tgindex
Ingliz tili 1-fakulteti | OʻzDJTU

Ingliz tili 1-fakulteti | OʻzDJTU

Статистика

🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 1-fakultetining Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz! • instagram.com/firstfacultyofficial 📩 Murojaat uchun: @birinchiingliz_dekanat 📩 Matbuot kotibi: @marjonaradshidova

Последний пост
10 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
1
Всего постов
79
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Образование (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
1 320
−4 за 2 дн.
Сутки
−1
−0,08%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
446
40 постов
Вовлечённость
33,8%
к подписчикам
Постов в день
0,1
всего 79
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
184
1/48двое суток
210
1/72трое суток
227

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 🟦🟦🟦🟦🟦 “35 000 tashabbus” — Mustaqillikning 35 yilligiga bagʻishlangan mega loyihaga start berildi! Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash ofisi tomonidan “35 000 tashabbus” umummilliy loyihasi yoʻlga qoʻyildi. Siz ham yurtimiz rivojiga oʻz hissangizni qoʻshmoqchimisiz? Unda jamiyat va davlat taraqqiyotiga xizmat qiladigan innovatsion gʻoya yoki tashabbusingizni taqdim eting. 🟢Taʼlim, fan, texnologiya, ekologiya, tadbirkorlik, madaniyat yoki boshqa istalgan yoʻnalishdagi har bir foydali tashabbus muhim. 📌 Tashabbusingizni yuboring: tashabbus.yito.uz⁠ 🇺🇿Katta oʻzgarishlar bitta tashabbusdan boshlanadi. Sizning gʻoyangiz esa Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining navbatdagi qadami boʻlishi mumkin. 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • ⚡️Buxoro va Toshkent e'tirofiga sazovor bo'lgan yosh ijodkorning navbatdagi yutug'i! 🎓O'zDJTU xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili fakulteti 3-kurs talabasi Ochilova Xurshidaning "Ko'zim tikdim olis yulduzga" nomli navbatdagi kitobi nashrdan chiqdi! 📚Yaqinda "O'zbekiston faxri — 2026" va "Grand prize — 2026" sohibasi bo'lgan yosh shoiramiz ilk "Alexander Feinberg" nomli kitobi orqali ham keng omma e'tiboriga tushgan edi. Mazkur kitob muallifning ijodiy izlanishlari va adabiyotga bo'lgan mehri mahsuli sifatida kitobxonlar e'tiboriga havola etilmoqda. 🏆 Universitetimizning yana bir yutug'i o'laroq, yosh shoiraning ilmiy izlanishlari va yutuqlari natijasida O'zbekiston davlat jahon tillari Universiteti rektori Ilhomjon To'xtasinov nomiga tashakkur xati yuborildi! 🥇O'zbekiston davlat jahon tillari Universiteti jamoasi Xurshida Ochilovani ushbu quvonchli ijodiy yutug'i bilan samimiy muborakbod etadi hamda unga kelgusi ijodiy faoliyatida ulkan zafarlar, ilhom va yangi muvaffaqiyatlar tilaydi🎉

