Feruza Madrakhimova
СтатистикаAbu Rayxon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti rektori @FeruzaMadraximova_bot
- Последний пост
- 17:43
- Последнее чтение
- 16 авг.
- Постов за неделю
- 8
- Всего постов
- 257
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Образование (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 251
- 1/48двое суток
- 287
- 1/72трое суток
- 310
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Xorazm viloyatidagi yangi loyihalarni ishga tushirish va qurilishiga start berish marosimi boʻlib oʻtdi. — С участием Президента Шавката Мирзиёева состоялась церемония по вводу в строй и старту строительства новых проектов в Хорезмской области. #Mirziyoyev #safar #Xorazm #loyihalar Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Talabalik muborak bo'lsin, aziz yoshlar! Qalbida umid va o‘qish ishtiyoqi bilan oliygohimizni tanlagan va talaba maqomiga ega bo‘lgan, aziz yoshlar! Sizlarni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetining katta va ahil jamoasiga qo‘shilganingiz bilan chin qalbimdan muborakbod etaman! Universitetimiz sizlarga zamonaviy bilim olish, ilmiy izlanishlar olib borish, o‘z iste’dod va qobiliyatingizni namoyon etish, yangi g‘oyalarni amalga oshirish uchun barcha imkoniyatlarni yaratishga intiladi. Talabalik hayotingizdagi eng go‘zal va mas’uliyatli davr. Bu yillardan unumli foydalaning. Ko‘proq kitob o‘qing, izlaning, savol bering, yangi ko‘nikmalarni egallang, xorijiy tillarni o‘rganing, zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtiring va eng muhimi, o‘z oldingizga katta maqsadlar qo‘ying. Unutmang, bugungi talaba — ertangi kunning olimi, mutaxassisi, rahbari va jamiyat taraqqiyotining bunyodkoridir. Sizlarning har biringizning yutug‘ingiz universitetimiz, ota-onangiz va yurtimizning yutug‘idir. Barchangizni mustaqilligimizning 35 yillik bayrami hamda yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan qutlaymiz. Urganch davlat universiteti talabasi bo‘lishdek sharaf muborak bo‘lsin! Feruza Madrahimova, UrDU rektori, pedagogika fanlari doktori, professor. Telegram | Facebook | Instagram
Vazir yangi TTJdagi tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madrahimova hamrohligida Urganch shahridagi Al-Xorazmiy majmuasi hududida DXSh asosida barpo etilayotgan 400 o‘rinli yangi Talabalar turar joyiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida yangi yotoqxonada olib borilayotgan jihozlash ishlari, yaratilayotgan sharoitlar va obyektni foydalanishga topshirishga tayyorgarlik jarayonlari ko‘zdan kechirildi. Mas’ullar bilan muloqotda talabalar uchun qulay va zamonaviy sharoitlarni ta’minlash, binoni to‘liq jihozlash hamda ishlarni belgilangan muddatlarda sifatli yakunlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. ©️UrDU Matbuot xizmati 🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram| Ln | YouTube
Tez kunlarda yangi TTJ ishga tushadi Bugun Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madrahimova bir guruh mas’ullar hamrohligida Urganch shahridagi Al-Xorazmiy majmuasi hududida DXSh asosida barpo etilayotgan 400 o‘rinli yangi Talabalar turar joyida bo‘ldi. Yaqin kunlarda foydalanishga topshirilishi kutilayotgan ushbu yotoqxonaning bugungi holati, bajarilayotgan ishlarning sifati hamda belgilangan muddatlarga muvofiqligi yaqindan ko‘zdan kechirildi. Mas’ullar bilan muloqot davomida binoni jihozlash jarayoni, yaratilayotgan sharoitlar va ishlarning yakuniy bosqichi yuzasidan fikr almashildi. Ayni paytda talabalar turar joyida jihozlash ishlari olib borilmoqda. Mas’ullarga yangi binoni zamonaviy talablar asosida to‘liq jihozlash yuzasidan tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi. Maʼlumot oʻrnida, bugungi kunga qadar Urganch davlat universitetida 4 mingga yaqin sigʻimga ega 9 ta talabalar turar joyi kompleksi mavjud edi. ©️UrDU Matbuot xizmati 🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram| Ln | YouTube
