tgindex
Nasafnews.uz | Rasmiy kanal

Nasafnews.uz | Rasmiy kanal

Статистика

❗Murojaat va reklama uchun: @nasafnewsuzgayoz Hamkor sahifalar: @karimovuz 15 k @foydalixona 8 k "nasafnews.uz" saytining Telegram'dagi rasmiy sahifasi orqali Qashqadaryo hayotiga oid rasmiy va ishonchli maʼlumotlarni kuzatib borishingiz mumkin.

Последний пост
10:00
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
26
Всего постов
53
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Новости и СМИ (по похожим)
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
20 246
−176 за 6 дн.
Сутки
−18
−0,09%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
4 787
40 постов
Вовлечённость
23,6%
к подписчикам
Постов в день
3,7
всего 53
Упоминаний
7
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
4 117
1/48двое суток
4 718
1/72трое суток
5 088

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 10:002 71356

    ❗️Davlat aktivini sotib olishda avans 30 foizdan 15 foizga tushiriladi Olti oyda to‘liq to‘lov qilganlarga 25 foiz chegirma beriladi. Summaning yarmini to‘lagan tadbirkor qolganini 7 yilda foizsiz bo‘lib to‘lashi mumkin bo‘ladi. Uch oyda sotilmagan davlat mulkining boshlang‘ich narxi bosqichma-bosqich 10 foizgacha kamaytiriladi. Auksion muddati ham ikki barobar qisqartiriladi. @nasafnewsuz rasmiy sahifasi

  • 08:073 06182

    Xorijga ishga jo‘natish bilan bog‘liq firibgarlik holati fosh etildi Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida fuqarolarni xorijga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holatlariga chek qo‘yildi. Jumladan, Toshkent shahrida yashovchi, 1985 y.t., muqaddam sudlangan shaxs o‘zining tanishlari orqali Qashqadaryo viloyatida istiqomat qiluvchi 6 nafar fuqaroni Slovakiya Respublikasiga ishga yuborish evaziga 145 mln so‘m talab qilib, oldindan 85 mln so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. @nasafnewsuz rasmiy sahifasi

  • 08:072 69241

    ❗️️Манзилларимиз 👈 🎉 ❗️FAQAT 18-19 AVGUST - idea'da barcha viloyatlarda "ZO'R AKSIYALAR" boshlandi! 👉🔥 ONLINE XARID QILISHGA ULGURING! 🎁 1+1 Sovg'ali aksiyalar 🔻 Televizorlar "BOZOR NARXIDA" 🔻 Smartfonlar "BOZOR NARXIDA" 🔻 Konditsionerlar "BOZOR NARXIDA" 🔻 Gaz plitalar "BOZOR NARXIDA" 🔻 Kir yuvish mashinalar "BOZOR NARXIDA" ✅ Boshlang'ich to'lov —  YO'Q ✅ Kafillar kerak emas — YO'Q 📞 Telefon: 712307799 | Chat Nigina *Bozor narxida aksiyamiz narxlari naqdga va shu summani 6 oyga bo'lib to'lashga ko'rsatilgan, qolgan aksiyalar 12 oydan o'ttiz oygacha amal qiladi! 👉RASMIY KANAL  | Instagram | 📍Do'konlarimiz

  • 05:273 293117

    Televizorni gipsokarton devorga osish mumkinmi? Qarshida bunga amalda javob berildi 15-avgust kuni Qarshi shahridagi Alisher Navoiy nomidagi parkda KNAUFning “Pardevorlarni o‘zingiz tekshirib ko‘ring” interaktiv tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbir ayniqsa uyini ta’mirlayotgan, xonalarni qayta rejalashtirayotgan yoki pardevor tanlashni o‘ylayotganlar uchun foydali bo‘ldi. Chunki bu yerda mahsulotlarni faqat ko‘rish emas, balki ularning qanday ishlashini amalda tekshirish imkoniyati yaratildi. 👉 nasafnews.uz/2199-.html @nasafnewsuz rasmiy sahifasi