  • 5 авг.3282из UzSWLU

    🟦🟦🟦🟦🟦🟦 TALABA-YOSHLAR VA UNIVERSITET JAMOASI! 🚀 G‘OYANGIZ BOR. ENDI UNI KATTA IMKONIYATGA AYLANTIRING! 🇺🇿 “35 000 TASHABBUS” — YANGI G‘OYALAR UCHUN KATTA MAYDON! 💡 Sizda jamiyat uchun foydali innovatsion g‘oya bormi? 🚀 O‘z startapingizni yaratish yoki rivojlantirishni istaysizmi? ✨ Dolzarb muammolarga yangicha va amaliy yechim taklif qila olasizmi? Unda “35 000 tashabbus” siz uchun ayni muddao! O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 30-iyuldagi 315-son buyrug‘i ijrosi doirasida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “35 000 tashabbus” umummilliy yoshlar tashabbusi dasturiga start berildi. 🎯 Mazkur dastur talaba-yoshlar hamda universitet jamoasiga o‘zining intellektual salohiyati va kreativ fikrlashini namoyon etish, jamiyatdagi dolzarb muammolarga ilmiy asoslangan, amaliy va nostandart yechimlar taklif qilish imkonini beradi. TASHABBUSLAR QAYSI YO‘NALISHLARDA? 🌱 Ekologiya 📚 Ta’lim 💻 Raqamli texnologiyalar ⚙️ Muhandislik 🩺 Sog‘liqni saqlash 💡 Innovatsion va ijtimoiy loyihalar G‘OYANGIZNI AMALGA OSHIRISH VAQTI KELDI! 📌Ishtirok etish uchun tashabbus.yito.uz platformasida ro‘yxatdan o‘ting va loyihangizni taqdim eting. G‘oyangizni namoyon eting! Startapingizni rivojlantiring! 🇺🇿 O‘zbekistonning innovatsion taraqqiyotiga o‘z hissangizni qo‘shing! ℹ️ Qo‘shimcha ma’lumot va amaliy yordam uchun: O‘zDJTU Ilmiy va innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limiga murojaat qilishingiz mumkin. 👉 @IIITB714 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

  • 17 июл.50418из hemis_university

    🎥 Grant taqsimotiga ariza berish bo‘yicha video qo‘llanma Hurmatli talabalar! Grant taqsimotida ishtirok etish uchun ariza yuborish tartibi bo‘yicha video qo‘llanma tayyorlandi. ▶️ Videoqo'llanma orqali, arizani yuborishni ko'rib chiqishingiz mumkin. 📌 Eslatma: Ariza yuborishdan oldin barcha ma’lumotlaringizni diqqat bilan tekshiring. Ariza tasdiqlangandan so‘ng uni bekor qilish yoki tahrirlash imkoni mavjud emas. #ijtimoiyfaollik #hemis #grant #tyutor 🌐hemis.uz 🌐my.hemis.uz 📢HEMIS axborot tizimi telegram kanali 💬HEMIS axborot tizimining telegramdagi guruhi

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • 17 июл.38113из UzSWLU

    🇺🇿🇮🇩 O‘zDJTU BITIRUVCHI TALABALARI UCHUN INDONEZIYADA MAGISTRATURA BOSQICHIDA TAHSIL OLISH IMKONIYATI O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish doirasida universitet bitiruvchi talabalari uchun Indoneziya Respublikasining Surabaya shahrida joylashgan Universitas Negeri Surabaya (UNESA)da magistratura bosqichida tahsil olish uchun 20 ta grant o‘rni ajratildi. Mazkur tanlovda O‘zDJTUning barcha fakultet va ta'lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan bitiruvchi bosqich talabalari ishtirok etishlari mumkin. 🏛 Universitas Negeri Surabaya (UNESA) — Indoneziyaning davlat oliy ta'lim muassasalaridan biri bo‘lib, ta'lim, ijtimoiy-gumanitar fanlar, tillar, madaniyat va boshqa qator yo‘nalishlarda yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaydi. 🌍 Universitetda 50 dan ortiq magistratura va oliy ta'limdan keyingi ta'lim dasturlari mavjud. Jumladan: • Psychology • Social Sciences and Political Science • Educational Management • Language and Literature Education • Arts and Culture Education • Early Childhood Education • hamda boshqa zamonaviy ta'lim yo‘nalishlari. Mazkur imkoniyat talabalarning xalqaro akademik tajribasini kengaytirish, ilmiy va kasbiy salohiyatini rivojlantirish, shuningdek, O‘zbekiston va Indoneziya oliy ta'lim muassasalari o‘rtasidagi akademik hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Grant o‘rinlari uchun nomzodlar belgilangan mezonlar asosida ochiq va bosqichma-bosqich saralash jarayoni orqali tanlab olinadi. 📌 Ta'lim bosqichi: magistratura 🎓 Grant o‘rinlari soni: 20 ta 👥 Ishtirokchilar: O‘zDJTUning barcha fakultet va ta'lim yo‘nalishlaridagi bitiruvchi bosqich talabalari 📍 Ta'lim muassasasi: Universitas Negeri Surabaya (UNESA) 🇮🇩 Manzil: Surabaya, Indoneziya 📅 Ariza topshirish muddati: 1-Avgust 🔗 Ariza topshirish havolasi: HAVOLA 🌐 Universitet haqida batafsil ma'lumot: UNESA rasmiy veb-sayti 💰 Moliyaviy shartlar: ✅ Kontrakt (tuition fee) hamkor universitet tomonidan to‘liq qoplanadi. ✅ Yashash xarajatlari (turar joy bo‘yicha grant shartlariga muvofiq) hamkor universitet tomonidan qoplanadi. ❗ Viza rasmiylashtirish va xalqaro aviachipta (transport) xarajatlari nomzodning o‘zi tomonidan qoplanadi 📩 Grant va saralash jarayoni bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumot olish uchun @L_shamshodovna ga murojaat qilishingiz mumkin. 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram  | Instagram   | Facebook | Sayt

