tgindex
Fundamedical Academy 🩺

Fundamedical Academy 🩺

Статистика

Assalomu alaykum va rohmatulloh Bu kanal fundamental fanlarni oʻqimoqchi boʻlganlar uchun moʻljallangan. Anatomiya Gistalogiya Fiziologiya Biokimyo Patologiya Farmakologiya kabi fanlardan maʼlumot joylanadi. Alloh taolo hayrli va barokatli qilsin!!!

Последний пост
20 мар.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
138
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Видео (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
657
−3 за 3 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
436
40 постов
Вовлечённость
66,4%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 138
Упоминаний
2
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1/48двое суток
1/72трое суток

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Ramazon hayiti muborak boʻlsin!

  • 🩺Respirator sistema dorilari: #teobromin 💙 Xalqaro patentlanmagan nomi: #Theobromine 🤩 Farmakologik guruhi: • Metilksantinlar guruhi Ta’sir turi: bronxolitik va yengil diuretik 🩺Chiqarilish shakllari: • Tabletkalar - 100 mg - 200 mg • Ba’zan kombinatsion preparatlar tarkibida uchraydi 📝 Dozasi: 🩺 Kattalar uchun: • 100–200 mg kuniga 2–3 marta ❗️Maksimal sutkalik doza: - 600 mg 👼 Bolalar uchun: • Odatda pediatriyada kam qo‘llanadi • Doza individual belgilanadi 🫁 Nafas olish tizimiga ta’sir mexanizmi: • Fosfodiesteraza fermentini qisman inhibitsiya qiladi → cAMP miqdori oshadi → bronx silliq mushaklari bo‘shashadi • Adenozin retseptorlarini bloklaydi Natijada: → bronxlar kengayadi → bronxospazm kamayadi ✅Bronxodilatatsiya ✅ Nafas olish yengillashadi ⏱ Ta’siri boshlanishi: 30–60 minut ⏳ Davomiyligi: 4–6 soat 🤩 Qo‘llanilishi (Nafas olish tizimi bo‘yicha): • Bronxial astma (qo‘shimcha davo sifatida) • Bronxospazm • Ba’zan diuretik sifatida ⚠️ Nojo‘ya ta’sirlar: - taxikardiya - bezovtalik - bosh og‘rig‘i - ko‘ngil aynishi 💡Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar : - aritmiyalar - og‘ir yurak kasalliklari - epilepsiya - preparatga allergiya 🩺 Dori o‘zaro ta’siri: • β₂-agonistlar bilan → yurak urishi tezlashishi mumkin • Metilksantinlar bilan → nojo‘ya ta’sirlar kuchayadi 🤩 Klinik eslatma: • Metilksantinlar guruhiga kiradi • Ta’siri teofillinga qaraganda kuchsizroq • Hozirgi klinik amaliyotda kamroq qo‘llanadi ⏳ Xulosa: • Metilksantin guruhi • Bronxolitik ta’sirga ega • Teofillinga nisbatan kuchsizroq 📱 Telegram kanalimiz

  • #oʻlchov Insonni hozirgi holatiga qarab baho berishlik kichik bir xatolik deb hisoblayman. Chunki, olmos ham oddiy, qora ko‘rinishdagi moddadan paydo bo‘ladi. U kuchli bosim va uzoq jarayonlar orqali eng qimmat toshga aylanadi. Bir insonni, botqoqqa botayotgan yoki koʻngilni hira qiladigan holatiga qarab baho berib boʻlmaydi, kim bu dunyodan gʻalaba qozonib ketgani, albatta oxirida bilinadi...

  • 🩺Respirator sistema dorilari: #teofillin 💙 Xalqaro patentlanmagan nomi: #Theophylline 🤩 Farmakologik guruhi: • Metilksantinlar guruhi Ta’sir turi: bronxolitik va nafas markazi stimulyatori 🩺Chiqarilish shakllari: • Tabletkalar - 100 mg - 200 mg • Uzoq ta’sir qiluvchi tabletkalar - 300 mg • Inyeksiya uchun eritma - 2,4% (10 ml ampula) 📝 Dozasi: 🩺 Kattalar uchun: • Boshlang‘ich doza: 200–300 mg / kun • O‘rtacha terapevtik doza: 300–600 mg / kun ❗️ Maksimal sutkalik doza: - 600 mg 👼 Bolalar uchun: • 10–15 mg/kg / kun 2–3 bo‘lib beriladi 🫁 Nafas olish tizimiga ta’sir mexanizmi: • Fosfodiesteraza fermentini inhibitsiya qiladi → cAMP miqdori oshadi → bronx silliq mushaklari bo‘shashadi • Adenozin retseptorlarini bloklaydi Natijada: → bronxlar kengayadi → diafragma qisqarish kuchi oshadi → nafas markazi stimulyatsiya qilinadi ✅ Bronxospazm kamayadi ✅ Nafas olish yaxshilanadi ⏱ Ta’siri boshlanishi: 30 minut ⏳ Davomiyligi: 6–8 soat 🤩 Qo‘llanilishi (Nafas olish tizimi bo‘yicha): • Bronxial astma • KOAH • Surunkali obstruktiv bronxit • Nafas markazi susaygan holatlar ⚠️ Nojo‘ya ta’sirlar: - taxikardiya - aritmiyalar - qo‘l titrashi - bezovtalik - bosh og‘rig‘i - ko‘ngil aynishi 😜 Doza oshsa toksiklik xavfi yuqori. 💡Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar : - aritmiyalar - og‘ir yurak kasalliklari - epilepsiya - oshqozon-ichak yarasi - preparatga allergiya 🩺 Dori o‘zaro ta’siri: • β₂-agonistlar bilan → taxikardiya kuchayadi • Makrolid antibiotiklar → teofillin darajasi oshadi • Antikonvulsantlar → ta’siri kamayadi 🤩 Klinik eslatma: • Metilksantinlar guruhiga kiradi • Bronxlarni kengaytiradi va nafas markazini stimulyatsiya qiladi • Terapevtik indeksi tor (dozani ehtiyotkorlik bilan berish kerak) ⏳ Xulosa: • Metilksantin guruhi • Bronxolitik va nafas markazi stimulyatori • Astma va KOAHda qo‘llanadi 📱 Telegram kanalimiz

  • 🩺Respirator sistema dorilari: #kofein 💙 Xalqaro patentlanmagan nomi: #caffeine 🤩 Farmakologik guruhi: • Metilksantinlar guruhi Ta’sir turi: Markaziy nerv tizimi va nafas markazi stimulyatori 🩺Chiqarilish shakllari: • Tabletkalar - 100 mg - 200 mg…

  • 🩺Respirator sistema dorilari: #kofein 💙 Xalqaro patentlanmagan nomi: #caffeine 🤩 Farmakologik guruhi: • Metilksantinlar guruhi Ta’sir turi: Markaziy nerv tizimi va nafas markazi stimulyatori 🩺Chiqarilish shakllari: • Tabletkalar - 100 mg - 200 mg • Inyeksiya uchun eritma (neonatologiyada) - 20 mg/ml 📝 Dozasi: 🩺 Kattalar uchun: • 100–200 mg • kuniga 2–3 marta Maksimal sutkalik doza: - 400 mg 👼 Bolalar uchun: • Apnoe davolashda Boshlang‘ich doza: - 20 mg/kg Saqlovchi doza: 5–10 mg/kg / kun 🫁 Nafas olish tizimiga ta’sir mexanizmi: • Adenozin retseptorlarini bloklaydi • Fosfodiesterazani qisman inhibitsiya qiladi Natijada: → nafas markazi stimulyatsiya qilinadi → diafragma qisqarishi kuchayadi → bronxlar biroz kengayadi ✅ Nafas markazi faollashadi ✅Apnoe kamayadi ✅ Diafragma chidamliligi oshadi ⏱ Ta’siri boshlanishi: 30–60 minut ⏳ Davomiyligi: 4–6 soat 🤩 Qo‘llanilishi (Nafas olish tizimi bo‘yicha): • Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda apnoe • Nafas markazi susaygan holatlar • Bronxial astmada qo‘shimcha ta’sir • Markaziy nerv tizimini stimulyatsiya qilish ⚠️ Nojo‘ya ta’sirlar: - yurak urishining tezlashishi - bezovtalik - uyqusizlik - qo‘l titrashi - oshqozon kislotaliligi oshishi 💡Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar : - og‘ir arterial gipertenziya - aritmiyalar - epilepsiya - preparatga allergiya 🩺 Dori o‘zaro ta’siri: • β₂-agonistlar bilan → taxikardiya kuchayishi mumkin • Sedativ dorilar bilan → ta’siri kamayadi 🤩 Klinik eslatma: • Prematur chaqaloqlarda apnoeni davolashda juda muhim • Nafas markazini rag‘batlantiradi • Metilksantinlar guruhiga kiradi ⏳ Xulosa: • Metilksantin guruhi • Nafas markazi stimulyatori • Neonatologiyada apnoe davosida qo‘llanadi 📱 Telegram kanalimiz

  • 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami bilan kanalimizdagi barcha qizlarni chin qalbdan tabriklayman.

  • #taklif Doʻstlar nima deysizlar, har bir sistema dorilarini mana shunday qilib jamlab chiqsak. Foydali boʻladimi, oldin hech duch kelganmisizlar bunday qoʻllanmaga?

  • без подписи

  • Yuqoridagi ikkita dori vositasi, bevosita ta'sir etuvchi bronxolitiklardan, M-xolinoblokatorlar edi. Keyingi qism Metilksantinlardan bo'ladi nasib qilsa!

  • 🩺Respirator sistema dorilari: #tiotropiy 💙 Xalqaro patentlanmagan nomi: #Tiotropium_bromide Farmakologik guruhi: • M-xolinoretseptor blokatori (antixolinergik) Ta’sir turi: uzoq ta’sir qiluvchi bronxolitik (LAMA) 🩺 Chiqarilish shakllari: • Kukunli inhaler (kapsula orqali) - 18 mkg / doz • Dozalangan inhaler (Respimat) - 2,5 mkg / 1 purkash 📝 Dozasi: 🩺 Kattalar uchun: • 18 mkg kuniga 1 marta yoki • 2,5 mkg × 2 purkash kuniga 1 marta 👼 Bolalar uchun: - asosan 6 yoshdan katta bolalarda (astmada qo‘shimcha sifatida) - doza individual belgilanadi 🫁 Nafas olish tizimiga ta’sir mexanizmi: • M₃-xolinoretseptorlarni selektiv bloklaydi → vagus nervi ta’siri kamayadi → bronx silliq mushaklari bo‘shashadi → bronxlar uzoq muddat kengayadi ✅ Bronx torayishi kamayadi ✅ Ekspiratsiya yaxshilanadi ✅ KOAHda FEV₁ oshadi ⏱ Ta’siri boshlanishi: 30 minut atrofida ⏳ Davomiyligi: 24 soat 🤪 β₂-agonist emas! - yurakka ta’siri minimal - uzoq muddatli nazorat uchun 🛬 Qo‘llanilishi (Nafas olish tizimi bo‘yicha): • KOAH (asosiy bazis terapiya) • Bronxial astma (LABA + IGKS yetarli bo‘lmaganda qo‘shimcha sifatida) • Surunkali obstruktiv bronxit Savdo nomi sifatida: - Spiriva ⚠️ Nojo‘ya ta’sirlar: - og‘iz qurishi - tomoq qurishi - qabziyat - siydik tutilishi (kam hollarda) - ko‘z ichki bosimi oshishi (aerozol ko‘zga tushsa) 💡Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar : - preparatga allergiya - burchakli yopiq glaukoma (ehtiyotkorlik bilan) - prostata giperplaziyasi (ehtiyotkorlik bilan) - siydik yo‘llari obstruksiyasi 🩺 Dori o‘zaro ta’siri: • β₂-agonistlar bilan → bronxodilatatsiya kuchayadi • Boshqa antixolinergiklar bilan → nojo‘ya ta’sir oshadi 🌟 Klinik eslatma: • KOAHda birinchi tanlov LAMA • Kuniga 1 marta qo‘llanadi (compliance yaxshi) • SAMA (ipratropiy)dan kuchliroq va uzoqroq ta’sir qiladi ⏳ Xulosa: - LAMA (uzoq ta’sirli antixolinergik) - KOAHda bazis dori - 24 soat ta’sir qiladi - kuniga 1 marta 📱 Telegram kanalimiz

  • 3 мар.267101

    Bookblogda juda koʻp tortishuvga sabab boʻlayotgan savolga meni shaxsiy javobim. Savol: pul baxt olib keladimi? Bu dunyo sababiyat ustiga qurilgan yaʼni bir ishni qilmoqchimisiz, sababini zoʻr qiling Alloh taolo beraveradi, musulmonmi yoki boshqami. Bir savolga yoki bir mavzuga fikr bildirishda inson yo eʼtiqodiy tomondan yoki ateistik tomondan fikr bildiradi deb aytgandilar domla. Pul - inson ehtiyojlari uchun xizmat qiladigan, bir manzildan ikkinchi manzilga borish uchun vosita boʻlgan narsadir. Endi shu pul bilan baxtga erishsa boʻladimi? Yuqorida taʼrifda aytdim, bir manzildan ikkinchi manzilga olib borishi kerak boʻlgan vosita dedim. Siz esa pul bilan boshqa manzilga bormoqchisiz, demak siz baxtsiz holatdasiz shundaymi? Baxtni siz nima bilan oʻlchaysiz, bu savol ham pul baxt olib keladimi yoʻqmi degan savolga javob beradi. Men uchun baxt qalb xotirjamligida, iymon neʼmatida. Qalb xotirjamligi esa, men uchun ota-onam yaxshi sharoitda yashashlarida, nimaiki hohlashsa men ularga olib bera olishimda, ularni rozi qilish uchun xizmatlarida boʻlishimda. Bu uchun pul kerakmi, ha kerak, demak pul baxt uchun vosita boʻlayabdi. Qaysidir maʼnoda baxt olib kelayabdi. Shu joyda bir narsani aytib oʻtmoqchiman, pul hamma narsa degan tushunchani oʻzgartirish kerak yaʼni pul hamma narsa emas, pul hamma narsa degan odam, pul uchun hamma narsa qiladi. Men shunday xulosaga kelganman, pul topish uchun yaʼni risqim uchun oʻzimdagi imkoniyatdan foydalanaman. Sababini qilaman, Alloh taolo yozgani qadar keladi. Domla aytadilarku, boy boʻlish peshonayizga yozilgan paytda, uyizdan bir xum tilla topib olasiz boʻlaveradimi deydilarku :) Shunday, koʻoʻoʻp pul baxt emas, halol va barakali pul baxt olib keladi. Bir insonni postlariga izoh yozgandim, aytishibdiki baxtsiz boylar borku, anashularchi debdilar. Aytamanki, borib soʻrangchi, puliz koʻpligi uchun baxtsizmisiz, puliz koʻp boʻlganidan afsusdamisiz dengchi dedim. Agar pulim koʻpligi baxtsizman desa, demak pul baxt olib kela olmas ekan. Xulosa: pul 100% baxt olib keladi deb turib olmayman! Pul baxt olib keladi,lekin pul hamma narsa emas. Bir vosita xolos pul. Ahli oilanggizni,ota-onanggizni nafaqasini taʼminlash uchun ishlaysiz pul topasiz, ehtiyojinggizni qoplaysiz. Lekin, pul uchun hamma narsa qilmaysiz! P/s: yuqoridagilar shaxsiy fikrim, qayeridadir xato boʻlsa, chalkashlik boʻlsa aytsanggizlar birgalashib toʻgʻrilaymiz, muammo yoʻq!

  • 🩺Respirator sistema dorilari: #ipratropiy 💙 Xalqaro patentlanmagan nomi: #Ipratropium_bromide Farmakologik guruhi: • M-xolinoretseptor blokatori (antixolinergik) Ta’sir turi: qisqa ta’sir qiluvchi bronxolitik (SAMA) 💊 Chiqarilish shakllari: • Dozalangan inhaler - 20 mkg / 1 puff • Nebul uchun eritma - 0,25 mg/ml 📝 Dozasi: 🩺 Kattalar uchun: • Inhaler - 2 puff × kuniga 3–4 marta - maksimal: 12 puff/kun • Nebul - 0,5 mg (2 ml) - kuniga 3–4 marta 👼 Bolalar uchun: • Nebul - 0,25 mg - kuniga 3 marta 🫁 Nafas olish tizimiga ta’sir mexanizmi: • M₃-xolinoretseptorlarni bloklaydi → vagus nervi ta’siri kamayadi → bronx silliq mushaklari bo‘shashadi → bronxlar kengayadi ✅ Shilliq sekretsiya kamayadi ✅ Bronx torayishi kamayadi ⏱ Ta’siri boshlanishi: 10–15 minut ⏳ Davomiyligi: 6–8 soat 🤪 β₂-agonist emas! - yurakka ta’siri minimal 🛬 Qo‘llanilishi (Nafas olish tizimi bo‘yicha): • KOAH (asosiy dori) • Bronxial astma (qo‘shimcha davo sifatida) • O‘tkir bronxospazm • Obstruktiv bronxit ⛅️ ko‘pincha Fenoterol bilan kombinatsiyada (Berodual) ishlatiladi. ⚠️ Nojo‘ya ta’sirlar: - og‘iz qurishi - tomoq qurishi - yo‘tal - kam hollarda ko‘z ichki bosimi oshishi 💡Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar : - preparatga allergiya - burchakli yopiq glaukoma (ehtiyotkorlik bilan) - prostata giperplaziyasi (ehtiyotkorlik bilan) 🩺 Dori o‘zaro ta’siri: • β₂-agonistlar bilan birga → ta’siri kuchayadi • Antixolinergik dorilar bilan → nojo‘ya ta’sir oshishi mumkin 🌟 Klinik eslatma: • KOAHda birinchi tanlov dorilardan • Astmada SABA bilan birga qo‘llanadi • Yurakka xavfsizroq ⏳ Xulosa: - SAMA (qisqa ta’sirli antixolinergik) - KOAHda juda muhim - Ko‘pincha Berodual tarkibida 📱 Telegram kanalimiz

  • 🩺Respirator sistema dorilari: #formoterol 💙 Xalqaro patentlanmagan nomi: #formoterol Farmakologik guruhi: • Selektiv β₂–adrenoretseptor agonist Ta’sir turi: uzoq ta’sir qiluvchi bronxolitik (LABA) 💊 Chiqarilish shakllari: • Kukunli inhaler (DPI) - 12 mkg kapsula yoki doza • Dozalangan inhaler (kombinatsiyada) masalan: Formoterol + Budesonid 📝 Dozasi: 🩺 Kattalar uchun: - o‘rtacha doza: 12 mkg × kuniga 2 marta - maksimal doza: 24 mkg × kuniga 2 marta 👼 Bolalar uchun: (6 yoshdan katta) - 12 mkg × kuniga 2 marta 😳 Nafas olish tizimiga ta’sir mexanizmi: • β₂ retseptorlarni stimulyatsiya qiladi → bronx silliq mushaklari bo‘shashadi → bronxlar kengayadi → bronxospazm kamayadi ✅ Nafas olish yengillashadi ✅ O‘pka ventilyatsiyasi yaxshilanadi ⏱ Ta’siri boshlanishi: 1–3 minut ⏳Davomiyligi: 12 soat 👂 Salmeteroldan farqi → tez boshlanadi 📄 Qo‘llanilishi (Nafas olish tizimi bo‘yicha): • Bronxial astma (GKS bilan birga — bazis terapiya) • KOAH • Reversibil bronxial obstruksiya ❌ Monoterapiya sifatida astmada qo‘llanmaydi ⚠️ Nojo‘ya ta’sirlar: - tremor - taxikardiya - yurak urishini sezish - bosh og‘rig‘i - bezovtalik 💡Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar : - taxiaritmiyalar - tireotoksikoz - preparatga yuqori sezuvchanlik 🩺 Dori o‘zaro ta’siri: • β-blokatorlar → ta’siri kamayadi • Teofillin → taxikardiya xavfi ↑ • GKS bilan birga qo‘llash tavsiya etiladi 🌟 Klinik eslatma: - LABA ichida eng tez boshlanuvchi • Shuning uchun: - bazis terapiya - ba’zi protokollarda xurujda ham (GKS bilan kombinatsiyada) qo‘llanadi masalan: "Budesonid + Formoterol " ⏳ Xulosa: • uzoq ta’sir qiluvchi bronxolitik • tez boshlanadi (Salmeteroldan tez) • astmada GKS bilan birga ishlatiladi • kuniga 2 marta 📱 Telegram kanalimiz

  • 🩺Respirator sistema dorilari: #Salmeterol 💙 Xalqaro patentlanmagan nomi: #Salmeterol Farmakologik guruhi: • Selektiv β₂–adrenoretseptor agonist Ta’sir turi: - uzoq ta’sir qiluvchi bronxolitik (LABA) 💊 Chiqarilish shakllari: • Dozalangan inhaler …

  • 🩺Respirator sistema dorilari: #Salmeterol 💙 Xalqaro patentlanmagan nomi: #Salmeterol Farmakologik guruhi: • Selektiv β₂–adrenoretseptor agonist Ta’sir turi: - uzoq ta’sir qiluvchi bronxolitik (LABA) 💊 Chiqarilish shakllari: • Dozalangan inhaler - 25 mkg/puff • Nebul shakli - odatda kam qo‘llanadi, inhaler asosiy 📝 Dozasi: 🩺 Kattalar uchun: - o‘rtacha: 50 mkg (2 puff) × kuniga 2 marta - maksimal: 100 mkg × kuniga 2 marta 👼 Bolalar uchun: - faqat 4 yoshdan katta bolalar uchun - o‘rtacha: 25 mkg × kuniga 2 marta 😳 Nafas olish tizimiga ta’sir mexanizmi: • β₂ retseptorlarni stimulyatsiya qiladi → bronx mushaklari bo‘shashadi → bronxlar kengayadi → bronxospazm kamayadi ✅ Nafas olish yengillashadi ✅ Havo o‘tishi yaxshilanadi ⏱Ta’siri boshlanishi: 15–30 minut ⏳ Davomiyligi: 12 soatgacha 🤩 Farq: SABA (Salbutamol/Fenoterol) bilan solishtirganda sekinroq boshlanadi, lekin uzoq davom etadi 📄 Qo‘llanilishi (Nafas olish tizimi bo‘yicha): • Bronxial astmaning bazis terapiyasi bilan birga (SABA bilan favqulodda ishlatilmaydi) • KOAH (uzoq ta’sir qiluvchi bronxolitik sifatida) ✅Faqat bazis terapiya bilan GKS birga qo‘llanadi. ❌Monoterapiya xavfli. ⚠️ Nojo‘ya ta’sirlar: - tremor - taxikardiya - palpitatsiya - bosh og‘rig‘i - bezovtalik • SABA bilan solishtirganda yurakka ta’siri biroz kam 💡Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar : - taxiaritmiyalar - tireotoksikoz - preparatga yuqori sezuvchanlik - astma monoterapiyasi uchun (doim GKS bilan) 🩺 Dori o‘zaro ta’siri: • β-blokatorlar → ta’siri kamayadi • Teofillin → taxikardiya xavfi oshadi • GKS bilan qo‘llash — xavfsiz va tavsiya etiladi 🌟 Klinik eslatma: - LABA = uzoq davom etuvchi bronxolitik - astma xurujida SABA ishlatiladi, salmeterol faqat bazis terapiya uchun - tez ta’sir qiluvchi SABA bilan birga dozalash tavsiya etiladi ⏳ Xulosa: • Uzoq ta’sir qiluvchi β₂ agonist • Astmada bazis terapiya bilan birga • Tez xuruji emas, faqat uzoq nazorat uchun 📱 Telegram kanalimiz

  • 🩺Respirator sistema dorilari: #Fenoterol 💙 Xalqaro patentlanmagan nomi: #Fenoterol Farmakologik guruhi: • Selektiv β₂–adrenoretseptor agonist Ta’sir turi: - qisqa ta’sir qiluvchi bronxolitik (SABA) 💊 Chiqarilish shakllari: • Dozalangan inhaler …

  • 🩺Respirator sistema dorilari: #Fenoterol 💙 Xalqaro patentlanmagan nomi: #Fenoterol Farmakologik guruhi: • Selektiv β₂–adrenoretseptor agonist Ta’sir turi: - qisqa ta’sir qiluvchi bronxolitik (SABA) 💊 Chiqarilish shakllari: • Dozalangan inhaler - 100 mkg / 1 puff • Nebul uchun eritma - 1 mg/ml (tomchi shaklida) 📝 Dozasi: 🩺 Kattalar uchun: • Inhaler - O‘rtacha doza: • 1–2 puff × kuniga 3–4 marta - Maksimal doza: • 800 mkg/kun (8 puff) • Nebul - O‘rtacha doza: - 0,5 – 1 mg - Maksimal doza: •4 mg/kun 👼 Bolalar uchun: • Inhaler - 1 puff - Maksimal: 400 mkg/kun • Nebul - 0,25 – 0,5 mg 😳 Nafas olish tizimiga ta’sir mexanizmi: • β₂ retseptorlarni stimulyatsiya qiladi → bronx silliq mushaklari bo‘shashadi → bronxlar kengayadi → bronxospazm kamayadi ✅ Nafas olish yengillashadi ✅ Havo o‘tishi yaxshilanadi ⏱ Ta’siri boshlanishi: 3–5 minut ⏳ Davomiyligi: 4–6 soat 📄 Qo‘llanilishi (Nafas olish tizimi bo‘yicha): • Bronxial astma xuruji • KOAHda bronxospazm • Obstruktiv bronxit • Reversibil bronxial obstruksiya - Ko‘pincha ipratropium bromid bilan (Berodual) kombinatsiyada qo‘llanadi ⚠️ Nojo‘ya ta’sirlar: - taxikardiya - tremor - yurak urishini sezish - bezovtalik - gipokalemiya • salbutamolga nisbatan yurakka ta’siri biroz kuchliroq. 💡Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar : - taxiaritmiyalar - gipertrofik obstruktiv kardiomiopatiya - tireotoksikoz - preparatga yuqori sezuvchanlik 🩺 Dori o‘zaro ta’siri: • β-blokatorlar → ta’siri kamayadi • Teofillin → taxikardiya xavfi oshadi • GKS + diuretiklar → gipokalemiya kuchayadi 🤩 Klinik eslatma: - Fenoterol — kuchli bronxolitik - Ko‘pincha Berodual tarkibida ishlatiladi - O‘tkir bronxospazmda samarali ⏳ Xulosa: • tez ta’sir qiluvchi bronxolitik • astma xurujida qo‘llanadi • 1–2 puff — standart doza 📱 Telegram kanalimiz

