FARG'ONA | QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL
СтатистикаFarg'ona viloyat Qurilish va Uy-joy kommunal xo'jaligi bosh boshqarmasi rasmiy telegram kanali ☎️Ishonch telefon: 73-226-03-97 1055 qisqa raqami 🌐www.fjko.uz 📲facebook.com/fjko.uz 📲twitter.com/fjkouz 📲instagram.com/fjko.uz 🎥https://www.youtube.com
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 34
- Всего постов
- 77
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Видео
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 113
- 1/48двое суток
- 129
- 1/72трое суток
- 139
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
#Mustaqillik35 #Uzb35 🇺🇿 Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan joriy yil may–sentabr oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahri bo‘ylab “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida “Mustaqillik to‘yi” festivali o‘tkaziladi. Loyiha Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, Madaniyat vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi, Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi, Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati hamda qator davlat va jamoat tashkilotlari hamkorligida amalga oshirilmoqda. Festival doirasida yurtimizning yetakchi olimlari, ziyolilari, shoir va yozuvchilari, san’atkorlari ishtirokida 10 dan ortiq ijtimoiy-madaniy va ma’rifiy loyihalar, xalq sayillari tashkil etiladi. 🟠Aziz yurtdoshlar, sizlarni “Mustaqillik to‘yi” festivalida faol ishtirok etishga chorlaymiz! ✅Batafsil ma’lumotni Mustaqillik35.uz veb-sayti orqali olishingiz mumkin. https://t.me/Rasmiy_axborot_official
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
Марғилонда куз-қиш мавсумига тайёргарлик ва “Долзарб 40 кунлик” доирасидаги ишлар ўрганилди Фарғона вилояти Қурилиш ва уй-жой коммунал хўжалиги бош бошқармаси томонидан Марғилон шаҳрида куз-қиш мавсумига тайёргарлик ишларининг бориши ўрганилди. Хусусан, шаҳарнинг Ипакчи ва Гулистон маҳаллаларида кўп квартирали уйларнинг ободлиги, ҳудудларни санитар тозалаш, кириш йўлаклари ва умумий фойдаланиш жойларини тартибга келтириш, муҳандислик-коммуникация тармоқларининг ҳолати ҳамда “Долзарб 40 кунлик” доирасида амалга оширилаётган ишлар танқидий кўриб чиқилди. Ўрганиш давомида аниқланган камчиликларни қисқа муддатларда бартараф этиш, кўп квартирали уйлар ва уларга туташ ҳудудларни ободонлаштириш, мавсумга тайёргарлик ишларини сифатли ташкил этиш бўйича масъулларга аниқ топшириқ ва вазифалар берилди.
#JARAYON 📍 Muqimiy shaharchasida bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari davom etmoqda! Qo‘qon shahridagi Muqimiy va “Shikorbegi” mahallalarida aholi uchun qulay va zamonaviy yashash muhitini yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli amaliy ishlar olib borilmoqda. 🏘 Bir necha oy oldin vazir o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva mazkur hududda bo'lib, ko‘p qavatli uy-joylar va infratuzilma holatini o‘rgangan hamda obodonlashtirish va ta’mirlash ishlarini jadallashtirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar bergan edi. Bugun ushbu vazifalar ijrosi doirasida amaliy ishlar davom ettirilmoqda. Ayni paytda 42 ta ko‘p qavatli uy-joyning kirish yo‘laklari hamda 38 tasining fasad qismini ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Bugungi kungacha 201 ta kirish yo‘lagi va 27 ta uyning fasad qismi ta’mirlandi. 🧊 Shuningdek, 11 ta bolalar va sport maydonchasini barpo etish, piyodalar yo‘laklari, gulzorlar tashkil etish ishlari amalga oshirilmoqda. Amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari natijasida 9 mingdan ziyod aholining yashash sharoiti yaxshilanadi. Qo‘qon shahrida bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari izchil davom etmoqda.