  • 15 июл.37239из UzSWLU

    📢 DIQQAT, E'LON! 2025/2026-o‘quv yili yakunlari bo‘yicha 1–2-bosqich talabalari uchun ta’lim grantiga arizalar qabuli boshlandi. Hurmatli talabalar! 2025/2026-o‘quv yili yakunlariga ko‘ra 1–2-bosqich talabalari uchun to‘liq grant va to‘liq bo‘lmagan grant yoki qo‘shimcha grant olish uchun arizalar qabuli boshlandi. 🗓 Ariza topshirish muddati: 2026-yil 15–20-iyul kunlari. Ariza topshirish tartibi: - student.hemis.uz yoki my.hemis.uz platformasiga shaxsiy kabinet orqali kiring; - "Grant arizalari" bo‘limini tanlang; - tegishli grant turini (to‘liq grant va to‘liq bo‘lmagan grant yoki qo‘shimcha grant) tanlab, elektron arizangizni yuboring. ⚠️ Eslatma: Arizalar 2026-yil 20-iyul kuni ham qabul qilinadi va shu kuni arizalar qabuli yakunlanadi. Belgilangan muddatdan so‘ng yuborilgan arizalar qabul qilinmaydi. Shu sababli arizangizni o‘z vaqtida rasmiylashtirishingizni so‘raymiz. ❗️Qo‘shimcha ma’lumot uchun fakultet dekan o‘rinbosariga murojaat qiling.

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti delegatsiyasi Yevropa Ittifoqining Erasmus+ KA171 dasturi doirasida Ispaniyaning Rioxa universitetiga tashrif buyurdi. Delegatsiya tarkibida O‘zDJTU rektori Ilhomjon Tuxtasinov, prorektor Maqsudjon Xamrayev, Roman-german filologiyasi fakulteti dekani Xamidullo Xakimov, Ofis-registrator boʻlimi boshligʻi Adilbek Xalililayev, Umumiy tilshunoslik kafedrasi mudiri, professor Ra’no Madjidova hamda universitet vakillari ishtirok etmoqda.Tashrifning maqsadi xalqaro akademik hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, tillarimizning oʻzaro bogʻliqligi va tarixi, yozuv tarixi va tarixiy tilshunoslik yo‘nalishlarida ilmiy-tadqiqotlar iborat. Tashrifning birinchi kunida Rioxa universiteti rahbariyati bilan rasmiy uchrashuv va universitet faoliyatiga oid taqdimot boʻlib oʻtdi. Shundan so‘ng delegatsiya a’zolari universitet kampusi, ilmiy-tadqiqot va laboratoriyalar, zamonaviy kutubxona, sport infratuzilmasi hamda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar.