ALISHER GANIYEV | TA’LIM-TARBIYA BLOGI
Статистика🧠 Ta'lim va tarbiya bo'yicha ekspert 👨🏫 Tarbiyalashdagi qiyinchiliklar va amaliy yechimlar 📚 Pedagogik psixologiya, ta'lim usullari 🎓 20+ yillik tajriba 🎖️ Sertifikatlar: IB Biology, TESOL, Cambridge
- Последний пост
- 13 авг.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 2
- Всего постов
- 24
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 538
- 1/48двое суток
- 616
- 1/72трое суток
- 664
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
без подписи
без подписи
без подписи
Odatda, darsni boshlab olish uchun qanday metodikadan foydalanasiz?
Motivatsiya (ruhlantirish) usullari Кирил | Русский Zamonaviy pedagogik psixologiya ta'limni faqat bilim berish emas, balki o'quvchining ruhiy holatini va fikrlash tarzini rivojlantirish bilan bog'laydi. Bu borada ko'plab tadqiqotlar o'tkazilgan. Ulardan ayrim xulosalar: 1. Natijani emas, mehnatni maqtang. ❌ "Yaxshi baho olding." ✅ "Yaxshi baho olish uchun ko'p mehnat qilding. Mehnatkashliging tahsinga loyiq." 2. Muammo paytida taskin emas, yo'l ko'rsating. ❌ "Senda ayb yo'q." ❌ "Ular o'zi shunaqa." ❌ "Sen hammadan yaxshisan." ✅ "Menda ham shunga o'xshash vaziyat bo'lgan. Kel, birga yechim izlaymiz. Men senga yordam berishga tayyorman." 3. Mas'uliyatni his qilishga o'rgating. ❌ "O'qituvchi seni tushunmabdi." ❌ "Omading kelmabdi." ✅ "Bu vaziyatdan qanday xulosa chiqarding? Keyingi safar natijani yaxshilash uchun nima qilamiz?" 4. Xatodan qo'rqishni emas, undan o'rganishni o'rgating. ❌ "Yana xato qilding." ✅ "Xato — bu o'rganishning bir qismi. Muhimi, undan xulosa chiqarish." 5. Boshqalar bilan emas, o'zi bilan taqqoslang. ❌ "Qara, falonchi sendan yaxshi." ✅ "Bugun kechagidan yaxshiroqsan. Demak, o'syapsan." Yodda tuting: Ruhlantirish — bu yolg'on maqtov emas. Insonning mehnatini qadrlash, xato qilganida yonida turish va rivojlanishiga ishonch uyg'otishdir. @ganiyevalisher
без подписи
Empatiya nima? Кирил | Русский Zamonaviy pedagogika psixologiya bilan uygʻunlashib, yangi yondashuvlarni taklif qilmoqda. Shulardan biri — empatiya. Empatiya — bu bolaning his-tuygʻulari va ehtiyojlarini uning nuqtai nazaridan tushunishga harakat qilishdir. Qachon bola qoidalarga boʻysunmaydi yoki ataylab buzadi? Har doim ham bu tarbiyasizlik belgisi emas. Koʻpincha bu bolaning ichki qiyinchiliklari, hissiy zoʻriqishi yoki qondirilmagan ehtiyojlari borligini bildirishi mumkin. Qaysidir oʻyinda yutqazishi yoki wi-fi ni oʻchiq qolishi bunga misol boʻla oladi. Shuning uchun avvalo uning xatti-harakati ortidagi sababni tushunishga harakat qilish muhim. Empatik yondashuv quyidagicha boʻlishi mumkin: - "Senga qanday yordam bera olaman?" - "Seni tinglashga tayyorman." - "Senga ishonaman." - "Sen bu vaziyatni yenga olasan." Empatiya — bolaning har qanday xatti-harakatini oqlash emas. Bu uning his-tuygʻularini tushungan holda, toʻgʻri yoʻl koʻrsatishdir. Eslatma: Agar bola zararli xatti-harakatidan faxrlansa yoki boshqalarga ataylab zarar yetkazishni odat qilsa, bu holatga chuqurroq yondashish va zarur boʻlsa mutaxassis bilan maslahatlashish maqsadga muvofiq. Ba'zan bolani tarbiyalashning eng samarali yoʻli uni hukm qilish emas, balki tushunishdan boshlanadi. Sizningcha, bolani tushunish va intizom o’rtasidagi muvozanat qanday bo’lishi kerak? @ganiyevalisher
Parvozga tayyormizmi? Кирил | Русский Ta'limni parvozga qiyoslasak, menimcha, bu juda o'rinli. Chunki bilimsiz o'quvchi ilm olgach, yuksak maqsadlar sari intila boshlaydi. U go'yo parvoz qiladi. Agar bola samolyot bo'lsa, ustoz — uchuvchi (pilot). Ota-ona esa ba'zan shu samolyotni yasagan konstruktor, ba'zan esa uning parvoziga sharoit yaratadigan homiy. Maktab esa — aeroport. Muvaffaqiyatli parvoz, avvalo, uchuvchining mahoratiga bog'liq. Ammo samolyot nosoz bo'lsa, uni sozlash uchun ota-ona ham kamarbasta bo'lishi lozim. Aeroport zamonaviy va chiroyli bo'lishi mumkin. Ammo uchuvchi malakasiz bo'lsa, samolyot baribir qulaydi. Shu sababli uyimiz oldida maktab bo'la turib, uzoqdagi repetitorlarga qatnay boshladik. Yana bir muhim jihat — samolyot uchuvchining ko'rsatmalariga bo'ysunishi kerak. Aks holda, parvoz xavf ostida qoladi va favqulodda holat e'lon qilinadi. Bugun ayrim Z avlod vakillari o'zini go'yo yo'lovchidek tutmoqda. Xuddi parvozning sifati o'ziga bog'liq emasdek. Aslida esa samolyot ham uchuvchi bilan hamkorlik qilmasa, manzilga sog'-omon yetib bo'lmaydi. Parvozingiz hayrli bo'lsin! @ganiyevalisher
Assalomu alaykum, jonkuyar ustozlar! Sizlarni hozirgi kunda qiynayotgan haqiqiy muammolarni chuqurroq tushunish va keyingi kontent hamda darslarimni aynan sizning ehtiyojlaringiz asosida tayyorlash maqsadida kichik so'rovnoma tayyorladik. Savollarni o'qib, diqqat bilan to'ldirishingizni iltimos qilaman. 🎁 Minnatdorchilik sifatida so'rovnomani to'liq to'ldirgan ustozlarga 3 ta amaliy video darsni taqdim etaman: • Ota-onalar mas'uliyatni faqat o'qituvchiga yuklaganda nima qilish kerak? • 45 daqiqa davomida o'quvchilar diqqatini qanday ushlab turish mumkin? • Bolalarda baho uchun emas, bilim uchun o'qish motivatsiyasini qanday shakllantirish mumkin? Oldindan vaqt ajratganingiz va samimiy javoblaringiz uchun rahmat! 👇 So'rovnoma havolasi: https://forms.gle/rHnQczbxQmjaRmqRA
https://youtu.be/n46YJUTtHPs?si=daxoOQyc6CtLrgL3
Ustozni tanqid qilish oson. Ustoz bo‘lish-chi? Кирил | Русский Bugun ko‘pchilik maktabni ham, ustozlarni ham tanqid qilishga jur'atli bo‘lib qoldi. Keling, ey hokisor hamkasbim, aziz ustozlar, birgalikda ustoz portretini chizamiz. Ilm — ziyo. Ustoz esa ana shu ziyoni taratuvchi, bamisoli shamdir. U qancha shamlarni yoqishga sabab bo‘lmasin, o‘z nuri aslo kamaymaydi. Insonlarni jamiyatga birlashtirgan eng ulug‘ tuyg‘u — mehrdir. Mehr ilohiy ne'matdir. Ustoz esa mehr bulog‘idir. O‘quvchining samimiy aytilgan bir og‘iz: «Darsingiz uchun rahmat» yoki «Siz yaxshi ustozsiz», degan so‘zi bor kuchimizni yana safarbar etishga undaydi. Lekin siz, ey mening nur yuzli, mehri daryo hamkasbim! Otilgan toshlarga parvo qilmang. Sadoqat bilan vazifangizni bajaravering. Zero, Muhammad sollallohu alayhi vasallam butun ummat uchun eng ulug‘ ustozdirlar. Bu yo‘l esa sharaf va saodatga eltuvchi yo‘ldir. Hayotingizni o‘zgartirgan bir ustozni eslay olasizmi? U sizga nima o‘rgatgan? @ganiyevalisher
Hurmat yoki qo‘rquv? Кирил | Русский Yoshligimizda alvasti haqidagi multfilmlar ko‘p qo‘yilardi. Shu multfilmda qahramonlardan biri boshqasiga: “Qo‘rqsa, hurmat qiladi”, deb uqtirardi. Xo‘sh, o‘quvchi ustozdan qo‘rqishi kerakmi yoki uni hurmat qilishi kerakmi? Mening kuzatishimcha, bolalarda hurmat ko‘pincha minnatdorlik tuyg‘usidan keyin paydo bo‘ladi. Ya’ni, o‘quvchi sizni hurmat qilishi uchun, avvalo, unda sizga nisbatan minnatdorlik hissi shakllanishiga sabab bo‘lishingiz kerak. Buning yo‘li esa unchalik qiyin emas. Muammo barcha o‘quvchilarda bor. Kimdir masala yecha olmaydi, kimdir hammaning oldida mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishdan qo‘rqadi. Kimdir yodlashga qiynalsa, yana kimgadir rasm chizish qiyin. Ayrim shaxsiy yoki oilaviy muammolarni esa ota-onasi yoki psixolog bilan hal qilishni tavsiya qilaman. Ammo “Senga nima yordam bera olaman?” degan savol bilan o‘quvchiga yaqinlashsak, u ham biz tomon qadam tashlaydi. Qo‘rquv esa hokimiyatga intiluvchilarning qurolidir. Hokimiyatga asoslangan ta’lim esa samimiylikni yo‘qotadi. Shu sabab bolalar yolg‘on gapirishadi, xatolarini yashirishadi va imtihonlarda ko‘chirishga moyil bo‘lishadi. Darsdagi hurmatni kuchli bilimingiz, foydali maslahatlaringiz va zamonaviy metodikalaringiz bilan qozoning. O‘quvchini qo‘rqitishga emas, unga yordam berishga intiling. Sizdan qo‘rqmasin — hurmat qilsin. Sizga intilsin, lekin o‘zligini yo‘qotmasin. P.S: Muammoli o‘quvchilar hamma joyda bor. Agar ular bilan biror mojaroga borgan bo‘lsangiz, bilingki, kechirishga imkon topgan inson hurmatga ham loyiq bo‘ladi. Ko‘pchilik sizga hurmat bilan munosabatda bo‘lsa, boshqalarning munosabati ham asta-sekin o‘zgaradi. Sizning hayotingizdagi eng yaxshi ustozni qo‘rqqaningiz uchun hurmat qilganmisiz yoki u sizga bergan yaxshiliklari uchunmi? @ganiyevalisher
https://youtu.be/Edi7ftQEjLo?si=XC-l1hDlAA-3nW0z
Bolaning qalbiga yo’l Кирилча | Русский Darsimda sokin o‘tiradigan bir o‘quvchim bo‘lardi. Ismi Fozil edi, adashmasam. Bir kuni darsdan so‘ng undan bir oz qolishini so‘radim. — Fozilboy, nimaga qiziqasiz? Darsga nega qiziqmasligi haqida savollar bermadim. Tazyiq va tanqiddan holi, do‘stona suhbat qurdik. — Futbolga. — O‘ynashga qiziqasizmi yoki tomosha qilishgami? — O‘ynash ko‘proq yoqadi. Zo‘r jamoalar o‘ynasa, tomosha qilish ham yoqadi. — Masalan, qaysi jamoalar? — "Real". Bilasizmi shu jamoani?.. Shundan keyin u menga futbol haqida "dars" o‘ta ketdi. Sokin boladan asar ham qolmadi. Qarshimda bidir-bidir gapirayotgan, sergap va quvnoq bola o‘tirardi. Xullas, til topishdik. Men "Real"ning futboli haqida o‘rganishni boshladim, u esa kimyoni. Bugun u Toshkent pediatriya tibbiyot universitetini tamomladi. Xulosa: Har bir bolaning nimagadir qiziqishi bo‘ladi. Ana shu qiziqish uning ko‘ngliga eltuvchi eshikdir. Eshikni toping va taqillating. Mezbon eshikni ochgach, uni ochiq chehra bilan qarshilang. Shunda siz qalb uyining mehmoniga aylanasiz. Siz o‘quvchingizning qalbiga eltadigan “eshik”ni topganmisiz? Izohlarda o’z tajribangiz bilan bo’lishing! @ganiyevalisher
Miya tinglaganda emas, ishlaganda o‘rganadi Кирилча | Русский Keling, bugun dars o‘tish mahoratimizni yanada takomillashtirishning yangi usullarini ko‘rib chiqaylik. Avvalo, o‘zimizga chetdan bir nazar tashlaymiz. Dars jarayonida ko‘pincha eng ko‘p biz — ustozlar gapiramiz. Ammo ustozning tinimsiz gapirishi bilimning qadrini pasaytiradi. Chunki tinglash katta kuch talab qilmaydi, diqqat esa bir xil ohangda uzoq vaqt saqlanib turmaydi. Shu sababli, monoton muhit insonni tez charchatadi, hatto uzoq masofaga mashina haydaydigan haydovchilar ham bir xil holatdan uyqu bosishini boshdan kechiradilar. O‘quvchini faqat tinglovchi qilib qo‘yish — xuddi baliqni suvdan chiqarib, ustidan suv quyishga o‘xshaydi. Asl rivojlanish esa uni o‘z muhiti — suvga qo‘yib yuborganda boshlanadi. Xuddi shunday, o‘quvchilarni ham bilim ummoniga qo‘yib yuboraylik. Ular izlanishsin, suzishsin, xato qilishsin, xatolarini tuzatishsin va o‘zlari anglab yetsinlar. Ana shunda bilim chinakam o‘zlashtiriladi. Buning uchun darsda o‘quvchilar ko‘proq faol bo‘lishlari kerak. Ular fikr bildirishsin, savol berishsin, bahslashishsin, muhokama qilishsin, bir-biriga tushuntirishsin va xulosa chiqarishsin. Shuni unutmang: kim ko‘proq ishlasa, o‘sha ko‘proq o‘rganadi. Dars markazida ustoz emas, o‘quvchining faoliyati bo‘lsa, ta'lim samarasi ham bir necha barobar ortadi. Bugungi darsingizni eslang: O‘quvchilar necha daqiqa faol fikrladi, necha daqiqa shunchaki tingladi? @ganiyevalisher
Muammo o‘qituvchilarda emas, yondashuvda Кирилча | Русский Ko‘pincha xalqaro maktablar haqida gap ketganda, “ularning o‘qituvchilari biznikilardan bilimliroq”, degan fikrni eshitaman. Asl masala bilimda emas, yondashuvda. IB yoki Cambridge tizimida ishlaydigan ustozlar o‘quvchiga nafaqat bilim beradi, balki olingan bilimdan qanday foydalanishni ham o‘rgatadi. Ularning maqsadi — izlanuvchan, mustaqil fikrlaydigan va yaratuvchan insonni tarbiyalash. Bizdagi ta’lim esa ko‘proq bilim yig’ishga qaratilgan. Natijada bola imtihonga tayyor bo‘ladi, lekin imtihondan keyin o‘sha bilim bilan nima qilishni bilmaydi. Natija esa ko‘pincha bilim hajmiga emas, yondashuvga bog‘liq. Buni hatto Buxorodagi nomdor Qorako‘l maktabi bitiruvchilari misolida ham ko‘rish mumkin. U yerda dunyo miqyosidagi olim bo‘lish salohiyatiga ega iqtidorli yoshlar o‘qiydilar. Ammo ularning aksariyati keyinchalik repetitorlik bilan shug‘ullanishga majbur bo‘ladi. Albatta, repetitorlikning o‘zi yomon kasb emas. Lekin shuncha salohiyatga ega insonlarning asosiy yo‘li aynan shu bo‘lib qolishi o‘ylantiradi. Balki muammo yoshlarning bilimida emasdir. Balki biz ularni bilim olishga o‘rgatyapmiz-u, bilimni hayotda qanday ishlatishni yetarlicha o‘rgatmayotgandirmiz… @ganiyevalisher
Ustoz tashlab keta olmaydi Русский Bugun ustoz bilan murabbiyning farqini anglashga urinib ko‘raylik. Faraz qiling, zambilni ikki kishi ko‘tarib boryapti. Biri old tomondan, ikkinchisi esa orqa tomondan. Oldindagi — murabbiy. U yo‘lga qaraydi, manzilni aniq ko‘radi va boshqalarni o‘sha sari yetaklaydi. Orqadagi — ustoz. U nafaqat zambilni ko‘taradi, balki undagi bemorning holidan ham doim xabardor bo‘lib turadi. Zarur bo‘lsa, yordam berish uchun to‘xtaydi, hatto oldindagini ham to‘xtatadi. Kerak paytda esa jarayonni tezlashtiradi. Murabbiy o‘yinga tayyorlarni asosiy tarkibga qo‘shadi. Tayyor bo‘lmaganlarni maydonga tushirmaslikka haqli. Ustoz esa har bir insonning bugun bo‘lmasa, ertaga tayyor bo‘lishi uchun harakat qiladi. Murabbiy raqobat ruhini rivojlantiradi. Ustozning asosiy quroli esa hamkorlikdir. Buyuk pedagoglar ustozlik va murabbiylikni qarama-qarshi qo‘ymaydi. Ular bir darsda, bir sinfda, turli o‘quvchilar bilan ishlash jarayonida har ikkisidan o‘z o‘rnida foydalanadi. Muvozanatni buzmaydi. Birini tanlab, boshqasidan voz kechmaydi. Shuning uchun ham 1-oktyabr — Ustoz va murabbiylar kuni. Chunki ta’limda ham ustoz, ham murabbiy kerak. Murabbiy manzilni ko‘rsatadi. Ustoz esa yo‘lda hech kimni tashlab ketmaydi.
Ishonish kasbi Русский O‘qituvchi va o‘quvchi munosabatida eng asosiy qurol faqat bilim emas. Ishonchdir. Odatiy munosabatlarda avval sinab, keyin ishoniladi. Ustoz esa avval ishonib, keyin sinaydi. Ba’zan biz, ustozlar, ota-onasi ishonmaydigan, hatto o‘ziga o‘zi ishonmaydigan bolaga ishonamiz. Lekin bu ko‘r-ko‘rona ishonch emas. Bu — uning ichidagi hali uyg‘onmagan imkoniyatga ishonish. Kelajak uchun kurashamiz. Bugun yangi yo‘llar izlaymiz. Ba’zan sabrimiz yetmaydi. Ba’zan eski metodlar bilan yangi avlodga ta’sir o‘tkazmoqchi bo‘lamiz. Ba’zan esa ishonch qozonaman deb, o‘zimizni yo‘qotamiz. Biz bolaga ishonsak, u ham asta-sekin o‘ziga, ustoziga va yo‘liga ishonishni boshlashini istaymiz. Niyatimiz yaxshi. Ammo endi faqat yaxshi niyatning o‘zi yetmaydi. Bolaga ham, ota-onaga ham ishonch bag‘ishlay oladigan usullarni o‘rganish vaqti keldi.
ISHONCH: qalqon yoki qopqon Русский Munosabatlar boshida odamlar ko‘pincha ikki holatda bo‘ladi. Biri ishonishni istaydi, lekin ishonishga qiynaladi. Ikkinchisi esa ishonmaslikni afzal ko‘radi. Ishonishni istagan odam yangi tanishining kamchiliklarini ko‘rsa ham, uni to‘g‘rilashga urinadi. Ko‘pincha buni o‘zi ham sezmaydi. Chunki ishonch — insonning ichki moyilligi. U yaxshilikka umid qilishdan boshlanadi. Lekin shuni unutmaslik kerak: ishonch — kuch. Ishonish esa tavakkal. Chunki ishonayotgan inson o‘zini aldash ehtimoliga ham ochadi. Ba’zida insonni aldanganidan ko‘ra, ishonganining qadrsizlangani ko‘proq og‘ritadi. Shuning uchun yangi odamga ishonish — hayotingizga yangi reja kira boshlagani degani. Bu esa katta mas’uliyat. Ishona bilish munosabatlarni boshlab beradi. Kuzatuvchanlik va ehtiyotkorlik esa uning davomiyligini ta’minlaydi. Ustozlar uchun esa ishonch boshqacharoq tuyg‘u. Bu haqida ertaga gaplashamiz.
Ta’lim faqat ma’lumot berish emas Лотин | Русский Ta’lim faqat ma’lumot berish emas. Ta’lim — millatning tili, madaniyati, xotirasi va qadriyatlarini keyingi avlodga yetkazish vositasidir. Agar bu jarayon to‘liq bir xil algoritmlar qo‘liga topshirilsa, dunyo qulayroq bo‘lishi mumkin. Ammo uning rang-barangligi va o‘ziga xosligi yo‘qolish xavfi ham bor. Chunki insoniyatga faqat aqlli jamiyatlar kerak emas. Insoniyatga turlicha fikrlaydigan, turlicha his qiladigan va turlicha yashaydigan jamiyatlar ham kerak. Agar hamma bir xil manbadan, bir xil ohangda, bir xil qolipda bilim olsa, dunyo qulayroq bo‘lishi mumkin. Lekin u zerikarliroq bo‘lib qolmaydimi? Ta’limning vazifasi faqat aqlli odam yetishtirish emas. Ta’limning vazifasi — o‘zligini unutmagan insonni tarbiyalashdir.