim, yozdim, qurdim, tuzdim, topdim, berdim, chiqardim... Birodar yuqoridagilarni Alloh sizga o'sha paytda shu ishlarni qilishga tavfiq bergani uchungina qila olgansiz, balki qila olyapsiz. Unutmang, kibrlanmang, hech kim emasmiz.. Alloh tavfiqini ustimizda bardavom qilsin! Firdavs Shavkat

  • Ustozlar kelishdi yurtimizga)

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • Orzu qilmang, orzusidagi bo'ling! Baxtli qiling, baxtli bo'lasiz in shaa Alloh! Firdavs Shavkat

  • 2 июн.1 76519

    To'yga tayyorgarlik.. Qaniydi, kuyov bo'lmish faqatgina yaxshi pul topish kerak degan sterotip bilan qotib qolmasdan, ayolning haqqi, solih farzand tarbiyasi, oilada erning burch va vazifalari qanday bo'lishi kerakligi haqida ham ilmga ega bo'lsaydi.. Kelin bo'lmish ham faqatgina pishir-tushir yoki bo'yan-so'yan bilan mashg'ul bo'lmasdan, ayollik vazifalari, farzandlari kelajagi uchun hayoli, taqvoli, ilmli bo'lishi kerakligi haqida bilsaydi.. Bu yoshlarning onalari ham haa deb sepu-suru, latta-putta bilan aralashmasdan farzandlari qalbi, ularning niyyatlari, ulardan qoladigan zurriyotlari solih yoki dunyoparast bo'lishi ularga ham bog'liq ekanligini bir o'ylab ko'rishganida edi.. Shunday bo'lganda edi, balki hozirgi har beshta nikohning biri ajrim bilan yakunlanmayotgan bo'larmidi..! Alloh holimizni isloh qilsin, bandalari uchunmas O'zi uchun yashashlikka, O'ziga haqiqiy qullik qilishga tavfiq bersin! Firdavs Shavkat

  • Bu oyga qo'ygan maqsadlarimni hammasini ham to'liq yopa olmadim, alhamdulillah) Oxirgi 10 kunda rejalashtirilmagan soatlar ichida yashadim, samaradorlik shu kunlarda tushgan. Bu esa - haqiqiy mo'minni hayoti tartibli bo'lishi kerakligiga yana bir misol. Vaqtimizni to'g'ri narsalarga taqsimlamasak, o'rnini lag'u va manfaatsizlik egallaydi. Rejasiz kun = barakasiz kun. Qaysidir joyda xato qilganmanki, shunaqa kunlar bilan jazolandim. Qaytish kerak, duo qilib qo'ying haqqimizga! Firdavs Shavkat

  • Hamma narsaning miqdori bor Ko'p ishlarda o'rtamiyonalik yaxshi illo Robbimizga bo'lgan muhabbatimiz cheksiz bo'lishi kerak Dunyodan nimanidir yo kimnidir haddan tashqari ko'p yaxshi ko'rish uni bizdan, bizni undan uzoqlashtiradi illo Robbimizni muhabbati bundan mustasno, yaxshi ko'rganimiz sari yaxshi ko'radi, yaqinlashganimiz sari yaqinlashadi.. Firdavs Shavkat

  • 3 мая1 45122

    Al-Fajr

  • 24 апр.1 0322

    Hayot shuldur Qachon U birladir qalbing, umr shuldur, hayot shuldur, Qachon Undan judodir dil, o‘lim shuldur, mamot shuldur. Yurarsan Haq sari pinhon, yo‘lingda har qayon yov bor, Turolsang «Robbim Alloh»da, sabr shuldur, sabot shuldur. Yetishmoq istasang, chopmoq kerak, uchmoq kerak Ul yon, O‘tarsan farzu naflini, oyoq shuldur, qanot shuldur. Basharda yo‘l sanoqsizdir, hama o‘zicha haq mutlaq, Nabiy, siddiq yo‘lin tutsang, tariq shuldur, sirot shuldur. Peshonang yerda-yu, nafsing o‘zin osmonda tutmish gar, Na deb butlarni chopgaysan, Hubal shuldur, Manot shuldur. Xudoga bosh egib qalbing, tiyilsa U uchun nafsing, Namozu ro‘za ne derlar, siyom shuldur, salot shuldur. Najotga besh mahal chorlov kelar har kun minorlardan, Husayn aytmish nido mag‘zin, najoh shuldur, najot shuldur. Husayn Ustoz