#Payshanba_yoshlar_kuni 🏛 Yoshlar kuni munosabati bilan ochiq muloqot o‘tkazildi Bugun, payshanba — “Yoshlar kuni” munosabati bilan Sport vazirligining Ommaviy sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig'i Sherzod Olimov Urganch davlat universitetida bo'lib, rektor Feruza Madrahimova hamrohligida universitet talaba-yoshlari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Dastlab universitet rektori Feruza Madrahimova mehmonni talaba-yoshlarga tanishtirib, bugungi kunda sport sohasida erishilayotgan yutuqlar, xalqaro musobaqalardagi natijalar haqida to'xtalib o'tdi. Uchrashuvda Sh.Olimov tomonidan bugungi kun lider yoshlari qanday fazilatlarga ega bo‘lishi lozimligi xususida atroflicha so'z yuritilib, sport sohasi va yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida to'xtaldi. Hududlardagi iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularni sportga keng jalb etish va qo‘llab-quvvatlash masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Uchrashuvda sport sohasini raqamlashtirishga qaratilgan loyihaning ishlash mexanizmlari, bugungi kunda yoshlarning sportdagi o‘rni hamda ular uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida ham batafsil ma’lumot berildi. Muloqot yakunida talaba-yoshlar muntazam sport bilan shug‘ullanish, kitob mutolaasini kundalik odatga aylantirish va doimo o‘z ustida ishlashga da’vat etildi. ©️UrDU Matbuot xizmati 🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram| Ln | YouTube
#Payshanba_yoshlar_kuni | #videoreportaj Bugun, payshanba — “Yoshlar kuni” munosabati bilan Sport vazirligining Ommaviy sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Olimov Urganch davlat universitetida bo‘lib, rektor Feruza Madrahimova hamrohligida talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. ©️UrDU Matbuot xizmati 🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram| Ln | YouTube
#Jarayon Urganch davlat universitetida qurilish va bunyodkorlik ishlari izchil davom etmoqda Bugun universitet rektori Feruza Madrahimova oliygoh hududilarda olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi. Xususan, 350 o‘rinli sport kompleksi va velosiped yo'lagi qurilishi yakuniy bosqichga yetib, sanoqli kunlarda foydalanishga topshirilishi ko‘zda tutilmoqda. Shuningdek, talabalar turar joyining orqa tomondagi hovlisida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o’tkazish maqsadida To‘garaklar maydonini tashkil etish jarayonlari ham ko‘zdan kechirildi. Qolaversa, universitet kirish-chiqish joylari va barcha TTJlarga Face ID funksiyali turniketlar yangidan o‘rnatiladi. Rektor tomonidan ishlarni sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi. ©️UrDU Matbuot xizmati 🌐 Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
🎶Yangi Musiqa markazi faoliyati yo‘lga qo‘yildi Avval xabar berganimizdek, Urganch davlat universitetida musiqa va san’at yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar uchun sharoitlarni yanada yaxshilash, ularning ijodiy salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish maqsadida yangi Musiqa markazini tashkil etish tashabbusi ilgari surilgan edi. Universitet rektori Feruza Madrahimovaning tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur markaz bugungi kunda o‘z faoliyatini boshladi. Markazda talabalar uchun dutor, tor, doira, nay, qo‘shnay, nog‘ora, karnay-surnay kabi jami 19 xil turdagi milliy cholg‘u asboblari jamlangan. Bugun rektor Feruza Madrahimova bir guruh mas'ullar hamrohligida markaz bilan tanishib, yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanish, ta’lim jarayonini yanada takomillashtirish hamda talabalar ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berdi. ©️UrDU Matbuot xizmati 🌐 Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
#BizningPrezident Tavallud ayyomingiz muborak bo’lsin, hurmatli Prezident!
без подписи