UrDU • УрГУ • UrSU
СтатистикаAbu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti rasmiy sahifasi 🌐Veb-sayt: www.urdu.uz Facebook: facebook.com/urduuz Instagram: instagram.com/urdumatbuotxizmati Youtube: youtube.com/channel/UCkQ8N0jtKR9VigB0FALuFvA/videos
- Последний пост
- 07:41
- Последнее чтение
- 09:03
- Постов за неделю
- 108
- Всего постов
- 1 164
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Видео
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 2 307
- 1/48двое суток
- 2 643
- 1/72трое суток
- 2 851
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️ Xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari sanalari e'lon qilindi 📆 Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan respublika oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari joriy yil 19-20-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. 📝 Test sinovlari ikki smenada tashkil etilib: 1️⃣-smena — 08:00 dan 11:00 ga qadar; 2️⃣-smena — 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi. ⏰ Bunda abituriyentlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga test sinovi boshlanishidan kamida 1 yarim soat oldin pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari, shuningdek: 1️⃣-smenada 07:30 ga qadar; 2️⃣-smenada 14:30 ga qadar tekshiruvlardan o‘tgan holda o‘z joyiga joylashgan bo‘lishlari lozim. 📕 Test sinovlari 2 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fan bo‘yicha o‘tkaziladi hamda talabgorlarga mutaxassislik fanlarida 30 tadan, majburiy fanlarda 10 tadan - jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash hamda javoblar varaqasiga ko‘chirish uchun 3 soat vaqt beriladi. 🆔 Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidan olishlari mumkin. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
#vazir_tabrigi Aziz yoshlar! 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga yakuniy tanlov natijalari — mandat e’lon qilindi. Avvalo, talabalikka tavsiya etilgan barcha yoshlarni ushbu quvonchli kun bilan chin qalbimdan muborakbod etaman! Bugun sizlar hayotingizdagi eng muhim va unutilmas kunlardan birini boshdan kechirmoqdasiz. Sizning bu natijangiz ortida yillar davomidagi izlanish, mehnat, ustozlaringizning sabog‘i va ota-onangizning ishonchi turibdi. Bu yutuq — nafaqat sizning, balki sizni qo‘llab-quvvatlagan oilangiz va ustozlaringizning ham quvonchidir. Endi oldingizda yangi, yanada mas’uliyatli bosqich — talabalik davri turibdi. Oliy ta’lim dargohida sizlarni yangi bilimlar, yangi do‘stlar, yangi imkoniyatlar va katta maqsadlar kutmoqda. Tanlagan yo‘nalishingizni chuqur egallab, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishingiz, kelajakda mamlakatimiz rivojiga munosib hissa qo‘shadigan malakali mutaxassis bo‘lib yetishishingizga ishonaman. Shu bilan birga, talabalikka tavsiya etilmagan yoshlarimiz uchun ham imkoniyatlar eshigi ochiq. Yurtimizning barcha hududlarida faoliyat yuritayotgan texnikumlarda ta’lim olish va zamonaviy kasb egallash imkoniyati mavjud. Barcha yangi talabalarni yana bir bor samimiy muborakbod etaman! Sizlarga mustahkam sog‘liq, katta marralar, ilm yo‘lida muvaffaqiyat va yorqin kelajak tilayman! Talabalik baxti muborak bo‘lsin! Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Talabalik muborak bo'lsin, aziz yoshlar! Qalbida umid va o‘qish ishtiyoqi bilan oliygohimizni tanlagan va talaba maqomiga ega bo‘lgan, aziz yoshlar! Sizlarni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetining katta va ahil jamoasiga qo‘shilganingiz bilan chin qalbimdan muborakbod etaman! Universitetimiz sizlarga zamonaviy bilim olish, ilmiy izlanishlar olib borish, o‘z iste’dod va qobiliyatingizni namoyon etish, yangi g‘oyalarni amalga oshirish uchun barcha imkoniyatlarni yaratishga intiladi. Talabalik hayotingizdagi eng go‘zal va mas’uliyatli davr. Bu yillardan unumli foydalaning. Ko‘proq kitob o‘qing, izlaning, savol bering, yangi ko‘nikmalarni egallang, xorijiy tillarni o‘rganing, zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtiring va eng muhimi, o‘z oldingizga katta maqsadlar qo‘ying. Unutmang, bugungi talaba — ertangi kunning olimi, mutaxassisi, rahbari va jamiyat taraqqiyotining bunyodkoridir. Sizlarning har biringizning yutug‘ingiz universitetimiz, ota-onangiz va yurtimizning yutug‘idir. Barchangizni mustaqilligimizning 35 yillik bayrami hamda yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan qutlaymiz. Urganch davlat universiteti talabasi bo‘lishdek sharaf muborak bo‘lsin! Feruza Madrahimova, UrDU rektori, pedagogika fanlari doktori, professor. Telegram | Facebook | Instagram
#xizmat_safari #Xorazm Vazir Urganch davlat universitetining yangi yotoqxonasi bilan tanishdi 15-avgust kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Xorazm viloyatiga xizmat safari doirasida Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madrahimova hamrohligida Urganch shahridagi Al-Xorazmiy majmuasi hududida DXSh asosida barpo etilayotgan 400 o‘rinli yangi talabalar turar joyida bo‘ldi. Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/206605 👉 На русском 👉 In English Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
#Mustaqillik_tengdoshim Mustaqillik bilan tengdosh, yurtimiz taraqqiyoti bilan hamnafas bo‘lib voyaga yetayotgan yoshlarimiz — bugungi islohotlarning munosib davomchilaridir Urganch davlat universitetining Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i, mustaqil tadqiqotchi G‘ulomjon Otajonov hamda Biologiya kafedrasi o‘qituvchisi, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Umida Avezovaning “O‘zbekiston24” telekanalidagi “Ortga qaytmas islohotlar” ko‘rsatuvida ishtirok etib, o‘z fikr va mulohazalari bilan chiqishdi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Vazir yangi TTJdagi tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madrahimova hamrohligida Urganch shahridagi Al-Xorazmiy majmuasi hududida DXSh asosida barpo etilayotgan 400 o‘rinli yangi Talabalar turar joyiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida yangi yotoqxonada olib borilayotgan jihozlash ishlari, yaratilayotgan sharoitlar va obyektni foydalanishga topshirishga tayyorgarlik jarayonlari ko‘zdan kechirildi. Mas’ullar bilan muloqotda talabalar uchun qulay va zamonaviy sharoitlarni ta’minlash, binoni to‘liq jihozlash hamda ishlarni belgilangan muddatlarda sifatli yakunlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. ©️UrDU Matbuot xizmati 🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram| Ln | YouTube
#Qabul2026 #Abituriyent2026 #Natija DIQQAT, E'LON! YAKUNIY TANLOV NATIJALARI (MANDAT) E'LON QILINDI 📝 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi. 📝 Tanlov natijalarini 4 xil usulda bilish mumkin. 1️⃣ my.uzbmb.uz sayti orqali: my.uzbmb.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda. 2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali: mandat.uzbmb.uz saytiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda. 3️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda: 👉@bmba_natija_bot 👉@bmba_natija_1bot 👉@bmba_natija_2bot 4️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali: test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
📸📸📸 UrDU talabalar turar joylari OAV nigohida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida talabalar turar joylaridagi sharoitlar, xususan, 8-sonli talabalar turar joyi misolida Xorazm telekanali orqali yoritildi. ©️UrDU Matbuot xizmati 🌐 Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
Tez kunlarda yangi TTJ ishga tushadi Bugun Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madrahimova bir guruh mas’ullar hamrohligida Urganch shahridagi Al-Xorazmiy majmuasi hududida DXSh asosida barpo etilayotgan 400 o‘rinli yangi Talabalar turar joyida bo‘ldi. Yaqin kunlarda foydalanishga topshirilishi kutilayotgan ushbu yotoqxonaning bugungi holati, bajarilayotgan ishlarning sifati hamda belgilangan muddatlarga muvofiqligi yaqindan ko‘zdan kechirildi. Mas’ullar bilan muloqot davomida binoni jihozlash jarayoni, yaratilayotgan sharoitlar va ishlarning yakuniy bosqichi yuzasidan fikr almashildi. Ayni paytda talabalar turar joyida jihozlash ishlari olib borilmoqda. Mas’ullarga yangi binoni zamonaviy talablar asosida to‘liq jihozlash yuzasidan tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi. Maʼlumot oʻrnida, bugungi kunga qadar Urganch davlat universitetida 4 mingga yaqin sigʻimga ega 9 ta talabalar turar joyi kompleksi mavjud edi. ©️UrDU Matbuot xizmati 🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram| Ln | YouTube
✅Amaliyot ofisi: 5-mavsum ❗️Davlat idorasida ishlashni xohlaysizmi? Tajriba orttirish bilan birga stipendiya olish imkoniyatini ham istaysizmi? Unda Amaliyot ofisi aynan siz uchun! 🔰Amaliyot ofisi orqali Yoshlar ishlari agentligida real ish jarayonida qatnashib, amaliy tajriba orttirasiz va eng yaxshi amaliyotchilar uchun oyiga 1 mln so‘mgacha stipendiya olish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Sizni nimalar kutmoqda? • Yoshlar ishlari agentligida real amaliyot. • Stipendiya olish imkoniyati. • Trening, seminar va uchrashuvlar. • Kasbiy va shaxsiy rivojlanish. • Kuchli jamoa va professional aloqalar. • Biznes, startap va ijtimoiy loyihalar bilan ishlash. Amaliyot vaqti: Dushanba–juma. Kuniga 6 soat. 📌 Ariza topshirish bosqichlari: 1️⃣ yoshlar.gov.uz saytiga kiring. 2️⃣ So‘rovnomani to‘ldiring. 3️⃣ CV'ingizni yuklang. 4️⃣ IQ testdan o‘ting. 5️⃣ Arizani yuboring. ☝️Muhim: Tegishli yo‘nalish bo‘yicha loyihangiz bo‘lishi zarur. ⏳Ariza topshirishning so‘nggi kuni 20-avgust! Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! Qo‘shimcha savollar uchun: @amaliyot_ofisi_menejer Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
видео или голосовое, без подписи