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
Марғилонда куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ва аҳоли мурожаатлари ўрганилди Бугун Фарғона вилояти Қурилиш ва уй-жой коммунал хўжалиги бош бошқармаси бошлиғи ўринбосари Авазбек Мадаминов томонидан Марғилон шаҳрида куз-қиш мавсумига тайёргарлик ишларининг бориши ўрганилди. Хусусан, шаҳарнинг Зуҳро ва Гулистон маҳаллаларида марказлашган иссиқлик таъминоти ҳолати, кўп квартирали уйларнинг ертўла қисмларида ўрнатилган замонавий индивидуал иссиқлик пунктларини сақлаш ва улардан самарали фойдаланиш, шунингдек, Марғилон иссиқлик манбаининг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати танқидий таҳлил қилинди. Ўрганиш давомида аниқланган камчиликларни бартараф этиш, иссиқлик таъминоти тизимларининг барқарор ва узлуксиз ишлашини таъминлаш бўйича масъул ташкилотлар раҳбарларига аниқ топшириқ ва вазифалар белгиланди. Шунингдек, ҳудудда истиқомат қилувчи фуқаролар иштирокида сайёр қабул ўтказилиб, уларнинг иссиқлик таъминоти, кўп квартирали уйларни сақлаш ҳамда коммунал хизматлар билан боғлиқ мурожаат ва муаммолари ўрганилди. Мурожаатларда кўтарилган масалаларни қонуний ва амалий ҳал этиш юзасидан тегишли масъулларга топшириқлар берилди.
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan hamkorlikda korrupsiyaning oldini olish, korrupsiogen xavf-xatarlarni baholash hamda ichki nazorat mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Joriy yilning birinchi yarim yilligida: - 106 ta funksiya tahlil qilinib, 1 ta "yuqori", 10 ta "o‘rta" va 95 ta "past" darajadagi korrupsiogen xavf aniqlandi hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi; - manfaatlar to‘qnashuvini barvaqt aniqlash natijasida 35 ta holat o‘z vaqtida bartaraf etildi; - davlat xaridlari sohasida 393 ta kontragent o‘rganilib, 1115 ta xo‘jalik shartnomasi tahlil qilindi hamda korrupsiyaviy xavf-xatarlarlarni barvaqt aniqlash hisobiga mablag‘larning maqsadsiz sarflanishining oldi olindi; - korrupsiyaviy holatlarning oldini olish maqsadida 256 ta monitoring va o‘rganishlar, shuningdek 94 ta xizmat tekshiruvlari o‘tkazildi; - o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida 71 nafar xodimga intizomiy jazo choralari qo‘llanildi, 14 nafar xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilindi, 2 ta holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi; - sohada inson omilini qisqartirish va shaffoflikni ta’minlash maqsadida elektron tizimlar soni 16 tadan 24 taga yetkazildi Ma‘lumot uchun: Huquqiy eksperiment doirasida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tasarrufiga o‘tkazilgan. Batafsil infografikada. ——— Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz. Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
❗️KORRUPSIYAGA GUVOH BO‘LDINGIZMI? ✅ Shaxsan Farg‘ona viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘iga murojaat qilishingiz mumkin. Arxitektura, qurilish hamda kommunal xo‘jalik sohasi xodimlari tomonidan korrupsiyaga yo‘l qo‘yilishiga guvoh bo‘lsangiz, shaxsan boshqarma boshlig‘iga quyidagi telegram orqali murojaat qilishingiz mumkin! 🔵 https://t.me/Farqurilish_komplayens ✅ Hurmatli fuqarolar, Siz tomoningizdan yuborilgan murojaat va shaxsingiz haqidagi barcha ma’lumotlar sir saqlanadi.
❓Mustaqillik bayramida o’zbekistonliklar necha kun dam oladi? ✅ Javob: bu yil 1-sentyabr – Mustaqillik bayrami munosabati bilan haftada 5 kun ishlaydiganlar ketma-ket 4 kun, 6 kunliklar esa 3 kun dam oladi. Boisi 31-avgust, dushanba kuni qo’shimcha dam olish kuni etib belgilangan. 📄 Asos: 2025-yil 24-dekabrdagi PF-257-sonli Prezident farmoni. Unga ko’ra, dam olish kunlari quyidagicha: ✅❌ 29-avgust, shanba — 5 kunliklarga dam, 6 kunliklarga ish; ✅✅ 30-avgust, yakshanba — barcha uchun odatiy dam olish kuni; ✅✅ 31-avgust, dushanba — barcha uchun qo’shimcha dam olish kuni; ✅✅ 1-sentyabr, seshanba — Mustaqillik bayrami.