  • 🩺Respirator sistema dorilari: #Salbutamol 💙 Xalqaro patentlanmagan nomi: #Salbutamol Farmakologik guruhi: • Selektiv β₂–adrenergik agonist Ta’sir turi: qisqa ta’sir qiluvchi bronxolitik (SABA) 💊 Chiqarilish shakllari: • Dozalangan inhaler (MDI) –…

  • 🩺Respirator sistema dorilari: #Salbutamol 💙 Xalqaro patentlanmagan nomi: #Salbutamol Farmakologik guruhi: • Selektiv β₂–adrenergik agonist Ta’sir turi: qisqa ta’sir qiluvchi bronxolitik (SABA) 💊 Chiqarilish shakllari: • Dozalangan inhaler (MDI) – 100 mkg/dose • Nebul uchun eritma – 2,5 mg/2,5 ml (yoki 5 mg/ml) • Tabletka – 2 mg, 4 mg • Sirob – 2 mg/5 ml • Inyeksiya (kam qo‘llanadi) – 0,5 mg/ml 📝 Dozasi: 🩺 Kattalar uchun: • Inhaler (MDI): - 100–200 mkg (1–2 puff) - kuniga 3–4 marta - astma xurujida: har 20 daqiqada 3 martagacha • Nebul orqali: - 2,5 – 5 mg - kuniga 3–4 marta • Tabletka: - 2 – 4 mg kuniga 3–4 marta - (max 32 mg/kun) 👼 Bolalar uchun: • Inhaler: - 100 mkg (1 puff) - zarurat bo‘lsa 2 puff • Nebul: - 0,15 mg/kg - (odatda 1,25 – 2,5 mg) • Sirob: - 0,1 – 0,2 mg/kg kuniga 3 marta 😳 Nafas olish tizimiga ta’sir mexanizmi: - β₂ retseptorlarni stimulyatsiya qiladi → bronx silliq mushaklari bo‘shashadi → bronxlar kengayadi • Shilliq ajralishini kamaytiradi • Mukosiliar klirensni oshiradi Natija: bronxospazm tez bartaraf bo‘ladi, nafas olish yengillashadi ! 📄 Qo‘llanilishi (Nafas olish tizimi bo‘yicha): • Bronxial astma xuruji • KOAHda bronxospazm • Jismoniy zo‘riqish bilan chaqiriladigan bronxospazm • Reversibil bronxial obstruksiya ⚠️ Nojo‘ya ta’sirlar: - tremor - taxikardiya - yurak urishini sezish - gipokalemiya - bosh og‘rig‘i - bezovtalik 💡Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar : - preparatga yuqori sezuvchanlik - og‘ir taxiaritmiyalar - tireotoksikoz (nisbiy) - dekompensatsiyalangan yurak kasalliklari 🩺 Dori o‘zaro ta’siri: • β-blokatorlar → ta’sirini kamaytiradi • Diuretiklar + GKS → gipokalemiya kuchayadi • Teofillin → taxikardiya xavfi ↑ ⏳ Xulosa: • salbutamol — astmada 1-tanlov bronxolitik • tez ta’sir qiladi (3–5 daqiqa) • 4–6 soat davom etadi • xavfsiz va selektiv 📱 Telegram kanalimiz