  • 16 авг.4 494156

    Xorijda mehnat qilayotgan o‘zbekistonliklar va ular yuborayotgan mablag‘lar: Markaziy bank tahlillariga ko‘ra, 40 ga yaqin davlatda 1,4 mln nafarga yaqin O‘zbekiston fuqarosi mehnat qilmoqda. ➖Rossiya: 834,2 ming nafar ➖Qozog‘iston: 84,4 ming nafar ➖Turkiya: 72,1 ming nafar ➖Janubiy Koreya: 46,4 ming nafar ➖Yevropa davlatlari: 258 ming nafar ➖Boshqa davlatlar: 97,7 ming nafar Mehnat migrantlarining 398,9 ming nafari (28,6%) — xotin-qizlar, 402,1 ming nafari (28,9%) — yoshlar. Hududlar kesimida esa MDH davlatlarining ulushi 29%ga kamaygan, Yevropa mintaqasining ulushi 42%ga, Sharqiy Osiyo mintaqasining ulushi esa 26%ga oshgan. Mehnat migrantlari 2026-yilning birinchi yarmida 9,3 mlrd dollar yuborishgan (O‘sish 13%). Jismoniy shaxslarga xorijdan kelib tushgan jami mablag‘larning 4,3 mlrd dollari (46,7 foizi) an’anaviy xalqaro pul o‘tkazmalari tizimlari orqali yuborilgan. 4,8 mlrd dollar (51,7 foiz) bank kartalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri P2P o‘tkazmalari orqali kelib tushgan. Bu 2025-yilning mos davriga nisbatan 32 foizga ko‘p. Yana 142 mln dollar (1,6 foiz) SWIFT orqali bank o‘tkazmalari shaklida kelgan, bu yo‘nalishda 43 foizlik pasayish qayd etilgan. @nasafnewsuz rasmiy sahifasi

  • 16 авг.4 465122

    Qashqadaryo hokimi AISBL prezidenti Sa’ad Al-Qaddumi bilan uchrashdi Viloyat hokimligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, viloyat hokimi Murotjon Azimov Butunjahon hunarmandlar kengashi AISBL (International) prezidenti Sa’ad Al-Qaddumi bilan muloqotda viloyatimizda hunarmandchilikni yanada rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, mahalliy hunarmandlarning xorijiy mamlakatlarda o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim va malaka oshirish imkoniyatlarini kengaytirish masalalari muhokama qilishgan. Tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, hunarmandlarni qo‘llab-quvvatlash va viloyatning hunarmandchilik salohiyatini xalqaro miqyosda targ‘ib qilish borasida kelishib olishgan. @nasafnewsuz rasmiy sahifasi

  • 16 авг.4 2236

    ❗️️Манзилларимиз 👈 🎉 ❗️FAQAT 16-17 AVGUST - idea'da barcha viloyatlarda "ZO'R AKSIYALAR" boshlandi! 👉🔥 ONLINE XARID QILISHGA ULGURING! 🎁 1+1 Sovg'ali aksiyalar 🔻 Televizorlar "BOZOR NARXIDA" 🔻 Smartfonlar "BOZOR NARXIDA" 🔻 Konditsionerlar "BOZOR NARXIDA" 🔻 Gaz plitalar "BOZOR NARXIDA" 🔻 Kir yuvish mashinalar "BOZOR NARXIDA" ✅ Boshlang'ich to'lov —  YO'Q ✅ Kafillar kerak emas — YO'Q 📞 Telefon: 712307799 | Chat Nigina *Bozor narxida aksiyamiz narxlari naqdga va shu summani 6 oyga bo'lib to'lashga ko'rsatilgan, qolgan aksiyalar 12 oydan o'ttiz oygacha amal qiladi! 👉RASMIY KANAL  | Instagram | 📍Do'konlarimiz

  • 15 авг.4 855314

    ⚡️⚡️OTMga kirish imtihonlari bo‘yicha apellyatsiyalar bugundan boshlab qabul qilinadi Test sinovlari natijasidan norozi bo’lgan abituriyentlar apellyatsiya arizalarini my.uzbmb.uz saytida (shaxsiy kabineti orqali) onlayn tarzda bugun, 15-avgustdan 24-avgustga qadar (10 kun davomida) berishlari mumkin. Abituriyent apellyatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim. Apellyatsiya arizasini bergan abituriyentga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi. Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va xabarnoma bilan Bilimni baholash agentligiga (yoki xabarnomada belgilangan joyga) kelishi kerak. Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish 2026-yil 19-avgustdan boshlanadi. @nasafnewsuz rasmiy sahifasi

