foydali xona | aniq foydali
СтатистикаQashqadaryo viloyatiga oid rasmiy va eng foydali maʼlumotlarni olishingiz mumkin! Reklama va hamkorlik uchun: @kapitankarimov Hamkor loyihalar: @nasafnewsuz; @karimovuz
- Последний пост
- 15 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 10
- Всего постов
- 25
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 154
- 1/48двое суток
- 176
- 1/72трое суток
- 190
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
‼️MANDAT CHIQDI ⚡️ Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi ✅ 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi. 📌 Tanlov natijalarini 3 xil usulda bilish mumkin. 1️⃣ my.uzbmb.uz sayti orqali: my.uzbmb.uz/allow/bachelor-answer sahifasiga kirib, abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda JShShIR raqamini kiritgan holda. 2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali: mandat.uzbmb.uz saytiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda. 3️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali: Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi. @foydalixona — aniq foydali, obuna bo‘ling!
G'ayratjon Hamroyev 8.5 yildan keyin yangi lavozimga tayinlandi Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig'i lavozimida ishlab kelayotgan Hamroyev G'ayratjon Sultonovich Qashqadaryo viloyati hokimligining Yer uchastkalarini olib qo'yish va ularga kompensatsiyalarni to'lash ishlarini muvofiqlashtirish shu'basi mas'ul xodimi lavozimiga tayinlandi. G'ayratjon Hamroyev 2018-yildan buyon Kadastr boshqarmasi boshlig'i lavozimida ishlab kelayotgan edi. @foydalixona — aniq foydali, obuna bo‘ling!
без подписи
Uy ta’mirlayapsizmi? Unda ertangi tadbir siz uchun foydali bo‘lishi mumkin. 15-avgust kuni Alisher Navoiy nomidagi parkda KNAUF pardevorlarini yaqindan ko‘rish va amalda sinab ko‘rish imkoniyati bo‘ladi. Mutaxassislardan montaj, tovush izolyatsiyasi, televizor, tokcha yoki shkafni mahkamlash bo‘yicha savollaringizga javob olishingiz mumkin. Bundan tashqari, o‘yinlar, sovg‘alar va DJ dasturi ham tashkil etiladi. 📍 Qarshi, Alisher Navoiy nomidagi park ⏰ 17:00–22:00 Kirish — bepul. @Knaufuzbekistan / *Reklama
без подписи
Qashqadaryoda 856 nafar talabalarning 3 milliard 780 million 600 ming so‘mlik kontrakt mablag‘lari to‘lab berilmoqda Viloyat hokimi Murotjon Azimov tomonidan ehtiyojmand oilalar farzandlarining oliy ta’lim olishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qaror qabul qilindi. Mazkur amaliy yordam, avvalo, ta’lim olish istagida bo‘lgan, ammo oilaviy sharoiti tufayli kontrakt mablag‘larini to‘lashda qiyinchilikka duch kelayotgan yoshlarni rag‘batlantirishga xizmat qiladi. @foydalixona — aniq foydali, obuna bo‘ling!
без подписи
Qashqadaryoda haydovchi uni to‘xtatishga uringan YPX mashinasini Nexia’da urib qochdi Chiroqchi tumanida tungi xizmatga jalb qilingan YPX inspektorlari tomonidan Nexia-2 rusumli avtomashina hujjatlarini tekshirish maqsadida to'xtatilgan. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi. Maʼlum bo‘lishicha, haydovchi YPX xodimining qonuniy to'xtash ishorasiga bo'ysunmasdan, voqea joyidan yashirinishga uringan. Keyingi chorrahada xizmat olib borayotgan YPX xodimi tomonidan ham haydovchiga bir necha bor to'xtash ishorasi berilganiga qaramay, u ichki ishlar organlari xodimlarining qonuniy talablarini bajarmasdan harakatni davom ettirib fuqarolarning sog'ligi va hayotiga real xavf tug'dirgan. Oqibatda, patrul ekipaji tomonidan qarama-qarshi yo'nalishda harakatlanib kelayotgan Nexia-2 rusumli avtomashinaning harakati xizmat avtomashinasi yordamida cheklangan. Biroq haydovchi patrul avtomashinasiga to'qnashib, yo'l-transport hodisasi sodir etgan va voqea joyidan yana yashirinishga uringan. Ko'rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida haydovchining shaxsi aniqlanib, ushlangan. Hozirda mazkur holat yuzasidan Chiroqchi tumani IIB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda. @foydalixona rasmiy sahifasi
без подписи
⚡️G‘uzor tumanining Jarariq mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida video tayyorlandi. @foydalixona — aniq foydali, obuna bo‘ling!
без подписи
12-avgust — Davlat soliq xizmati organlari xodimlari kuni 1991-yil 12-avgust kuni Moliya vazirligi huzuridagi Davlat bosh moliya-soliq boshqarmasi negizida Bosh soliq boshqarmasi tashkil etildi. Bu sana O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlari faoliyatini huquqiy asosda yo‘lga qo‘yishda tarixiy ahamiyatga ega.
без подписи
Shahrisabz tumanida keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari jadal davom etmoqda Shahrisabz tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-141-sonli qarori asosida hududlarni kompleks rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash va aholi uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha belgilangan loyihalar asosida amaliy ishlar jadal olib borilmoqda. Jumladan, Ravot, Oqdaryo, Xo‘jaxuroson, Loliston, Xontepa va Yangiqishloq hududlarida belgilangan vazifalar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Xususan, Loliston qishlog‘ida ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Oqdaryo mahallasida esa umumiy qiymati 19 mlrd 547 mln so‘mlik loyihalar doirasida 34-sonli oilaviy poliklinika hamda 90 o‘rinli zamonaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti qurilmoqda. @foydalixona — aniq foydali, obuna bo‘ling!
Endi banklardan 500 dollargacha naqd valyutani pasportsiz sotib olish mumkin 9-avgustdan jismoniy shaxslar tijorat banklaridan ekvivalenti 500 AQSH dollarigacha bo‘lgan chet el valyutasini naqd sotib olishda shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport, ID-karta yoki b.lar) taqdim etishi talab etilmaydi. Avval mazkur limit 100 AQSH dollarini tashkil etar edi. Ekvivalenti 500 AQSH dollaridan yuqori miqdorda naqd valyuta sotib olishda esa shaxsni tasdiqlovchi hujjat taqdim etish talabi saqlanib qoladi.
Bugun — “Avtomobilsiz kun” 10-avgust kuni respublikaning barcha hududlarida navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o‘tkaziladi. Ma’lumot uchun: Prezident farmoniga ko’ra, bugun davlat tashkilot va idoralari xodimlarining xizmat avtotransport vositalaridan foydalanishi qatʼiyan taqiqlanadi. Ushbu sanalar ish kuniga toʻgʻri kelganda, haydovchilarning ish haqi saqlanib qoladi. Davlat fuqarolik xizmatchilari “Avtomobilsiz kun” va “Avtomobilsiz hafta” aksiyasi doirasida xizmat avtotransport vositalaridan foydalanishi mazkur xodimlar tomonidan odob-axloq (etika) qoidalarining buzilishiga tenglashtirildi. @foydalixona — aniq foydali, obuna bo‘ling!
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi vakolatlari kengaytirilmoqda Qonun loyihasiga koʻra, davlat xaridlari sohasida sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun jazo choralarining kuchaytirilishi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga davlat xaridlari sohasida ma’muriy javobgarlikka tortish va da’vo ariza kiritish vakolatlarini berilishi hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi taqdimnomalarini bajarmaslik uchun javobgarlik choralarining belgilanishi korrupsiyaga qarshi kurashish huquqiy asoslarining takomillashtirilishiga xizmat qiladi. @foydalixona — aniq foydali, obuna bo‘ling!
O‘zbekistondagi barcha mahallalarning energetik pasporti yaratiladi O‘zbekistondagi har bir mahallaning elektr energiyasi va tabiiy gaz ta’minoti holatini aks ettiruvchi yagona energetik pasport shakllantiriladi. Energetika vaziri Sherzod Xo‘jayevning ma’lum qilishicha, ushbu tizim orqali mahallalardagi iste’molchilar soni, tarmoqlar holati, modernizatsiya uchun zarur mablag‘ va ishlar hajmi aniq hisoblab chiqiladi. Shuningdek, energetika sohasida raqamli texnologiyalar va mobil ilovalar joriy etilib, fuqarolar elektr yoki gaz uzilishlari haqida tezkor xabar berish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Vazirlik oldiga energiya yo‘qotishlari va qarzdorliklarni kamaytirish, infratuzilmani modernizatsiya qilish hamda suyultirilgan gaz bozorini rivojlantirish vazifalari qo‘yilgan.
❗️Shahrisabz tumani hokimi yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlanadi Ijtimoiy tarmoqlarda Shahrisabz tumani hokimi Samad Hasanovning mahalliy aholi xonadoniga kirib, davlat fuqarolik xizmatchisi odob-axloq qoidalariga zid harakat qilgani aks etgan video keng muhokamaga sabab bo‘ldi. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi har qanday darajadagi rahbar fuqarolar bilan muloqotda davlat xizmatchisi odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya qilishi shartligini ta’kidladi. Fuqarolarning shaxsiy hayoti daxlsizligini buzish, sha’ni va qadr-qimmatini kamsitish hamda asossiz ma’muriy bosim o‘tkazish qonunchilik va etika meyorlariga zid ekani qayd etildi. Shu munosabat bilan agentlik Qashqadaryo viloyati hokimligiga xizmat tekshiruvi o‘tkazish va holatga huquqiy baho berish bo‘yicha taqdimnoma kiritganini ma’lum qildi. @foydalixona — aniq foydali, obuna bo‘ling!
“Tashabbusli budjet”ning 2026-yilgi 2-mavsumida loyiha kiritish bosqichi yakunlandi “Tashabbusli budjet”ning 2026-yilgi ikkinchi mavsumida loyiha kiritish bosqichi o‘z nihoyasiga yetdi. Mazkur bosqich 15-iyuldan 3-avgustga qadar davom etdi. Mazkur bosqich davomida jami 23 551 ta loyiha kelib tushdi. Joriy yilning 4-avgustidan 18-avgustigacha mazkur loyihalarni saralash bosqichi bo‘lib o‘tadi. @foydalixona — aniq foydali, obuna bo‘ling!