  • Faqat o'zingizning xohishingiz bilangina bitmaydigan ishlarga shoshilmang! Qayta o'qing. Mo'min shoshqaloq bo'lmaydi. Firdavs Shavkat

  • 29 мар.1 0582

    Biz boshqalarning xato va kamchiliklarini darhol sezib, o'zimiznikini payqamaydigan bo'lib qoldik. Negaki insonning nafsi o'zini-o'zi taftish qilishi qiyin. Biz o'zimizdan xotirjam bo'lib, boshqalarning "hayotga qaytishiga" yordam bermoqchimizmi? Eeeh nodon-ee, qanday qilib botqoqdagi inson boshqa biriga bu chuqurlikdan chiqishga yordam bersin.. Boshqalarga yordam berguvchi uning ichida emas, balki yuqorisida bo'lishi kerak. Yana pastdagilarni tortish uchun arqoni ham bo'lishi kerak. Arqoni ham qalin, mustahkam bo'lishi kerak. O'zi ham baquvvat bo'lishi kerak. Yo'qsa pastdagilar omon qolish ilinjida uni ham botqoqqa tortishlari hech gap emas.. Endi aniqlab olaylik, biz ichkaridamizmi yoki yuqorida? Agar yuqorida bo'lsak, pastdagilarni tortishga kuchimiz yetadimi? Yo'q bo'lsa, hali bilaklarimizni kuchaytirishimiz kerak ekan.. Firdavs Shavkat

  • Bir akamizni yaxshi gaplari bor edi: - O'zi aslida eng yomoni bizmiz, bizdan boshqa hamma yaxshi.. O'zi adashtirmasin! Yaxshilarning yomonidurman, Bug'doylarning somonidurman. Firdavs Shavkat

  • Chuqur ma'noga ega so'zlar. E'tibor bilan o'qish tavsiya qilinadi. Qalb agar Allohga ma’nan yaqinlik lazzatini tatib ko‘rsa, endi odatiy narsalarga rozi bo‘lmaydi. Agar yaqinlikning bir shabadasini his qilsa, uzoqlik sahrosidan siqilib ketadi, atrofini har qancha ziynatli narsalar qurshab olsa ham. Ba’zan yolg‘izlikni his qilasan yolg‘iz bo‘lganing uchun emas, balki qalbing hech qachon yo‘qolmaydigan Zotni istagani uchun. Zerikishni his qilasan chunki ruhing dunyo uchun emas, oxirat uchun yaratilgan. Hushu huzu kamayganini ko‘rasan, nurning so‘nayotganini sezasan va ko‘z yosh to‘kib yig‘laysan, jarohatsiz ham og‘riq his qilasan. Bu seni ziyorat qilib turadigan yaqinlik yo‘qolib, unsdan (Allohga yaqinlikdan) keyin vahshat (begonalik) kelganidir. Bu yo‘qotishning bir turi bo‘lib, “holning yo‘qolishi” deb ataladi. Qalb o‘zidan hayratga tushadi: Nega bezovta bo‘ldim? Nega ilgari yoqimli tuyulgan narsa dunyo endi meni yuragimni siqa boshladi? Javob quydagicha:Chunki oddiy qilib aytganda u endi avvalgidek emas. Qalbing ulg‘aydi, endi kichik narsalar unga sig‘maydi. Ichki olaming kengaydi, endi u faqat foniy narsalardan yuksak bo‘lgan olami malakut bilan tinchlanadi. Agar ko‘ksingda shu og‘riqni topsang uni darhol bosishga shoshilma, balki unga quloq sol. Balki bu og‘riq bir eshikdir, vahshat bir da’vatdir, xayotdan zerikish bir xabardir. U senga hol tilidada shunday deydi: “Sen buning uchun yaratilmagansan,bu sening maqoming emas.” Bas, qayt… Qalb Alloh zikr qilinganda xotirjam bo‘ladigan joyga qayt. Yaqinlikda taskin topadigan, topganda tabassum qiladigan manbaga qayt. Chunki qalb faqat uzoqlashganda kasal bo‘ladi va faqat qaytgandagina shifo topadi. Shayx Jobir Bag‘dodiy hafizahulloh suhbatlaridan mustaqil tarjima. Manba: AbulHuda

  • Ramazonda boshlangan ishlar xayrli bo'ladi in shaa Alloh! 👇🏻Yangi kanalimiz, ulanib oling! Endi ko'pincha shu yerda bo'laman in shaa Alloh! Qur'on yo'li | Firdavs Shavkat

  • Holi bo'lib o'qing! Ey nafsim, yetar-a endi! Bas qil xohishlaring ketidan chopishni! Menga aytchi, sen hozirgacha o’tkazgan Ramazoningdan rozimisan, ko’ngling to’lyaptimi? Yo’q deysanmi, unda nega haliyam davom etyapsan?.. Nega gunohda, ma’siyatda, dangasalikda, shijoatsizlikda, haroming va halolingga e’tiborsizlikda davom etyapsan..? Ozgina fursat qoldi-ku o’zi, keyin yana 11 oy davom etasan, davom etasan o’sha qolib ketadigan dunyoning harakatiga! Bilib qo’yginki, mana shu oz fursatni qanday o’tkazsang, qolgan oylaring ham shu zaylda o’tadi. Agar ayni damlarni g’animat bilib, qo’ldan boy berishni xohlamasang, o’zingni Allohga bag’ishla, ibodatiga bag’ishla.. Tavba qil, Robbingdan avf qilishini so’rab yolvor, hammasiga tavba qil.. Ishonki, hozirgi pallalarda Ar-Rohiym bo’lgan Zot doimgidan-da ko’ra saxiyroq, rahmliroq va mehribonroqdir! Sen muvaffaqiyatli bo’lishni xohlaysan-ku, to’g’rimi? Haqiqiy muvaffaqiyatga erishmoqchi bo’lsang, hozir ayni payti. Mo’minning muvaffaqiyati — Robbisining roziligidir. Shuni bir yaxshilab tafakkur qilib ko’r. O’zini topsang nimani yo’qotasan, O’zini yo’qotsang nimani topasan…?! Ey nafsim, kel ozgina muddat kelishib ish tutaylik, axir senga ham Robbingning rizoligidan mosuvo bo’lib, jahannamda xor bo’lish yoqmaydi-ku! Shuning uchun ayni fursatlarda meni ma’siyatga boshlama, agar shunday qilsang, holimizga voy bo’ladi! Nima qilishim kerak deysanmi, har qanday holatda bizga to’g’ri yo’lni O’z hayotlarida tatbiq qilib ko’rsatgan zot Nabiyyimiz ﷺ ning amallariga qara. Ular bu ulug’ kunlarda qanchalar ibodat qilardilar, bir esla.. Bashariyatning eng a’losi, olam u kishi uchun yaratilgan zot to saharlikkacha ikki rakatda Alloh bilan suhbat qurganlarini esla.. (Namozda Qur’on o’qish — Alloh bilan suhbatlashish demakdir) Kalamullohni o’qi, iloji bo’lsa namozda o’qi, eplasang tadabbur bilan o’qi. Charchasang zikr qil, istig’for ayt, hamd keltir, Nabiyyimiz ﷺ haqlariga salovat ayt.. Ibodat qil ey nafsim, bu ulug’ kechalarni har kuningdagidek oddiy o’tkazib yuborma! Agarki, Robbing nasib qilib Qodrni topsang va Ar-Rohman bo’lgan Zot uni sendan qabul qilsa, bilgin-ki, dunyoda sendan-da sharafli, baxtli va muvaffaqiyatli inson yo’qdir, illo Qodrni topganlar va qabul qilinganlargina sen kabi zafarga erishadilar… Barokallohu fiykum! Firdavs Shavkat

  • Оҳирги ўн кунлик. Тўлиқ суҳбат. Устоз Ҳусайн Бухорий

Firdavs Shavkat — tgindex