  • 15 авг.4 668620

    ❗“Perevod” imtihoni sanalari e’lon qilindi 🗓 Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan respublika oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari joriy yil 19-20-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. Test sinovlari ikki smenada tashkil etiladi: 1️⃣-smena — 08:00 dan 11:00 ga qadar; 2️⃣-smena — 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi. ⏰ Bunda abituriyentlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga test sinovi boshlanishidan kamida 1 yarim soat oldin pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari, shuningdek: 1️⃣-smenada 07:30 ga qadar; 2️⃣-smenada 14:30 ga qadar tekshiruvlardan o‘tgan holda o‘z joyiga joylashgan bo‘lishlari lozim. 📚 Test sinovlari 2 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fan bo‘yicha o‘tkaziladi hamda talabgorlarga mutaxassislik fanlarida 30 tadan, majburiy fanlarda 10 tadan - jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash hamda javoblar varaqasiga ko‘chirish uchun 3 soat vaqt beriladi. 📥 Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidan olishlari mumkin. @nasafnewsuz rasmiy sahifasi

  • 15 авг.4 44953

    🚨 1-yanvargacha foizsiz xaridlar — avgust oxirigacha ulguring TBC Osmon kredit kartasini hozir buyurtma qilsangiz, 150 kungacha imtiyozli davrga ega bo’lasiz. Bu kartadan xaridlarga ishlatilgan pulni 1-yanvargacha ortiqcha foizlarsiz qaytarishingiz mumkin degani. 📲 Ilovada kartani oching — kartani birdan chiqaramiz

  • 15 авг.6 013635

    ‼️MANDAT CHIQDI ⚡️ Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi ✅ 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi. 📌 Tanlov natijalarini 3 xil usulda bilish mumkin. 1️⃣ my.uzbmb.uz sayti orqali: my.uzbmb.uz/allow/bachelor-answer sahifasiga kirib, abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda JShShIR raqamini kiritgan holda. 2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali: mandat.uzbmb.uz saytiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda. 3️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali: Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi. @nasafnewsuz rasmiy sahifasi

  • 14 авг.5 3192394

    G'ayratjon Hamroyev yangi lavozimga tayinlandi Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig'i lavozimida ishlab kelayotgan Hamroyev G'ayratjon Sultonovich Qashqadaryo viloyati hokimligining Yer uchastkalarini olib qo'yish va ularga kompensatsiyalarni to'lash ishlarini muvofiqlashtirish shu'basi mas'ul xodimi lavozimiga tayinlandi. Eslatib o'tamiz, G'ayratjon Hamroyev 2018-yildan buyon Kadastr boshqarmasi boshlig'i lavozimida ishlab kelayotgan edi. @nasafnewsuz rasmiy sahifasi

  • 14 авг.5 6228

    без подписи

  • 14 авг.5 9998

    без подписи

  • 14 авг.5 5208

    без подписи

  • 14 авг.4 23449

    ❗️2027-yil 1-iyuldan 5 ta hududlararo sud tashkil etiladi Prezident sud tizimi rahbarlari bilan uchrashuvda “Odil sudlov — 2030” strategiyasi loyihasi bilan tanishdi. Strategiyada 57 ta vazifa, uni amalga oshirish boʻyicha 2026-2028-yillarga moʻljallangan Harakatlar dasturida 160 ta aniq chora-tadbir hamda 2030-yilga qadar erishilishi lozim boʻlgan 33 ta maqsad belgilangan. Strategiyaga ko‘ra: ➖ 2030-yilgacha zaruratga qarab deyarli barcha tuman va shaharlarda fuqarolik sudlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi; ➖ barcha sudlarda murojaat topshirish va raqamli xizmatlardan foydalanish “yagona darcha” tamoyili asosida tashkil etiladi; ➖ 2028-yildan sudyalarni tashkiliy vazifalardan ozod qilish uchun “sud ma’murchiligi” instituti joriy etiladi; ➖ sudlarga murojaatlarning kamida 50 foizini elektron shaklda berish va sud majlislarining 100 foizini audioyozuv orqali qayd etish rejalashtirilgan. Shuningdek, yagona sud amaliyotini ta’minlash uchun ochiq “Pretsedentlar reyestri” yuritilishi, tergov bosqichida inson huquqlari kafolatlarini kuchaytirish hamda mediatsiya va yarashuv mexanizmlarini kengaytirish ko‘zda tutilgan. @nasafnewsuz rasmiy sahifasi

  • 14 авг.4 44498

    Qashqadaryoda 11 mingdan ortiq psixotrop dorilarni saqlab kelgan shaxslar ushlandi Qarshi shahrida 6 000 dona “Benzonal” dori vositasini 6 mln so‘m evaziga noqonuniy realizatsiya qilish holati aniqlangan. Shuningdek, omborxonadan yana 5 400 dona “Benzonal” hamda 271 dona yorliqlari olib tashlangan “Tropikamid” dori vositalari topilgan. Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. @nasafnewsuz rasmiy sahifasi

  • 14 авг.4 2528

    Pandani KNAUF pardevoriga osib ko‘rmaymiz. Ammo televizor, tokcha yoki velosiped masalasini o‘zingiz tekshirishingiz mumkin. Ertaga, 15-avgust kuni Alisher Navoiy nomidagi parkda KNAUFning ochiq interaktiv tadbiri bo‘lib o‘tadi. Bu yerda pardevorlar qanday tuzilishini ko‘rish, mustahkamligi va tovush izolyatsiyasini amalda sinash, mutaxassislarga savol berish mumkin. O‘yinlar, viktorinalar, sovg‘alar va DJ ham bo‘ladi. 📍 Alisher Navoiy nomidagi park 📅 15-avgust ⏰ 17:00–22:00 Ko‘ring. Sinang. O‘zingiz xulosa qiling. @Knaufuzbekistan / *Reklama

  • 14 авг.4 3241313

    Jarariq — yangilanish va tashabbuslar mahallasi G‘uzor tumanidagi Jarariq mahallasi bugun yangilanish va bunyodkorlik ishlari bilan o‘z qiyofasini o‘zgartirib bormoqda. Mahallada tadbirkor Aziz Bobomurodov tomonidan Belarus, Qozog‘iston, Pokiston va Hindistondan har oy o‘rtacha 400 tonnagacha go‘sht mahsuloti olib kelinmoqda. Bu faoliyat hudud ta’minotini yaxshilash, bozorda narxlar barqarorligini ta’minlash va tashqi savdo aloqalarini kengaytirishga xizmat qilmoqda. Shuningdek, qarovsiz qolgan eski bino o‘rnida yangi o‘quv markazi va keng tarmoqli tibbiyot maskani tashkil etilmoqda. Mahallada yangi tadbirkorlik subyekti ham faoliyat boshlagan. Ichki yo‘llarning 30 kilometrdan ortiq qismi asfaltlashtirilgan bo‘lib, shundan 14 kilometri “Tashabbusli budjet” loyihasi orqali aholining tashabbusi bilan amalga oshirilgan. “Dolzarb 40 kun” tadbiri doirasida esa tuman miqyosida 136 ta xonadonda ta’mirlash ishlari bajarildi. @nasafnewsuz rasmiy sahifasi

  • 14 авг.3 83381

    Sherzod Asadov Administratsiya haqidagi qonun zarurati haqida tushuntirish berdi Prezident matbuot kotibining so‘zlariga ko‘ra, Administratsiya Prezident faoliyati va Konstitutsiyaviy vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlovchi yagona konstitutsiyaviy institut hisoblansa-da, davlat organlari bilan munosabatlarda uning faoliyatini qonun bilan tartibga solish bo‘yicha huquqiy bo‘shliq mavjud edi. Endilikda yangi qonun bilan ushbu masalalar tartibga solindi. Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etishda Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasidagi faoliyati qonun bilan tartibga solinishi Prezidentlik institutining huquqiy asoslarini kuchaytiradi. Xalqaro amaliyotda Prezident faoliyatini ta’minlovchi institutning huquqiy maqomi qonun darajasida belgilanishi Prezidentlik boshqaruvining institutsional standarti hisoblanadi. Qonun 4 ta bob va 34 ta moddadan iborat bo‘lib, Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasida Prezident faoliyatini ta’minlashning konstitutsiyaviy mexanizmlari qonunda huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. @nasafnewsuz rasmiy sahifasi